“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va https://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:
1) Ariza;
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, ilovalari bilan birgalikda;
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
6) Pasport nusxasi;
7) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;
9) Ish joyidan tavsifnoma
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).
Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim http://phd.mininnovation.uz. orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
Qabul: 2024-yil 15-yanvardan 15-fevralgacha
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga (mustaqil izlanuvchilik PhD) хujjat topshirgan talabgorlar uchun o‘qishga kirish uchun suhbat mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi.
Murojaat uchun telefon: +998 66 240 67 85
Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.; Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Joriy yilning 17-yanvar kuni soat 15:00 da Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan universitetning 108-xonasida oliygohimiz tayanch doktoranti Xashimova Madina Muradxanovna 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hududda ekoturizmni rivojlantirish orqali qo'shimcha talab va taklif zanjiri sxemasini aniqlash uslubi (Omonqo‘ton hududi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan seminar tashkil etilmoqda. Ushbu mavzuga qiziquvchi barchani seminarga taklif etamiz.
Joriy yilning 13-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Marketing va rekruting bo‘limi xodimlari Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1- IDUM hamda 63- umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad bugungi kunda yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va shu bilan birga, universitetimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlarni keng targ‘ib qilishdan iborat. Bo‘lim xodimlari asosan umumta’lim maktablari bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Tadbirlarda umumta’lim maktabi rahbariyati, o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi. Unda so‘z olgan Marketing va rekruting bo‘limi boshlig‘i Otabek Akbarov bugungi kunda yurtimizda xususan Samarqandda oliy ta’lim muasassalari ko‘pligi biroq davr talabi turizm sohasi bo‘lganligi bois “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ta’lim olish uchun eng qulay maskan ekanligi xususida gapirdi. Bitiruvchilar ham o‘z qiziqishlarini yashirib o‘tirishmadi va ko‘plab savollariga javob olishdi.
Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlarni hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimizning bir guruh ziyolilari Toyloq tumanidagi mahallalarda, qishloqlarda aholi bilan bilan uchrashuvlar o‘tkazib qator tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazib kelmoqda.
Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan amaliy ishlarni hayotiy misollar bilan xalqimizga yetkazish va ushbu jarayonlarda har bir yurtimiz fuqarosi o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ta’kidlash maqsadida joriy yilning 12-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi oʻqituvchilari Munira Baymatova va Timur Abdulloyev Toyloq tumanidagi “Navzandak” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Targ‘ibot tadbirida aholi bilan yaqindan muloqot qilinib, ularga Samarqandda xususan Toyloq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berishdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ma’ruza qildi.
Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari va tumandagi qator nodavlat tashkilotlar vakillari, mahalla faollari ishtirok etdi va mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Universitetimiz o‘qituvchilari tomonidan tadbir ishtirokchilariga turli qiziqarli mavzularda viktorina tashkil etildi va gʻolib bo‘lganlarga kitoblar sovg‘a qilindi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni ishga taklif qiladi
E’LON!
Lavozim nomi: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis.
Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).
Mutaxassislik: Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati, Buxgalteriya hisobi va audit, moliya va iqtisodiyot yo‘nalishlari
(TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)
Mehnat staji: Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va uning tizim tashkilotlarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida bilishi).
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi
hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Lavozim majburiyatlari: Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisining asosiy maqsadi tashkilotda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, tashkilot tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.
Lavozim nomi: Yuridik byuro bo‘limi boshlig‘i.
Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).
Mutaxassislik: huquqshunos
(TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi).
Mehnat staji: Yurispendensiya sohasida davlat organlari va uning tizim tashkilotlarida kamida 3-6 yillik yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida bilishi).
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet tarmoqlaridan foydalana olishi
hamda kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Lavozim majburiyatlari:
Ta’lim muassasasining barcha huquqiy hujjatlarini, bitimlarni yuridik ekspertizasini o‘tkazish;
ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi;
iqtisodiy, mehnat, fuqarolik protsessual qonunchilikni yaxshi bilish;
barcha turdagi protsessual hujjatlar loyihalarini tayyorlash (shartnomalar, arizalar, iltimosnomalar, tushuntirishlar va boshqalar) va ularni huquqiy tahlil qilish;
sud instansiyalari va davlat organlarida ishonchli vakillarning manfaatlarini ifodalash uchun hujjatlarni to‘plash, tahlil qilish va tayyorlash;
tizimli fikrlash, stressga chidamlilik, xushmuomalalik, ziddiyatsizlik, aniqlik, vazifalarni mustaqil va ijodiy bajarish qobiliyatiga ega bo‘lish;
Lavozim nomi: Axborot texnologiyalari (IT) bo‘limiga yetakchi mutaxassis.
Ma’lumot: Oliy.
Mutaxassislik: dasturiy injiniring, kompyuter injiniring va turdosh yo‘nalishlar.
Ish staji: Dasturlash sohasida kamida 2 yillik yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi.
Bilishi kerak: Full stack developer (front-end dev, back-end dev, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va boshqa).
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga:
Ish tartibi: dushanbadan juma kuniga qadar
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Dam olish kuni: shanba, yakshanba.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2024-yil 20-fevral (shu kuni soat 18:00 qadar).
Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yoki +998 93 523 22 95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
Hurmatli universitetimiz professor-oʻquvchilari va aziz talabalar! Universitet ma’muriyati sizlardan, boʻsh vaqtlaringizda oʻz qishlogʻingiz, mahallangiz va tuman (shahar) boʻylab sayohatlar tashkil qilinishi va turistlar uchun qiziqarli boʻlishi mumkin boʻlgan joylar haqidagi maʼlumotlarni telegramdagi @ichki_turizm havolasiga yoki @turistik_obekt_bot orqali yuborishlaringizni va yurtimizdagi turistik maskanlarimiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ishda faol ishtirok etishlaringizni so‘rab qolamiz!
Birgalikda yurtimizdagi jozibador turistik o‘choqlarini ochamiz va turizmni rivojlantiramiz!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yigʻilishida berilgan topshiriqlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 28-dekabrdagi topshiriq xatiga muvofiq Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini koʻtarish va daxldorligini oshirish maqsadida joriy yilning 10-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi oʻqituvchilari Obidjon Nabiyev va Zohid Bektemirov Toyloq tumanidagi “Yastepa” mahallasi fuqarolari uchrashdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ma’ruza qildi.
Targ‘ibot tadbirida tuman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari, “Yastepa” MFY raisi, profilaktika inspektori, jome’ masjidi imom-xatibi hamda maktab direktori ishtirok etdi va Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar va erishilayotgan yutuqlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir doirasida Nabiyev Obidjon tomonidan yoshlarning siyosiy savodxonligini oshirish maqsadida viktorina tashkil etildi va gʻoliblarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Joriy yilning 12-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-79-sonli Farmoyishi’’ning ijrosini ta’minlash maqsadida harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida “Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida oliygoh jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirni universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov olib bordi va bugungi kunda davlatimizning mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi islohatlar xususida gapirib barcha oliygohimizda faoliyat ko‘rsatayotgan erkaklardan iborat professor-o‘qituvchi hamda xodimlarni ushbu bayram bilan qizg‘in qutladi. Shundan so‘ng yurtimiz sarhadlari tinchligini asrashda fidoyilik ko‘rsatayotgan mard o‘g‘lonlar haqidagi videolavha namoyish qilindi. Tadbirda so‘zga chiqqan Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig‘i N.Abduvoxidova va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Abbasova mamlakatimizda vatan himoyasida tizimli ishlar olib borilayotganligi buning natijasi o‘laroq yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligini ta’kidlashdi. Tadbir munosabati bilan universitetimiz xotin-qizlari barcha erkaklardan iborat professor-o‘qituvchi hamda xodimlarni bayram bilan qutlab ularga esdalik sovg‘alari topshirdi. Bayram tadbirida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan she’rlar o‘qilib, kuy-qo‘shiqlar yangaradi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazi fondida 13822 nomidagi 27202 dona kitob shaklida adabiyotlar mavjud.
Shundan o‘zbek tilida 4801 dona, rus tilida 3680 dona, ingliz tilida 10749 dona hamda boshqa tillarda 5141 dona adabiyotlar saqlanadi.
Shakllar kesimida bosma 24371 dona, elektron 911 dona, brayl yozuvida 17 dona, audio 58 dona, fondlar kesimida o‘quv adaviyotlar 1039 dona, ilmiy adabiyotlar 1814 dona, badiiy adabiyotlar 1793 dona, xorijiy adabiyotlar 19354 dona, va boshqa adabiyotlar 371 donani tashkil etadi. Ushbu adabiyotlar universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklarida ta’lim berish tillari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlanganligidan dalolat beradi.
O‘tgan yilda universitetimiz xazinasi bo‘lgan bo‘lgan kutubxonaga hurmatli rektorimiz Aziz Abduhakimovning tashabbusi va rahbarligida qisqa vaqt ichida turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros kabi sohalarga oid kitoblar yetkazildi.
2023-yil 6-mart kuni Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga kitob va jurnallardan iborat yangi to‘plam topshirildi.
Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi
12-mart kuni Bolgariya Respublikasidan kelgan delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining kutubxonasiga Bolgariyaning turizm va madaniy meros sohasiga oid kitoblarni topshirdi.
30-mart kuni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Islombek Rustambekov tomonidan universitetga tashrifi davomida kutubxonaga o‘zining mualliflik hamda sud-huquq sohasiga oid kitoblarini topshirdi.
28-may kuni Ipak yo‘li nashriyoti raisi Zang Xongyan xonim (O‘zbekiston), Pekin Silk Road Culture Development Co.Ltd (Xitoy) asoschilaridan biri “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurdi. Rais Zang tomonidan nashr etilgan Ipak yo‘li madaniyatiga oid bir qator kitoblarni universitetimizga sovg‘a qildi.
9-iyulida oliygohimiz “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi M.Baymatovaning sa’yi-harakati bilan universitetimizga Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida tashkil qilingan “Ta’lim markazi” tomonidan 548 dona koreys tilidagi darsliklar tuhfa qilindi.
18-sentabr kuni Xitoy davlatining Shandun provinsiyasi partiya komiteti tomonidan Samarqand viloyat hokimligiga berilgan 9 tomdan iborat noyob qo‘lyozma nusxalaridan iborat kitoblar to‘plami universitetimiz kutubxonasiga topshirildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazida elektron avtomatlashtirilgan va masofadan foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron kitoblar bazasi mavjud bo‘lib, Unilibrary.uz https://unilibrary.uz/ platformasiga mavjud.
Ushbu platforma kutubxonaning kirish qismi (reception)da joylashtirilgan hamda stol shaklidagi planshetga kiritilgan. Ushbu dasturga 186974 dona adabiyotlar, 26078 dona maqolalar, 8252 dona monografiyalar, 20896 dona dissertatsiyalar kiritilgan. Bu adabiyotlarni masofadan turib o‘qish, mustaqil ta’lim olish imkoniyatni yaratadi. Bundan tashqari kutubxonaning kirish qismida kutubxonadagi barcha adabiyotlarni masofadan turib izlab topish va bu kitoblarni zaxiraga olib qo‘yish uchun alohida QR kodli izlash tizimi yaratilgan.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazi tomonidan HEMIS dasturiga 980-dona adabiyotlar internet tarmog‘ida 17100 mb, 1 dona monografiya 12 mb, 40-dona maqolalar 80 mb, va 9 dona dissertatsiyalar 40 mb kiritilgan. HEMIS dasturi orqali universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar uchun masofadan turib o‘qish va mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratilgan.
Axborot resurs markazida elektron kutubxona mavjud bo‘lib, unda 17 dona internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy hp rusumli kompyuterlar bilan jihozlangan. Ish vaqti mobaynida 120 nafar talaba ushbu kompyuterlardan foydalanish imkoniyatiga ega.
O‘tgan yilda universitetimizning Axborot-resurs markazida turli bayram tadbirlari munosabatı bilan va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida turli tadbirlar, davra suhbatlari hamda ochiq darslar tashkil qilinib, unda professor-o‘qituvchilar, talabalar faol ishtirok etishdi.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2024-yil uchun bahorgi qabul jarayoni boshlanganligini e’lon qiladi va Sizni quyidagi bakalavr ta’lim yoʻnalishlari kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha oliy ma’lumot olishga taklif qiladi:
Shifri |
Ta’lim yo‘nalishi nomi |
61010400 |
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) |
61010500 |
Gid xamrohligi va tarjimonlik faoliyati(ingliz tili) |
60411700 |
Logistika (turizm logistikasi) |
60220400 |
Arxeologiya |
60212200 |
Madaniy meros obyektlarini asrash |
Hujjatlarni qabul qilish universitetning rasmiy veb-sayti: www.admissions.univ-silkroad.uz havolasi orqali 2024-yil 20-fevralgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli IELTS / TOEFL / CEFR sertifikati talab qilinadi. Abituriyentlar oʻzlari tanlagan yoʻnalishi boʻyicha suhbat asosida qabul qilinadi.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun universitet rasmiy elektron pochta manziliga (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz:
+998662406770
+998662408616
+998902872287 (TG)
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz