Yangiliklar: May 2023

2023-yil 18-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi M.Abbasova tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Milliy xalq o‘yinlari – millat yoshlarining g‘ururi” nomli mavzuda tadbir tashkil etdi.Kengash raisi so‘zga chiqib O‘zbek xalq miliiy o‘yinlari o‘zining o‘zoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma’naviy boyligimiz, zero, yoshlarni har tomonlama sog‘lom, jismonan baquvvat, va topqir bo‘lib ulg‘ayishlarida har bitta milliy o‘yinimizning o‘z o‘rni borligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.Bugun unutilib borayotgan qator milliy o‘yinlarni kengroq targ‘ib etish yo‘li bilan yoshlarimizni sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari, ularning intellektual salohiyati bilan birgalikda jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiluvchi qadimiy xalq o‘yinlarini yana bir bor yodga olish tadbirimizning asosiy maqsadidir.Shundan so‘ng talaba-qizlar guruhlarga bo‘lingan holda taqlidiy o‘yinlardan “Kim oladi-yo shuginani-yo”, harakatli o‘yinlar turkumiga kiruvchi “Halinchak”, so‘z-harakat o‘yinlaridan “Oq terakmi - ko‘k terak”, “Besh tosh”, kabi asrlardan o‘tib kelayotgan milliy o‘yinlarni mahorat bilan namoyish qila boshladilar. Tadbir ishtirokchilari tomonidan namoyish qilingan har bir xalq o‘yinlari qatnashchilar va tashkilotchilar tomonidan nazorat qilib borildi.Milliy o‘yinlarimizning har birida mardlik, jasurlik, rostgo‘ylik va zukkolik talab etilar ekan, - deydi tadbirda ishtirok etgan talaba-qizlarimizdan Bahromqulova Fotima. Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan yoshlar universitet xotin-qizlar maslahat Kengashining Faxriy Yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yil 18-may kuni Xorvatiyaning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rebik Sabanovich hamda Xorvatiya Milliy banki raisi Boris Vuychich “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Faxriy mehmonlarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduhakimov shaxsan o‘zlari kutib oldi. Tashrifdan maqsad mehmonlarni universitet bilan tanishtirish va do‘stona hamkorlik o‘rnatish edi.

Uchrashuv davomida “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti haqida ko‘p marotaba eshitishganliklarini va universitet bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda Xorvatiyalik mehmonlar tayyor ekanligini bildirib o‘tishdi.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yil 18-may kuni O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Salom Samadov “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi va uni xalqaro universitet rektori A.Abduhakimovni shaxsan o‘zlari kutib oldi. Rektor A.Abduhakimov o‘zining nutqida bosh prokuror Samadovga tashrifi va mamlakatimizda ta’lim va turizm sohasini rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. U jinoyatchilikka qarshi kurashda, ayniqsa madaniy merosni muhofaza qilish va saqlashda universitet va huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Bosh prokuror Samadov rektor va uning jamoasiga turizm sohasini rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qo‘shgan hissasi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishida turizm muhim o‘rin tutishini, “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti kabi ilmiy muassasa bilan hamkorlik ushbu sohani rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Bosh prokurori Salom Samadovning “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrifi turizmni rivojlantirish va madaniy merosni asrab-avaylash borasida hukumat va ta’lim muassasalari hamkorligida muhim bosqich bo‘ldi.

Ipak yoli xalqaro universiteti va Ozbekiston Bosh prokuraturasi ortasidagi hamkorlik turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, madaniy boyliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish va saqlashga qaratilgan qoshma dastur va tashabbuslarni yaratish uchun eshik ochadi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 17-may kuni “Yang Zhengrong” kompaniyasi boshchiligida Vuxan Birlashgan tibbiyot guruhi delegatsiyasi vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, ta’lim sohasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda, jahon nomoddiy madaniy merosi bo‘lgan Xitoy tibbiyoti (TCM) universitetda tibbiy turizm yo‘nalishini ochishdir.

Tashrif davomida “Vuxan Coupling Medicine Group” tomonidan O‘zbekistonda an’anaviy Xitoy tibbiyoti (TCM) shifoxonasini ochish rejalari, shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tibbiy turizm yo‘nalishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 17-may kuni Qozog‘iston Milliy Fanlar Akademiyasining a’zosi, huquq fanlari doktori, akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti rektori Dulatbekov Nurlan Orinbasarovich boshchiligidagi universitet vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida akademik almashinuv istiqbollari, ikkala universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma tadqiqot loyihalar va ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, qo‘shma seminar va ilmiy konferensiyalar o‘tkazish hamda O‘zbekiston va Qozog‘istondan, shuningdek, boshqa mamlakatlardan manfaatdor investorlarni jalb qilgan holda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tashkil etilgan infotur, boshqaruv modeli va o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlari, o‘rnatilgan galereyalar va universitet laboratoriyasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti qoshidagi malaka oshirish instituti bazasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi, unda talabalar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universitetidan ham sertifikatlar oladilar.

Tashkilotchilar ushbu infotur o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va Qarag‘anda universiteti professor-o‘qituvchilarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga jalb etishga qo‘shimcha turtki berishiga ishonchlari komil.

Universitetning rasmiy sayti: http://buketov.edu.kz

Kategoriya Yangiliklar

2023-yil 17-may kuni Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga Nankin turizm va mehmondo‘stlik biznesi instituti (Xitoy)ning bir guruh ma’muriyati hamda professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Nankin instituti tomonidan texnikum o‘quvchilariga Xitoy taomlarini tayyorlash texnologiyasini o‘rgatadigan metodikani joriy etish bo‘yicha takliflar berishdi hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha texnikumni jihozlar bilan ta’minlashga tayyor ekanliklarini bildirishdilar.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 17-may kuni Xitoy Nankin turizm va mehmonxona biznesi instituti prorektori Xuang Bin boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Faxriy mehmonlarni birinchi prorektor J.Eltazarov va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi ta’lim va fanni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari J.Matkarimov kutib oldi. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Tashrif doirasida Samarqand shahridagi turizm va madaniy meros texnikumida joylashgan xalqaro oshpazlik maktabida umumiy ovqatlanish dasturini (Xitoy oshxonasi zonasi) tashkil etish bo‘yicha ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Xitoy oshxonasining o‘quv-pedagogik laboratoriyasini tashkil etish, uni zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash va Xitoy oshxonasi oshpazlarini tayyorlash, shuningdek, ikki universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining amlashinuvini ta’minlash hamda Nankin turizm va mehmonxona biznesi institutida “Ipak yo‘li” universiteti o‘qituvchilarining malakasini oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Muzokaralar davomida tomonlar ta’lim sohasida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida erishilgan muhim natijalarni qayd etdilar, shuningdek, ikki mamlakat yoshlarining xalqlar tarixi, madaniyati, tili va urf-odatlariga o‘zaro qiziqishi sezilarli darajada oshganini ta’kidladilar. Tomonlar ikki tomonlama tashriflarni davom ettirishni qo‘llab-quvvatladilar.

Tashrif doirasida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 17 May 2023 14:06

Malakaviy imtihon topshiruvchilar diqqatiga

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihon jarayonlari joriy yilning 18-may kuni soat 14:30da universitet binosi 108-xonada tashkil etiladi.

Talabgorlardan imtihon boshlanadigan vaqtdan yarim soat oldin malakaviy imtihon o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) hamda tadqiqotchilarning dissertatsiya avtoreferatlari bilan birgalikda kelishlari so‘raladi.

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 4-bosqich talabasi Ergashev Ramziddin O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkil etilgan “IBRAT” tillar oromgohining “Top 100 Universities” deb nomlangan mavsumida ishtirok etib, dunyoning eng zo‘r 100 universitetining magistratura bosqichiga qabul qilinish uchun zarur bo‘ladigan bilm va ko‘nikmalarni egallab qaytdi.

  • Ta’kidlash joizki, oromgoh mutlaqo bepul bo‘lib uning bu safargi 2-mavsumiga 7500 kishi hujjat topshirgan va shulardan 200ga yaqini bakalavr va boshqa 200ga yaqini magistratura uchun mo‘ljallangan mavsumga qabul qilingan.
  • “IBRAT” tillar oromgohiga ishtirok etish uchun ingliz tilini yaxshi bilish, faol talaba yoki o‘quvchi bo‘lish va keng fikrlash talab etiladi. Oromgohning keyingi mavsumlari yoz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Kategoriya Talabalar hayoti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 4-bosqich talabasi Ergashev Ramziddin O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkil etilgan “IBRAT” tillar oromgohining “Top 100 Universities” deb nomlangan mavsumida ishtirok etib, dunyoning eng zo‘r 100 universitetining magistratura bosqichiga qabul qilinish uchun zarur bo‘ladigan bilm va ko‘nikmalarni egallab qaytdi.

  • Ta’kidlash joizki, oromgoh mutlaqo bepul bo‘lib uning bu safargi 2-mavsumiga 7500 kishi hujjat topshirgan va shulardan 200ga yaqini bakalavr va boshqa 200ga yaqini magistratura uchun mo‘ljallangan mavsumga qabul qilingan.
  • “IBRAT” tillar oromgohiga ishtirok etish uchun ingliz tilini yaxshi bilish, faol talaba yoki o‘quvchi bo‘lish va keng fikrlash talab etiladi. Oromgohning keyingi mavsumlari yoz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Kategoriya Yangiliklar
3 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar