Yangiliklar: Sentyabr 2023

Joriy yilning 20-23-sentabr kunlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumida dual ta’limning blok o‘qitilishini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha o‘quv-amaliy treninglar bo‘lib o‘tdi.

  Mazkur o‘quv-amaliy treninglar Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi, Andijon turizm va servis kolleji hamda Xiva turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchi va boshqaruv xodimlari uchun kasb-hunar  ta’limi tizimiga dual ta’limning ayrim elementlarini joriy etish loyihasini amalga oshiruvchi Leo Impact Consulting GmbH kompaniyasi eksperti Lee Li NG xonim tomonidan olib borildi.

Ushbu o‘quv-amaliy treninglar 25-27-sentabr kunlari Andijon turizm va servis kollejida tashkil etiladigan amaliy laboratoriyalar negizida davom etadi.

Kategoriya Yangiliklar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan professional ta’lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning 25-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi sho‘ba mudiri T.Ro‘zikulov Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasining mavjud moddiy texnik bazasi, jumladan o‘quv va o‘quv amaliyot, kutubxona, kompyuter xonalari bilan tanishdi. Tashrif davomida belgilangan topshiriqlar asosida bajarilgan ishlar muhokama qilinib, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalarini yangilash, hamkorlikda o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Kategoriya Yangiliklar

Shu yil 23-sentyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov boshchiligida universitet xodimlari “Qo‘shchinor” mahallasida yashovchi jamiyat ko‘magi va e’tiboriga muhtoj yoshlar bilan uchrashdi. Universitet xodimlari dastlab Berdimurodova Gulnoza va Xodjaev Mo‘min xonadonlariga tashrif buyurib, ushbu mahalla yoshlarining turmush tarzi, muammolari, qiziqishlari va kelajakdagi rejalari bilan tanishdilar.

Universitet jamoasining ushbu tashabbusi hayotda qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Uchrashuv yakunida universitet xodimlari yosh aholiga ta’lim va taraqqiyotga chaqiruvchi kitoblar sovg‘a qilishdilar.

Uchrashuv chog‘ida J.Eltazarov bu “Qo‘shchinor” mahalla yoshlari bilan uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishi ekanligiga umid bildirib, universitetning ijtimoiy mas’uliyati muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga e’tibor jamiyat kelajagi va taraqqiyotiga sarmoya ekanligini ta’kidladi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 21-senyatbr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversitetida 2023/2024-yilida oliygoh  jamoasi oldida turgan vazifalarni beldgilab olish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy va tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni univernsitet Birinchi prorektori J.Eltazarov olib bordi. Ta’kidlandiki, ushbu o‘quv yilida universitet jamoasi oldida qator dolzarb vazifalar bo‘lib, buni amalga oshirishda birinchi navbatda qat’iy mehnat intizomiga rioya qilinishi talab qilinadi. Bundan tashqari o‘qituvchilar o‘z ustida ko‘proq ishlashi, dars jarayonlariga puxta tayyorlangan holda talabalarga chuqur bilim berishi va ilmiy adabiyotlarga boy bo‘lgan kutubxonadan unumli foydalanishi lozimligi aytildi.

Shuningdek yig‘ilishda fakultet, kafedra va bo‘limlardagi muammolar va ularning yechimlari xususida Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova, Turizm menejmenti fakulteti dekani R.Toshniyozova,  moliya xo‘jalik departamenti boshlig‘i A.Gadoev, kafedra mudirlari A.Odilov, T.Sultonov, M.Siddiqova, ta’lim sifatini ta’minlash va akkereditatsiya bo‘limi boshlig‘i A.To‘xtamishov, HoRiCa akademiyasi boshlig‘i A.Sultonov va boshqalar kun tartibidagi masala yuzasidan axborot berishdi. Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda o‘tgan o‘quv yilidagi ta’lim berish sifati tahlil qilindi va ushbu o‘quv yilida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ma’sullarga zarur topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda jamoa va yoshlar o‘rtasida diniy ekstremistik kayfiyatlarga moyilikning oldini olish choralari to‘g‘risida universitet rektorining yoshlar bo‘yicha maslahatchisi M.Roziqov o‘z fikrlarini bildirdi.

 Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi va mutasaddilarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 22 Sentyabr 2023 11:40

Abituriyentlar diqqatiga!

Hurmatli abituriyentlar, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida quyidagi magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga qabul qilish muddati uzaytirilganligini ma’lum qilamiz:

️ Logistika (turizm);

️ Ijodiy sanoat;

️ Turizm (faoliyat turlari boʻyicha);

️ Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash;

️ Arxeologiya.

Hujjatlarni qabul qilish universitet rasmiy saytining https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php havolasi orqali 2023-yil 1-oktabriga qadar amalga oshiriladi.

Eslatma: “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Oʻqishga kirish uchun IELTS (5,5 va undan yuqori), TOEFL (59 balldan yuqori), CEFR (B2 va undan yuqori) sertifikati talab qilinadi.

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 21-sentabr kuni universitetimizga Ukrainaning Xarkov milliy universiteti rektori Tatyana Kaganovskaya boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi, mehmonlarni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi. Dastlab mehmonlarga universitetimizda turizm va madaniy meros sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar xususida to‘liq ma’lumot berildi. Shundan so‘ng ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali turizm sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash borasida fikr almashildi. Shuningdek mehmonlar universitetimiz o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori J.Hoffman bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Kategoriya Yangiliklar

Hurmatli 1-bosqich talabalari! Aziz do‘stlar! Hayotingizda quvonchli voqea yuz berdi! Mamlakatimiz maktablarining eng iste’dodli va yorqin bitiruvchilari o‘zlarining yangi qobiliyatlarini, yangi yutuqlarni namoyish etdilar va universitetimiz talabasi bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lishdi!

Bu katta yutuq, ulkan muvaffaqiyat va maqsadlaringizga erishish va hayotdagi orzularingizni ro‘yobga chiqarish qanchalik muhimligining namunasidir! Siz o‘zingizning aql-idrokingiz va tinimsiz mehnatingiz bilan ushbu natijaga erishdingiz.

Sizga nafaqat ilm-fan va texnologiyalarning maksimal cho‘qqilariga erishish, balki zamonaviylikning juda dolzarb va muhim muammolarini hal qilish uchun barcha iste’dodingizni saqlab, ehtirosingizni yo‘qotmasligingizni tilaymiz!

Biz bilamizki, siz qiyin o‘qish uchun barcha kerakli fazilatlarga egasiz va bu yo‘lni munosib va muvaffaqiyatli bajarish yo‘lida tinmay mehnat qilasiz. Ushbu xalqaro universitetda ta’lim olish sizlarga yangi bilim va ko‘nikmalarni beradi va natijada siz o‘z sohangizda professional mutaxassis bo‘lib yetishasiz.

Bizning universitetimizda chuqur bilim olish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yetarli. Siz bulardan foydalanishda o‘ta qat’iyatli bo‘ling, oldinga intiling va yangi cho‘qqilarni zabt eting! Vaqt tez o‘tadi, lekin hayotning yangi qirralarini ochadigan bebaho tajribani qoldiradi. Sizga omad va omad tilaymiz!

Kategoriya Talabalar hayoti

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet boshlang‘ich tashkilot Kengashi yoshlar yetakchisi S.Haydarov “Tanishtiruv haftaligi” doirasida barcha birinchi bosqich talabalariga joriy yilning 29-mart sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra har bir oliy ta’lim muassasida talabalardan iborat bo‘lgan Kengash tuzilganligi hamda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha klublar va loyihalar tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

       Talabalar oliygohda ta’lim olish bilan birga, universitet yoshlar Kengashi tomonidan tashkillashtiriladigan turli xil tanlovlar va klublarga ham a’zo bo‘lishlari mumkinligi tushuntirildi. Bu haqida har bir yo‘nalish koordinatorlari batafsil ma‘lumotlar berishdi.

Kategoriya Talabalar hayoti

Tanishuv haftaligi tadbirlari doirasida universitet sport klubi raisi o‘rinbosari Z.Kafiyev 1-bosqich talabalariga yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ularni ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida oliygoh suzish havzasi hamda sport zalida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. Sportga va suzishga qiziqishi bo‘lgan talabalarni universitetimizda tashkil qilingan to‘garaklarda qatnashish taklifini bildirdi va berilgan savollarga javob qaytardi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar