Spiker: Liliya FILIPISHYNA, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Admiral Makarov nomidagi kemasozlik milliy universiteti, Ukraina.
Milliy iqtisodiy tadqiqotlar institutining faxriy professori (Batumi, Gruziya).
Mavzu: «Raqamli innovatsiyalar: zamonaviy qiyinchiliklar, muammolar va istiqbollar»
Moderator: Turizm kafedrasi mudiri, Dr. Akmaljon Odilov.
O‘tkazilish joyi: 229-ma’ruza zali.
Vaqt: 11:00 - 12:00, 2024-yil 5-aprel (Juma)
Turizmda nazariyani amaliyot bilan uzviy olib borish talabaning bilim va malakasini oshirishda juda katta amaliy natija beradi. Shu bois universitetimizda talabalarning amaliyot jarayoniga alohida e’tibor qaratib kelinayapti. Hozirda talabalarimiz turizmning xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida, davlat idoralarida hamda tashkilot va korxonalarda o'z sohasi bo'yicha amaliyot o'tashmoqda.
Joriy o‘quv yilida universitetimizning 42 nafar bitiruvchi talabalari Samarqand turizm markazida o'z bilim va ko'nikmalarini oshirmoqda. Xususan, talabalarimiz Samarqand turizm markazidagi mehmonxonalarda, "Boqiy shahar majmuasi" va restoranlarda turli kasblar bo'yicha amaliy tajribasini oshirmoqda.
Quvonarlisi shundaki, bugungi kunda turizm sohasida va Samarqand turizm markazida faoliyat yurituvchi xodimlarning katta qismi universitetimizda tahsil olgan talabalar hisoblanadi. Bundan tashqari har yili universitetimiz tomonidan amaliyotga yuborilgan talabalarning aksariyati ushbu majmuada ishga qolishayapti.
Yurtimizda hukumatimiz tomonidan yosh avlod uchun juda katta imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ushbu imkoniyatlardan ko‘plab yoshlarimiz oqilona foydalanib yuqori muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Bu kabi yoshlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham talaygina. Ming afsuslar bo‘lsinki, bugun jamiyatimizda ayrim yoshlarimiz turli ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolmoqda.
Joriy yilning 18-mart kuni universitetimiz talabalari, tyuterlar ishtirokida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida so‘z olgan mutasaddilar talaba-yoshlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishi, turli ta’qiqlangan sayt va kanallarga kirmaslik yuzasidan o‘z tavsiyalarini berishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Vakayama universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida ikkinchi bosqich talabalarimizdan Diyorbek Otabekov hamda Karim Kadorkin bir yil mobaynida Yaponiyada o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Talabalarimiz Yaponiyadagi nufuzli universitetlardan biri hisoblangan Vakayama universitetida o‘z sohasi bo‘yicha bilim va mahoratini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun shuni aytish lozimki, ushbu dastur talabalarimizga o'z universitetining ta'lim talablariga rioya qilgan holda xorijiy davlatdagi nufuzli universitetlarda ta’lim imkonini beradi. Albatta, talabalar almashinuvining asosiy afzalliklaridan biri bu til ko'nikmalarini takomillashtirish qobiliyatidir.
Joriy yilning 26-mart kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari uchun “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
“Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng harakatlanish qoidalari” mavzusidagi tadbirda soha mutaxassislari tomonidan favqulodda holatlarda harakatlanish, undagi birlamchi qoidalar xususida to‘liq ma’lumotlar berildi.
27-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Abbasova, “Til va global tadqiqotlar” kafedrasi o‘qituvchisi N.Xalimova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi o‘qituvchisi K.Akramovalar ishtirokida Samarqand Turizm texnikumi o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi. Dastlab seminarda bugungi kunda Samarqand Turizm texnikumida o‘quvchi-qizlarning ta’lim-tarbiya borasidagi ishlarini yanada jonlantirish, ta’lim muassasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilardan hamda xodimlardan iborat xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish va bu borada turli mavzularda seminarlar, namunali darslarni ko‘paytirish xususida gapirildi. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘z fani bo‘yicha zarur tavsiyalar berilib savollarga javob qaytarildi.
2024-yil 30-mart kuni soat 10:00 da Samarqand shahri Registon maydonida “Ichki turizm yarmarkasi” o‘tkaziladi. Ushbu yarmarkaga ichki turizm sohasida faoliyat yurutivchi turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va boshqa turizm sohasi vakillarini o‘zari hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.
Shuningdek tadbir doirasida turizm va madaniy meros sohalarini yosh kadrlar bilan ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar hamkorligida “Career-2024” mehnat yarmarkasi ham bo‘lib o‘tadi.
Spiker: Doktor Temur Mirzaev
Turizm laboratoriyasi bosh direktori; ilmiy xodim
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirining sobiq maslahatchisi.
Mavzu: Turistik mahsulotni diversifikatsiya qilish: Mintaqaviy rivojlanish dasturlari, Destinatsiya brendingi.
Moderator: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori va professori Tony Zou.
O‘tkazilish joyi: 229-ma’ruza zali
Vaqt: 14:00 - 15:00, 2024 yil 28 mart (payshanba)
Bugungi kunda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hududida minglab turli xildagi manzarali daraxt ko‘chatlari parvarish qilib kelinayapti. Joriy yilning 27-mart kuni bahorning bugungi iliq kunlarida bir guruh universitetimiz va viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari ishtirokida yana manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Universitetimiz hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1500 tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar hamda 500 dona har-xil turdagi gul ko‘chatlarini ekildi.
Joriy yilning mart oyida universitetimiz “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi Muslima Amriddinova Koreyaning Seul va Tejon shaharlaridagi bir nechta nufuzli universitetlari, jumladan Hankuk xorijiy tadqiqotlar universiteti hamda Vosong universitetlari bilan kafedra professor-o‘qituvchilari uchun ilmiy ishlarda hamkorlik qilish, ochiq darslar tashkil qilish hamda qo‘shma konferensiyalar tashkillashtirish bo‘yicha fikr almashdi.
Shuningdek Korea universitetlariga safar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024 yildagi PQ-19-son qarorida keltirilgan xorijiy davlatalardagi O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish maqsadida ushbu davlatlarning ta’lim va ilmiy tashkilotlarida markazlar va kafedralar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilangan topshiriq ijrosi bo‘yicha muloqotlar o‘tkazdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz