Turizm kafedrasi tomonidan tashkil qilingan stependiya sovrindorlari bo‘lgan talabalar uchun juda muhim kun. Stependiya sohibi bo‘lgan talabalarga kafedraning birinchi stependiyalari topshirildi. Ushbu stipendiyalar, nafaqat moliyaviy yordam, balki ular ko‘rsatgan mehnat, iste’dod va fidoyilikning rag‘bati hisoblanadi.
Stipendiya sohiblari Marjona Ravshankulova, Shahrizoda Sirojiddinova va Mirjalol Ochilovlar bo‘lib ular o‘zlarining akademik yutuqlari va turizm sohasidagi innovatsion fikrlashlari bilan ajralib turishadi. Bundan tashqari ushbu talabalar o‘zlarining ijodiy g‘oyalari va intilishlari bilan boshqa talabalarga ham ilhom bag‘ishlamoqda.
Turizm kafedrasi tomonidan tashkil qilingan stependiya sohiblarini muborakbod etamiz.
10-oktabr kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun" shiori ostida tashkil etilgan "Qizlarjon klubi" respublika forumida "Ipak yo'li" turizm va madaniy me'ros xalqaro universitetining xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va kengash qoshida tashkil etilgan "Qizlarjon" va "Lider qizlar" klublari sardorlari Baxromkulova Fotima va Zuxrolar faol ishtirok etishdi.
Ahamiyatlisi universitetimiz faol qizlari forum haqidagi tassurotlarini respublika ommaviy axborot vositalariga intervyular orqali gapirib berishdi.
Universitetimiz faol qizlari kunning ikkinchi yarmida Oliy Majlis Senatida Senatorlar bilan bo'lgan uchrashuvda ishtirok etib o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Joriy yilning 8-10-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar markazining 1-pavilonida mehmonxona va restoran biznesi sohasidagi “Horeca Expo Uzbekistan 2024” 1-xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.
“Horeca Expo Uzbekistan 2024” – mehmondoʻstlik sohasidagi soʻnggi yutuqlarni namoyish etish, ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish va yangi hamkorlar topish uchun noyob platformadir. Ko‘rgazmada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar mehmonxona va restoran biznesining yetakchi vakillari, turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Ko’rgazma pavilionida universitetmiz uchun burchak tashkil etilgan bo’lib unda HoReCa sohasida faoliyat olib boruvchi korxonalar bilan bilan hamkorlik qilish talabalarni ishlab chiqrish amaliyotlarini tashkil etish masalalari bo’yicha muzokaralar o’tkazildi.
Joriy yilning 10-oktabr kuni universitetimizda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnash holatlarining oldini olish masalasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda mutasaddilar talabalarga kuz-qish mavsumida bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berishdi. Tadbirda talabalar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.
2024-yil 28-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida muhim akademik tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida Xitoy-SHHT Iqtisodiyot va Savdo Akademiyasi magistratura bosqichini tamomlagan bitiruvchilar doktorlik darajasiga (PhD) kirish imtihonlarini topshirdilar. Mazkur imtihonlar universitet tomonidan tuzilgan maxsus komissiya a’zolari tomonidan yuqori darajada nazorat qilindi va baholandi.
Komissiya tarkibi ilm-fan va ta’lim sohasida yuksak mavqega ega bo‘lgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va boshqa nufuzli muassasalar vakillaridan iborat bo‘ldi. Jumladan, komissiya tarkibiga “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, fan doktori (DSc), professor Nasimov Dilmurod Abdulloyevich, “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqotlar instituti direktori, fan doktori (DSc), professor Yusupova Mavlyuda Alimjanovna, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti turizm maktabi dekani Li Pengbo, UNESCO kafedrasi mudiri, fan doktori (DSc), professor Safarov Bahodirxon, Samarqand iqtisodiyot va xizmatlar instituti, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Aslanova Dilbar Xasanovna, “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy Meros Xalqaro Universitetining Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, fan doktori (DSc), professor Tong Qian Zou hamda Akademik ishlari bo‘yicha prorektor, Fan doktori (DSc), professor Joseph Hoffman kiradi.
Ushbu imtihon jarayonida jami 17 nafar nomzod o‘z bilim va ilmiy salohiyatlarini namoyish etdi. Ulardan 15 nafari muvaffaqiyatli tarzda imtihonlardan o‘tib, universitetning PhD dasturiga qabul qilindi. Bu esa nomzodlarning yuqori ilmiy tayyorgarlik darajasini ko‘rsatib, institut va universitet o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini yanada mustahkamlaydi.
Ushbu tadbir Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ilmiy-akademik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashinuvini kuchaytirishga qaratilgan. Universitet doktorlik dasturiga xorijlik talabalarni jalb qilish orqali xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Mazkur tadbirning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi universitetning xalqaro miqyosdagi obro‘sini oshirish bilan bir qatorda, mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim rivojiga ham hissa qo‘shadi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy va amaliy hamkorlikni davom ettirish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvlar amalga oshirildi. Bu kelishuvlar universitetning xalqaro ta’lim tizimidagi integratsiyasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
"Ipak yo‘li" turizm tadqiqotlari jurnalining birinchi soni “Tarix · San’at · Texnologiya – Buyuk Ipak Yo‘li madaniy merosini muhofaza qilish va undan foydalanish” mavzuidagi xalqaro konferensiyasi doirasida taqdim etildi.
Jurnal turizm tadqiqotlari sohasidagi tadqiqotlar va bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy platforma sifatida xizmat qiladi. Ilmiy jurnal turizmning turli jihatlarini qamrab oluvchi yuqori sifatli, original tadqiqotlarga e'tibor qaratadi va Ipak yo‘lining boy tarixiy va madaniy merosini ilmiy tomondan o‘rganishga e’tibor qaratadi.
Taqdimot marosimida “Ipak yo‘li” turizm va mdaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, prof. Dilmurod Nasimov, Shimoli-g‘arbiy universiteti vitse-prezidenti Chen Fulin, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, prof. Ahmadali Asqarov va Markaziy Osiyo, Xitoy, Yevropa mamlakatlaridan 60 dan ortiq mashhur olimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida jurnal bosh muharriri, prof. Tongqian Zou jurnalning turizm tadqiqotlarini ko‘plab ilmiy mavzular orqali rivojlantirilishi xususida gapirdi. Shuningdek prof. Tongqian Zou Ipak yo‘li madaniy merosini ilmiy jihatdan o‘rganishda tarix, san’at va texnologiyani integratsiyalash hamda barqaror turizmni rivojlantirishning ahamiyatiga alohida urg‘u berdi. Ushbu tashabbus jurnalning keng doirasini aks ettirib, to‘liq hajmdagi tadqiqot maqolalari, qisqa tadqiqot eslatmalari, konferensiya xulosalarini va kitob sharhlarining tahliliy mazmunini qamrab oladi.
Jurnalning birinchi soniga universitetimiz o‘qituvchilari Xusen Ibragimov va Muhammad Shahparan muharrirlik qilishdi. Ilmiy nashr qat'iy axloqiy me’yorlarga amal qilishi belgilanib, har bir e’lon qilingan maqolalarning tahliliy bo‘lishi va turizm sohasi uchun qimmatli ma’lumotlar keltirilishi lozim. Jurnalning birinchi sonining nashr etilishida oliygohimiz Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari va Tarix va madaniy meros kafedralari hamda IT bo‘limi yaqin hamkorlikda faoliyat olib borishdi. Jurnal har chorakda chop etilib, dunyo bo‘ylab olimlarga o‘z tadqiqotlarini ulashish uchun barqaror platforma vazifasini o‘taydi. Umuman olganda, “Ipak Yo‘li” turizm tadqiqotlari jurnalining taqdim etilishi akademik tadqiqotlarni turizm, madaniy merosni saqlash va texnologik yutuqlar bilan bog‘lashda katta qadam hisoblanadi va o‘zini turizm va madaniy meros tadqiqotlari sohasidagi asosiy manba sifatida namoyon bo‘lishi belgilangan.
2024-yil 2-3-oktabr kunlari “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ipak yo‘li moddiy–madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzuidagi birinchi xalqaro anjuman doirasida oliygohimizda UNESCO kafedrasining ham ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kafedraning ochilish tadbirida UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari S.Noshadi, universitetimizning birinchi prorektori, prof. D.Nasimov, prorektor T.Zou, “Ipak yo‘li” tadqiqot instituti direktori, prof. M.Yusupova hamda AQSh, Italiya, Niderlandiya, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va boshqa mamlakatlardan 100 dan ortiq olimlar ishtirok etishdi.
Xalqaro anjumanda universitetimiz prorektori, prof. T.Zou UNESCO kafedrasining vazifalari va maqsadlari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Professor o‘z taqdimotida Ipak yo’li bo’ylab madaniy merosni saqlash va undan foydalanish, mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilash, turistik qishloqlarni rivojlantirish va gender tengsizligiga qarshi kurashish kabi masalalar xususida gapirdi.
Ushbu kafedrada universitetimiz professorlari B.Safarov, T.Zou va M.Siddiqovalar birgalikda o‘z faoliyatlarini olib borishadi. Kafedraning asosiy maqsadi tadqiqot, ta’lim, trening va jamoatchilik bilan muloqotni integratsiyalashgan tizimda targ‘ib qilishdan iborat.
Universitetimiz rektori hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan tashkil qilingan UNESCO kafedrasiga Tadqiqot va Innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, prof. T.Zou rahbarlik qiladi.
Kafedra “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil qilinib Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti, UNESCO, IICAS va boshqa tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda turizm va madaniy meros bo‘yicha platformani tashkil qildi.
Endilikda ushbu kafedrada xalqaro miqyosda tan olingan yuqori darajadagi tadqiqotchilar, o‘qituvchilar faoliyat olib borishi bilan birga dunyodagi nufuzli ilmiy-tadqiqot insitutlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantiradi.
Shuningdek UNESCO kafedrasi tomonidan Markaziy Osiyodagi turli madaniy meros va madaniy ifodalarni saqlash, targ‘ib qilishni kuchaytirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash uchun sohani raqamlashtirish, O‘zbekistonda turistik qishloqlar va kuzatuv punktlarini rivojlantirish kabi maqsadlarga qaratilgan.
Bugun 9-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “11-oktabr-Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan oliygohimiz xotin-qizlar kengashi tomonidan unversitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
“Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostidagi tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmanova, O’zbekiston Yozuvchilar va jurnalistlar uyushmasi a’zosi B.Turdiboyeva hamda viloyatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, bir guruh olimalar ishtirok etishdi. Dastlab sana munosabati bilan universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova va boshqalar barchani ushbu bayram bilan qutladi.
Bayram munosabati bilan viloyat hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmanova universitet xotin-qizlar kengashi qoshidagi “Qizlarjon va Lider qizlar” klubining bir guruh iqtidorli talaba-qizlarini hamda ilmiy izlanish olib borayotgan xotin-qizlarning bir guruhiga viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasining tashakkurnomalarini topshirdi.
2024-yilning 8-oktabr kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosarining mamlakatimizda 11-oktabr – Xalqaro qizlar kunini munosib nishonlash bo’yicha o’tkazgan yig’ilish bayoni asosida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi tashkil etildi.
Shu kuni universitetimizning barcha professor-o‘qituvchi hamda xodimlari ko‘tarinki kayfiyatda milliyligimizni targ‘ib qiluvchi milliy liboslarda mehnat faoliyatini boshlashdi.
Ushbu aksiya ko‘zlangan maqsad xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy qadriyatlari va merosini asrab-avaylash hamda keng targ‘ib yetishdan iborat.
Aksiya davomida universitetimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar milliy liboslarimizni ko‘rib xayratlarini yashirishmadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshiruvchi talabgorlar uchun hujjatlari qabuli boshlandi. Talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga yuborishlari zarur.
Hujjatlar joriy yilning 31-oktabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 17-fevraldagi 220/2-son Qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan hamda 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon dasturiga muvofiq o‘tkaziladi (dastur ilova qilinadi).
Malakaviy imtihonlarni o‘tkazilish sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz