press

press

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-F-son farmoyishiga asosan joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlari ishtirokida hashar o‘tkazildi. Hasharning birinchi kunida universitet hovlisi obod va orasta maskanga aylantirildi. Mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib, daraxtlarga shakl berildi. Turli xildagi gullar ekilib atrofdagi yashil maskan tartibga keltirildi. Hasharning ikkinchi kunida universitet binosi ichidagi o‘quv xonalari, eshik va derazalar chang va g‘ubordan  to‘liq tozalandi. Shuningdek jamoa bir yoqadan bosh chiqarib hamjihatlikda kutubxonani, milliy liboslar galeriyasini ham tozalashga erishdi. Hasharning uchinchi kunida esa daraxtlar oqlanib, universitet oldidan o‘tgan kanal yoqalaridagi axlat uyumlari olib chiqib ketildi. Umuman olganda ushbu umumxalq xayriya hasharida barcha universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari bir tanu, bir jon bo‘lib o‘z hissasini qo‘shdi.  

“Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi mudiri PhD T.I.Sultanov tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilari uchun “Nufuzli xalqaro jurnallarda maqola nashr ettirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda Elsevier xorijiy ma’lumotlar bazasidan o‘rin olgan nufuzli jurnallarni topish yo‘llari, “Scopus” bibliografik maʼlumotlar bazasida jjoylashgan Q1, Q2, Q3 v Q4 kategoriyasidagi jurnallarning saytidan ro‘yxatdan o‘tish va maqola yuborish usullari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Turkiyadagi nufuzli xalqaro jurnallarni o‘zida birlashtirgan DergiPark tashkilotining saytidan ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari, Turkiyaning “Scopus” bibliografik maʼlumotlar bazasiga kiritilgan jurnallarida maqola nashr ettirish shartlari va maqolani rasmiylashtirish talablari bo‘yicha batafsil tushuntirib o‘tildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga aniq javoblar berildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan nufuzli jurnallarda maqola nashr ettirilishi universitet xalqaro reytingining yanada oshishiga muhim ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Dushanba, 18 Mart 2024 14:57

E’LON

"Milliy liboslar kuni" aksiyasi

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida
19–mart seshanba kuni "Milliy liboslar kuni" deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan hurmatli universitetimiz professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalarini ushbu aksiyada foal ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz.

Milliy qadriyatlarni ulug'lashga qaratilgan ushbu tadbirda universitetning barcha professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalari kun davomida milliy liboslarda faoliyat yuritishlari hamda ta’lim olishlari kutilmoqda.

 Safimizga qo'shiling va 19-mart kuni milliy libosda ishga keling!

Juma, 15 Mart 2024 18:04

Tayinlov

          Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Turizm Qoʻmitasining tegishli qaroriga hamda Rektor A.A.Abduxakimovning buyrugʻiga asosan Nasimov Dilmurod Abdulloyevich Maʼmuriy ishlar boʻyicha Birinchi Prorektor lavozimiga tayinlandi.

          Nasimov Dilmurod Abdulloyevich Samarqand Davlat universitetining iqtisodiyot fakultetini va shu taʼlim yoʻnalishida magistraturani bitirgan. Chexiya Respublikasining Tomas Bata Universitetida doktoranturani oʻtagan. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.

          Nasimov Dilmurod Abdulloyevich bundan avval bir necha yillar davomida Davlat boshqaruvi akademiyasining Samarqand hududiy filiali direktori, Samarqand Davlat universitetida ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

          Universitet Rektori A.A.Abduxakimov D.A.Nasimovni jamoa bilan tanishtirib, unga Birinchi Prorektor lavozimida muvaffaqiyat bilan ishlashini tiladi hamda universitet oldida turgan birinchi navbatdagi vazifalar ijrosiga eʼtibor qaratish lozimligiga urgʻu berdi.

Bugun 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarori ijrosini ta’minlash, xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimiz axborot resurs markazida  Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi a’zolari ishtirokida adabiy kecha o‘tkazildi. Xorijlik va mahalliy talabalarimiz ishtirok etgan tadbirni universitetimiz Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova olib bordi. Dastlab tadbirda taniqli ijodkor Zulfiyaxonimning samarqandlik shogirdi bo‘lgan va bugungi kunda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi a’zolaridan biri bo‘lgan H.Karimova so‘z olib adabiyotda o‘zbek tilining o‘rni va roliga keng to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi a’zosi shoira E.Maxmudova ona vatanni,  o‘zbek tilini madh etuvchi she’rlaridan o‘qib eshittirdi. Shuningdek tadbirda universitetimiz Tillar va global tadqiqotlar kafedrasi mudiri, dotsent T.Sultonov Prezidentimizning  2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarori ijrosi yuzasidan universitetimizda ham kafedra tashkil qilinayotganligi va bu boradagi ishlar izchil amalga oshirilayotganligi xususida gapirdi.

Tadbirda iqtidorli talabalarimiz tomonidan o‘zbek xalqining mashhur yozuvchisi A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asaridan bir parcha  sahnalashtirilib namoyish qilindi. Shuningdek tadbirda talabalarimiz ham o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil qilinganligi va barcha xorijlik talabalarda katta taassurot qoldirganligi bilan esda qolarli bo‘ldi.     

Joriy yilning 14-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida viloyat Monopoliya boshqarmasi mas’ul mutaxassislari ishtirokida “Moliyaviy savodxonlik” mavzui yuzasidan amaliy muloqot tashkil qilindi. Tadbirda universitetimizning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi. Har bir kishi ma’lum darajada pul mablag‘i topar ekan uni ishlatish jarayonlari haqida ham to‘liq bilishi lozim bo‘ladi. Amaliy muloqot davomida  mas’ul iqtisodchi mutaxassis tomonidan moliyaviy savodxonlikning ahamiyatli tomonlari, uni boshqarish kabilar yuzasidan tahliliy tushuntirish berildi va talabalar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi. 

Juma, 15 Mart 2024 17:18

E’LON

Spikerlar:

Laziza ISFAXONOVA, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi brending va sertifikatlashtirish menejeri.

Bexruz MAMASADIKOV, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi brending va sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i.

Mavzu: «Mehmondo‘stlik va turizm sohasidagi yoshlar uchun imkoniyatlar - sohada qanday muvaffaqiyatga erish mumkin.

Moderator: Turizm kafedrasi mudiri, Dr. Akmaljon Odilov

O‘tkazilish joyi: 229-ma’ruza zali

Vaqt: 11:00-12:00, 2024-yil 19-mart (seshanba)

Juma, 15 Mart 2024 16:52

RASMIY XABAR

          Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Turizm Qoʻmitasining tegishli qaroriga hamda Rektor A.A.Abduxakimovning buyrugʻiga asosan filologiya fanlari doktori, professor Joʻliboy Donaboyevich Eltazarov oʻz xohishiga koʻra universitetning Birinchi Prorektori lavozimidan ozod qilindi.

          Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, universitet Rektori A.A.Abduxakimov prof. J.Eltazarovga ushbu lavozimda koʻp yillik samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi hamda milliy urf-odatlarimizga koʻra unga chopon kiygizib, tashakkurnoma eʼlon qildi.

          Universitet Rektori A.A.Abduxakimov J.D.Eltazarovga universitet professori sifatida jonajon oliy taʼlim maskanining kelgusi faoliyatida aktiv ishtirok etadi, deb umid bildirdi. Oʻz navbatida prof. J.Eltazarov “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini oyoqqa turgʻazish, uni mamlakatimizning eng peshqadam OTMlari qatoriga olib chiqish hamda milliy akkreditatsiya hamda attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarida oʻzining kichik hissasi borligidan, ushbu navqiron va joʻshqin jamoada ishlaganidan mamnun ekanligini bildirdi hamda oʻzining kelgusi faoliyatida universitetimizning oʻquv, ilmiy ishlarida hamda xalqaro aloqalarida faol ishtirok etishga soʻz berdi.

                                                           

2024-yilning 23-25-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan nufuzli London Xalqaro Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli (LIMUN) konferensiyasida universitetimiz “Turizm” kafedrasi o`qituvchisi Sanjar Mardonov boshchiligidagi talabalardan tashkil topgan delegatsiya a’zolari faol ishtirok etishdi.

LIMUN, Yevropadagi eng yirik universitet darajasidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konferensiyasi boʻlib, u dunyoning 60dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 1200 dan ziyod yoshlarni birlashtirdi.

“Diplomatiyada insonparvarlik: global boshqaruvni rivojlantirish” (Humanity in Diplomacy: Reinvigorating Global Governance) mavzusida tashkil etilgan konferensiyada yosh ishtirokchilar dunyoning ayrim global muammolarini muhokama qilish va yechimlarni taklif qilish uchun birlashdilar. Muammolar yechimini topishda ular o‘zlari vakillik qilgan davlatlarning pozitsiyalari bilan o‘rtoqlashishdi.

-Biz “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarini LIMUNda namunali chiqishlari va maqtovga sazovor bo‘lganliklari uchun chin yurakdan tabriklaymiz. Ishonchimiz komilki, ushbu konferentsiya davomida to'plangan tajribalar ularni globallashgan dunyomizdagi murakkabliklarga qarshi kurashishga tayyor bo'lgan har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllantirishda muhim rol o'ynaydi,-“Turizm” kafedrasi o`qituvchisi Sanjar Mardonov.

         Joriy yilning 12-mart kuni universitetimiz Ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Toni Zou Xitoyning Shansi Moliya-Iqtisodiyot universiteti vakillari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

         Muloqot davomida ikki universitet o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish sur'atlarini oshirish, shuningdek, qo'shma ta'lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar ustida ishlash kabi loyihalar ilgari surildi. Prorektor o'z nutqida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik yo'nalishlari asosan ta'limga qaratilganini, bugungi kunda turizm va madaniy merosni zamon talablariga mos ravishda yaratish lozimligini ta'kidladi.

         Shuningdek, suhbat davomida Shansi Moliya-Iqtisodiyot universiteti prorektori kelgusida ikki universitet hamkorligida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejasi borligini bildirdi.

69 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar