8 февраля 2024 года по инициативе проректора по научной и инновационной деятельности Международного университета туризма и культурного наследия «Шелковый путь» Тун Цянь Цзоу был организован семинар для преподавателей, докторантов и студентов университета.
В качестве гостя в семинаре принял участие заместитель хокима Самаркандской области по молодежной политике, социальному развитию и духовным вопросам Рустам Раджаббоевич Кобилов. На семинаре была проведена лекция на тему «Разработка стратегии туризма в Самаркандской области».
Viloyat “Zarafshon” gazetasining 8-fevral sonida universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarovning “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim sohasida erishilgan muvaffaqiyatlari xususidagi maqola e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston-2030 strategiyasida belgilab berilgan vazifalar va ularning ijrosi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti milliy sertifikatga ega bo‘lganligi va endigi vazifa kelgusida xalqaro attestatsiyadan va akkreditatsiyadan o‘tgan holda dunyodagi Top mingtalik universitetlar qatoriga kirishdan iborat ekanligi xususida aytilgan.
Shuningdek maqolada Prezident qarori bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralari faoliyatini tashkil etish belgilanganligi xususida ham so‘z borgan.
Ushbu barcha universitetimiz professor-o‘qituvchilariga ushbu maqolani o‘qishini tavsiya qilamiz.
Bugun 9-fevral ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi 1441-yil Hirot shahrida tavallud topgan bobokalonimiz tavalludining 583 yilligi keng nishonlanmoqda.
Bugun ertalabdan Samarqand viloyati jamoatchiligi xususan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘ida o‘rnatilgan Navoiy bobomizga haykali poyiga gulchambar qo‘yilib hurmat, ehtirom ko‘rsatildi.
Tadbirda Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma’naviy merosiga aylangani qayd etildi. Turli tillarda g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi. Musiqali drama teatr san’atkorlari tomonidan Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi turizm va xizmat kòrsatish sohalarida xalqaro standartlariga mos, malakali kadrlar yetishtirishni òz oldiga maqsad qilib qo'ygan. Shu maqsadda ta'lim jarayonlar mobaynida doimiy tarzda joylarda turli mahorat darslari, òquv amaliyotlari tashkil qilinib talabalarning bilim va kònikmalari oshirib borilmoqda.
Jоriy yilning 9-fevral kuni Buxoro shahar "Ishga Marhamat" monomarkazi bilan hamkorlikda "Restoran zalida xizmat kòrsatish" mavzusida texnikum òquv ustaxonasida talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida ushbu sohada kòp yillik tajribaga ega mutaxassis G.Rahimova tomonidan restoran zalida xizmat ko'rsatishning qoidalari, mijozlarga xizmat ko'rsatish va muloqot qilish, dasturxon tuzash jarayonlari mukammal tarzda kòrsatib òtildi.
Joriy yilning Sentabr oyidan boshlab bir semester muddatga Wakayama universiteti tomonidan bepul o‘qish uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan 2 nafar talabalar uchun kvotalar achratildi. Ushbu dasturga universitetning sentabr oyida 2 yoki 3-bosqichga o‘tgan talabalar hujjat topshirishlari mumkin.
Nomzodlar suhbat asosida tanlab olinadi
IELTS 6.0 (yoki undan yuqori) til bilish sertikatiga ega bo‘lgan talabalar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi va batafsil ma’lumotlar uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga (204-xona) murojaat etishingiz mumkin.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning 8-fevral kuni soat 15.00 da taʼlim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalari hamda oʻquvchilari shuningdek, professor-oʻqituvchilari uchun “Ispaniya universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada tahsil olish imkoniyatlari” mavzusida zoom platformasi orqali onlayn vebinar tashkil etiladi.
Mazkur vebinarda ishtirok etish uchun ingliz tilida soʻzlasha oladigan va kelgusida Ispaniya universitetlarida taʼlim olish hamda ilmiy izlanish olib borishni rejalashtirgan bitiruvchi bosqich talabalari hamda ilmiy xodimlar uchun tashkillashtirilgan. Iltimos ushbu vebinarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar universitetimiz professor-oʻqituvchilarning dars jarayonlariga halal bermagan holda ishtirok etishlari mumkin.
Konferetsiya identifikatora: 883 7854 1580
Kirish kodi: 2024
Xorazm viloyatidagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumida “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi talabalari tomonidan, mehmonxonadagi muammoli vaziyatlarni qanday hal qilish bo‘yicha sahna ko‘rinishlari tayyorlab namoyish qilishdi. Ma’lumki, o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikmasini oshirishda bu kabi teatrlashtirilgan tomoshalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois o‘quvchi yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish qilishda bu kabi samarali usullardan foydalanib kelishayapti.
Sahna ko‘rinishlarida mehmonxonalarda ko‘p uchraydigan muammoli vaziyatlar bilan birgalikda ularni qanday oqilona xal qilish bo‘yicha ham, talabalar tomonidan juda chiroyli tarzda ko‘rsatib berildi.
Universitetimizning to'rtinchi bosqich Mar-220 guruhi talabasi Javoxir Matnazarov o'zining ajoyib qobiliyati va universitetimiz tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar natijasida IELTS imtihonini imtiyozli ravishda topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
-“Men avvalo, talabalar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratgani uchun universitetimiz rahbariyatiga va professor-o‘qituvchilariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Menga berilgan imtiyoz natijasida IELTS imtihonini topshirish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda xursandman.Ushbu imkoniyat mening maqsadlarimga erishish va o‘z soham bo‘yicha tajriba almashishda muhim rol o‘ynaydi”,-deydi Javoxir Matnazarov.
Albatta Javohir kabi shijoatli va talabchan talabalarimiz borligidan faxrlanamiz. Ushbu tanlovda o'z bilim va iqtidorini namoyish etgan barcha ishtirokchilarga hamkorlarimiz IDP IELTS va Edu Action MCHJlariga ushbu tanlovni o‘tkazishda yorlam berganligi uchun o‘z minnatdorchilik bildirib qolamiz.
Joriy yilning 7 fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” oldidan “XXI-asr ilm-vani va ta’lim sohasida ayollar; yutuq va muammolar” mavzuida uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirda universitetimizda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlardan iborat professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etdi.
Dastlab uchrashuvda so‘z olgan universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Abbasova keyingi yillarda xotin-qizlarning jamiyatning barcha jabhalari qatori ilm-fan yo‘nalishida ham faol ekanligi, bu borada oliygohimizdagi barcha ayollar ham boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotganligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng tadbirda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshligi
N. Abduvohidova so‘z olib universitetda ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida amalga oshirilgan ishlar xususida gapirdi. Ta’kidlandiki, o‘tgan yilda universittetimiz bo‘yicha 20 nafarga xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari ko‘plab talabalar qizlarning ijara xonadonlariga, yashash uylariga tashrif buyurildi. Shuningdek tadbirda universitet Madaniy meros kafedrasi mudiri M. Xaqberidieva xotin-qizlarning ilm-fan yo‘nalishidagi faoliyati xususida, universitet psixilogi D.Turdieva ayrim talaba-qizlar bilan yaqindan suhbat qilish va ularga psixologik yordam ko‘rsatish kabi mavzular yuzasidan o‘z-fikrlarini bildirdi.
Qizg‘in davra suhbati tarzida o‘tgan tadbirda universitet xotin-qizlar qo‘mitasi oliygohimizning barcha ilm-fan yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi va buning uchun bor kuch, g‘ayratini ishga solishi xususida gapirdi.
Joriy yilning 06-fevral kuni Bolgariyaning Sofia shahridagi Milliy va Jahon Iqtisodiyoti Universiteti (UNWE) rektori Dimitr Dimitrov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetimizga tashrif buyurdi.
Faxriy mehmonlar va univesitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori prof. J.Hoffman va Ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori prof. T.Zou o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga universitetda yaratilgan sharoitlar, xorijiy standartlar asosida olib borilayotgan o‘quv tizimi xususida batafsil ma’lumot berildi.
O‘zaro muloqot davomida Bolgariyaning Sofia shahridagi Milliy va Jahon Iqtisodiyoti Universiteti (UNWE) rektori Dimitr Dimitrovga universitetimizning doktorantura bosqichida tahsil olishni istagan taqdiqotchilar uchun amalga oshirilayotgan loyihalarda hamkorlik o‘rnatish taklifi bildirildi va ushbu tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.
Ma’lumot uchun: Sofia shahridagi Milliy va Jahon Iqtisodiyoti Universiteti (UNWE) Bolgariya va Janubi-Sharqiy Yevropadagi eng yirik oliy iqtisodiyot ta’lim muassasasi hisoblanadi va 100 yillik tarixga ega. Universitetda 43 ta bakalavr darajasidagi mutaxassisliklar va 108 magistratura mutaxassisliklari mavjud. Jami talabalar soni 21000 nafardan ziyod.
Uchrashuv yakunida mehmonlar Turizm Akademiyasiga ham tashrif buyurishdi va ushbu yirik loyiha turizm sohasida mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi xususida aytildi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz