×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 02 Aprel 2021 19:16

“Rektor kubogi” sport musobaqalari yakunlandi

Joriy yilning 25-30-mart kunlari sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalari oʻrtasida sportning badminton, futbol, shaxmat, armrestling va kvest turlari boʻyicha “Rektor kubogi” sport musobaqalari reja-jadvali asosida oʻtkazildi. Rejaga muvofiq, badminton - 50, futbol - 190, shaxmat - 80, armrestling - 71, kvest sport turi boʻyicha 190, jami 581 nafar talaba jalb etildi (shulardan 86 nafari xotin-qizlar).

Ushbu sport musobaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6099-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 735-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazildi.

Joriy yilning 2-aprel kuni Samarqand shahri markaziy futbol oʻyingohi – “Dinamo” stadionida “Rektor kubogi”ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Stadionda yig‘ilgan tomoshabinlar oqishi ostida “Bad Guys” va “Sparta” futbol jamoalari final uchrashuvida baxslashdi. Avvalroq, universitetda badminton, armrestling va shaxmat bo‘yicha final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Tomoshabinlar yorqin o‘yinga guvoh bo‘lishdi. O‘yinning asosiy vaqti g‘oliblarni aniqlamadi, hisob “3:3”ligicha qolaverdi. Faqat penaltilar seriyasi turnirning eng kuchli jamoasi “Sparta” klubi ekanligini isbotladi. Shuni ta’kidlash kerakki, “Sparta” futbolchilari o‘yin davomida 0:2 hisobida yutqazayotgan bir paytda, jamoa oxirgacha kurashib turnir chempioniga munosib bo‘lishdi!

Futbol o‘yini tugaganidan keyin “Rektor kubogi”ning rasmiy qismi, ya’ni barcha sport musobaqalari va kvest g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida: “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalari oʻrtasida sportning badminton, futbol, shaxmat, armrestling va kvest turlari boʻyicha “Rektor kubogi” sport musobaqasining final bosqichi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ma’muriyati musobaqalarni o‘tkazishda faol ishtirok etgan va amaliy yordam ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, jismoniy tarbiya va ommaviy sport boshqarmasi boshlig‘i U.Radjabov, Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi A.Ospanova, Samarqand viloyati hokimligi, Ichki ishlar boshqarmasi, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Milliy gvardiya, talabalar uyushmasi va “Rektor kubogi” doirasidagi sport yo‘nalishlari bo‘yicha federatsiyalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

O'qilgan 3230 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}674{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar