press

press

Joriy yilning 6-mart kuni universitetimiz Turizm kafedrasi o'qituvchisi Muhammad Shahparan va ikkinchi bosqich log - 122 guruh talabalari turizm sohasidagi barqaror transport bilan tanishish maqsadida Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi. Transport turizm faoliyatining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Transport va turizmni rivojlantirish o'rtasidagi munosabatlar juda muhimdir, chunki u turizm sohasini rivojlantirishga katta hissa qo'shadi. Ko'zlangan maqsad talaba yoshlarimizni turizm sohasida barqaror transport amaliyoti bilan tanishtirish, yuqori darajadagi nazariya va amaliy bilimlarni taqdim etish, shuningdek, ularning malakasini oshirishdan iborat.

Joriy yilning 11-Mart kuni Koreya madaniy merosini targ‘ib qilish byurosi bosh direktori Chae Su-hee xonim hamda Koreya madaniy meros fondi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i janob Na Jeong-hee boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Koreya madaniy meros fondi tomonidan arxeologiya, muzeyshunoslik va madaniy meros sohalariga oid Koreya adabiyotlarini universitet kutubxonasiga taqdim etishdi. Koreya tomonidan universitet kutubxonasiga 500 dan ortiq kitoblar topshirildi va talabalar uchun yangi kitoblardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

          -Koreya madaniy meros fondining hamda universitetning 2022-2030 yillarga mo‘ljallangan loyihasida Samarqand arxeologiya instituti hamda “Ipak yo‘li” urizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari bilan turli tarixiy obidalarda qazishma ishlarini olib borish hamda sohaga taalluqli turli adabiyotlarni, ilmiy ishlanmalarni oliygoh kutubxonasiga topshirish ko‘zda tutilgan,-deydi Koreya madaniy merosini targ‘ib qilish byurosi bosh direktori Chae Su-hee.

Dastlab universitet mutasaddilari delegatsiya a’zolari bilan muzokara o‘tkazilshdi va unda ikki tomonlama manfaatli loyihalar xususida fikrlar bildirildi. Shundan so‘ng mehmonlar universitetimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda bugungi kunda xalqaro aloqalar natijasidagi amaliy ishlar xususida ma’lumotlar berildi.

Jannatmonand yurtimiz-qadimiy va navqiron Samarqandimizning, universitetimizning shon-sharafini tobora yuksaltirishda jonkuyarlik qilayotgan, halol va samarali mehnatlari bilan e’tirofga sazovor bo‘layotgan xotin-qizlar safi yil sayin kengayib borayotgani barchamizni quvontirmoqda.

Bugungi kunda universitetimiz  hayotining eng muhim sohalaridan bo‘lgan ta’lim va tarbiya tizimida, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish sohasida, shu bilan birgalikda jamoat ishlarida ham ayollarimiz yuqori foizlarni tashkil etayotganligi safimizda nechog‘li salohiyat egalari borligini ko‘rsatib turibdi. Universitetimiz ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shayotgan va ularning soni yil sayin ortib borayotganini alohida e’tirof etish joiz albatta. 

Universitetimiz xotin-qizlarini kelajakda davlat va jamiyat boshqaruvida dadillik, shiddat va nafosatni, or-nomus va hayoni o‘zingizga bayroq qilib faollik ko‘rsatishlaringizga ishonaman.

Mamlakatimizda bilimli, oqila, har tomonlama tengdoshlariga o‘rnak ko‘rsatayotgan zukko talaba-qizlarimiz safi yildan yilga kengayib bormoqda. Ularning fan, ta’lim, turizm, san’at, madaniyat sohalarida erishayotgan muvaffaqiyatlari bilan har qancha faxrlansak arziydi.

O‘zining bor bilimi va tajribasi, salohiyati, g‘ayrat-shijoatiyu tafakkuri bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida butun xalqimizning va o‘z oilasining farovonligi uchun mehnat qilayotgan har bir xotin-qiz el-yurt e’tibori va mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lmoqda.

Yurtimizda hukm surayotgan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va ahillikni yanada mustahkamlash, yoshlarimizning ongi va qalbini bizga mutlaqo yot bo‘lgan zararli oqim va ta’sirlardan, “ommaviy madaniyat” xurujlaridan saqlash, oilalarda, universiteimizda olib borayotgan tarbiyaviy ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni bugun tobora keskinlashib, murakkablashib borayotgan hayotning o‘zi barchamizdan talab etmoqda.  Ana shunday o‘tkir masalalarni yechishda men siz, universitetimiz muhtarama ayollariga, sizlarning aql-zakovatingiz, olijanob fazilatlaringizga tayanishimni, sizlarni o‘zimning eng yaqin maslahatchilarim va safdoshlarim, deb bilishimni fursatdan foydalanib bugun yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman.

Hurmatli xotin-qizlar va talaba qizlar!

Sizlarni 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizga sihat-salomatlik, baxt va omad, mehnat faoliyatingiz  betakror yutuqlar va e’tiroflarga to‘liq bo‘lishini tilayman.

Hayotingiz farovon va iqbolingiz baland bo‘lsin!

Oilangiz va yaqinlaringiz baxtiga hamisha bor bo‘ling!

Bahor ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Sizga o‘zimning yuksak hurmatim va

ezgu tilaklarimni bildirib,

Hurmat bilan rektor,

A.Abduxakimov

Bugun 7 mart kuni universitetimiz faollar zalida 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Dastlab tadbirda universitetimiz rektori A.Abduxakimovning oliygohimiz professor-o‘qituvchilariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng oliygohimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov so‘z olib barcha universitetimiz xotin-qizlari hamda talaba-yoshlarini
8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etdi va o‘quv yili davomida faollik ko‘rsatib mehnat qilgan  bir guruh professor-o‘qituvchilarga hamda turli tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talaba qizlarimizni sertifikatlar, faxriy yorliqlar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirladi.

Shuningdek bayram tadbirida viloyat Turizm boshqarmasi boshlig‘i D.Narziqulov tomonidan faol bo‘lgan universitetimiz professor-o‘qituvchilariga hamda soha xodimlariga sertifikatlar topshirdi.

 Bayram tadbirida talabalarimiz tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar bayramning yanada fayzli bo‘lishiga xizmat qildi.

Payshanba, 07 Mart 2024 11:03

E’LON

Spiker: Dr FU Jing
Dotsent

Turizm va madaniyat sanoati maktabi, Chengdu universiteti, Xitoy.

Tadqiqot yo‘nalishlari: Menejment, turizm va mehmondo‘stlik ta’limi.

Moderator: Turizm kafedrasi mudiri, Dr. Akmaljon Odilov

Mavzu: Turizmni barqaror boshqarishda manfaatdor tomonlarning roli.

O‘tkazilish joyi: 229-ma’ruza zali.

Vaqt: 11:00 - 12:00, 2024 yil 14 mart (payshanba)

Bugun ertalabdan 8-mart xotin-qizlar bayrami munosabati bilan universitetimiz rahbariyati, kasaba-uyushma qo‘mitasining boshlang‘ich tashkiloti, bo‘lim boshliqlari hamda xodimlaridan iborat yigitlar universitetimizning barcha xotin-qizlarini bayramona ruhda kutib olishdi. Maxsus harbiy orkestr kuyi sadolari ostida har bir xotin-qizlarimizga gul sovg‘a qilinib, bayramona tilaklar bildirildi. Shu munosabat bilan barcha universitetimiz xotin-qizlarini ushbu bayram bilan chin yurakdan qutlab qolamiz.

Bugun “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tasarrufidagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumida Turizm qo'mitasi bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan seminar tashkil etildi. Seminarda mehmonxona va restoran vakillari hamda texnikumning "Mehmonxona" va "Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish" yo'nalishi talabalari  ishtirok etishdi.

Seminar-trening Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan oliy toifali mutaxassis Mashkov Aleksandr Yurievich tomonidan olib borildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Payshanba, 07 Mart 2024 09:49

“SOG‘LOM HAYOT – SOG‘LOM KELAJAK”

2024-yil 6-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" kuni munosabati bilan  ayol professor o'qituvchilar va xodimalar o'rtasida "Sog'lom hayot – sog‘lom kelajak" shiori ostida "Quvnoq startlar" musobaqasi o'tkazildi. 

Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi,  xotin-qizlar kengashi hamda sport klubi tashabbusi bilan tashkil etilgan bellashuvlarda jamoalar basketbol to'pi bilan harakatlanish, raketkada to'pni belgilangan manzilga yetkazish hamda jamoaviy arqon tortish bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.   

Qiziqarli va murosasiz kechgan  bellashuvlarda g'olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom, kubok hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Natijalarga ko'ra, universitetning ayol professor-o'qituvchilari hamda xodimlaridan tashkil topgan "Guzallar" va “Yulduzlar” jamoalari mutloq g'olib deb topildi.

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 5-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari ishtirokida sportning badminton turi bo‘yicha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.

 Keyingi yillarda universitetimizda badminton sport turi universitet talabalari orasida keng ommalashib bormoqda. Natijada talaba-yoshlar o‘rtasida bu sport turiga bo‘lgan qiziqish kun sayin oshib borayapti.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, g‘olib ishtirokchilar musobaqa tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.

Universitetimizning mehmonxona biznesi yo’nalishi 2-bosqich talabasi Ruxshona Erkinova yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar oqilona foydalanib kelayotgan yoshlardan biri hisoblanadi. Ruxshona hozirda NGS&TNC, ichimlik suv va jamiyatni muhofaza qilish bo'yicha masofaviy tajriba o'tkazmoqda.

Ruxshona Erkinova IELTS imtihonida bepul joy olish uchun o‘tkazilgan tanlov jarayonida g‘olib bo‘ldi va ushbu imkoniyatga ega bo‘ldi.

“Ingliz tilidan imtihon topshirish mening bu bahorda amalga oshirishim kerak bo’lgan rejalarimdan edi, chunki bu meni dunyodagi imkoniyatlarga va yaqinda tashkil qilinishi rejalashtirilgan volontyorlar yozgi lageriga munosibligimni oshiradi. Rejalarimning birini amalga oshirishimga yordam bergani uchun ushbu mukofot tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman”,-deydi Ruxshona Erkinova.

74 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar