“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliygohimizning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan “Eng yaxshi innovatsion loyihalar” tanlovi yakunlari bo‘yicha 3 ta o‘rin aniqlab olindi. Natijalarga ko‘ra, eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari 1-oʻrin uchun “Bazaviy stipendiya miqdori”ning uch baravari, 2-oʻrin uchun ikki baravari va 3-o‘rin uchun bir baravari miqdorida pul mablag‘lari va sertifikatlar bilan ragʻbatlantirildi.
Ma’lumki, joriy yilning 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda universitetimiz talaba-yoshlari ham volontyor sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Kuni kecha Quvayt davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan, O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligiga Quvayt davlati delegatsiyasiga hamrohlik qilgan volontyor talabamiz Erkinov Rustam nomiga Minnatdorchilik xati yuborilgan.
Universitetimiz jamoasi ham ushbu talabamizning nufuzli tadbirdagi samarali mehnatining e’tirofi bilan qutlaymiz.
Xat ilova qilinadi
Minnatdorchilik xati
2023-yilning 25-noyabr kuni soat 11:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Samiyev Siroj Saitovichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Hududlarda ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Universitetimiz talabalaridan bir guruhi joriy yilning 3-noyabr kuni Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi huzuridagi “Chavandozlar maktabi” hududiga sayohati tashkil qilindi. Shu kuni harbiy xizmatchilar va talabalar o‘rtasida ot ustida kurash turi bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Unda ishtirokchi polvonlarning chapdastligi, ot minish mahorati namoyon bo‘ldi.
Universitet talabalari ham ot ustida kurashda faxrli o‘ringa sazovor bo‘ldi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasining ikkinchi kotibi, Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyati markazi direktori, janob Sitesh Kumar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni universitet prorektori J.Xoffman kutib oldi. Ma’lumki, bugungi kunda universitetimizda dunyoning ko‘plab davlatlari qatori Hindistondan ham 6 nafar talaba tahsil olmoqda. Tadbirlar doirasida dastlab mehmonlar universitetimiz talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarga bugungi kunda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanib borayotganligi xususida fikrlar bildirildi. Yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shundan so‘ng mehmonlar hindistonlik rassomlar ijodiga mansub rasmlar ko‘rgazmasi va hind milliy taomlari bilan tanishdi.
Anjuman yakunida faol va iqtidorli talabalarga sertifikat va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Joriy yilning 8-noyabr kuni universitetimiz rahbariyati va kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 11-noyabr Kasaba uyushmalari xodimlari kuni bayrami keng nishonlandi. Dastlab bayram munosabati bilan oliygohimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa murosasiz bellashuvlar ostida o‘tdi. Ayniqsa mini futbol bo‘yicha o‘tgan bellashuvda universitetimizning Ofis registrator bo‘limi jamoasiga 1-o‘rin, Rektorat jamoasi 2-o‘rin va 3-o‘rin Buxalteriya jamoasiga nasib qildi. Shuningdek, sportning qolgan turlari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlab olindi.
Bayram munosabati bilan universitetimiz faollar zalida sport musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi raisi Suxrob Rafikov barcha ishtirokchilarini bayram bilan qizg‘in qutlab, bugungi kunda kasaba uyushmalari sohasida olib borilayotgan ishlar xususida gapirdi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi sport musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ishtirokchilari va g‘oliblariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17- “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihon jarayonlari joriy yilning 28-noyabr kuni soat 14:30da universitet binosi 108-xonada tashkil etiladi.
Talabgorlardan imtihon boshlanadigan vaqtdan yarim soat oldin malakaviy imtihon o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) hamda tadqiqotchilarning dissertatsiya avtoreferatlari bilan birgalikda kelishlari so‘raladi.
Dastur
Joriy yilning 7-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Slovakiyaning xalqaro aloqalarni rivojlantirish instituti Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet prorektori J.Hoffman kutib oldi. Oliygohning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova mehmonlarga bugungi kunda universitetda turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlab berish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimiz Yevropadagi ko‘plab davlatlar bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Buning natijasida davlatlar o‘rtasida ilm-fan, turizm kabi sohalarda qator amaliy ishlarga qo‘l urilib kelinayapti. Mehmonlarga universitetimizdagi Turk Dunyosiga oid milliy liboslar galeriyasi, talabalar uchun turizm sohasidagi laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek delegatsiya a’zolariga oliygohimizdagi kutubxona va undagi kitoblar, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar juda katta tassurot qoldirdi.
Delegatsiya rahbari tomonidan universitetimiz kutubxonasiga turli adabiyotlarni tuhfa qilindi.
Joriy yilning 6-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi va tyutorlar tomonidan birinchi va ikkinchi bosqich talabalari uchun “Talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan oliygohning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvaxidova bugungi kunda talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganiga qaramay ayrim talaba yoshlar tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilayotganligi xususida gapirib bu borada joylarda targ‘ibot ishlarining yetarli darajada olib borilmayotganligi, huquqiy savodxonlikning pastligida ekanligini ta’kidladi.
Sir emaski, bugungi kunda yurtimizdagi OTMda ta’lim-tarbiya olayotgan ayrim talabalar tomonidan turli darajadagi huquqbuzarlik, o‘g‘rilik, aldov yo‘li bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish kabi salbiy holatlar sodir etilmoqda.
Targ‘ibot tadbirida talabalar tomonidan sodir etiladigan turli huquqbuzarlik va jinoyatlarga, yo‘l harakati qoidalariga buysunmaslik xolatlariga belgilanadigan jazo turlari xususida to‘liq tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek tadbirda talaba-yoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, izzat, diniy bag‘rikenglik tushunchalarini shakllantirish kabilar xususida aytib o‘tildi va yoshlar ogohlikka chaqirildi.
Joriy yilning 6-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda yoshlar tomonidan o‘qigan kitoblaridagi voqeliklarni tengdoshlariga so‘zlab berish maqsadida Yoshlar Kengashi tomonidan “Kitob Almashinuvi 2023” loyihasi boshlandi.
Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad, yoshlar tomonidan o‘qilgan kitoblarni tengdoshlariga gapirib berish orqali ilmiy va intellektual bilimlarini mustahkamlashdan iborat. Bundan tashqari kitoblar muhokamasi chet tilida olib borilib, yoshlarda notiqlik san’atini rivojlantirishga harakat qilindi. Yoshlar o‘zlari o‘qib tugatgan kitoblarini tengdoshlari bilan almashib, kitob haqida fikrlari bilan bo‘lishishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz