Bahorning mana shunday iliq kishiga orom beradigan kunlari turizmning yanada jonlanishiga muhim turtki bermoqda.
Samarqand viloyat hokimligining Samarqand shahrida “Ichki turizm yarmarkasi” o‘tkazish bo‘yicha qabul qilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan 30-mart kuni Registon maydonida “Ichki turizm yarmarkasi”si tashkil qilindi.
Ushbu yarmarkada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faol ishtirok etib, oliygoh faoliyati haqidagi reklama roligini namoyish qilish bilan birga logosi, yuridik manzili, telefon raqamlari va mavjud yo‘nalishlari haqidagi axborot beruvchi flayerlarni tarqatdi.
Tadbirda “Career-2024” yarmarkasi ham tashkil qilinib unda barcha turistik firmalar, mehmonxonalar, “Air Marakanda”, “Samarkand touristic centre” kabi yirik xususiy korxona va tashkilotlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Quvonarlisi tadbirda ushbu nufuzli tashkilotlarda oliygohimiz bitiruvchi talabalarining ham faoliyat olib borayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim qilindi. “Career-2024” yarmarkasi universitetimiz bitiruvchilari uchun kelgusida nufuzli turistik firmalarda va mexmonxonalarda faoliyat olib borishi yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bitiruvchi talabalarimiz ushbu korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borishi uchun lozim bo‘ladigan dastlabki jarayonlarni amalga oshirishdi.
Universitetimizda Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil yetish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilayapti.
Joriy yilning 1- aprel kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalar turar joyida, universitet tyutori S.Abbasova tomonidan “Kitob-ma'naviyat ko'zgusi” mavzusida talabalar uchun kitobxonlik tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda talabalar ingliz tilida mashhur mualliflarning she’rlarini o‘qib berishdi. Shundan so‘ng talabalar sahna asarlari qo‘yib o‘z iqtidor va aktyorlik mahoratlarini namoyish qilishdi.
Kitob tadbiri davomida talabalar o'zlari tanlagan she'rlarini ingliz tilida aytish bilan birga oxirgi o'qigan kitoblari haqida gapirib berishdi.
Joriy yilning 28-mart kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qarashli Talalabalar turar joyi sport maydonida universitet talabalari jamoalari o'rtasida sportning badminton turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Tashkil etilgan ushbu sport tadbirida universitetning xotin-qizlar jamoasi, talaba-qizlari faol ishtirok etishdi. Musobaqada faol ishtirok etgan xotin-qizlarlardan va talaba-qizlardan iborat jamoalarga esdalik sovg’alari topshirildi.
Xitoy Xalq Respublikasining Nanjing Turizm va mehmondo‘stlik instituti “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga baklalavr yo‘nalishida talabalar almashinuvi dasturi asosida o‘qishga taklif qiladi.
Ushbu dasturn doirasida universitetimizning 5 nafar talabasiga grant ajratiladi.
Grant imtiyozlari:
-o‘qish puli to‘lovi 47000RMB (kursni tamomlagandan so‘ng to‘lov qaytariladi)
- oylik stipendiya 2.300-2.600 RMB
- Xorijiy talabalar uchun yotoqxona.
Talablar:
- Ushbu dastur “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bakalavr yo‘nalishi talabalariga beriladi;
-HSK sertifikati yoki IELTS 6 ga ega bo‘lgan talabalar qabul qilinadi.
Arizalarni qabul qilish muddati: 2024-yil 15-aprel
Batafsil ma'lumot olish uchun telegramga murojaat qiling: +998930045100
1 aprel — Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan universitetda “Qushlarni asraylik” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida universitet tyutorlari, bugungi kunda qushlarni asrab-avaylashda har bir yurtdoshimizning faolligi muhim ekanligi va ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham aholi, ayniqsa, yoshlarning qushlarga bo‘lgan munosabatini yanada yaxshilashga qaratilganligi xususida gapirildi.
Ma’lumot o‘rnida 1 aprel – Xalqaro qushlar kuni jahonda har yili keng nishonlanadi. 1894 yildan ilk bora Amerika Qo‘shma Shtatlarida nishonlagan ushbu sanadan ko‘zlangan maqsad qushlarning turlari, ularning xilma-xilligi va sonini saqlab qolishdan iborat. Qushlar kuni sanasi YuNESKOning “Inson va biosfera” biologik dasturidan ham joy olgan.
Shuningdek 30-mart kuni respublikamiz bo‘ylab “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni” nishonlandi. Shu munosabat bilan, universitet talaba-yoshlari o’rtasida umumxalq tozalik (chiqindisiz) kuni tashkil qilinib, universitetga tutash hududlar, shuningdek markaziy ko‘chalar chiqindilardan tozalandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida haftaning har payshanba kuni “Talabalar xavfsizligi” kuni sifatida belgilanib, ushbu kunda universitetda tuzilgan ishchi guruh tomonidan universitet hududidagi kuzatuv kameralari va Face ID tizimi holati nazorat qilinib bunolar kirish qismidagi xavfsizlikga javobgar xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarning darslarga ishtirok etish holari o‘rganildi.
Shuningdek, universitet talabalarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday sport tadbirlaridan biri 28-mart kuni talabalar o‘rtasida guruhlararo voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
Ro‘zai ramazon kunlarida yakka, yolg‘iz nuroniylar, mehrga muhtoj bo‘lgan bemorlar xolidan xabar olish savob amallardan biri hisoblanadi.
Universitetimizning birinchi bosqich talabalari ham “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksa va nuroniylar holidan xabar olishdi. Oliygohimizning bir guruh birinchi bosqich talabalari, tyutоrlari boshchiligida Samarqand shahrida yakka, yolg‘iz istiqomat qiluvchi keksa onaxon Svetlana Viktorova holidan xabar olishdi.
Shuningdek oliygohimizning birinchi bosqich Arch-123 va Tour-223 guruhi talabalari birgalikdagi Samarqand shahar Quyi Xo’ja sihat mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi Lola Gulyamova xolidan xabar olishdi. Talabalarimiz Lola va uning onasi bilan yaqindan muloqot qilishdi. Samimiy suhbatdan so‘ng talabalarimiz Lolaning tezda sog‘ayib ketishini tilab unga kitoblar sovg‘a qilishdi.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Zoom dasturi orqali o‘tkaziladigan seminarga taklif qiladi.
Mavzu: “Raqobatbardosh bozor sharoitida O‘zbekistonni xalqaro turizm yo‘nalishi sifatida rivojlantirish yo‘lidagi muhim yondashuvlar”.
Vaqti: 2024-yil 2-may, soat 17:00.
Moderator: “Turizm” kafedrasi mudiri, A.Odilov
Havola Zoom dasturi orqali o‘tkaziladigan seminarga: https://us02web.zoom.us/j/81393687614?pwd=bHpna29OU092bk9tN1ZoZGdDZWVSdz09
Konferensiya ID: 813 9368 7614
Kirish kodi: 2024
Seminar ma’ruzachisi Jorj Vashington universiteti profeesori, ekspert Ibrohim Osta haqidagi to‘liq ma’lumotga e’lonning havolasi orqali tanishishingiz mumkin. Ibrohim Osta rivojlanayotgan mamlakatlar turizmini rivojlantirish bo’yicha tan olingan mutaxassis hisoblanadi. U mahalliy sharoitlarga moslashgan turizm dasturlarni ishlab chiqadi va rivojlantiradi. O’tgan 25 yil davomida uning faoliyati turli mamlakatlardagi minglab tadbirkorlar, sanoat xodimlari, turizm hamjamiyatlari va tashkilotlariga foyda keltirdi. Hozirda u Chemonics Internationalning iqtisodiy o’sish va savdo bo’yicha katta maslahatchisi va 6000 dan ortiq xodimga ega kompaniyaning turizm bo’yicha yetakchisi faoliyat olib bormoqda. 2023-yilda u Richard Branson kabi xalqaro turizm sanoati yetakchilari qatorida turizm sohasidagi ishlari uchun taqdirlangan.
2024-yil 30-mart kuni soat 11:00 da (universitet binosi 108-xona) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Hamdamov Amriddin Hamdam o‘g‘li 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” va 08.00.16 - Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya ixtisosliklari bo‘yicha “Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilning 7-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 26-fevraldagi 15-son bayoni ijrosini ta’minlash va talaba-qizlar o‘rtasida milliy hamda zamonaviy liboslarni keng targ‘ib qilish maqsadida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda oliygohimiz yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan tashkil qilingan tadbirda oliygohimiz tyuterlari, “Students Parlament” a’zolari hamda birinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni oliygohimiz yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova kirish so‘zi bilan ochib bugungi kunda xalqimizning milliy urf-odatlari va milliy hamda zamonaviy liboslarni keng targ‘ib qilish muhim vazifalardan biri ekanligi xususida gapirdi. “Fashion day” tadbirida talaba-qizlarimiz o‘zaro jamoalarga bo‘lingan holda milliy kiyimlarda chiqib kelishdi. Shundan so‘ng talaba qizlar tomonidan adras, atlas, beqasam kabi xalqimizning milliy matolaridan tikilgan liboslari hamda o’zida milliylikni aks ettiruvchi urf-odatlarimiz namoyish qilindi va har bir chiqish hakamlar tomonidan baholab borilib, yakunda g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz