press

press

Joriy yilning 18-sentabr kuni Xitoy davlatining Shandun provinsiyasi partiya komiteti tomonidan Samarqand viloyat hokimligiga berilgan 9 tomdan iborat noyob qo‘lyozma nusxalaridan iborat kitoblar to‘plami universitetimiz kutubxonasiga topshirildi. Ushbu noyob manbalarni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov nomidan viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov topshirdi. Kitoblarni universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov qabul qilib, ushbu qimmatli manbalar oliygohimiz professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun zarur bilim manbai bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi va viloyat hokimiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

2023-yilning 7-oktabr kuni soat 10:30da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti Xolbayev Shaxriyor Abdullayevichninging 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 18-sentabr kuni universitetimizda bo‘lib o‘tayotgan  “ORIENTATION DAYS” tadbirlari doirasida oliygohning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova 1-bosqich talabalariga “Odob-axloq kodeksi”, kiyinish qoidalari va madaniyati bo‘yicha to‘laqonli ma’lumotlar berib o‘tdi. Bundan tashqari mas’ul universitet xalqaro oliygoh sifatida faoliyat olib borayotganligi, ushbu ta’lim maskanida har bir talaba o‘z madaniyati bilan milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlashi lozimligi xususida gapirdi va yoshlarimiz universitetda kiyinish, tashqi ko‘rinish va yaxshi xulq-atvorga ega bo‘lgan holda odob-axloq tamoyillariga amal qilishi va ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’kidladi.

Joriy yilning 12-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistranti va xodimi Nigora Asadova Xitoy davlati poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo”-2023 inson huquqlarini rivojlantirish forumida ishtirok etdi. Ushbu forumda Markaziy Osiyo va Xitoyda inson huquqlari va hamkorlik sohasidagi yetakchi ekspert va faollar ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, universitetimiz magistranti Nigora Asadova mamlakatimizda inson huquqlarini yuksaltirish, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanishi haqidagi ma’ruzasi forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi va o‘zaro fikr almashishga xizmat qildi.

Forum doirasida Nigora Asadova 7-11-sentabr kunlari Xitoyning Chongqing shahrida inson huquqlari bo‘yicha mahalliy mutaxassislar va faollar bilan o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lish bilan birga, ushbu sohadagi ko‘plab madaniy-ma’rifiy tashabbuslar bilan tanishdi.

“Bu kabi yirik anjumanlar biz yoshlarni inson huquqlarini rivojlantirish sohasidagi bilimlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”-deydi universitetimiz xodimi Nigora Asadova.

Yangi o‘quv yili oldidan oliygohimizdagi barcha kafedralar, dekan va bo‘lim boshliqlari yangi o‘quv yiliga zarur bo‘ladigan tayyorgarlik ishlarini olib borishdi.  Oliygohimizda “Orientation week” ya’ni tanishuv haftaligi uyushqoqlik bilan tashkil qilinib, uning doirasida ko‘plab ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.

Yangi o‘quv yili ochilish marosimida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov so‘z olib, barcha yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lganligi bilan samimiy tabrikladi va o‘quv yilini rasman ochiq deb e’lon qildi.

Shuningdek tadbirda oliygohning o‘quv masalalari bo‘yicha prorektor prof. J.Hoffman, хorijiy o‘qituvchilardan R.Darius, Nargiz Nurulla va boshqalar ham yangi o‘quv yilida  amalga oshiriladigan o‘quv jarayonlari xususida gapirdi.

2023-yil 31-avgust kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch boʻyicha kengash Kotibiyatining faol koʻmagida Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida CICA-2023 Yoshlar taraqqiyoti forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda Turizm menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi Sanjar Mardonov onlayn tarzda faol qatnashib,  o'z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Forumda mazmunli taqdimot nutqi hamda faol ishtirok etganligi hamda mazkur loyihani qo'llab-quvvatlaganligi uchun S.Mardonovga tashkilotchilar nomidan minnatdorchilik maktubi yuborildi. Tashakkurnoma xatida universitetimiz bilan turli shakl va sektorlarda yaqinroq aloqa va hamkorlik qilish istagi bildirilgan.

Shu kunlarda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tasarrufida tashkil etilgan “Art station by Silk Road University” galereyasining “Ichki ufq: O‘zbekiston 1930 yillarda Ella Mayar suratlarida” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimovning tashabbusi bilan 14-sentabr kuni Samarqand viloyati xalq ta’limi va maktabgacha ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ushbu san’at galereyasiga amaliy ekskursiyasi tashkil qilindi. Ekskursiya 8-sentabrdan boshlanib 8-oktabrgacha davom etadi. Tadbir davomida Samarqand shahrida joylashgan barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilarining galerayaga tashrifi maqsad qilib olingan.

Joriy yilning 8-sentabr kuni prorektor professor Toni Zou, BGI Bioverse bosh direktori, Xitoy Davlat kalit laboratoriyasi direktori o‘rinbosari va Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy laboratoriya direktori, doktor Liu Xuanni qabul qildi. Bosh direktor Liu Huang va professor Zou BGI “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida arxeologiya va madaniy meros, ovqatlanish, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalar qurish, talabalar amaliyoti, o‘qituvchilar malakasini oshirish kabi masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashdi.  

BGI shtab-kvartirasi Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan bo‘lib, filiallari va tibbiy laboratoriyalari Pekin, Tyantszin, Uxan, Shanxay va Guanchjou kabi mamlakatning yirik shaharlarida joylashgan. Shuningdek, Gonkong, Evropa, Amerika, Osiyo-Tinch okeani va boshqa mintaqalarda ham markazlari va laboratoriyalari mavjud.

Joriy yilning 11-sentabr kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kendashi tomonidan oliygohda faoliyat yuritayotgan olimalar, ma’rifatparvar ayollar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan birgalikda  Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi talaba-qizlari ishtirokida "XXI asr ayoli" shiori ostida “Baxtli oila formulasi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.  Davra suhbatida mamlakatimizdagi xotin-qizlar o’rtasida  ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa, talaba yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash kabi muhim masalalarga e’tibor qaratildi.

          Tadbirda “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasovaning "Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining qonuniy kafolatlari” va “Xotin-qizlarga nisbatan taziyq va zo‘ravonlikni oldini olish”  mavzularidagi ma‘ruzalarida xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qo‘shimchalar kiritganligi xususidagi fikr-mulohazalari tinglandi.

 Shuningdek davra suhbatida Turizm menejmenti fakulteti boshlig’i R.Toshniyozova "Ilm saodat kaliti", “Tarix va madaniy meros kafedrasi” mudiri M.Sidikova “Madaniy meros yo’nalishiga oid to’garaklar faoliyatining ahamiyati”, unversitet axborot resurs markazi etakchi mutaxassisi A.Izbasarova “O‘quv va badiiy adabiyotlarning elektron  bazalari” kabi mavzularidagi ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Tadbirda oliygohimizning “Qizlarjon” va “Ledir  qizlar klubi” sardorlarining klub faoliyati haqidagi fikrlari tinglanib, Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi talaba-qizlarini ham ushbu klublarga a‘zo bo‘lishlari taklif qilindi.

71 dan 82 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar