2024-yil 24-oktabr kuni soat 15:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Nimatov Ibragim Xudayarovichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Mehmondo’stlik industriyasida turistlarni motivlashtirish jarayonlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi Ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminarda tayanch doktorant olib borgan tadqiqotlarini Ilmiy kengash a’zolari hamda universitet professor-o‘qituvchilariga so’zlab berdi. U tadqiqoti davomida bugungi kunda mehmondo‘stlik industriyasidagi muammolar yechimlari, hudud turizmini rivojlantirish usullari, mamlakatga turistlar oqimini oshirishda zamonaviy ilmiy asoslangan metodlardan foydalangan holda turistlarni motivlashtirish jarayonlarini boshqarishni takomillashtirish orqali erishish mumkunligini ilmiy asoslarda dissertatsiya ishi doirasida olib borgan ilmiy tadqiqotlariga asoslanib tushuntirib berdi. Tayanch doktarant Nimatov Ibragim Xudayarovich taqdimoti qatnashuvchilar tomonidan ijobiy qabul qilinib, Ilmiy kengashda himoya etish uchun tavsiya etildi.
2024-yil 24-oktabr kuni soat 16:30 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Xoliqov Nodirjon Abduxalil o‘g‘lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Ziyorat turizmiga oid destinatsiyalarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi Ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminarda tayanch doktorant olib borgan tadqiqotlarini Ilmiy kengash a’zolari hamda universitet professor-o‘qituvchilariga so’zlab berdi. U tadqiqoti davomida bugungi kunda ziyorat turizmiga oid muammolar yechimlari, hududda turizmni rivojlantirish usullari, mamlakatga turistlar oqimini yanada oshirishda zamonaviy ilmiy asoslangan metodlardan foydalanish haqida ma’lumot berdi. Tayanch doktorant Xoliqov Nodirjon Abduxalil oʻgʻlining taqdimoti qatnashuvchilar tomonidan ijobiy qabul qilinib, Ilmiy kengashda himoya etish uchun tavsiya etildi.
2024-yil 24-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Gangneung-Wonju Milliy Universitetining xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i va xodimlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mehmonlar universitetning o‘quv jarayonlari va imkoniyatlari bilan tanishdilar, shuningdek, universitet kampusi hamda Samarqand turizm akademiyasi bo‘ylab sayohat qilishdi. Bu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriy masalalar bo’yicha birinchi prorektori va universitet xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i S.Samariddinov Xitoyning Shinjon Uyg'ur avtonom rayoniga tashrifi doirasida Shinjon Universitetiga tashrif buyurib universitet rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuv doirasida Turizm sohasida O‘zbekiston va Shinjon o‘rtasida tajriba almashish, O‘zbekiston mutaxassislarini Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni madaniyat va turizm department hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorlikgida ishlab chiqilgan aniq reja bo’yicha Shinjonga malaka oshirish, ikki universitetning talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik o‘rnatish masalasiga alohida e’tibor berildi.
Shinjon Universiteti delegatsiyasi joriy yilning dekabr oyida universitetimizga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori hamkor universitet Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universitetining 60-yillik tantanali yubiley tadbiri hamda tadbir doirasida tashkil etilgan “Xorijiy OTM rahbar va vakillari Xalqaro P2P almashinuv forumi”da ishtirok etdi. Forum doirasida tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy universitetlar ishtirokchilariga universitetimiz tarixi, universitet rektori boshchiligida olib borilayotgan keng ko’lamdagi ishlar, UNWTO shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi, o‘rnatilinayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari va mazkur hamkorliklar doirasida amalga oshirilinayotgan ishlar va xorijiy talabalar o‘qishlari uchun davlat tomonidan ajratilinayotgan grant haqida takidlab o‘tildi.
Tashrif doirasida Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti prezidenti professor Ji Jinbiao bilan universitetlar o‘rtasida o‘rnatilgan va olib borilayotgan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokara o‘tkazildi.
Shuningdek, hamkor universitet qoshida tashkil etilgan Xitoy Madaniyat va Turizm Akademiyasining madaniyat va turizm raqamli laboratoriyasida olib borilayotgan ishlar, turizm sohasini raqamlashtirish tizimi, va Xitoyda turizm va madaniy meros sohalarini raqamlashtirishda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha tanishildi.
Quvonarlisi shundaki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tahsil olib muvaffaqqiyatli bitirgan talabalarimiz hozirda Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universitetida magistratura bosqichida to’liq grant asosida tahsil olishmoqda.
2024-yil 30-oktyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida sportning SHAXMAT turidan musobaqa bo‘lib o‘tadi. Shaxmat musobaqalari soat 14:00 da boshlanadi.
Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar universitet sport klubiga murojaat qilishlari mumkin!
Batafsil ma‘lumot olish uchun: +99890 227-28-08 Sport klub.
Musobaqaga barcha talaba-yoshlarni taklif etamiz.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar va Global tadqiqotlar” kafedrasining 2024-yil 30-oktabr kuni soat 14:00 da kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
KUN TARTIBI:
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Abdusalamova Lobar Akbar Qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun tanlangan “XX asr so‘ngida ingliz adabiyotshunosligi hamda Ch.Aytmatov ijodida odorokolofonik birliklar poetikasi va o‘zbekcha tarjimasi: qiyos va idrok” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi.
ILMIY RAHBAR: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ismailov Anvar Rustamovich
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Ibrohimbek Akramovning nufuzli xalqaro Matematika Fanlari Jurnalida "Fazasi D turidagi singulyarliklarga ega bo'lgan tebranuvchi integral uchun baholar" nomli ilmiy maqolasi nashr qilindi. Muallif o‘z maqolasida mavzudan kelib chiqib ilmiy yondoshgan holda dolzarb mavzuni yoritgan va yangiliklarni bayon qilgan.
Universitetimiz o‘qituvchisi Ibrohimbek Akramovning ushbu ilmiy maqolasi bilan qutlagan holda faoliyatiga omad tilaymiz.
Bugun 25-oktabr kuni universitetimiz jonkuyar koreys tili o‘qituvchisi Munira Baymatova universitetimiz huzuridagi Turizm akademiyasida universitetimiz talabalari uchun koreys xalqining milliy ovqatlarini, salatlarini tayyorlash bo‘yicha master-klass o‘tkazdi. Tadbirda o‘qituvchimiz M.Baymatova koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda bir necha turdagi ovqatlar tayyorlab berishdi.
Bugun universitetimiz Komplaens nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi Ilhom Ne’matov, huquqshunos Farhod Boboyev hamda tyutor Gavhar Xusainova talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Davra suhbati Tour-123 guruhi talabalari bilan bo‘lib, ularga jamiyatda korrupsiya illat ekanligi unga qarshi kurashishda barcha birdek hamjihat bo‘lishi lozimligi xususidagi fikrlar aytildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Joriy yilning 25-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva 1-bosqich logistika yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 124-guruh talabalari uchun “Kuch - birlikda!” nomli motivatsion trening o‘tkazdi. Unda tyutor Pirnazar Islomov ham qatnashdi.
Turli relaksatsion mashqlar, to‘g‘ri nafas olish gimnastikasi ichki zo‘riqishning oldini oluvchi, emotsional balans va xotirjamlikka eltuvchi ajoyib vosita bo‘ldi. Trening davomida o‘zaro ijobiy munosabatlarni yaxshilashga erishish, guruhda sog‘lom raqobat, jamoaviy ruh, birdamlik muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan psixologik amaliyotlar barcha ishtirokchilarga pozitiv kayfiyat ulashdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz