Yangiliklar: May 2023

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan talabalar teatr studiyasi festivali mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan har tomondan sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga muhabbat ruhida tarbiyalash va maʼnaviy kamolotga yoʻnaltirish orqali oliy taʼlim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga oʻz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish va ragʻbatlantirishdan iborat.

O‘tgan yili universitet “Tarix va madaniy meros” kafedrasi tashabbusi bilan “Ipak yo‘li mamlakatlari madaniyati va san’ati” festivali o‘tkazilgan edi va bu festival an’anaviy tarzda har yili tashkil etilishi belgilangan edi. Joriy yilning 10-may kuni mazkur festival kafedra tashabbusi bilan o‘tkazilgan 3 kunlik “Ipak yo‘li xalqlari tarixi, madaniy meros va turizm imkoniyatlari (o‘tmish va bugun) xalqaro konferensiya” qatnashchilari uchun ikkinchi marta tashkil etildi.

Universitetimizning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan talabalar teatr studiyasi tomonidan “Samariya” folklyor etnografik tomoshasi namoyish etildi. Sahnada Ipak yo‘li mamlakatlari kuy va qo‘shiqlari namoyishi bilan birga, O‘zbekiston viloyatlarining an’ana va urf-odatlari ham chiroyli kompositsiyalarda talabalarimiz tomonidan ijro etildi. Sahnadagi rang-baranglik, yorqin ijro, mahorat va professionalism tomoshabinlarga, ayniqsa xorijlik mehmonlar hayratiga sazovor bo‘ldi. Xorijlik mehmonlar milliy liboslardagi talabalarimiz bilan selfi va fotolarga tushib o‘z internet sahifalarida ham aks ettirishdi. Universitetimiz birinchi prorektori J.Eltazarovning to‘lqinlanib gapirgan so‘zlari ayniqsa talabalarimizga o‘lkan pozitiv kuch bag‘sh etdi. Kelasi o‘quv yilida mazkur festivalni yanada jozibali o‘tkazish rejalari tuzildi.

Kategoriya Talabalar hayoti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 2023-yil 15-may kuni “Xalqaro oila” kuni munosabati bilan “Farovon oila sari” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda unversitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, Samarqand viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimi o‘rinbosari Z.Rahmonova, “Vatanparvar” mahallasining xotin-qizlar maslahatchisi N.Norqulova, unversitetning “Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar” bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Unda soha mutaxassislari tomonidan talabalar uchun muhum tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oila va uning qadriyatlari borasida prezentatsiya namoish etildi va “Oila o‘zi – nima? U qachon mustahkam bo‘ladi?”, O‘zbekiston Respublikasining “Oila” kodeksi undagi keltirilgan moddalar to‘g‘risida nuqt so‘zlashdi. Shuningdek oila – qon-qarindoshlik, nikoh orqali qarindoshchilik yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhligi, koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini oʻtashi haqida fikrlar bildirib o‘tildi. 

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 15 May 2023 11:58

"World edu 2023" xalqaro ko'rgazmasi

Joriy yilning 11-12-may kunlari Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi "SOF EXPO SAMARQAND" ko'rgazmalar majmuasida "World EDU 2023" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ushbu xalqaro ko‘rgazmada universitetimiz mas’ul xodimlari faol ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmada umumiy litsey, texnikum hamda o‘rta ta’lim bitiruvchilariga universitetimizga 2023-2024 yil uchun qabul yo‘nalishlari hamda universitetga o‘qishga kirish tartibi to‘g‘risida bitiruvchilarga to‘liq axborot berildi.

Kategoriya Yangiliklar

12 may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida “Ilmli ayol — jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar Festivali boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda respublika OTM xotin qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchilari, Samarqand viloyati OTM olima ayollari, shu jumladan “Irak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin qizlari, olimalari ishtirok etdilar.

Festivalda Oʻzbekiston Respublikasi senati raisi T.K.Norbaeva online tarzda  festival ishtirokchilariga tabrig, fikrlari hamda  murojaati video xabar orqali yetkazildi. Maʼruzachilar tomonidan mamlakatimizda Uchinchi Renessans davrida xotin qizlarni kullab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, olima ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xotin qizlarning jamiyatda va ilm-fan taraqqiyotidagi faolligini oshirish masalalari, hadislarda ayollarga munosabatning ifodalanishi, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarning kelib chiqish sabablari hamda  ularning  oldini olish mexanizmlari kabi masalalar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtilib, tahliliy maʼlumotlar asosida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, festival doirasida milliy liboslar podiumi, konsert dasturi va ishtirokchilar oʻrtasida “Velo Lady” sport musobaqasi oʻtkazildi.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yil 10-12-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ipak yo‘li xalqlarining tarixi, madaniy merosi va turizm imkoniyatlari (o‘tmish va hozirgi kun) bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan anjumanni ochib berdi. Anjumanda turizm sohasidagi yetakchi milliy va xorijiy mamlakatlar olimlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning maqsadi global yutuqlar, akademik bilim va tajriba almashish edi. Anjumanda Ipak yo‘lining global ahamiyati va tarixi, uning uzluksizligi va mintaqaviy ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarni, barqaror turizm va madaniy merosni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni haqida so‘z bordi.

Ushbu nufuzli anjumanda 20 dan ortiq akademik taqdimotlar va videokliplar namoyish etildi. Konferensiyaning yakuniy hujjatida ushbu xalqaro forum har yili o‘tkaziladigan tadbirga aylanishi kerakligi, materiallar alohida to‘plamda nashr etilishi kerakligi taklif qilindi.

Kategoriya Konferensiyalar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi prorektori J.Eltazorov boshchiligida Xiva shahrida bo‘lib turgan jamoasi 2023-yil 13-may kuni Germaniya hamkorlik tashkilotining (GIZ) “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish” loyihasi doirasida Xiva turizm va madaniy meros texnikumida tashkil etilgan “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” bo‘yicha o‘quv amaliyot laboratoriyalarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Ushbu tadbirda mazkur loyiha rahbari Beate Shorayt xonim, Germaniyaning turistik assotsiatsiyasi delegatsiyasi, Xorazm viloyati turizm va madaniy meros boshqarmasi, turizm sohasida faoliyat olib boruvchi xususiy sektor vakillari, texnikum o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etdi. Tadbir Xorazm viloyati markaziy televideniyasida yoritildi.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yil 12-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi prorektori J.Eltazarov, Turizm menejmenti kafedrasi mudiri A.Odilov va professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi J.Xolboyevlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-martdagi 44-buyrug‘iga asosan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ko‘maklashish maqsadida Xiva turizm va madaniy meros texnikumida bo‘lib, texnikum pedagogik jamoasi va o‘quvchilari bilan uchrashdi.

A.Odilov tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. Shuningdek, texnikumda mavjud muammolar o‘rganilib, texnikumga metodik va ilmiy jihatdan yordam ko‘rsatish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Kategoriya Yangiliklar

YUNESKO tashkiloti “Ipak yo‘li” dasturi doirasida “Ipak yo‘li yoshlar tadqiqot granti – Ipak yo‘li tashabbusi orqali yosh tadqiqotchilar salohiyati va hissasini kuchaytirish” deb nomlangan 3-xalqaro tanlovini e’lon qildi. Mazkur tanlov Xitoy Xalq Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yosh tadqiqotchilami Ipak yo‘lining umumiy merosini o‘rganishi uchun safarbar etishga qaratilgan bo‘lib, 35 va undan kichik yoshdagi ayollar va erkaklarga 12 ta grant ajratadi.

Nomzodlar Ipak yo‘li bo‘ylab asrlar davomida o‘zaro hamkorlikda rivojlangan umumiy meros va o‘ziga xoslik bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlariga ariza topshirishlari mumkin. Shuningdek, ularning tadqiqotlari dolzarbligini va bu merosning o‘ziga xos bo‘lgan ijodkorlik, muloqot, ijtimoiy hamjihatlik, xalqaro va mintaqaviy hamkorlik, barqaror tinchlik va rivojlanish uchun YUNESKO mandatiga muvofiq bo‘lishi lozim.

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar 2023-yilning 31-may kuniga qadar (https://en.unesco.org/silkroad/youthgrant) veb-sahifasi orqali shaklni onlayn to‘ldirishlari so‘raladi. Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun YUNESKOning “Ipak yo‘llari” dasturi bo‘yicha mutaxassislari Mehrdad Shabahang (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) va Tara Golkar xonim (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Appendix.pdf

Kategoriya E'lonlar

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi tomonidan Malayziya oliy ta’lim vaziiri Mohamed Xalid Nordin bilan muzokaralar o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolariga 2023-2024 o‘quv yilida magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olish uchun “Malaysia International Scholarship (MIS)2023” dasturi doirasi grantlar ajratilishini ma’lum qildi.

“MIS 2023” dasturi tanlangan xorijiy davlatlar vakillari uchun Malayziyaning 20ta davlat universiteti va 4ta yetakchi xususiy universitetidan birida o‘quv dasturi to‘lovini (Malayziya hukumati tomonidan universitetga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lanadi) va stipendiya (oyiga tahminan $350) o‘z ichiga oladi. Arizalar 2023-yil 18-maygacha qabul qilinadi.

Tanlov ishtirokchilariga quyilgan talablar hamda qo‘shimcha ma’lumot uchun aloqa ma’lumotlari ilovada keltirilgan.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun havola:

https://biasiswa.mohe.gov.my/INTER/index.php

APP.pdf

Kategoriya E'lonlar
Chorshanba, 10 May 2023 12:41

Pokiston Bosh vaziri maslahatchisi tashrifi

2023-yil 8-may kuni Pokiston bosh vazirining siyosiy va jamoat ishlari bo'yicha maslahatchisi Amir Muqam Xon boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad universitet bilan yaqindan tanishish va yanada samarali do‘stlik aloqalarini o‘rnatish.

Ta’kidlash joizki, universitet kampusi mehmonlarni mehmondo‘stlik bilan kutib oldi va kelajakda universitet talabalari uchun madaniy almashinuv dasturi bilan universitetimizga tashrif buyurishlarini ta’kidlab utishdi.

Kategoriya Yangiliklar
4 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar