Yangiliklar: Fevral 2024

14-fevral buyuk ajdodimiz mohir sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Bugun shu munosabat bilan universitetimiz faollar zalida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etgan tadbirda dastlab oliygoh Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i va xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova Zahiriddin Bobur hayoti va faoliyati haqila batafsil ma’lumot berdi. Shundan so‘ng xotin-qizlar kengashi qoshidagi Qizlarjon klubining faol a’zolari tomonidan shoh va shoir haqida savol-javoblardan iborat viktorina o‘tkazildi. Talabalar ham faollik bilan savollarga javob berishdi va Boburning g‘azallaridan namunalar o‘qib berishdi.

Ma’lumki, temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Bobur otasidan so‘ng 12 yoshida toju taxt egasiga aylanadi. Bir muncha qiyinchiliklar va temuriylar o‘rtasidagi taxt talashish kabi voqeliklardan so‘ng kam sonli askari bilan hozirgi Afg‘oniston orqali o‘tib Hindistonni zabt etadi va kuchli davlat barpo etadi.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida tadbir o‘tqazildi Joriy yilning 14-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetimiz talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda tyuterlar ishtirok etishdi. Dastlab tadbirda so‘z olgan Ichki Ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Matlyubov bugungi kunda giyohvandlik va psixotrop moddalarning yoshlar o‘rtasida tarqalishini oldini olish maqsadida Samarqanddagi oliy ta’lim muasassalarida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinayotganligi, har bir yosh bu zaxri qotildan ehtiyot bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng vazirlik mas’ul xodimi giyohvandlik bilan bog‘lik bo‘lgan turli voqealar, yoshlarning bilib, bilmay qo‘shilib qolish holatlari yuz berayotganligi xususida ma’lumot berdi. Shuningdek tadbirda viloyat Narkologiya dispanseri bosh shifokori tomonidan bugungi kunda shifoxonaga murojaat qilayotganlar orasida turli yoshdagi insonlar borligi, ushbu illat domiga tushib qolganlar bir umrlik kasallikka duch bo‘lishi mumkinligi xususida gapirdi. Uchrashuv so‘nggida talabalarga giyohvandlikning salbiy ta’siri va ushbu zaxar bilan savdo qilayotganlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarga ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatli film namoyish qilindi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 9-fevral kuni O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida A.Navoiy ijodi va faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu she’riyat kechasida universitetimiz o‘qituvchisi N.Nurullo ishtirok etdi va ma’ruza qildi.

 –Men bunday juda katta man’aviy va ma’rifiy tadbirda qatnashganligimdan juda xursandman. Bilasiz, buyuk mutafakkir A.Jomiy o‘zbek she’riyatining sultoni bo‘lgan A.Navoiyning ustozi bo‘lgan. Tadbir juda katta ko‘tarinkilik bilan tashkil qilinib unda  Navoiyning adabiyot va madaniyatga qo‘shgan ulkan hissasi haqidagi ma’ruzalar qilindi,-deydi ushbu tadbir ishtirokchisi N.Nurullo.

Darhaqiqat A.Navoiy nafaqat turkiyda ijod qilgan o‘zbek xalqining balki butun dunyoning buyuk allomalaridan biri hisoblanadi.

Kategoriya Yangiliklar

Shu kunlarda Samarqandda o‘tkazilayotgan BMTning yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi (CMS COP14) doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art Rezedensiya binosida “Ko‘chib yuruvchi noyob hayvonot olami” nomli rasmlar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmaning ochilishida O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, universitetimiz rektori  Aziz Abduhakimov va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, forum qatnashchilari ishtirok etdi. Tashkilotchilar mazkur ijodiy tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad "O‘zbekiston Qizil kitobi"ga kiritilgan noyob ko‘chmanchi jonivorlarga mehr-muhabbat tuyg‘usini kuchaytirish, mamlakatimizning noyob tabiiy merosini namoyish etish, yosh avlodning ekologik madaniyati va ongini yuksaltirishga qaratilganini ta’kidladi. Ko‘rgazmada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Badiiy akademiya va O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi hamkorligida shu yilning yanvar oyida tashkil etilgan plener natijasida saralangan 40 nafar yosh rassomning 100 ga yaqin rasmlari namoyish qilinmoqda. Ular orasidan eng yaxshi ijodiy ishlar nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan tanlanib, mualliflar pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan. Ko‘rgazma bir oy davomida mahalliy aholi va mehmonlar uchun ochiq bo‘ladi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 13 Fevral 2024 10:39

E’LON

Ma’ruzachi: Haji Gurbanov, Ipak Yo‘li Samarqand turizm markazi boshqaruvchi direktori (Hilton, Hilton Garden Inn, Minyoun, Lia, H Holding Inn, Crown Plaza).

Mavzu: Ipak yo‘li Samarqand turizm markazining rivojlanish tarixi.

Moderator: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Tony Zou.

O‘tkazilish joyi: universitet binosi 229-xona.

Vaqti: soat 14.00-15: 00, 2024 y. 15-fevral, (payshanba)

Kategoriya E'lonlar

Bugun 12-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 119-xonasida Hemis tizimidan foydalanish va sifatli yuritish bo'yicha yig'ilish o'tkaziladi. Oliygoh Moliyaviy va xo'jalik ishlari departamenti boshlig'i A.Gadayev rahbarligida o‘tkazilgan yig'ilishda mavzu yuzasidan mas’ul bo‘lgan kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda so‘z olgan Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i A.To‘xtamishov birinchi semestr yakunlari bo‘yicha va dars jarayonida ta’lim berish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha gapirdi. Shuningdek yig‘ilishda kun tartibidagi birinchi semestrda 74 soatdan ko'p dars qoldirgan talabalar davomati haqidagi ma'lumot, ogohlantirish xati yuborilgan talabalarning to'lov va davomati holati va guruhlar kesimida, fan o'qituvchilarining ma’lumotlarini Hemis tizimiga kiritish masalalari yuzasidan fikr almashildi.  

Tandiqiy va tahliliy o‘tgan yig‘ilishda mutasaddi kafedra va bo‘lim boshliqlariga zarur ko‘rsatma va topshiriiqlar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqalsh vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi “Aholi orasida profilaktik ko‘riklari, skring dasturlari va patronajni amalga oshirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bo‘yrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi va ikkinchi bosqich talabalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlandi. Universitetimiz talabalari joriy yilning 7-fevralidan 16-fevraliga qadar Samarqand shahridagi ko‘p tarmoqli poliklinikasining tor soha mutaxassislari ishtirokida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda.  

Kategoriya Yangiliklar

Kun sayin nufuzi oshib borayotgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga respublikaamizning barcha viloyatlaridan qiziqish katta bo‘lmoqda. Birgina yaqinda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi "Level up o‘quv markazida ta’lim olayotgan 40 nafarga yaqin yoshlarning oliygohimizga kelib bu yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishganligi ham ushbu fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi.  Dastlab abiturientlarga universitetimiz Marketing va qabul bo‘limi boshlig‘i O.Akbarov ushbu oliy ta’lim dargohida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar xususida batafsil gapirib berdi. Shundan so‘ng o‘quvchi yoshlar oliygohda talabalar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega.

 –Men “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti haqida ko‘p eshitganman. Bugun ushbu oliy dargohga kelib tanishish nasib qildi. Bu yerda shart-sharoitlar meni hayratda qoldirdi. Men aynan turizm sohasiga qiziqganligim bois ushbu xalqaro universitetda ta’lim olishni o‘z oldimga maqsad qildim,-deydi yoshlardan biri.

Kategoriya Yangiliklar

Bugungi kunda universitetimizda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida doimiy ravishda turli musobaqalar o‘tkazilib kelinayapti.

Yaqinda oliygohimiz jismoniy tarbiya fani murabbiylari tomonidan talabalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha jamoalararo o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilinib unda g‘oliblar aniqlab olindi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori Tong Qian Zou tashabbusi bilan 2024-yil 8-fevral kuni  universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari uchun seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda mehmon sifatida Samarqand viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy taraqqiyot va ma’naviyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Rajabboyevich Qobilov o‘zining ma’ruzasi bilan qatnashdi. Seminarda “Samarqand viloyatida turizm strategiyasini ishlab chiqish” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar