×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 08 Aprel 2021 17:26

Misr davlati elchisi “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurdi

Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Amira Fahmi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga amaliy tashrif buyurdi. Ushbu tashrif universitetda elchilar, xorijiy delegatsiyalar, xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan o‘tkaziladigan bir qator sayyor ma’ruzalari doirasida amalga oshirildi.

Amira Fahmi xonim talabalar uchun “Guest lecture” o‘tkazdi. Yig‘ilganlarga Misr Arab Respublikasining sayyohlik salohiyati haqidagi qisqa videorolik namoyish etildi. Fahmi xonim ta’kidlanganidek, videorolikda qadimgi Misr tilidan foydalanilgan.

Bundan tashqari, universitetda Amira Fahmi xonim va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori A. Abduhakimov o‘rtasida rasmiy suhbat-muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Rektor mustahkam aloqalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun akademik ko‘prik o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Favqulodda va Muxtor elchi Amira Fahmi universitet rahbariyatiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Hamda, muhokama qilingan rejalarni amalga oshirishda barcha imkoniyatlarini qaratishga tayyorligini aytib o‘tdi.

“Ipak yo‘li” universitetida tahsil olayotgan talabalar o‘qishi, o‘z ustida ishlashi, dam olishi uchun barcha zarur bo‘lgan shart-sharoitlarga ega. Men, ayniqsa, universitetdagi o‘quv jarayoni, shuningdek, turizm sohasida barcha kerakli ma’lumotlarga ega boy kutubxonadan juda hayratda qoldim. Ushbu bosqichda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega, chunki mamlakat turizmining rivoji bevosita ularga bog‘liq. Ushbu jarayonda esa “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti barqaror kafil sifatida xizmat qiladi” – deya e’tirof etdi universitet matbuot xizmatiga bergan intervyusida Amira Fahmi xonim.

E’tiborli jihati shundaki, postpandemik inqiroz holatiga qaramay, “Ipak yo‘li” universiteti xalqaro munosabatlar geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda.

O'qilgan 4880 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}684{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar