×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 22 Avgust 2022 15:40

“Ipak yo‘li” universitetida Xitoy burchagining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20 avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Jian Yan boshchiligidagi delegatsiya "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga rasmiy tashrif bilan buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi-yaqinlashib kelayotgan ShHT sammiti doirasida Xitoy burchagining rasmiy ochilish marosimi.

Faxriy mehmonlarni Bosh vazir o'rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vaziri, "Ipak yo‘li" universiteti rektori A. Abduhakimov, shuningdek, birinchi prorektor J. Eltazarov kutib oldi.

Tashkillashtirilgan ekskursiya davomida Jiang Yang xonim noyob smart-kampus va universitetning innovatsion kutubxonasi bilan tanishdi. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining tarixini aks etgan galereyalar va universitet kutubxonasi elchida katta taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti kutubxonasida Xitoy burchagining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi kutubxonaga Xitoy tarixi, madaniyati va turizmi, shuningdek, muzeyshunoslik, me’morchiligi va san’atga bag’ishlangan 550 dan ortiq kitoblarni topshirdi, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ilmiy izlanish va ta’lim jarayonida katta foyda berishi shubhasiz.

Marosim davomida Xitoyning ikkita tarixiy milliy liboslari ham sovg’a qilindi.

"O‘zbekiston va Xitoy xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda madaniy aloqalar alohida o‘rin tutadi. Ikki mamlakat jamoatchiligini yaxshiroq tushunish uchun adabiy asarlar almashinuvi katta

ahamiyatga ega. Bugungi tadbir-universitet kutubxonasida burchak ochilishi - ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va qo‘llab - quvvatlashning alohida darajasidan dalolat beradi", - dedi A. Abduhakimov.

Xitoy elchisi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda, jumladan, madaniy, gumanitar va ta’lim sohalarida izchil rivojlanib borayotganini va davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar buning uchun muhim asos ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, nutq davomida A. Abduhakimov mustahkam ishchi aloqalarni davom ettirish, shuningdek, ikki davlat oliy o‘quv yurtlari talabalari va professor-o‘qituvchilarining to‘siqsiz harakatlanishi uchun akademik ko‘prik tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Tez orada Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida "Ipak yo'li" universiteti talabalari uchun "Xitoy tarixi va madaniyati" mavzusida tanlov e‘lon qilinadi, natijada g’oliblar til va Xitoy madaniyatini chuqurroq o‘rganish uchun Xitoyga tashrif buyurishlari mumkin.

O'qilgan 2874 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1243{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar