2024-yil 24-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan, universitetda faoliyat yuritayotgan tozalik uchun mas‘ul xotin-qizlar ishtirokida “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikga” qarshimiz mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida ilgari surilgan ”Inson qadri uchun” tamoyilidan kelib chiqib xotin-qizlarning va bolalarning ijtimoiy faolligini, huquqiy savodxonligini oshirish xususida so‘z yuritilib bu borada universitetda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to’xtalib o’tildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig’I N.Abduvaxidova, universitet Kasaba uyushmasi raisi S.Matlabov, universitet “Turizm” kafedrasi o’qituvchisi A.Izbasarova, universitet psixologi D.Turdievalar ishtirok etishdi.
2024-yil 24-oktabr kuni soat 16:30 da (Tematik ofisi) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Xoliqov Nodirjon Abduxalil o'g'lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Ziyorat turizmiga oid destinatsiyalarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi Ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
2024-yil 24-oktabr kuni soat 15:00 da (Tematik ofisi) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Nimatov Ibragim Xudayarovichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Mehmondo’stlik industriyasida turistlarni motivlashtirish jarayonlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi Ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Kelajakda ish suhbatlarida (job interview) muvaffaqiyatli bo‘lishga tayyormisiz? Agar siz katta kurs talabasi bo'lsangiz yoki shunchaki suhbat ko‘nikmalaringizni oshirmoqchi bo‘lsangiz, siz uchun ajoyib trening tayyorladik!
Sizni intervyu bo‘yicha maslahatlar mavzusidagi interaktiv mashg‘ulotga taklif qilamiz, bu yerda siz quyidagilarni o‘rganasiz:
Intervyuga qanday samarali tayyorgarlik ko‘rish kerak
Professional odob-axloq qoidalari
Tez-tez uchraydigan va qiyin savollarga qanday javob berish kerak
O‘zingizni qanday ishonchli ko‘rsatish
Suhbatdan keyin nimalarga ahamiyat berish kerak
Sana: 31 Oktabr
Vaqt: 11
Joy: 229
Mexruza Vafokulova tomonidan
Ushbu trening sizga amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatadi va har qanday suhbatga ishonch bilan kirishga yordam beradi. Ishga yollanish bo‘yicha ko‘nikmalaringizni oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Joriy yilning may oyida e’lon qilingan ORHUN almashinuv dasturida qatnashgan va tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Nilufar Aminovna Azarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universitetida (UNEC) dars bermoqda. Nilufar Raximova universitetning xalqaro aloqalar bo‘limi hamda Rus iqtisodiyot maktabi fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan samimiy kutib olindi hamda Marketing kafedrasiga biriktirdi. Ushbu dastur doirasida o‘qituvchimiz Azarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universitetining bakalavriyat yo‘nalishi birinchi kurs talabalariga “Xalqaro aloqalar” fanidan dars bermoqda.
24-oktabr kuni universitetimiz tyutori P.Islomov talabalar turar joyida talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xonalarning toza va ozoda saqlanishi hamda jihozlardan to’g’ri foydalanish, ularni asrash zarurligi kabi muhim masalalar haqida talabalarga zarur tavsiyalar berdi.
Olib borilgan suhbat jarayonlarida talabalar muammosi tinglanib, psixologik yondashildi va uni bartaraf qilish choralari ko‘rildi.
22-oktabr kuni universitetimiz tyutori G.Husainova talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan uchrashib ichki tartib-qoidalar haqida tushuntirish ishlarini olib bordi. Bundan tashqari tyutor tomonidan talabalar turar joyidagi yaratilgan shart-sharoitlar ko’zdan kechirilib, xonalarni toza va ozoda saqlash hamda jihozlardan to’g’ri foydalanish va ularni asrash zarurligi haqida zarur tavsiyalar berildi.
Bugungi kunda talabalar turar joyida yashovchi yigit-qizlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida turli sport musobaqalari, bellashuvlar tashkil etilgan.
Universitet tyutori Rofeeva Malika tomonidan o‘ziga beriktirilgan guruhlarda ijara xonadonida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida talabalarga xavfsizlik qoidalari ya’ni elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi boʻyicha tushintirish ishlari olib borildi.
Ijarada yashayotgan talabalar xolidan xabar olish maqsadida 22-oktabr kuni universitetimiz tyutori S.Abbasova o‘ziga biriktirilgan guruhlarda ta’lim olayotgan ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan yaqindan muloqot qildi. Talabalarning yashash sharoiti, muammo va tashvishlari yaqindan o‘rganildi. Oʻrganish davomida talabalarga birdan kunlar sovib ketishi ortidan kommunal xizmatlardan to‘g‘ri foydalanish xususida zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.
27-oktabr - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni munosabati bilan universitetimizning bir guruh faol talabalari Samarkand shahar 70 -saylov uchastkasida "Mening tanlovim – Obod Vatanim!" shiori ostida muddatdan oldin ovoz berishdi.
Shu o‘rinda barcha universitetimiz jamoasini 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etishini so‘rab qolamiz.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz