Bugun 27-mart kuni universitetimiz faollar zalida universitetimizning birinchi prorektori D.Nasimovning birinchi bosqich talabalar bilan muloqoti o‘tkazildi. Muloqotni universitet Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvoxidova olib bordi. Dastlab uchrashuvda so‘z olgan oliygoh birinchi prorektori ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga to‘xatalib, bugungi kunda talabalarimiz uchun universitetimizda turizm va madaniy meros sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar xususida gapirdi. Shundan so‘ng talabalarimiz tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yinlari uchun shart-sharoitlar yaratish, universitetimizdagi musiqaga iqtidori bor bo‘lgan talabalari uchun musiqiy asboblar olish, arab tilida qo‘shimcha to‘garaklarni tashkil qilish kabi savollariga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi. Shuningdek universitetimiz ma’sullari ham talabalarning dars jarayonlariga e’tiborli bo‘lishi, kutubxonadagi kitoblardan samarali foydalanish kabilar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining bilim va malakasini yanada oshirish maqsadida Vakayama universiteti yozgi maktab-2024 dasturini e’lon qildi. Ushbu dasturda yapon tili va yapon madaniyatini o'rganish bundan tashqari Yapon madaniy merosi bo‘lgan Koyasan tarixiy obe’ktiga tashrif buyurish, muloqot kursini o'tash va qandolat mahsulotlarini tayyorlash mahorat darslari o‘rgatilishi ko‘zda tutilgan.
Dastur davomiyligi: Bir haftalik ya’niy 2024 yil 16 iyul – 22 iyulgacha.
Dastur narxi: 10 000 yen
Arizalarni qabul qilish muddati: 2024-yil 10-aprel
Batafsil ma'lumot uchun Telegramga murojaat qiling: +998930045100
26-mart kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Axborot resurs markazida universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova ochib berdi va yosh kitobxonlarga o‘z tavsiyalarini berdi. Kitobxonlik tadbirida ishtirokchi yosh kitobxonlarni kitob o‘qishga qiziqtirishni oshirishning turli usullariga e’tibor qaratildi.
Tadbirda axborot resurs markazi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo‘limi bosh mutaxassisi, fakultet tyutorlari hamda Yoshlar yetakchisi o‘z farzandlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda faol ishtirok etgan yosh kitobxonlar kitob va esdalik sobg‘alar bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 4-8 mart kunlarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi Farrux Mamаdiyorov Hindistonning Maharashtra shtati Pune shahridagi Milliy Institut banki va menejmenti institutida “Inklyuziv bank, xalqaro moliya va buxgalteriya bo‘yicha xalqaro dastur” doirasidagi kursda ishtirok etdi.
Ushbu kursda Farrux Mamаdiyorov inkluziv bankning amaliyotlari, moliyaviy institutlar, xalqaro moliya va buxgalteriya tizimlari haqida nazariy va amaliy bilimlar bilan yaqindan tanishdi.
Kelajakda Farrux Mamаdiyorovning bu kursda o‘rgangan bilimlari va tajribalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida talabalarga turizm sohasidagi inkluziv buxgalteriya modellari va xizmatlarini taqdim etishdagi yangicha yondashuvlarida amaliy yordam beradi.
Joriy yilning 19-mart kuni universitetimizda “O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uyg‘unligi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, oliygoh tyuterlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni universitet Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova kirish so‘zi bilan ochib, mustaqillik yillarida yurtimizda diniy bag‘rikenglik borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar va buning demokratik jamiyatda tutgan o‘rni va roli xususida gapirdi. Davra suhbatida ichki ishlar sohasi vakillari ham so‘zga chiqib yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishida ayrim diniy oqimlarning tarmog‘iga kirib qolish xolatlari yuz berayotganligi shu bois bu borada ogoh bo‘lishi lozimligi xususida o‘z tavsiyalarini berdi.
25-mart kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida zamonaviy milliy liboslarni ommalashtirish maqsadida “Milliylikda aks etgan zamonaviy liboslar” mavzusida hududiy va xorijiy talabalar o‘rtasida “Nafosat” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir taqdimotida atlas, adras, beqasam singari milliy matolardan tikilgan ko‘rkam, xushbichim liboslar bilan bir qatorda xorijlik talabalarimiz ham o‘zlarining bir necha asrlik tarixga ega liboslarini namoyish etdilar.
Bu kabi tadbirlar xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy qadriyatlari va merosini asrab-avaylash hamda targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Spiker: Rudy Fang
Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes hamjamiyati™ (CASEA-BC™) bosh direktori;
O‘zbekiston-Singapur turizm markazi™ (USTC™) bosh direktori;
Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo xalqaro turizm tadqiqot markazi (CASEA-InTouReC™);
Moderator: Turizm kafedrasi mudiri, Dr. Akmaljon Odilov
Mavzu: MICE turizm: Singapur muvaffaqiyatini model sifatida foydalanish
O‘tkazilish joyi: 229-ma’ruza zali
Vaqt: 11:00 - 12:00, 2024-yil 4-aprel (payshanba)
O‘zbekiston Respublikasi Оliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘iga muvofiq xalqaro tashkilotlar tomonidan tashqi beg‘araz ko‘mak (grant) mablag‘lari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun ochiq bo‘lgan dastur va tanlovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmoqdа.
Grantlar tanlovi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ko‘plab ijodga yaqin bo‘lgan talaba-yoshlar ta’lim-tarbiya olishadi. Bu esa universitet faxri hisoblanadi.
Joriy yilning 20-mart kuni oliygohimizda o‘tkazilgan rasmlar tanlovida ham ana shunday ijodkor talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘z mahoratlarini milliy libos, rang tasvir va grafika yo'nalishlarida sinab ko‘rdilar.
Talabalarning ijodiy ishlarini kafedra professor-o'qituvchilaridan iborat hakamlar hayati adolatli baholab borishdi va tanlovning saralash bosqichi g‘oliblarini aniqlab berishdi.Unga ko'ra;
1-o‘rin Guide -123-guruh talabasi Davlatova Gulasal Shavkat qizi
2-o‘rin ManTour-122 talabasi Rabiddinova Fariza
3-o‘rin Tour-123-guruh talabasi Baxronov Isfandiyor
Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘olib topilgan 3-nafar talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
"Ipak yo'lida til, adabiyot, tarjima, turizm va madaniy meros sohasi tadqiqida innovatsion yondashuvlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif qilamiz!
Samarqand bo'ylab sayohat ham aynan shu konferensiyada tashkil qilinadi.
Konferensiya 2024-yil 3-4-may kunlari bo'lib o'tadi!
Maqolalar qabulining so'nggi kuni: 2024-yil 25-aprel
Murojaat uchun: Qandiya Poyonova @Science_inno1 (993319654)
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz