Yangiliklar: May 2023

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasida yetakchi mutaxassis A.Izbasarova bilan qiziqarli suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida A.Izbasarova “Ipak yo‘li” universiteti kutubxonasi qimmatli bilimlar maskani ekanligini ta’kidladi. Noyob kitoblar, hujjatlar va nodir qo‘lyozmalar to‘plami bilan u Ipak yo‘li tarixi va madaniyatini o‘rganish uchun muhim markaz bo‘lib xizmat qiladi.

Kategoriya Yangiliklar

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 5-apreldagi “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ijro etilishi yuzasi”dan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 18-aprelda “Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning 5.3-bandiga asosan, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi o‘qituvchisi Aziza Sirojiddinova tomonidan 2023-yil 16-mayda 1-bosqich talabalariga “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining mazmun-mohiyati” mavzusida seminar o‘tildi.

 Seminarda yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining rivojlanish tendensiyasi va xorijiy tajriba, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining mazmuni va huquqiy asoslari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish choralari bo‘yicha ma’lumot berildi.  

Kategoriya Yangiliklar

2023-yil 23-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Turkiya-O‘zbekiston: abadiy do‘stlik va birodarlik qonunlariga asoslangan hamkorlik” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida barcha sohalarda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashning turli jihatlari muhokama qilindi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Universitetda o‘tkazilgan seminar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilashga qaratilgan g‘oya va tashabbuslarni muhokama qilish uchun zamin yaratdi. Bundan tashqari, universitet ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish va aloqalarni mustahkamlash maqsadida turizm va O‘zbekistonning madaniy merosi bilan bog‘liq tadqiqotlar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

“Turkiya-O‘zbekiston: abadiy do‘stlik va birodarlik qonunlariga asoslangan hamkorlik” seminari Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar

Riga (Latviya) markazidagi ROZENGRALS - o‘rta asr restorani talabalar uchun uch oylik maosh to‘laniladigan amaliyotga qabul boshlanganini e’lon qiladi.

Amaliyot muddati

  • 90 kun. Dasturda mehmondo'stlik, turizm va xizmat ko'rsatish sohasidagi kunduzgi, sirtqi, sirtqi ta'lim shakllari talabalari ishtirok etishlari mumkin.
  • Vakansiyalar: ofitsiantlar, barmenlar, animatorlar, styuardessalar.
  • Oylik maosh 937 EUR, 7 EUR/soat (+ maslahat).
  • Ish jadvali 17 kun, bir oy, 4 kun, bir hafta, 11 soat bir kunda.
  • Dam olish kunlari bir haftada 2 kun (Shengen zonasining turli shaharlariga tashrif buyurish imkoniyati).
  • Ish beruvchi sizga 3 mahal ovqat, tibbiy sug‘urta va viza yordamini taqdim etadi.

Qo‘shimcha xarajatlar

1. Parvoz (ikki tomonlama) - 500-600 evro

2.Tashkiliy ishlar va viza - 500 evro

3. Kvartirani ijaraga olish-oyiga 200 evrodan + kommunal (siz kvartiraning bir qismini yoki yotoqxonani ijaraga olishingiz mumkin, keyin u arzonroq bo‘lishi mumkin. Tajribaga ko‘ra, kvartirani 3-4 kishi ijaraga olishi mumkin). Ish beruvchi uy-joyni topishda yordam beradi.

4.Transport harajatlari oyiga - 30 evro (tramvay, trolleybus, avtobus).

Agar siz ushbu dastur shartlariga rozi bo‘lsangiz, CV-ni ingliz tilida @internship_eg ga yuborishingiz kerak.

Amaliyot yakunida talabalarga xalqaro sertifikatlar beriladi.

Kategoriya E'lonlar

Universitet xotin qizlar maslahat kengashi tomonidan 2023-yil 22-may kuni reja asosida tashkil etilgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish, muhitning qay darajada shakllanganligini aniqlash, uy egalari bilan yangi o‘quv yili uchun ham ijara shartnomasi tuzishda ko‘maklashish maqsadida, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kendash raisi M.Abbasova va tyutor G.Xusainova bilan ijarada turadigan talabalarning yashash manzillariga navbatdagi tashrifni uyushtirishdi.

       Jumladan, Samarqand shahri Bulvar “Chaqar” MFY № 4 uy xonadon egasi (Ijarachi Amal G‘ulomzoda) ijara xonadonlarida yashaydigan 2-bosqich “Tour” yo‘nalishi 220-guruh talaba-qizlari Muxlisa Sulaymonova va Tuxtayeva Ozodalarning yashash sharoiti, yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi to‘liq o‘rganildi. Muloqot chog‘ida talaba-qizlarga milliy qadriyatlar, urf-odatlar va bulajak oila bekalarini sharqona tarbiyaning nozik jihatlariga e’tiborlarini qaratdilar.

        Haqiqatdan ham qadriyatlarimiz talaba-qizlarimizning ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatlidir. Har bir talaba-qiz o‘zlarini unversitet talabasi ekanliklarini doimo yodda tutishlari, ijara xonadonida tozalik va ozodalikka rioya qilishlari uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berildi. Ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.

Kategoriya Talabalar hayoti

Joriy yilning 20-may kuni Samarqand shahrida joylashgan “Boqiy shahar”da  “Besh qit’a jilosi” xalqaro etnofesteveli bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro etnofestevelda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari Besh qit’a xalqlari madaniyatini ko‘rsatib beruvchi chiqishi bilan faol ishtirok etdi.

“Besh qit’a jilosi” festivali Samarqand madaniy hayotida muhim voqea bo‘lib, unda dunyoning turli millatlari o‘zlarining betakror madaniyati va an’analari bilan o‘rtoqlashish uchun yig‘ilishadi. “Ipak yo‘li” universiteti talabalari festivalni tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etib, turli xalqlarning madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyish etdilar.

Talabalar tomonidan taqdim etilgan sahna ko‘rinish Besh qit’a madaniyatlarining boyligi va xilma-xilligini aks ettiruvchi haqiqiy san’at asaridir. Ular dunyoning turli xalqlarining raqslari, qo‘shiqlari, musiqasi, xalq hunarmandchiligi va an’anaviy liboslarini namoyish etdi. Ushbu noyob spektakl madaniy merosning xilma-xilligi va go‘zal dunyosi sehriga tushib qolgan tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li jamoasi” talabalar sport klubi ilmiy kengash qarori bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi tashkil etilgan Adliya boshqarmasida ro‘yxatdan o‘tgan. Klubning hamkorlari “Talaba” Respublika Sport uyushmasi hisoblanadi. “Ipak yo‘li jamoasi” sport klubi universitetning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Sport klubining faxriy raislari rektor A.A.Abduhakimov, amaliy faoliyatning o‘rinbosari va bevosita rahbari Z.X.Kafiyev bo‘lib, u kurash bo‘yicha sport ustasi va kurash bo‘yicha turnirlarning ko‘p marotaba g‘olibi hisoblanadi.

Ipak yo‘li jamoasi sport klubining asosiy maqsadlari:

- Universitet talabalari va xodimlarining turli dam olish, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida ishtirok etishlari uchun ish sharoitlari;

- Jismoniy tarbiya va sport, sog‘lom turmush tarzini faol va maqsadli targ‘ib qilish orqali talabalar va universitet xodimlarini sog‘lomlashtirish jarayonini tashkil etish;

- Sportning turli turlari bo‘yicha sport assotsiatsiyalari, seksiyalari va jamoalarini tashkil etish, sport federatsiyalari bilan hamkorlik qilish;

- Jismoniy tarbiya va sportni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va faol amalga oshirish.

 

 

Ipak yo‘li jamoasi sport klubining asosiy vazifalari:

- Jismoniy tarbiya va sportni o‘quv va mehnat faoliyatiga, talabalar, aspirantlar, o‘qituvchilar va universitet xodimlarining kundalik hayoti va dam olishiga joriy etish;

- Talabalarni ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga jalb etish va o‘tkazish; sport seksiyalari, guruhlar, birlashgan jamoalarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘tkazish;

- Milliy sport jamoalari a’zolarini shakllantirish va ularning sport musobaqalarida ishtirok etishini ta’minlash.

“Ipak yo‘li jamoasi” talabalar sport klubi quyidagi sport turlarini rivojlantiradi: suzish, mini-futbol, badminton, voleybol, stol tennisi, shaxmat, armrestling, lakros, taekvondo WT mashg‘ulotlarini tashkil etish va jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalarida xalqaro hamkorlikni rejalashtirmoqda.

Bizning murabbiylarimiz yuqori malakali mutaxassis, sport yutuqlari va sportchilarni tayyorlashda katta tajribaga ega. Sport klubi barcha zarur jihozlar, sport zali va basseyn bilan jihozlangan.

“Ipak yo‘li jamoasi” talabalar sport klubi sportchilarni tayyorlashda yuqori yutuqlarga ega. “Ipak yo‘li jamoasi” talabalari badminton, suzish va shaxmat bo‘yicha shahar va viloyat chempionlari, armrestling bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlarida ko‘p marotaba g‘olib bo‘lishgan.

Kategoriya Sport tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tashqi baholash jarayoni boshlandi.

Mazkur tashqi baholash jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 97-sonli buyrug‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 470-son qarori hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020-yil 27-yanvardagi “Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3214-sonli qo‘shma qarori asosida joriy yilning 22-31-may kunlari amalga oshiriladi.

Kategoriya Yangiliklar

1. 2023-yilning 20-may kuni soat 11:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti Juliboy o‘g‘li Oybekning “Innovatsion rivojlanish sharoitida turizm sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash jarayonlarini takomillashtirish” mavzusida yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

2. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti Amirov Akmal Merojovichning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Agroturizmni rivojlantirishning hududiy xususiyatlari va istiqbolli yo‘nalishlari (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

Akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti delegatsiyasi tashrifi doirasida Y.Gulyamov nomidagi Samarqand Arxeologiya institutiga tashrif buyurdi. Y.Gulyamov nomidagi Samarqand Arxeologiya instituti Markaziy Osiyodagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bo‘lib, mintaqaning boy tarixiy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan.Akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti delegatsiyasi tashrifi doirasida Y.Gulyamov nomidagi Samarqand Arxeologiya institutiga tashrif buyurdi. Y.Gulyamov nomidagi Samarqand Arxeologiya instituti Markaziy Osiyodagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bo‘lib, mintaqaning boy tarixiy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan.Delegatsiya va ularning hamkasblari o‘rtasidagi uchrashuv tajriba almashish va izlanish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Olimlar arxeologiya sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar, o‘z ishlarining natijalari bilan o‘rtoqlashdilar va ushbu sohadagi so‘nggi yutuqlarni taqdim etdilar. Tashrif davomida delegatsiya Institut laboratoriyalari, arxeologik qazishmalar va muzey ekspozitsiyasi bilan tanishtirilib, unda Samarqandning boy tarixini aks ettiruvchi noyob asarlar namoyish etildi.Akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti delegatsiyasining Y.Gulyamov nomidagi Samarqand Arxeologiya institutiga tashrifi davomida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.Umid qilamizki, ushbu tashrif natijasida Qarag‘anda universiteti va Samarqand Arxeologiya instituti o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik mustahkamlanib, yangi ilmiy kashfiyotlar va ushbu mintaqa tarixi haqidagi bilimlarni oshirishga olib keladi.

Universitetning rasmiy sayti: http://buketov.edu.kz

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar