press

press

2023-yil   22-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvoxidovalar  unversitetda dars jarayoninig oxirgi xaftasi bo‘lganligi uchun qo‘shni viloyatlardan kelib unversitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar bilan, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, homilador, yosh bolali hamda nogironligi  bo‘lgan talaba-qizlarning qishki ta‘til paytida doimiy yashash manzillariga  xavfsiz yetib olishlari uchun o‘z tavsiyalarini berishdi. Transport turlaridan tezyurar poezd, samolyot,  avtobus hamda yengil avtomashinalar (taksilar)da xarakatlanayotganida yo‘l qoidalariga amal qillishlari hamda o‘z manzillariga yetib olganlaridan so‘ng etib borganliklari to‘g‘risida ma‘lumot berishlari qayd etildi.

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi o‘quvchilariga mahorat darslarini o‘tib kelishmoqda. Joriy yilning 21-dekabr kuni oliygohimizning “Turizm menejmenti” kafedrasi assistent-o‘qituvchisi Erkin G‘ulomxasanov ham texnikum o‘quvchilariga “Turizm”, “Servis va turizm”, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishlari bo‘yicha va “Turoperatorlik xizmatlari: turistik paketlar yaratish va sotish” mavzularida mahorat darslari o‘tdi. Bu esa texnikum o‘quvchilarining turizm sohasini yanada chuquroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqshini oshirishga xizmat qildi.

Ushbu yilning 20-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi – M.Abbasova hamda universitet psixologi D.Turdiyeva adashgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash, kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Bog‘i Feruza” mahallasida yashovchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab universitet mutasaddilari “Bog‘i Feruza” mahallasida yashovchi, Mehrangiz Tuyg‘unova va Zebo Rajabovalar istiqomat qiladigan xonadonda bo‘lib, ularning yashash tarzi, muammolari, qiziqishlari va kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdilar.

Mutasaddilar bugungi kunda “Bog‘i Feruza” mahallasi xotin-qizlar faoli I.Muxamedova bilan mahalladagi  ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga yangi yil bayrami munosabati bilan yangi yil sovg‘alarini taqdim etishdi.

Mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila manzillariga tashriflar davom etmoqda.

Joriy yilning 20-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Malayziyaning Terengganu universiteti birinchi prorektori prof. Dato Dr.Mazlan bin Abd Ghaffar boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.  Dastlab mehmonlarga Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov Samarqandda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xaqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng universitetimiz xalqaro bo‘lim boshlig‘i S.Samariddinov Turizm Akademiyasining faoliyati va  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm sohasiga mutaxassislar tayyorlash borasidagi amaliy ishlar yuzasidan taqdimot qildi. O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va uni mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.

Joriy yilning19-dekabr kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Dastlab mehmonlar O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda turizm va mehmondo‘stlik sanoatini yanada rivojlantirish missiyasi bilan bir qatorda UNWTO bilan qo‘shma loyiha sifatida Samarqand Turizm Akademiyasining yangi kampusi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng prof.Artem Kulikov va prorektor,  prof. Jozef Hoffman yangi Akademiyaning strategiyasi va rejasi yuzasidan to‘liq ma’lumot berdi. O‘zaro muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan umumiy g‘oyalar, qarashlar va keyingi imkoniyatlarni va kelgusi  yildan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va bu bo‘yicha keng ko‘lamdagi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldi.

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xush xabar universitetimiz 3-bosqich talabasi Zuhra Baxromqulova “Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

Talabamizni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xush xabar universitetimiz talabasi Shahrizoda Oromjonova “Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

Talabamizni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xush xabar universitetimiz 3-bosqich talabasi Fotima Baxromqulova “Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

Talabamizni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

Joriy yilning 18-dekabr kuni Samarqand Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi F-79-sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori asosida tashkil etilgan bayram tadbirida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bir guruh xodimlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda namoyish etilgan harbiylar chiqishlari, ularning faoliyati bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari yig‘ilish ishtirokchilarida yuksak g‘urur va vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bayram tadbirida “Harbiy-vatanparvarlik oyli”gi doirasida 19-dekabrdan 27-dekabr kuniga qadar viloyatdagi harbiy qismlarda ochiq eshiklar kuni tashkil etilganligi e’lon qilinganligi universitetimizda tahsil olayotgan talabalar uchun quvonchli xabar bo‘ldi.

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xushxabar. Kundan-kunga yuksalib borayotgan va qator muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan universitetimizning zukko, bilimdon va dono qizlaridan besh nafari Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining viloyat bosqichida ishtirok etib to‘rt nafari respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bular 3-bosqich talabalari Mustafakulova Sabina fan yo‘nalishida, Baxromkulova Fotima va Baxromkulova Zuxrolar jamoatchilik yo‘nalishida, 4-bosqich talabasi Jo‘raeva Shoxnigorbegim esa adabiyot yo‘nalishida tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerak ushbu qizlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga va boshqa tanlovlarga tayyorlashda oliygohimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasovaning o‘ziga xos mehnati va sa’yi harakatlari bor.

Universitetimiz jamoasi nomida talaba-qizlarimizga tanlovning respublika bosqichida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

88 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar