23-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba – yoshlari o‘rtasida “Saylov va yoshlar” targ‘iboti doirasida “Shaxmat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada universitetimiz barcha bosqichdagi talabalari faol ishtirok etishdi.
Universitetimizda “Saylov va yoshlar” targ‘iboti doirasidagi sport musobaqalari davom etmoqda.
2024-yilning 22-oktabr kuni universitetimizda “Bizning jamiyatda taziyq va zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova hamda bir guruh talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Bugungi kunda oilalarda ma’naviy muhitni yanada yaxshilash va ayrim xotin-qizlarni taziyq va zo‘ravonlikdan himoya qilish kabi masalalarga yechim topish maqsadida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Tadbirda talaba qizlarga ushbu tadbirning ahamiyati, mazmun mohiyati xususida tushuntirishlar, zarur tavsiyalar berildi.
Universitetimiz talabalari o‘rtasida "Besh tashabbus" hamda "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining 2-bosqichi davom etmoqda. Talabalarimiz ushbu musobaqa doirasida sportning mini futbol turida o‘zaro bahs olib borishdi. G‘oliblar keyingi bosqichidagi musobaqada ishtirok etadi.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda bir nechta yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan yaqindan amaliy hamkorlik qilib kelmoqda.
Germaniyaning Ebersvalde universiteti professori Nicole Haeusler tomonidan "Combating Overtourism: Sustainable Strategies and its linkage to Uzbekistan" mavzusida universitet talabalariga mahorat darslarini olib borildi. Ma'ruza davomida talabalarga barqaror turizmni rivojlantirishga oid yangi ma'lumotlar aytib o'tildi. Shuningdek, O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda xalqaro tajribalardan foydalanishning o'ziga xos nazariy asoslari bo'yicha ma'lumotlar berildi.
Bugun 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Turizm akademiyasida universitetimiz professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, tyuterlar hamda talabalar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi. Dastlab bayram tadbirida universitetimiz professor-o‘qituvchilari va kafedra mudirlari o‘zbek tilining bugungi kundagi o‘rni va roli xususida gapirishdi. Shundan so‘ng iqtidorli talabalar ishtirokida o‘zbek adabiyotining buyuk namoyondalari tomonidan o‘zbek tilini ulug‘lab yozilgan she’rlaridan namunalar o‘qib berildi.
Talabalar tomonidan aytilgan kuy-qo‘shiqlar va raqslar bayramning yanada jozibali o‘tishiga xizmat qildi.
Bugun 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun munosabati bilan Samarqand shahridagi markaziy istirohat bog‘ida, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Bayram tadbirida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov va boshqalar so‘z olib dunyo miqyosida o‘zbek tilining yanada obro‘yi oshib borayotganligi xususida gapirishdi.
Shuningdek tadbirda Alisher Navoyi ijodidan she’rlar o‘qilib, san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylandi. Universitetimiz jamoasi ham A.Navoyi haykali poyiga gullar qo‘yib, unga hurmat bajo keltirishdi.
Tinch va osuda yurtga bayramlar yarashadi. Bugun 18-oktabr Samarqand shahri kuni. Shu munosabat bilan bugun erta tongdan qadimiy va hamisha navqiron Samarqandni o‘zgacha tarovat va go‘zallik qamrab oldi. Bugun samarqandliklarda bayramona kayfiyat hukm surmoqda. Bayram munosabati bilan shaharning barcha hududlarida sayllar, konsert dasturlari, yarmarkalar boshlanib ketdi. Samarqand shahridagi Mustaqillik maydoni ham bayramona bezatilib, tadbirda barcha oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar o‘z ko‘rgazmalari faol ishtirok etmoqda.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan iborat jamoasi ham ushbu bayramga alohida tayyorgarlik ko‘rgan holda chiqishdi. Bayram tadbirida universitetimiz mahalliy va xorijlik talabalari o‘z milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari bilan faol bo‘lishdi.
Shu kunlarda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "Besh tashabbus" hamda "Talabalar ligasi" doirasida sportning stol-tennisi musobaqalari bo'lib o'tdi. Universitet kampusidagi sport zalida tashkil qilingan musobaqalar talabalarimiz uchun qizg‘in bellashuvlar ostida o‘tdi.
2024-yil 16-oktabr kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Xalqaro turizm akademiyasi BMT Turizm tashkiloti bilan hamkorlikda turizm sohasida 20 nafar trenerlarni malaka va bilimlarini oshirishga qaratilgan Mehmondo‘stlik menejmenti yo‘nalishida 6 oylik Trenerlarni tayyorlash (TOT) dasturini boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
Ushbu dastur Shveysariya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, BAA va Gruziyaning mehmondo‘stlik sohasidagi yetakchi xalqaro ekspertlari va professor-o’qituvchilari tomonidan olib boriladi va ishtirokchilarga sohadagi eng so‘nggi bilim va ko’nikmalarni o‘zlashtirishga imkon beradi.
Trenerlar seminarlar, vebinarlar va interaktiv sessiyalar orqali turizm sohasida yetakchi ekspert va professor-o’qituvchilar bilan muloqot qilish, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish hamda o‘qitish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni yaxshilash uchun amaliy strategiyalarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2024-yil 10-noyabrda universitetda bo‘lib o‘tadigan 97-xalqaro koreys tilini bilish darajasini aniqlash (TOPIK) imtihoniga nazoratchilar uchun tanlov ochilganligini e’lon qiladi. Imtihonda nazoratchi sifatida qatnashish istagida bo‘lganlar quyidagi shartlarga muvofiq ariza topshirishlari so'raladi:
1. Ariza topshirish muddati: 2024-yil 20-oktabr
Imtihonda qatnashish uchun quyidagi anketani to‘ldirib imzolagan holda pasportingiz bilan skanerlagan holda telegram orqali @silkroadtopik manzilga yuboring.
2. Tanlov shartlari: Arizalar soni imtihon uchun zarur nazoratchilar sonidan oshib ketganda quyidagi nomzodlar ustunlikka ega bo‘ladi:
So‘nggi 3 yil ichida TOPIK imtihon nazoratchisi sifatida ish tajribasiga ega bo'lgan tajribali nazoratchilar
Oxirgi 3 yil chet tili imtihonlari kuzatuvchisi sifatida tajribaga ega bo'lgan shaxslar
Ta‘lim muassasasida ish tajribasiga ega bo'lgan shaxslar
3. Qo‘shimcha shartlar:
- To'lov shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Imtihonda muvaffaqiyatli ishtirok etgan nazoratchilar, keyingi imtihonlarda qatnashish uchun imkoniyatga ega bo‘ladi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz