Joriy yilning noyabr oyida universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o’qituvchisi Mohammad Shahparan va ikkinchi bosqich 122-guruh talabalari Samarqand xalqaro aeroportida “Havo transportini boshqarish” fanidan havo liniyalarining marketing strategiyasi, yo’lovchilarning yaxshi dam olishi, bojsiz do’kon, bojxona, immigratsiya va boshqa shu kabi amaliy kuzatish jarayonlarida ishtirok etdi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba yoshlarimizni turizm sohasida mehmonlarni kutib olish, ularga yuqori darajada servis xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotlari bilan yaqindan tanishish va o‘z ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Tayanch doktorantura (PhD)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim:
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Hujjatlar joriy yilning 15-noyabr sanasidan 15-yanvar sanasiga qadar qabul qilinadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlaridan suhbat bo‘lib o‘tadi. Imtihon sanasi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Qo‘shimcha ma’lumot: Tayanch doktoranturaga o‘qishga kirishga talabgorlar tomonidan dissertatsiya ishi asosnomasi quyidagi tartibda yozilishi lozim:
(namuna)
TADQIQOTChINING IQTISODIYOT FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) MAVZUSI BO‘YIChA
ASOSNOMA
Tadqiqotchining F.I.Sh.:
Tadqiqotchining maqomi va qabul qilingan sanasi: tayanch-doktorant, 03.01.2023yil
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertasiya ishi mavzusi:
Ixtisoslik shifri:
Dissertasiya ishi bajarilayotgan fan tarmog‘i: iqtisodiyot
Ilmiy rahbar (yoki konsultant mavjud bo‘lgan taqdirda):
Ish bajarilayotgan tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
1. Dissertatsiya ishi mavzusi va qisqacha xulosa (30-80 so‘z);
2. Adabiyotlar ro‘yxati, tadqiqot usullari va mazmuni (1000 so‘z);
3. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari (20-25 so‘z)
4. Kutilayotgan ilmiy yangiliklar. (50-75 so‘z)
5. Ishning amaliy va ilmiy natijasi. (45-60 so‘z)
“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti o‘qituvchisi Turdiyeva Nargiza Mardonovna (PhD v.b.dotsent) “Loyiha taʼlim texnologiyasi asosida turizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko’nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi monografiyasi chop etildi.
Muloqot ko'nikmalari bo’lajak turizm mutaxassisining ajralmas qismidir. Ushbu kitobda loyiha texnologiyalaridan foydalangan holda talabalarning muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish usullari va uslublari ochib berilgan. Monografiya dolzarb ahamiyatga ega, chunki “turizm va kommunikatsiya” komponentlarini birlashtirishda innovatsion yondashuv bo‘lib, sifatli o‘quv jarayonini tashrillashtirishga muhit yaratib beradi.
Turdiyeva Nargiza Mardonovnaga ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
2023-yil 24-noyabrda “GUIDE CLUB” ochilishini e’lon qilamiz. Agar siz gidlik sohasiga qiziqsangiz va O’zbekistonning o’ziga xos joylarini zabt etishni xohlasangiz, link orqali klubga qo’shiling: https://t.me/+9DHjPwOcpvdiOGYy
Joriy yilning 13-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i A.Matlubov, Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i R.Raxmonovlar ishtirokida “Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida talabalar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda bugungi kunda yoshlar o‘rtasida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish, ta’lim muasassalarida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarning salbiy oqibatlarini keng targ‘ib qilish borasidagi ishlarni kuchaytirish kabi masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.
Profilaktik uchrashuvda mutaxassislar tomonidan talabalarga dunyoni larzaga solayotgan og‘uning insoniyatga keltirayotgan kulfatlari haqida ma’lumotlar berildi hamda talabalar o‘zlarini qizirtirgan savollarga javob olishdi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Urgut tumanining Tersak turizm qishlog‘ida “Tog‘da bir kun” loyihasi tashkil etildi. Loyiha doirasida milliy o‘yinlar, musobaqalar, hamda oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan Osh chempionatida universitet yoshlar yetakchisi S.Haydarov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 23-24 oktabr kunlari universitetimiz bo‘lim boshlig‘i Kadirova Irina Indenoziyaning Jakarta shahridagi Milliy universitetda bo‘lib o‘tgan “Osiyo davlatlarida turizmining kelajagi: istiqbol va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi va ma’ruza qildi.
Universitetimiz bo‘lim boshlig‘i o‘z ma’ruzasida bugungi kunda O‘zbekistonda turizm sohasi kun sayin ravnaq topayotganligi va bu yo‘nalishda ta’limda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi amaliy ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Samarqand viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi huzuridagi Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi o‘quvchilari, joriy yilning 9-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lishdi. Tashrif davomida o‘quvchilar Turk Dunyosiga oid milliy-kiyimlar galereyasi, kutubxona va sport to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Tashrif davomida, Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi va universitet o‘rtasida o‘quvchilar uchun psixologik, korreksion-pedagogik yordam va o‘quvchilarni ijtimoiy sohadagi moslashuvini tashkillashtirishda amaliy yordam berishga kelishilib olindi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi talabalar uchun “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni doirasida loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga loyihalar 3 ta yo‘nalishda qabul qilinadi:
- amaliy loyihalar
- startap loyihalar
- ilmiy loyihalar
Tanlovda ishtirokchilar jamoaviy hamda yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovga arizalar 2023-yilning 27-dekabriga qadar https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeaPWV_58l9Mj0zfkD8jBqWbLD6LJatcBiAXuM2uflVsgcgwQ/viewform?usp=sf_link platformasi orqali elektron qabul qilinadi.
Tanlovda eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflariga 1-o‘rin uchun BSM (bazaviy stipendiya miqdori)ning uch baravari, 2-o‘rin uchun BSMning ikki baravari, 3-o‘rin uchun BSMning bir baravari miqdorida pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi.
Joriy yilning 15-noyabr kuni soat 14:30da universitetning 108-xonasida Toshkent shahridagi Westminster xalqaro universiteti tayanch doktoranti Raximova Nilufar hamda universitetimiz “Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi” tomonidan 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati” va 08.00.13 – “Menejment” ixtisosliklari bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hududda barqaror turizmni boshqarish mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan seminar tashkil etilmoqda.
Ushbu mavzuga qiziquvchi barchani seminarga taklif etamiz.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz