press

press

YUNESKO Bosh direktori Azoulay “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKOning “Ipak yo'li bo'ylab barqaror meros turizmi kafedrasi”ni ishga tushirish to'g'risidagi shartnomani imzoladi.

Ahamiyatlisi, universitetimiz rektori A.Abduhakimov va prorektor Tongqian Toni Zou ariza berishdagi barcha jarayonlarda bosh-qosh bo‘lishdi. Hurmatli rektorimizning sa’yi harakati bilan ushbu jarayon amalga oshirildi. Murojaat qilish jarayonida Birinchi prorektor
J.Eltzarov, kafedra mudiri M.Siddiqova, bo‘lim boshliqlari
A.Tuxtamishev, N.Mansurovalar faol bo‘lishganligini alohida e’tirof etish lozim. Shuningdek ushbu jarayonda jamoa a'zolari, F.Akramova, S.Jumaev, Lizhen Yang, Zhixin Lin, Shixin guanin, Zaidong Li va Yuanlan Zhong kabi professor-o‘qituvchilarimiz ham o‘z hissasini qo‘shishdi.

Ushbu kafedrani tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad Markaziy Osiyoda madaniy meros va madaniy yodgorliklarni saqlash va targ'ib qilishni kuchaytirish, uni raqamlashtirish va turizm yo‘nalishida keng foydalanishni takomillashtirish belgilangan. O'zbekistonda turizm qishloqlari va sayyohlikni rivojlantirish, kambag'allikni kamaytirish, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va YUNESKOning boshqa kafedralari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ham e’tibor qaratiladi.

Kafedra faoliyatini olib borishda va YUNESKOning madaniy merosini saqlash, targ'ib qilish va turizm sohasida keng foydalanishda ustuvor yo'nalishlarini ilgari surishda universitetimiz prorektori prof. Tongqian Zou, dotsent Mustura Siddiqova o‘zaro hamkorlikda ish olib borishadi.

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda turizm sohasida ta’lim olayotgan yoshlarni sohadagi yangiliklar va tashabbuslar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yurtimizning eng so‘lim va tog‘li go‘shasi bo‘lgan Jizzax viloyatining Zomin dam olish zonasiga sayohat  tashkil qilindi. Sayohat davomida tog‘da sayr qilinib, maxsus kanat yo‘llariga chiqildi.

Ushbu sayohat universitetimizning mahalliy va xorijlik talabalar uchun bir umrlik taassurotlarga boy bo‘lganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Joriy yilning 29-fevralidan 1-martiga qadar universitetimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inter Continental mehmonxonasida bo'lib o'tgan “Hotel Business Forum”ida ishtirok etishdi. Biznes dasturining ikki kuni soha mutaxassislari, tarmoq qo'mitalari va vazirliklar vakillari, investorlar, xorijiy hamkorlarning taqdimotlari, muhokamalari va fikr almashishlari bilan o‘tdi.

Shuningdek forum doirasida mehmondo'stlik sohasida ta'lim bo'yicha yig'ilish o‘tkazildi va unda tomonlar yangi ta'lim dasturlari va amaliyotga yo'naltirilgan modullarni yanada rivojlantirish bo'yicha umumiy fikrga kelishdi.

Joriy yilning 28-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va  birinchi bosqich tyutori G. Xusainova bilan birgalikda, talabalar yotoqxonasida bo‘lib talaba-qizlar bilan “Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta turmush, oilada ayolning muomila madaniyati va ajrimlarning  jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri” mavzularida davra suhbati o‘tkazdi.  

Davra suhbatida mavzu yuzasidan fikrlar bildirilib qarindoshlar o‘rtasidag erta nikohning salbiy oqibatlari, oilada ayol kishining muomila madaniyati bugungi kunda yuz berayotgan ajrimlarning sabablari, oqibatlari, tarbiyalanayotgan bolalarning ruhiyati va tarbiyasiga ta’siri va shu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirildi. 

Tadbirda mas‘ullar tomonidan talaba-qizlarga badiiy kitoblarni ko‘proq mutoola qilish, muomala madaniyatini saqlash, tozalikka rioya qilish kabilar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.  Savol-javob tarzida o‘tgan tadbir talaba-qizlar uchun juda ham ahamiyatli bo‘ldi.

Payshanba, 29 Fevral 2024 11:39

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2024-yil 14-aprelda universitetda bo‘lib o‘tadigan 93-xalqaro koreys tilini bilish darajasini aniqlash (TOPIK) imtihoniga nazoratchilar uchun tanlov ochilganligini e’lon qiladi. Imtihonda nazoratchi sifatida qatnashish istagida bo‘lganlar quyidagi shartlarga muvofiq ariza topshirishlari so'raladi:

1. Ariza topshirish muddati : 1-martdan 20-martgacha

Imtihonda qatnashish uchun quyidagi anketani to‘ldirib imzolagan holda pasportingiz bilan kanerlagan holda telegram orqali @silkroadtopik manzilga yuboring.
Kuzatuvchilikka ariza

2. Tanlov shartlari : Arizalar soni imtihon uchun zarur nazoratchilar sonidan oshib ketganda quyidagi nomzodlar ustunlikka ega bo‘ladi:

     So‘nggi 3 yil ichida TOPIK imtihon nazoratchisi sifatida ish tajribasiga ega bo'lgan shaxslar

    ‚ Oxirgi 3 yil chet tili imtihonlari kuzatuvchisi sifatida tajribaga ega bo'lgan shaxslar

    ƒ Ta‘lim muassasasida ish tajribasiga ega bo'lgan shaxslar

3. Qo‘shimcha shartlar:

- To'lov shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi

- Imtihonda muvaffaqiyatli ishtirok etgan nazoratchilar,keyingi imtihonlarda qatnashish uchun imkoniyatga ega bo‘ladi.

 Imtihon joylari va nazoratchilar soni

Imtihon hududi

Zarur nazoratchilar soni

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ( TOPIK II )

38

Umumiy miqdor

38

Payshanba, 29 Fevral 2024 10:27

E’LON

Joriy yilning 4-mart kuni soat 10:00da universitetimizning 229-xonasida Birlashgan Arab Amirligining Sharjah universiteti Sa'natshunoslik tarixi yo‘nalishi bo'yicha fan doktori Sami De Giosa ishtirokida  online konferenseya tashkil qilinadi. Onlayn shaklda bo‘lib o‘tadigan konferensiya mavzusi “2024 yilda ilmiy tadqiqot ta’moyillarini belgilash”.

Ma'ruzachi: London universiteti Phd himoyachi doktori Sami De Giosa.

Taklif qilinadi: Mustaqil tadqiqotchilar, ilmiy izlanish olib borayotgan stajorlar va o’qituvchilar.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilimdon talabalaridan iborat jamoalari o‘rtasida kinolar mavzusida “Movie Quiz” o‘yini tashkil etildi.

Universitetimizda bu kabi “Zakovat Quiz”ning ushbu mavzulardagi o‘yinlari doimiy ravishda tashkil etilib, talabalar faol ishtirok etishmoqda.  Yettita bosqichdan iborat bo‘lgan bilimlar bellashuvida jamoalarga oltitadan savollar berildi. Sakkizta jamoa ishtirok etgan bellashuvda savollar asosan kinolardagi ayrim qiziqarli faktlar, sountreklarning qaysi filmga tegishli ekanligi, mashhur aktyorlar ishtirok etgan kinolar nomi kabi savollarga javob izlandi.

Talaba-yoshlarning bilimdonligi, zukkoligiga ko‘ra,  birinchi o‘rin  “The last dance” jamoasi, ikkinchi o‘rin “Anubis” jamoasi va uchinchi o‘rin “Friends” jamoasiga nasib qildi.

Chorshanba, 28 Fevral 2024 10:35

E’LON

Joriy yilning 29-fevral kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliygoh magistratura bosqichi talabalari hamda universitet ilmiy tadqiqotchilari uchun seminar tashkil etiladi. Seminarga universitet Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo'yicha prorektori Tony Zou tomonidan O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassisi Lazizbek Muxtorov taklif etilgan.

Seminar o'tkazilish vaqti: 2024-yil 29-fevral soat 14:00

o'tkaziladigan joy: universitet binosi 229-xona

Seminar mavzusi: "Tourist-only zone-Eski shahar konsepsiyasi" tushunchasi, Buxoro viloyati turizm sohasidagi o'zgarishlar.

Seminarda ishtirok etish uchun Zoom havola: https://us02web.zoom.us/j/85844147102?pwd=S2pyK3pjS1FpWXBFVnVXQVJ3aGRDUT09
Konferentsiya ID: 858 4414 7102
Kirish kodi: 864961

Universitetimiz hamda Pekin Xalqaro tadqiqotlar universiteti o‘rtasidagi fakultet va talabalar almashinuv dasturiga binoan Pekin Xalqaro taqdiqotlar universitetining magistratura bosqichi talabasi Huang Mingshan oliygohimizda bir semestr muddatga almashinuv dasturi talabasi etib qabul qilingan edi. 

Joriy yilning 27-fevral kuni universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov tomonidan xorijlik talabamizga o'quv yo'nalishida belgilangan fanlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirganligini inobatga olib unga "Almashinuv dasturi bitiruvchi talabasi" sertifikatini topshirdi va uning kelajakdagi o'qish va ishlarida muvaffaqqiyat tiladi.
- Men “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bir semestr davomida o‘z bilim va malakalarimni oshirganligimdan juda xursandman. Haqiqatan ham Samarqand turizm va madaniy merosni o‘rganish uchun eng qulay maskan ekanligini va universitetda yuqori bilimga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar dars berishi menda katta taassurot qoldirdi. Bu esa mening kelajakdagi mehnat faoliyatimda muhim ahamiyat kasb etadi,-deydi Pekin Xalqaro tadqiqotlar universiteti talabasi Huang Mingshan.

Tarixdan ma’lumki, Xitoy davlatida Xitoy an’anaviy “Fonuslar bayrami” festivali nishonlanib kelinadi. Xitoy xalqining urf-odatlari va qadriyatlarini o‘rganish va hurmat nuqtai nazaridan joriy yilning 24-fevral  kuni universitetimiz konferensiya zalida xitoy tilini o‘rganayotgan bir guruh talabalar, Samarqand davlat chet tillar institutining Konfutsiy instituti hamda “Istiqbolli ta’lim” maktabi o‘quvchilari ishtirokida "Bahor bayrami muborak" fonuslar bayrami bazmi o’tkazildi. Tadbir davomida turli chiqishlar tadbir qatnashchilarida katta qiziqish o‘yg‘otdi.

76 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar