Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, professor Ahmadbek Yusupov universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va ularning qoshidagi ilmiy seminarlar raislari hamda kotiblari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Anjumanda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mutasaddi xodimlari va tadqiqotchilari ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda Ahmadbek Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan fikrlarini bildirdi.
Muloqot savol va javob tarzida davom ettirilib, kengash raislari, kotiblari hamda dissertantlar o‘zlarining ilmiy ishlari bilan bog‘liq savollarga atroflicha javob berdi.
2024-yil 12-mart kuni soat 15:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida o‘‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Joseph Hoffmann tomonidan “Tezis va ilmish ish turlari” mavzusida barcha kafedra o‘qituvchilari uchun seminar bo‘lib o‘tadi.
Bugun 5-mart kuni universitetimiz faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash va talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida iqtidorli yoshlar ishtirokida “Ledi Turizm” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda universitetimizning barcha bosqichlarida ta’lim olayotgan besh nafar zukko va bilimdon talabalari ishtirok etishdi.
Tanlovning birinchi sharti o‘zini tanishtirish bo‘lib, unda barcha talaba-qizlarimiz o‘qish davomida erishgan muvaffaqiyatlari xususida hakamlar hayatiga va ishtirokchilarga gapirib berdi. Shundan so‘ng tanlov ishtirokchilari test savollariga javob berish, karving va sahna ko‘rinish kabi beshta shart bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish qilish bilan birga, xalqimizning milliy qadriyatlari va urf odatlarini turli sahna ko‘rinishlari orqali ko‘rsatib berishdi.
Eng zukko va bilimdon bo‘lgan talaba-qizlarimiz g‘olib deb topildi va “Ledi Turizm” nomiga munosib deb topildi.
Toshkent shahridagi Vestminster universitetida Britaniya kengashi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi bilan hamkorligida tashkil etilgan O'zbekiston-Buyuk Britaniya OTMlari forumida “Ipak yo‘li” turizm va mdaniy meros xalqaro universitetining Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Sardorbek Samaridinov va Ilmiy tadqiqotlar bo'limi yetakchi mutaxassisi Orzubek Inoyatovlar ishtirik etishdi.
Forum doirasida dunyoda o'z nufuziga ega Advance HE va University of Sunderland universitetlari bilan hamkorlik o'rnatish imkoniyatlari haqida muzokaralar olib borildi. Buyuk Britaniya universitetlari ham hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirib o'tishdi.
2024-yil 5-mart kuni soat 15:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida Ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor Tong Qian Zou tomonidan “Qanday qilib tadqiqot o‘tkazish va eng yaxshi jurnallarda maqolalarini chop etish” mavzusida barcha kafedra o‘qituvchilari uchun seminar bo‘lib o‘tadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2024-yil mart oyida o‘tkaziladigan ilmiy seminarlar ro‘yxati
UZBEK TILIDA
INGLIZ TILIDA
Tong_Qian_Zou
Joseph_Hoffmann
Tulkin_Sultanov
6-seminar
Spiker: Dr. Sun Yehong, Pekin Union universiteti turizm maktabi professori
Mavzu: “Madaniy meros turizmi: chegara nazariyalari va eng yaxshi amaliyotlar”
Moderator: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Toni Zou
O‘tkazilish joyi: ma'ruzalar zali 229-xona
Seminar vaqti: 2024 yil, 7 mart soat 14: 00-15: 00 (payshanba kuni)
Joriy yilning 28-29 fevral kunlari Jomboy tumanidagi SOF EXPO markazida “World Edu 2024” ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yarmarkada universitetimiz qabul va marketing bo‘limi mutasaddilari ham ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, yarmarkada Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha oliy ta’lim muasassalari ishtirok etib, unda faoliyati, yo‘nalishi xususida ishtirokchilarga bir qator taqdimotlar o‘tkazdi. Xususan universitetimiz xodimlari ham turizm va madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash, xorijiy oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik o‘rnatilganligi, imkoniyat va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Yarmarkani viloyat hokimi yordamchisi N.Ibrohimov kirish bilan ochib bugungi kunda yetuk mutaxassislar tayyorlashda oliy ta’lim muasassalarining o‘rni va roli xususida gapirdi. Tadbirda barcha oliy ta’lim muasassalari kelgusi yil qabuli yuzasidan mutaxassisliklar kesimida targ‘ibot ishlarini o‘tkazdi.
29-fevral kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Buxoro viloyati turizm boshqarmasi bosh mutaxassisi Lazizbek Muxtorov onlayn tarzda ma'ruza qildi. Seminarni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Toni Zou olib bordi, seminarda 30 dan ortiq magistr, doktorantlar va o'qituvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu taqdimotda janob Lazizbek Muxtorov Buxoroda turizmni rivojlantirishni "Eski shahar uchun yagona sayyohlik zonasi" konsepsiyasi-Buxoro turizmidagi keskin o'zgarishlar mavzusi bilan tanishtirdi.
Lazizbek Muxtorovning tahlillarga boy bo‘lgan taqdimoti seminar ishtirokchilarida juda katta taassurot qoldirdi. Ishtirokchilar seminar mavzusi yuzasidan Lazizbek Muxtorovga savollar bilan murojaat qilishdi. Universitetimiz prorektori, prof. Toni Zou va ma’ruzachi Lazizbek Muxtorov tarixiy shaharlarda turizmni yanada rivojlantirish masalasida fikr almashdi.
4-mart kuni Bangladeshning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dr.Mohammad Monirul Islam janoblarining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘ldi. Mehmonni universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Toni Zou kutib oldi. Dastlab mehmon bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan muloqot o‘tkazildi. Muloqotda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Shundan so‘ng Bangladeshning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dr.Mohammad Monirul Islam oliygohimizning ilmiy va badiiy adabiyotlarga boy bo‘lgan kutubxonasida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi va universitetning faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. Shuningdek mehmon universitetdagi rasmlar ko‘rgazmasi va milliy liboslar galeriyasi bilan yaqindan tanishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz