“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tarix va madaniy meros” kafedrasi oʻqituvchisi Nodir Xushvaqtov Germaniyaning Gyottingen universitetida ilmiy amaliyot oʻtadi. Mazkur ilmiy amaliyot DAAD dasturi (Germaniya akademik almashuv xizmati) ning “Yevropa istiqbollari dialogda: Markaziy Osiyo va G’arb tadqiqotlari” (“European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research”) xalqaro granti doirasida tashkil etildi. Amaliyot davomida Germaniyaning Gyottingen universitetida olib borilayotgan Markaziy Osiyo tarixiga oid tadqiqotlar tahlil qilindi. Shuningdek, Berlin shahrida joylashgan Germaniya davlat kutubxonasida saqlanayotgan O’zbekiston tarixiga oid bo’lgan noyob manbalar va muzeylarda saqlanayotgan Ipak yo’li shaharlari tarixiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishildi. O‘qituvchi tomonidan amaliyot davomida o’rganilgan zamonaviy ilmiy-amaliy ko’nikmalar dars jarayonlarida samarali tarzda foydalanib kelinmoqda.
Talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov natijalari quyidagicha:
1-oʻrin “Ibrat” jamoasi
2- oʻrin “Intellekt” jamoasi
3- oʻrin “Content” jamoasi
Eron Milliy muzeyi direktori doktor Jebrail Nokandeh va muzeyning madaniyat masalalari boʻyicha oʻrinbosari doktor Fereydun Biglar Eron arxeologiyasi va tarixiga oid 16 jildlik kitoblarni universitetimizga taqdim etishdi. Ushbu kitoblarning 14 jildi Eron arxeologiyasi va tarixiga oid bo‘lsa, yana bir jildi Eron milliy muzeyidagi Niderlandiya ko'rgazmasiga oid kitob va yana bir jildi Eron Milliy muzeyidagi Luvr muzeyi ko‘rgazmasida haqidagi kitoblar haqida.
Ushbu kitoblarni universitetimizning "Tarix va madaniy meros" kafedrasi assistent-professori Morteza Khanipur va Sepideh Jamshidi Yeganeh yetkazib berishdi. Yuqoridagi kitoblar Eronning paleolit davridan to hozirgi davrgacha bo‘lgan arxeologik topilmalari haqida tanishtirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu kitoblar Eronning asosiy arxeologik topilmalari haqida malumotlar beradi, ularning ba'zilari O'rta Osiyo arxeologik topilmalari bilan taqqoslanadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 10 nafar bitiruvchilari Samarqand shahridagi Hilton Garden INN mehmonxonasida o‘z amaliyotlarini yakunlab maxsus sertifikatga ega bo'lishdi. Bitiruvchilarimiz bir oy mobaynida universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Quvonarlisi, mehmonxona ma’muriyati bitiruvchi talabalarimizdan 3 nafarini bilan mehnat shartnomasi imzoladi.
Bugun 22-aprel kuni Koreyaning Kvanju shahri, Kvansan-gu tumani mahalliy Kengashi raisi Pak Byun Kyu va ushbu hududda joylashgan Honam universiteti rektori janob Park Sang Cheol boshchiligidagi rasmiy delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni oliygohimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, prof. D.Nasimov kutib oldi and delegatsiya a’zolari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida universitet tarixi, yo‘lga qo‘yilgan o‘quv tizimi va xorij bilan o‘rnatilgan hamkorlik xususida ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek Kvansan-gu tumani mahalliy Kengashi raisi janob Pak Byung Kyu tumanda yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, oliy ta’lim muassasalari xususan Honam universitetida mavjud ta’lim yo‘nalishlari haqida ishtirokchilarga ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Koreyaning Honam universiteti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-19-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan “O‘zbekshunoslik” kafedrasini tashkil qilish yuzasidan anglashuv memorandum imzolandi.
Ma’lumot uchun: Honam universiteti 1978 yilda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda 40 dan ortiq ta’lim yo‘nalishida 9200 nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Ahamiyatlisi, ushbu universitetda O‘zbekistondan borib ta’lim olayotgan talabalar soni ham anchaginani tashkil qiladi.
Joriy yilning 20-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari, abiturientlar uchun “Ta’lim forumi” o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimida so‘z olganlar bu kabi tadbirlar yoshlarning oliy ta’lim muasassalariga o‘qishga kirishi uchun qulay imkoniyat ekanligi xususida gapirishdi. Ta’lim forumi ko‘rgazma shaklida tashkil qilinib unda nafaqat yurtimizdagi oliy ta’lim muasassalari balki Kanada, Rossiya, Polsha, Yaponiya, Bolgariya kabi davlatlardagi nufuzli universitetlar vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Ta’lim forumida ko‘plab bitiruvchi o‘quvchilar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib mahalliy va xorijdagi oliy ta’lim muasassalari haqida to‘liq ma’lumotlar olishdi.
Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida respublika o‘quv-seminari boʻlib oʻtdi.
Mazkur o‘quv-seminarda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etishdi. Ushbu seminarning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning mustahkam asosini yaratish va bu yoʻlda esa oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni belgilab olish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Ikki kunlik seminar mazmunan boy, tajriba almashishga, samarali ish faoliyatini tashkil etishga katta zamin yaratdi. Anjumanning ikkinchi kunida Buxoroning tarixiy obidalari bo‘ylab tashkil etilgan sayyoxat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova ham ishtirok etdi va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
2024-yil 22-aprel kuni respublikamizda “Xalqaro yer kuni” nishonlanadi. Shu munosabati bilan, joriy yilning 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan “Yer sayyorasini asrash”ga qaratilgan talabalar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbir davomida oliygoh Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova talabalarga Butunjahon Yer kuni dunyodagi eng yirik dunyoviy bayram sifatida e’tirof etilishi, bu sananing ahamiyati, toza atrof-muhit uchun kurashish ishtiyoqi dunyoda kundan-kunga ortib borayotgani to’grisida gapirdi. Shuningdek, talabalarni Butunjahon Yer kunida daraxt ko‘chatlarini ekishga va ona tabiatimizni asrab avaylashda o‘z hissalarini qo‘shishini va turli belgilanmagan joylarga turli chiqindilarni tashlab ketmaslikka chaqirdi.
Alimardonova Zebuniso Mamarajabovnaning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha «SURXONDARYO VILOYATINING TURIZM RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH» mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 27-aprel kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Chuncheongbuk-do provinsiyasining gubernatori Kim Yong Xvan boshchiligidagi delegatsiya bugun 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni universitetimiz birinchi prorektor D. Nasimov kutib oldi va universitet faoliyati, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, muvaffaqiyatlar xususida gapirdi. Ma’lumki bugungi kunda oliygohimiz Koreya Respublikasining qator universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Uchrashuvda delegatsiya rahbari, gubernator Kim Yong Xvan Chuncheongbuk-do provinsiyasidagi talabalar uchun imkoniyatlar, hududdagi oliy ta’lim muasassalari, ularning faoliyati xususida to‘liq ma’lumot berdi. Ahamiyatlisi, delegatsiya tarkibida Chuncheongbuk-do provinsiyasining ta'lim sohasida hamkorlik bo'yicha maxsus maslahatchisi Li Young Eun xonim, Jungwon universiteti rektori janob Xvan Yun Von, Semyung universiteti, Chungbuk provinsial universiteti va Chungbuk sog’liqni saqlash va fanlar universiteti vakillari tomonidan qator taqdimotlar o‘tkazildi.
“Men ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandga, xususan turizm sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlab beradigan universitetga kelganimdan juda xursandman. O‘zbekistonda bunda zamonaviy universitetning faoliyat yuritishi oliy ta’lim sohasining ulkan muavaffaqiyatidan dalolat beradi, biz ham kelajakda oliygohingiz bilan hamkorlik qilishdan benihoya xursandmiz,” - deydi Jungwon universiteti rektori janob Xvan Yun Von.
O‘zaro muloqotdan so‘ng “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Koreyaning Jungwon universiteti rektori janob Xvan Yun Von va Semyung universitetlari o‘rtasida hamkorlik Memorandumlari imzolandi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz