Universitetimizda haftaning har payshanba kuni Talaba xavfsizlik kuni tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bugun 31-oktabr kuni ham universitetimiz faollar zalida Talaba xavfsizlik kuni munosabati bilan universitet inspektori bilan hamkorlikda profilaktika tadbiri o‘tkazilib unda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, odam savdosi va noxush holatlarni oldini olishga qaratildi.
Joriy yilning may oyida e’lon qilingan ORHUN almashinuv dasturida qatnashgan va tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Amiriddinova Muslima Zayniddinovna Turkiya davlatining Kappatokiya Universitetida gastranomiya turizmi sohasi bo’yicha ham nazariy va amaliy darslarini turk talabalariga dars mashg‘ulotlarini o‘tdi.
Muslima Amiriddinova ikki hafta mobaynida Kappadokiya universiteti o’qituvchilari bilan o‘zaro bilim va tajriba almashdi. Bundan tashqari Gastronomiya fakulteti kafedrasi mudiri Pr. Ezgi O’zer bilan ikki mamlakat o’rtasida gastronomik o’xshash jihatlatlari xususida firk almashishdi.
Ushbu dastur doirasida o‘qituvchimiz Kappatokiya Universitetida tashkil etilgan AI texnalogiyaning ta’siri doirasida o’tkazilgan nufuzli konferinsiyada ham faol ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, o‘qituvchimiz Kappadokiya Universiteti Gastranomiya fakultetining bakalavriyat yo‘nalishi birinchi bosqich talabalariga “Gastranomiya faniga kirish” fanidan mashg‘ulot o‘tab, to’rtinchi bosqich talabalariga “Osiyo mamlakatlarining dengiz mahsulotlaridan foydalangan holda taom tayyorlash” bo‘yicha amaliy mashg’ulotlarni tashkil qildi.
Joriy yilning 30-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva “Tarjima nazariyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-bosqich 324-guruh talabalari uchun “To‘siqlarni yengib, maqsadga erishishni o‘rganamiz!” mavzusida motivatsion trening o‘tkazdi. Unga guruh tyutori Pirnazar Islomov ham taklif etildi.
Hayotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan yigit-qizlar oldida turgan vazifalar, maqsadlar, orzu-istaklar bisyor, albatta. Xo‘sh, maqsadga erishish uchun nima qilish kerak? Avvalambor, o‘z kuchiga ishonish, intilish, sobitqadam bo‘lmoqlik lozim. Bu tadbir davomida o‘yin shaklida tashkil etilgan amaliyotda sinab ko‘rildi. Talabalar maqsadga erishish yo‘lida to‘siqlarni qay yo‘sinda yengish kerakligini o‘z xatti-harakatlari misolida namoyish etishdi.
“Buzuq telefon” o‘yini esa Internet tarmog‘ida tarqalayotgan har qanday ma’lumotni asl holicha qabul qilmaslik, axborot xujumiga bo‘lgan immunitetni oshirishga ko‘mak beruvchi ajoyib amaliyot bo‘ldi. Ijobiy muhit, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan psixologik trening ishtirokchilarga zo‘r motivatsiya berib, pozitiv emotsiyalar taqdim etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining nazorat rejasi 3-bandida Oliy va o‘rta-maxsus, professional, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli yozuvchi va shoirlar, olimlar ishtirokida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv va adabiy kechalar uyushtirish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 29-oktabr sanasida “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-bosqich talabalari ishtirokida atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanayotganligi, shoirning tug’ilgan sanasini nishonlash YUNESKO xalqaro tashkilotining dasturiga kiritilganligi xususida gapirdi.
“Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan Mirzo Ulug‘bekning boy hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilinadi. Tanlovda o‘z ilmiy salohiyatini sinab ko‘rish va Mirzo Ulug‘bek hayoti hamda merosiga oid bilimlarini yanada mustahkamlashni istagan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov shartlari:
Maqolalarni qabul qilish muddati 2024-yil 5- noyabrgacha.
Ishtirok etish uchun murojaat qilish: Barcha talabalar o‘z maqolalarini Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.
Zhejiang Moliya va Iqtisodiyot Universiteti taklifiga binoan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari universitetning 50 yillik yubiley bayrami va tadbir doirasida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqot forum”ida ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va akademik aloqalarni o‘rganuvchi olimlar va ekspertlar ham qatnashdi.
Forum doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Zhejiang Moliya va Iqtisodiyot Universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi va bu kelajakdagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Zhejiang Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti o‘rtasida 2023-yilda professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Ushbu shartnoma doirasida universitetimiz talabalari uzoq muddatli almashinuv dasturida ishtirok etishdi.
Universitet vakillari Xitoy Xalq Respublikasining Zhejiang provinsiyasiga tashrifi davomida hamkor universitet — Zhejiang Xalqaro Tadqiqotlar Universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori boshchiligidagi universitet rahbar xodimlari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda kelgusi o‘quv yilidan boshlab professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar uchun qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish, shuningdek, talabalar almashinuvi dasturini davom ettirish zarurligi haqida kelishib olindi.
Hamkor universitetga tashrif davomida madaniyat va turizm maktabi hamda oliygohda turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashildi. Uchrashuvda universitetda xorijlik talabalar yaratilgan sharoitlar, magistratura bosqichida o‘qish uchun ajratilgan davlat grant dasturi hamda turizm sohasida faoliyat olib borishni istagan talabalar uchun xorijiy tillarni bilish qanchalik muhimligini takidlash bilan birga hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yilning 12 yanvarida qabul qilingan PQ-19-sonli orqali yaratilgan O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili adabiyotini yaqindan o‘rganish istagida bo‘lgan xorijliklar uchun kelajakda Uzacademy.uz platformasi orqali onlayn o‘rganish imkoniyatlari mavjud ekanligi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Bu tashrif universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Joriy yilning 29-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-bosqich 224-guruh talabalari uchun motivatsion trening o‘tkazdi.
Turli psixologik metodikalar har bir talabaning ayni damdagi ruhiy holatini ochib, emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni psixokorreksiya qilishda yordam berdi. O‘qish unumdorligi, birinchi navbatda, yoshlarning ruhiy holatiga bog‘liq.
Zero, insonning qalbi xotirjam, ruhiyati sog‘lom bo‘lsa, qolgan barcha faoliyati samarali va ijobiy kechadi. Bunday inson turli illatlar, xavf keltiruvchi xatti-harakatlardan uzoq yuradi, o‘z salomatligini avaylab-asraydi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zi va yaqinlari hayoti uchun javobgar bo‘ladi. Dildora Turdiyeva tomonidan o‘tkazilgan motivatsion trening barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Joriy yilning 31-oktabr kuni soat 16:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti binosining 108-xonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan dissertatsiya mavzularni OAK talabi asosida rasmiylashtirish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish samaradorligini oshirish mavzusida seminarda Safarov Bahodirxon Shaxriyorovich i.f.d., professor ma'ruzachi sifatida ma'ruza qiladi.
Ushbu seminarga qiziquvchilarni, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni taklif qilamiz.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yangi o‘quv yilidan “Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu kafedrada tarjima bo‘yicha amaliyot va malaka oshirish kurslarini o‘tagan, o‘qituvchilik va tarjimonlik faoliyatini muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirgan til kafedralarining yetakchi o‘qituvchilar mehnat qilishmoqda.
Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi 14 nafar o‘qituvchi va 2 nafar xorijlik o‘qituvchilardan iborat.
Kafedra o‘qituvchilari muvaffaqiyatlari:
2024-yilda kafedra mudiri, t.f.n. Dotsent vazifasini bajaruvchi Akramova Taxmina Komiljonovna jahon oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi CELTA xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz