press

press

Joriy yilning 17-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari Mahliyo Umarova, Sardor Quvondiqov, Dilrabo Mardonova Toyloq tumanidagi “Uzunqishloq”  va “Ukrach” mahallalari fuqarolari bilan uchrashdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.

Targ‘ibot tadbirida mahalla faollari, mahalla yoshlar yetakchisi, mahalla hokim yordamchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari, ustoz-murabbiylar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi va Yangi Oʻzbekistonda erishilayotgan yutuqlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Tadbirda faol bo‘lganlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

         2024-yilning 19-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva “Men o‘zimni sevaman, menga o‘zim yoqadi!” nomli ajoyib motivatsion trening o‘tkazdi.

         Professor-o‘qituvchi va xodimlar qatnashgan tadbirda insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi naqadar ulkan kuchga ega ekanligi, shu orqali uning baxtli, omadli bo‘lishi nazariy va amaliy jihatdan yoritib berildi. Maxsus psixologik metodikalar yordamida inson o‘zini boricha qabul qilishni, shu yerda va hozir, ya’ni real holatda bo‘lish va shu orqali energiyamizni ichki dunyoimizga yo‘naltirishga o‘rganish ko‘nikmalari shakllantirildi.

         Relaksatsion mashqlar yordamida qalbga quloq tutish, kayfiyatni ranglarda ko‘rish o‘z-o‘zini nazorat va isloh qilish, ruhiyatni tetiklashtirishga erishildi. Qiziqarli jamoaviy o‘yinlar esa ishtirokchilarga pozitiv emotsiyalar va xushkayfiyat ulashdi.    

Har bir umumta’lim maktabi bitiruvchisining oldida qaysi nufuzli oliy ta’lim muasassasida o‘qib tahsil olsam va kelajakda bilimli mutaxassislikka erishsam ekan, degan savol turadi. Ushbu savolga hozirdanoq “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga o‘qishga kirib xalqaro darajada ta’lim-tarbiya olish va turizm va madaniy meros sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish imkoni bor ekanligini aytish orqali ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash lozim bo‘ladi. Joriy yilning 19 yanvar kuni Pastdarg'om tumanidagi 2-son ixtisoslashgan maktab bitiruvchilarining universitetimizga tashkil qilingan sayohati ham o‘quvchi yoshlarda juda katta taassurot qoldirdi. Ular oliygohimizdagi xalqaro ta’lim standartlari asosidagi sharoitlarni ko‘rib bu yerda ta’lim olayotganlarga havasi keldi. Men o‘zim ta’lim olayotgan 2-son ixtisoslashgan maktabni tugatib aynan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim olishni reja qildim, - deydi xalqaro sertifikatga ega o‘quvchilardan biri.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risidagi F-79-sonli Farmoyishiga asosan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-kurs talabalari 2024-yilning 22-yanvar kuni  Kattaqurg‘on shahrida joylashgan harbiy qismda bo‘lib, u yerdagi kutubxona bilan yaqindan tanishishdi.

Imzolangan anglashuv memorandumlari va hamkorlik shartnomalari mamlakatlar kesimida:

Ispaniya:

- BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO),

Angliya:

- Canterbury Christ Church Universiteti (QS reytingida 1100)

Isroil:

- Xolon Texnologiya Instituti (Global reyting 5000)

Malayziya:

- UCSI universiteti  (QS reytingida 300)

- MARA Texnologiya Universiteti (QS reytingida 300)

- Malayzia Menejment va Fanlar Universiteti (QS reytingida 600)

Koreya Respublikasi:

- Gyeongsang Milliy Universiteti (QS reytingida 700)

- Jeju Turizm universiteti  

Xitoy Xalq Respublikasi:

- Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti  (QS reytingida 1100)

- Kainan Universiteti, Taiwan (Global reytingda 5000)

- Zhejiang Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti (Global reytingda 5000)

- Nanjing Turizm va Mehmondo‘stlik Instituti

Turkiya:

- Ege Universiteti (QS reytingida 1001-1100)

- Mugla Sitki Kocman Universiteti (Global reytingda 2000)

Indoneziya:

- Gunadarma Universiteti  (Global reytingida 3500)

- Dian Nusantara Universiteti

- BITS Bali Turizm Insituti

- Bhayangkara Jakarta Raya Universiteti

- Krisnadwipayana Universiteti

- Esa Unggul Universiteti

- Muhammadiyah Jakarta Universiteti

- Panchasila Universiteti

Qirg’iz Respublikasi:

- K.Sh.Toktamatov nomidagi Xalqaro Universitet

Qozog’iston Respublikasi:

  • A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti

Rossiya Federatsiyasi:

  • Janubiy Universitet

Almashinuv dasturlari bo‘yicha:

Hozir Yaponiyaning Wakayama universiteti, XXRning Pekin xalqaro tadqiqotlar universitet, Zhejiang xalqaro tadqiqotlar universiteti, Shimoliy-g’arbiy universiteti, Nanjing turizm va mehmondo‘stlik universiteti, Kainan universiteti, Turkiyaning Ege universiteti va boshqa xorijiy OTMlar bilan o‘rnatilgan almashinuv dasturlari orqali talabalarimiz tahsil olishmoqda.

Universitet xodimlarining 2023-yil davomida xalqaro konferensiya va tadbirlarlarda ishtiroki:

 

  • Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan VIII Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘ining (8th General Assembly of SUN) bosh assambleyasi;
  • Kota universitetida BRIKS boʻyicha ikkinchi ilmiy anjuman;
  • "Seoul International Travel Fair" xalqaro ko'rgazmasi
  • Fransiyaning Luvr muzeyida tashkil "O'zbekiston vohalari xazinalari" nomli ko'rgazmaning yopilish marosimi;
  • Turkiyaning Burdur shahrida Erasmus+ xalqaro xodimlar haftaligi bo‘yicha anjuman.
  • Xalqaro ta’lim va almashinuv dasturi doirasida Koreya Respublikasida amaliyot.
  • Xitoy davlati poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo”-2023 inson huquqlarini rivojlantirish forumi;
  • “Markaziy Osiyodagi qadimgi Turkiy tamaddun va uning eski Xitoy tamadduni bilan aloqasi” mavzusida Xitoy Xalq Respublikasining Shandung provinsiyasi Chufu shahrida tashkil etilgan “2023-Nishan ananaviy tamaddunlar forumi va Konfutsiyni xotirlash marosimi”da taqdimot bilan ishtirok;
  • Istanbulda o‘tkazilgan “Usmonli dunyosida astronomik bilimlarni uzatish kanallari (14-18 asrlar)” mavzusidagi konferensiyasi;
  • Turkiyaning Marmaris shahrida Alanya va Beykent universitetlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan “5-Xalqaro turizm va madaniy meros xalqaro kongressi”da;
  • Gangkong politexnika universiteti, Mehmonxona va turizm boshqaruvi fakultetida bo‘lib o‘tgan IMPACT2023 xalqaro konferensiyasi;
  • Janubiy Koreyaning Seul shahrida tashkil etilgan Seolseong xalqaro san'at festivali;
  • MDHga a'zo davlatlar ijodiy va ilmiy ziyoliklarining xalqaro forumi;
  • AQShning Pistburg universitetida bo'lib o'tgan "Markaziy Evrosiyo tadqiqotlar jamiyati" nomli xalqaro konferensiya;
  • Rossiya Federatsiyasining Kavkaz Kasbiy va Shark nomli xalqaro yoshlar forumi
  • XXRda COAST-2023 forumi va to'rtinchi xalqaro suniy intelekt va turizmni barqaror rivojlantirish bo'yicha konferensiya;
  • Turkiyaning Marmaris turizm markazida tashkil etilgan “beshinchi xalqaro turizm va madaniy meros kongresi”da ishtirok;
  • Istanbul universiteti ijtimoiy tarix kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Usmonli dunyosida astronom bilimlarni ijro etish kanali" nomli xalqaro kongress;
  • Ozarbayjonda Turizm sohasiga ixtisoslashgan ta'lim institutlari vakillarining birinchi uchrashuvida ishtirok;
  • Gangkong politexnika universitetida tashkil etilgan IMPACT-2023 xalqaro konferensiyasida ishtirok etish

Stajirovka professor-o‘qituvchi va xodimlarning xorijiy davlatlarda o‘tagan stajirovkalar:

  • FEP dasturi orqali AQSHning Wyoming universitetida grant asosida uzoq muddatli stajirovka o‘tadi;
  • Ipak yo'li madaniyati va turizmini rivojlantirish va Markaziy Osiyo mamlakatlarida madaniyat va turizm tadqiqotlari imkoniyatlarini oshirish bo'yicha Xitoyda tashkil etilgan qisqa muddatli stajirovkada universitetning jami 26 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlari Xitoy Xalq Respublikasida stajirovka o‘tadi;
  • Hindistonning Jaipuria menejment institutida grant asosida qisqa muddatli starijovka;
  • Germaniyaning Kostanz universitetida grant asosida qisqa muddatli stajirovka;
  • Suv osti arxeologiyasi bo'yicha bo'lib o'tadigan qisqa muddatli ilmiy-amaliy seminar;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlarga stajirovkalarga yuborish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov” golibi Nodir Xushvaqtovga dunyo universitetlari reytingida 4-oʻrinda turuvchi Oxford universitetida (Buyuk Britaniya) grant asosida uzoq muddatli tadqiqot olib bordi.

Xorijiy professor-o’qituvchilarning universitetimiz talabalari uchun qilgan maruzalari:

  • “Turizim va mehmondo‘stlik industriyasida inson va sun’iy intellektning o‘zaro ta’siri” mavzusida Angliyaning Surrey universiteti professori Iis Tussyadiah;
  • Greenwich universitetining marketing, tadbir va tourism kafedrasi o‘qituvchisi Dr.Peter Vlachos “Buyuk Britaniya ta’limi” mavzusida seminar;
  • Javoharlal Neru universiteti, Nyu-Dehli Alliance Medical NHS, Birlashgan Qirollik amaliyotchisi, Kumbriya universitetidan Haseeb Cheerathadayan “Covid-19ning xalqaro munosabatlarga ta'siri: Global sog'liqni saqlash, iqtisodiyot va turizm” mavzusida seminar;
  • Xitoyning Shimoli-G‘arbiy universiteti Madaniy meros fakulteti dekani, professor Ma Jian “Vohadan yaylovgacha: Sharqiy Tyanshan tog‘larining dastlabki rivojlanishi va o‘zaro madaniy ta’siri” mavzusida seminar;
  • “Turizm va mehmondo‘stlik industriyasida inson va sun’iy intellektning o‘zaro ta’siri” mavzusida Surrey Universiteti “Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti” fakulteti dekani Iis Tussyadiah;
  • Gankong politexnika universitetining professori Hengyun Li tomonidan “Turizm tadqiqotlarida eksperimental dizayn va ma'lumotlarni qo'llash” mavzusida seminar;
  • AQShning Utah davlat universiteti professori Karin deJonge-Kannan tomonidan “asosiy tadqiqot usullari va maqola tuzilishi” mavzusida ma’ruza;
  • Shimoli-G‘arbiy universiteti professori Yang Luning ishtirokida “Madaniy meros yodgorliklarni saqlash va arxeometriyaning ayrim masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar;
  • Amirsoy oromgohining marketing bo‘limi boshlig‘i Elvina Turjanova va savdo bo‘yicha katta menejeri Intizor Sapayeva hamkorligida “Markaziy Osiyodagi eng yaxshi kurortni rivojlantirish” mavzusida seminar;
  • AICHI Perefektura universitetidan 4 nafar professor-o‘qituvchilar tomonidan seminar;
  • Avstraliyaning ECU (Edith Cowan University) universiteti professori Songshan (Sam) Huang tomonidan “xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish hamda ilmiy tadqiqot ishlari sifatini oshirish” mavzusida treyning.

 

Universitetimizda o’tkazilgan tadbirlar:

  • Turkiya Respublikasidagi “Pamukqaʼla” universiteti bilan hamkorlikda “Insoniyat va yer yuzi uchun gastronomik turizm kongressi: innovatsiya, imkoniyatlar va barqarorlik” mavzusidagi congress;
  • Universitetda Indoneziya markazining ochilish marosimi. Ushbu marosimda 60 ga yaqin Indoneziyalik, ya’ni 8 dan ortiq Indoneziya universitetlari vakillari ishtirok etishdi;
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yig‘ilishi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ko‘ngilli talabalar volontyor tarjimon sifatida jalb etildi;
  • “Turkiy davlatlari tashkilotining Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi (TURKUNIB)”ning maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, mazkur yig‘ilishida Qozog‘iston, Turkiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston davlatlaridan 50 ga yaqin a’zo universitet vakillari va ekspertlar ishtirok etdi;
  • Hindiston o‘quv xonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Hindistonning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manish Prabxat, elchixona xodimlari, hamda universitetimizning Hindistonlik talabalari ishtirok etishdi;
  • Samarqand shahridagi San’at galereyasida (Art Station) “Ichki ufq: Ella Mayar suratlarida 1930-yillardagi O‘zbekiston” ko‘rgazmasining ochilish marosimi tashkil qilinib, unda shveysariyalik sayohatchi, sportchi, fotograf va yozuvchi Ella Mayarning Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Turkiyaga qilgan sayohati davomida olgan fotosur’atlari namoyish qilindi;
  • Xitoy-Markaziy Osiyo “Bir kamar va bir yo‘l” inson va atrof muhitni o‘rganish qo‘shma laboratoriyasi hamda Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnologik qo‘shma xalqaro laboratoriyasining ochilish marosimini universitet rektori Aziz Abduhakimov, Xitoy kommunistik partiyasining Shensi provintsiyasi kotibi Chjao Yide, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Shimoli-G‘arbiy universitet vitse-prezidenti Chang Jiang qatnashdilar;
  • Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohining boshlanishiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur eko-oromgohi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, yoshlar siyosati va sport vazirligi, "zamin" xalqaro jamoat fondi, UNICEF, UNESSO, BMTTD va FAO ko'magida tashkil etildi;
  • “ShHT mamlakatlarida barqaror turizm va madaniy merosni rivojlantirish istiqbollari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya ShHT bosh kotib o‘rinbosari Shri Janesh Kain hamda Malayziya, Angliya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Eron Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikistan kabi turizm sohasida beshqadam OTM va tashkilot vakillari qatnashdi;

Joriy yilning 17-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari Ibragimov Husen va Kobilova Maftuna Toyloq tumanidagi “O‘zbekiston” va “O‘ray-elipok” mahallalar fuqarolari bilan uchrashdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.

Targ‘ibot tadbirida tuman va mahalla faollari, fuqarolar ishtirok etdi. Tadbirda  keyingi yillarda Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlidagi islohatlar va erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z bordi.

Chorshanba, 17 Yanvar 2024 17:16

Universitet va mahalla hamkorligi yo‘lida

Joriy yilning 17-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari Farrux Mamadiyorov va Ma`mura Ismailova Toyloq tumanidagi “Eskijuma” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.

Targ‘ibot tadbirida mahalla faollari, mahalla yoshlar yetakchisi, mahalla hokim yordamchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari, ustoz-murabbiylar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi va Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar va erishilayotgan yutuqlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Tadbir davomida faol bo‘lgan ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Juma, 19 Yanvar 2024 16:45

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida 2024-yilning 2-fevral kuni “Raqamli iqtisodiyot sharoitida kapital bozorini rivojlantirish va boshqarish: muammolar va zamonaviy yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan, mazkur konferensiyada ilmiy xodimlar, mutaxassislar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorant hamda izlanuvchilarining o‘z ma’ruza tezislari bilan joriy yil 29-yanvar soat 18:00 ga qadar Oliy maktabning Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishi yoki oliy maktab ma’sul xodimi Sh.Nabiyevaga telefon orqali (+998712390317) murojaat qilib ishtirok etishni tasdiqlash mumkin. Konferensiya ishiga tezislarni taqdim etish shartlari ilova qilinadi.
Ilova

Juma, 19 Yanvar 2024 16:24

E’LON

YUNESKO tashkiloti tomonidan “Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish” nomli YUNESKO/Hamad bin Isa Al-Xalifa mukofotining tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar www.unesco.org/ict-ed-prize/register havolasi orqali shaxsiy kabinet ochishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar https://www.unesco.org/ict-ed-prize havolasi orqali onlayn tarzda ariza shaklini ingliz yoki fransuz tillarida to‘ldirishlari va taqdim etishlari lozim.

Hujjatlar joriy yilning 23-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar Milliy komissiya kotibiyati tomonidan saralanadi va tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Ilova

Juma, 19 Yanvar 2024 15:49

E’LON

Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish tarmoqlari uchun professional taʼlim (PECA)” loyihasi doirasida 2024-yilning 25-26-aprel kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida “Professional taʼlim barqaror rivojlanishning mintaqaviy jihatlari: chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusidagi uchinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, pedagog kadrlar va ilmiy xodimlarni konferensiya axborot xatidagi talablarga muvofiq ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishga taklif etamiz.
Ilova

83 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar