press

press

Joriy yilning 24-oktabr kuni Qozog‘iston respublikasi Ostona oliy savdo-iqtisodiyot kolleji direktori Mirzabek Kujimov universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmon bilan oliygohimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov muloqot o‘tkazdi. O‘zaro muloqot jarayonida bugungi kunda turizm sohasida va professional ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, hamkorlik natijalari xususida so‘z bordi. 

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, 23-27 oktabr kunlari Qozog‘iston respublikasi Ostona oliy savdo-iqtisodiyot kollejidan kelgan bir guruh o‘qituvchilar Samarqand turizm va madaniy meros texnikum va uning hamkor korxona va tashkilotlarida tajriba almashishmoqda.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshiruvchi talabgorlar uchun hujjatlari qabuli davom etmoqda. Talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron pochta manziliga yuborishlari zarurligini qayd etib o'tamiz.

  • Yo‘llanma xat
  • Passport nusxasi (2 dona)
  • Qisqacha biografik ma’lumotnoma
  • Ariza
  • Doktorlik dissertatsiyasi e’lon qilingan “OAK Byulleteni” jurnali nusxasi (sanasi, jurnal soni)
  • Malakaviy imtihon topshiruvchi haqida malumot ( namunaviy jadval ilova qilinadi).

Hujjatlar joriy yilning 31-oktabriga qadar qabul qilinadi.

08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 17-fevraldagi 220/2-son Qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan hamda 08.0017-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon dasturiga muvofiq o‘tkaziladi (dastur ilova qilinadi).

Malakaviy imtihonlarni o‘tkazilish sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Jadval-1

Dastur.pdf

Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtiroki hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining kreativ ta’lim va innovatsiyalar asosiga qo‘shgan hissasi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

Gazetaning 2023-yil 21-oktabrdagi 125 (23.846)-sonida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshida Samarqand Turizm Akademiyasi tashkil etilganligi haqidagi hamda oliygohimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasovaning “Xorijlik talabalar o‘zbek tilini bilish borasida bellashdi” nomli maqolasi chop etildi. Ushbu maqolalarda turizm sohasidagi amaliy islohatlar natijasida Turizm Akademiyasining tashkil qilinganligi va 2020­yil 20­oktabrdagi Prezidentimizning “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora­tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilinganligi va uning ijrosi haqida so‘z boradi.

Bugungi kunda turizm sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Prezidentimizning sohani isloh qilish borasida olib borgan siyosati natijasida bugun sohada qator keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 20-oktabr kuni  Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish doirasida Xalqaro Turizm Akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda universitet rektori A.Abduxakimov va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili ishtirok etdi va sohada mutaxassislar tayyorlash uchun muhim sanalgan Xalqaro Turizm Akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisini ochib berdi va bugungi kunda sohada olib borilayotgan islohatlarning soha rivoji uchun nechog‘lik muhim ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga ushbu binolarda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishtirib o‘tildi.

Ahamiyatlisi, foydalanishga topshirilgan Xalqaro Turizm Akademiyasida talabalarning sohani chuqur o‘rganishlari uchun barcha xalqaro darajadagi sharoitlar muhayyo qilingan. Endilikda talaba yoshlar shu yerning o‘zida turizm sohasi uchun muhim bo‘lgan xizmat ko‘rsatishning barcha yo‘nalishlarida ta’lim olish bilan birga, amaliyot jarayonlari ham o‘tashadi. Bundan tashqari zamonaviy kutubxona, o‘quv xonalari talaba yoshlarning bilim olishlari uchun barpo qilindi.

Tadbir ishtirokchilari bu kabi yuqori darajada yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib O‘zbekistonda turizm sohasining yuksak darajada ravnaq topayotganligiga yana bir bor amin bo‘lishdi. 

Joriy yilning 16-20 oktabr kunlari Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish doirasida qator tadbirlar ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi. Tadbirlarda butun dunyo davlatlarining turizm vazirlari, yetakchi kompaniya rahbarlari, olimlar ishtirok etishdi. 20-oktabr kuni Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT tizimidagi ushbu yetakchi tuzilmaning bosh kotibi Zurab Pololikashvili va tadbir ishtirokchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonga universitetimiz rektori A.Abduxakimov hamrohlik qildi va oliygohda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan oliygohda turizm sohasida ta’lim olayotgan talabalar uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan birga, milliy liboslar galeriyasi tashkil qilingan. Mehmonlarga turizm sohasi tashkil qilingan laboratoriyalar faoliyati yaqindan tanishtirildi. Universitetda amalga oshirilgan amaliy ishlar barcha mehmonlarda juda katta qiziqish o‘yg‘otdi.  

Joriy yilning 20-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida SHHT turizm sanoatini rivojlantirishga bagʻishlangan qoʻshma ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Ilmiy-amaliy konferensiyani universitetimiz rektori A.Abduxakimov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda SHHT davlatlari o‘rtasida turizm sanoatini rivojlantirish muhim masalalardan biri ekanligi, bu borada O‘zbekiston barcha Shanxay hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi xususida gapirib, konferensiya ishiga omad tiladi. SHHT bosh kotibi o‘rinbosari Shri Janesh Kain ham Shanxay hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida turizm sohasini rivojlantirish eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta’kidladi va bu iqtisodiyotning yanada yuksalishiga muhim omil bo‘lib xizmat qilishi xususida gapirdi. Shuningdek konferensiyada mavzu yuzasidan ko‘plab ma’ruzalar qilindi.

Samarqand shahrida BMT Jahon turizm tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi doirasida “Ta’lim bo‘yicha Global Forum: qurilish turizmining asosi” xalqaro ta’lim forumi o‘tkazildi.  Unda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan, shu jumladan Ozarbayjon, Belarussiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Hindiston, Italiya, Eron, Ispaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Malayziya, Pokiston va boshqa davlatlardan 1200 dan ortiq xorijiy va mahalliy mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etishdi.

Jahon sayyohlik tashkilotining ushbu forumi ta’lim va turizmni rivojlantirish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikka urg‘u beradi. Butun dunyo hamjamiyatiga ta’lim turizm sanoatining kelajagi uchun barqaror rivojlanish va inklyuziv o‘sish vositasi sifatida hal qiluvchi ahamiyatini yana bir bor eslatdi. Forumda O‘zbekiston respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimov, UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova va UNWTO ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha UNWTO  ijrochi direktori Natalya Bayona xonim ma’ruza qildi. Ma’ruzalarda bugungi kunda turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashda ta’lim bilan turizm sohasining uzviyligini yo‘lga qo‘yish, bu borada davlatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy, innovatsion yutuqlarni hayotga tadbiq qilish kabi dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi.

Xalqaro forum yakunida ko‘plab o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida bir qator memorandumlar imzolandi.  

Payshanba, 19 Oktyabr 2023 14:35

E'lon

Joriy yilning 20-oktabr kuni soat 9:00 da "Ipak yo'li" turizm va madaqniy meros xalqaro universitetida SHHT turizm sanoatini rivojlantirishga bagʻishlangan qoʻshma ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshlaydi. Barcha soha mutaxassislarini taklif etamiz!

Joriy yilning 18-oktabr kuni Xitoyning Gongkong Politexnika universiteti dekani, professor Kaye Chon tashrif buyurdi. Mehmonni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va oliygoh bilan ushbu Dunyoning Top 300 taligida o‘rin egallab turgan Gonkong Politexnika universiteti bilan turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Gongkong Politexnika universiteti dekani, professor Kaye Chon ham turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash, turli forumlar o‘tkazib borish ikki oliygoh uchun ham qilishdan manfaatdor ekanligini aytdi. 

63 dan 82 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar