Universitetimizning Ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, prof. Tongqian Zou Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun Xitoy madaniy markazi tomonidan orden bilan taqdirlandi!
Ushbu mukofot T.Zouning faoliyati mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Universitetimiz jamoasi professor Tongqian Zouni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaydi!
Ipak yoʻli boʻylab madaniy merosni himoya qilish va meros qilib olish, shuningdek, madaniy merosni himoya qilish va undan foydalanish uchun yangi tushunchalar, usullar va texnologiyalarni almashish va oʻrganish maqsadida 3-oktabrdan 6-oktabrgacha Samarqand shahrida “Tarix · San'at · Texnologiya – Ipak yoʻli madaniy merosini himoya qilish va undan foydalanish boʻyicha xalqaro simpozium” boʻlib oʻtdi. Simpozium universitetimiz madaniy meros kafedrasi, Ipak yoʻli arxeologik hamkorlik tadqiqot markazi, "Birinchi va Markaziy Osiyo inson va atrof-muhit boʻyicha Xitoy-Markaziy Osiyo qoʻshma laboratoriyasi" (C-CHEL), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat boʻyicha xalqaro markazi (UNESCO), Xalqaro konservatsiya markazi (IICC-X), Xitoy Madaniy yodgorliklarni saqlash texnologiyalari assotsiatsiyasi, Dunhuang akademiyasi, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Oʻzbekiston Madaniy meros agentligi qoshidagi Yaxyo Gʻulomov nomidagi Arxeologiya instituti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Milliy arxeologik markaz, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Milliy tarix muzeyi, Termiz davlat universiteti va Termiz arxeologiya muzeyi tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.
Xitoy, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Eron, Rossiya va Fransiyani oʻz ichiga olgan 8 mamlakatdan jami 56 nafar vakil simpoziumda ishtirok etdi. Ochiq marosim Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida boʻlib oʻtdi va universitet prorektori professor Zou Tongqian tomonidan olib borildi.
Tadbirda Oʻzbekistondagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi prorektori Dilmurod Nasimov turli mamlakatlardan kelgan olimlar va mehmonlarga oʻzining iliq soʻzlarini bildirdi va minnatdorchilik izhor etdi va simpoziumning universitetlar va turli davlatlarning ilmiy muassasalari oʻrtasida Ipak yoʻli madaniy merosini himoya qilish va tadqiq qilish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻlishini ta’kidladi.
Xitoyning Shimoli-G'arbiy Universiteti prezidenti Sun Qingwei o’zining nutqida, universitetning Ipak yoʻli arxeologiyasi va madaniy merosni himoya qilish sohalarida ilmiy tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash va platforma yaratish borasida katta yutuqlarga erishganini qayd etdi
Simpozium davomida Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari Rustam Kobilov, Xitoy Fanlar akademiyasi akademigi Guo Xudong, Xitoy Ipak yoʻli arxeologik hamkorlik tadqiqot markazining bosh ilmiy xodimi Vang Jianxin, IICC-X ijrochi direktori Feng Jian va UNESCO qoshidagi Markaziy Osiyo boʻyicha xalqaro tadqiqotlar instituti direktori Evren Rutbil ma’ruzalar qilishdi.
Simpozium davomida 30 nafar ekspert va olimlar "Ipak yoʻli madaniy merosini himoya qilishning tushunchalari, usullari va amaliyotlari", "Ipak yoʻli yodgorliklarini himoya qilish texnologiyalari boʻyicha tadqiqotlar" va "Ipak yoʻli artefaktlarini saqlash va tiklash boʻyicha tadqiqotlar" kabi mavzularda ma'ruza qildilar.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham "Besh tashabbus" hamda "Talabalar ligasi" sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Musobaqalar doirasida universitetimiz talabalari sportning voleybol sport turi bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
11-oktabr -"Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan har yili butun jahon bo‘yicha qizlarning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida turdi tadbirlar va tanlovlar tashkil qilinadi.
Ushbu sana munosabati bilan joriy yilning 14-oktabr kuni universitetimizda xotin-qizlar kengashi va “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi bilan hamkorlikda talaba-qizlar o’rtasida “Men zo’ravonlikka qarshiman” shiori ostida “Bizning jamiyatda zo’ravonlikka o’rin yo’q” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda universitetimizning birinchi bosqich talaba qizlari faolligi bilan ajralib turdi. Tanlov yakuniga ko‘ra;
1-o‘rin 124-guruh talabasi Nilufar Oymamatova
2-o‘rin 124-guruh talabasi Komila Ergasheva
Joriy yilning 14-oktabr kuni universitetimizga Silk Road Media xoldingi raisi o‘rinbosari Marat Ahmedjanov tashrif buyurdi. Mehmonni universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov kutib oldi.
Bugungi kunda ushbu media xolding dunyodagi ko‘plab davlatlarda qator loyihalari bilan faol ishtirok etib keladi. O‘zaro muloqot davomida universitetimizning ham xalqaro imijini yanada ko‘tarish imkoniyatlari xususida fikr almashildi. Silk Road Media Group tomonidan Londonda 2009 yildan beri ingliz tilida OCA Magazine jurnali chop qilinib kelinmoqda. Jurnal milliy madaniyatlarni ommalashtiradi va voqealarni yoritishi bilan mashhur hisoblanadi.
Bugun 14-oktabr kuni universitetimizda 26-xalqaro Ta’lim va kasb ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ta’lim ko‘rgazmasida Rossiya, Qozog‘iston, Litva hamda yurtimizdagi oliy ta’lim muasassalari o‘z ta’lim yo‘nalishlarini namoyish qilishdi. Samarqand shahridagi umumta’lim maktabi bitiruvchilari, abiturentlar ushbu ko‘rgazmada faol ishtirok etib o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Ahamiyatlisi, ushbu ko‘rgazmada universitetimiz Marketing va qabul bo‘limi mutaxassislari ham faol ishtirok etib tadbir ishtirokchilariga universitetimiz faoliyati, yo‘nalish turlari xususida yaqindan tushuntirishlar berishdi.
Joriy yilning 14-oktabr kuni “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-60-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Ohalik-Oqboʼyro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida faoliyat koʼrsatuvchi xodimlar uchun universitet tomonidan ishlab chiqilgan oʼquv dasturiga muvofiq “Turizmda xizmatlar va mahsulotlar” mavzusida 7 soatlik maxsus oʼquv seminari tashkil etildi.
Seminarda turistik-rekreatsion zona hududida joylashgan mahallalar raislari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar hamda rekratsion zonada faoliyat olib boradigan mutaxassislardan iborat jami 20 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Seminarlar universitet Turizm kafedrasining yuqori malakali professor-oʼqituvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 29-oktabr kuniga qadar "Yoshlar korrupsiyaga yo'q, deydi" mavzusida hamda "Eng yaxshi insholar", "Eng yaxshi videoroliklar", "Eng yaxshi rasmlar" nominatsiyalarida tanlov e’lon qiladi. Ushbu tanlovda universitetning barcha bosqichida ta’lim olayotgan talabalari ishtirok etishi mumkin.
Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi. Nomzodlar tanlov uchun tayyorlagan ijodiy ishlarini universitetning 238-xonasi faoliyat olib borayotgan Kompleans nazorati bo'limiga topshirishingizni so'rab qolamiz.
Tanlovda o‘z mahoratingizni ko‘rsating va ijodiy ishlaringiz bilan g‘olib bo‘ling!
11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriyati va xotin-qizlar kengashi tomonidan erta tongdan universitetning barcha xotin-qizlari bayramona ruhda kutib olinib, universitet hovlisida “Men sog‘lom turmush tarzi tarafdoriman!” shiyori ostida sportning shaxmat hamda stol tennis turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Tadbirda talaba qizlar va universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarimiz faol ishtirok etishdi.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda bir nechta yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan yaqindan amaliy hamkorlik qilib kelmoqda. Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ning Turizm va mintaqaviy rivojlanish boʻyicha maslahatchisi Eiko Otto universitetimiz talabalariga ma’ruza oʻqidi. Ma’ruza davomida xalqaro eksport tomonidan turizmning zamonaviy xususiyatlari boʻyicha ma’lumotlarni talabalarga yetkazdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz