Noyob imkoniyatni qo'ldan boy bermang va Seminarda ishtirok etish uchun ariza topshirishga shoshiling!O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti turizm sohasi mutaxassislarini “Tifflosharxlash: ko‘zi ojizlar uchun ekskursiyalar” mavzusidagi seminarda ishtirok etishga taklif qiladi. Ko'zi ojiz auditoriya uchun ekskursiya matnlarini tayyorlash, shuningdek, ushbu toifadagi imkoniyatlari cheklangan shaxslar bilan ishlash va shunga o'xshash treninglarni o'tkazish ko'nikmalarini egallash.
Seminar yakunlangach, ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.
Seminar ma'ruzachisi: professor Joel Snayder, AQSh mutaxassisi, Amerika ko'zi ojizlar Audio Description Associates, LLC prezidenti
Seminarda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ariza topshirishga shoshiling: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSemeuU-QhREtlNMF5Ea05z3DwNmntgflPNBQ1fMFIueb1JZtQ/viewform
Seminar doirasida siz ko'zi ojiz auditoriya uchun ekskursiya matnlarini tayyorlash texnikasi bilan tanishasiz, shuningdek, ushbu toifadagi LOFV bilan ishlash va shunga o'xshash treninglarni o'tkazish ko'nikmalarini egallaysiz.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.
Seminar oʻqituvchisi: Professor Joel Snayder, AQSHdan mutaxassis, Amerika koʻzi ojizlar jamiyati prezidenti Audio Description Associates, LLC.
Joylar soni cheklangan!
Ishtirok etish: bepul
Sana: 2024 yil 18-20 noyabr
Vaqt: 9:30-17:00
O‘tkazilish joyi: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti binosi, 3-qavat, 44-xona.
Ilmiy-tadqiqot instituti manzili: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo'li ko'chasi 115 A. Buyuk Ipak yo'li metro bekati
Koordinator: Buxarova Nigora
11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan 7-8 noyabr kunlari universitetimiz kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan oliygoh sport klubi bilan hamkorlikda universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qilinayapti.
Bugun 7-noyabr kuni universitetimiz jamoasi o‘rtasida sporting shaxmat-shashka turi bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Musobaqada universitetimiz erkaklar va ayollaridan iborat xodimlari o‘zaro jamoalarga bo‘lingan holda ishtirok etishdi. Shaxmat-shashka o‘yinlarini malakali hakamlar baholab borishmoqda.
O‘yinlarda universitetimizning barcha kafedralari, bo‘limlari mutaxassislari faol ishtirok etishdi. Sport musobaqalari ertaga 8-noyabr kuni ham davom etadi va faol ishtirok etganlar hamda g‘oliblarga universitetimiz rahbariyati hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi rahbariyati tomonidan sertifikatlar hamda mukofotlar topshiriladi.
Universitetimizda haftaning har payshanba kuni Talaba xavfsizlik kuni hisobalanadi. Kuni kecha 7-noyabr kuni kuni ham universitetimiz faollar zalida Talaba xavfsizlik kuni tadbiri o‘tkazilib unda universitetimiz inspektori tyuterlar bilan hamkorlikda profilaktika tadbir o‘tkazdi. Tadbirda jamiyatimizda ayrim yoshlar o‘rtasida yuz berayotgan xuquqbuzarlik holatlari xususida so‘z bordi. Talabalarimizga bu borada ogoh va xushyor bo‘lgan holda jamiyatda yurish turish qoidalariga rioya qilish masalalari aytildi.
Talabalik davrining ilk sinovlari – oraliq imtihonlarni topshirish arafasidagi 1-kurs tolibi ilmlarini ma’nan va ruhan qo‘llab-quvvatlash juda muhim.
Shu boisdan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va tyutor P.Islomov birgalikda tadbir o‘tkazishdi va unda “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 224-guruh talabalari ishtirok etishdi.
Hayotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan yigit-qizlarning ayni damdagi ruhiy holatini aniqlash maqsadida psixodiagnostik metodikalar olindi, konstruktiv tavsiyalar berildi.
Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan
universitetimiz talabalari uchun “Biz-sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Har yili 1-dekabr sanasi an’anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITSga qarshi kurashish, targ‘ibot tadbirlarini keng miqyosda olib borish masalalariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi.
6-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Samarqand OIV va OITS markazi hamkorlikda “Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz!” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda Samarqand OIV va OITS markazi epidemiolog shifokori D.Sulaymonova hamda universitetimiz shifokori S.Mustafaqulova, universitet profilaktika inspektori Sh.Qurbonov, guruh tyutori P.Islamovlar talabalarga OIV va OITS kasalligining kelib chiqishi, insonga ta’siri kabi ma’lumotlar hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish haqida zarur tavsiyalarini berdi.
Qizg‘in savol-javoblarga boy o‘tgan tadbirda talabalar mavzu yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shaxsiy grafik asosida qarzdor fanlarini qayta o'qish uchun ro'yxatdan o'tgan talabalar asosiy dars mashg'ulotlaridan tashqari faylda berilgan fan o'qituvchilariga murojaat qilishlari hamda fanlardan belgilangan vazifalarni bajarib borishlarini so'raymiz.
2024-yil 4-noyabrdan 2025-yil 24-yanvarga qadar shaxsiy garfik asosida belgilangan fanlardan vazifalarni bajarib, yanvar oyining oxirgi haftaligida yakuniy imtihonlarni topshirishlari so‘raladi. Sizlardan fanlardan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishni, shuningdek, yakuniy imtihonlarni belgilangan vaqtda topshirishlarizni so‘raymiz.
Fan bo‘yicha kredit to‘lovlarni shartnoma shakllantirilgandan so‘ng amalga oshirishingiz mumkin.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha O‘quv bo‘limi (101) yoki Dekanatga (236) murojaat qilishlarizni so’raymiz.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti sizni turizm bo‘yicha online-ma’ruzaga taklif qiladi!
Spiker: Dr. Rogelio Jr. Policarpio Flores
ATT – Agenda Mobilizadora Acelerar e Transformar o Turismo' dasturida falsafa doktor (PhD) sifatida faoliyat yuritmoqda;
Aveiro Universitetining Aloqa va San’at Kafedrasi (DECA);
Iqtisodiyot, Boshqaruv, Sanoat Muhandisligi va Turizm Kafedrasi (DEGEIT);
Boshqaruv, Raqobatbardoshlik va Davlat Siyosati (GOVCOPP) tadqiqot birligi.
Mavzu: Turizmni boshqarish, raqobatbardoshlik va davlat siyosati bo‘yicha
Moderator: Turizm kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent v.b Ibragimov Xusen
O‘tkazilish joyi: 108-xona
Vaqt: 15:00 - 16:30, 2024-yil 19-noyabr (seshanba)
Bugun 5-noyabr kuni universitetimiz faollar zalida “Avlodlarga munosib avlod bo‘laylik” mavzuida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Sohibnazar Boymurodov, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi Ismat Juliev, universitetimiz rektori maslahatchisi Sanjar Qulmurodov, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvohidova hamda birinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Ma’lumki, bugungi kunda ayrim yoshlarimizning bilib, bilmay xar xil diniy oqimlarga qo‘shilib holatlari yuz bermoqda. Avvalo ota-ona tarbiyasidagi bo‘shliqlar, ijtimoiy tarmoqlardan noto‘g‘ri yo‘lda foydalanish, ayrim nopok kimsalarning xar xil aldovlariga bo‘yin egish kabi holatlar yoshlarimizning yo‘ldan adashishiga sabab bo‘lmoqda.
Targ‘ibot tadbirida bu kabi salbiy holatlar, talaba-yoshlarimizning xar xil diniy oqimlar ta’siriga tushib qolish holatlari yuz berayotganliklari xususida aniq misollar va ma’lumotlar aytib o‘tildi. Bugun yoshlarimiz internet tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalangan holda ogoh bo‘lishi lozimligi xususida gapirilib, talaba-yoshlarimizga kiyinish madaniyatiga rioya qilishi xususida ham zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan targ‘ibot tadbirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Joriy yilning 4-noyabr kuni Samarqand shahridagi Olimpiya zahiralari sport majmuasi o‘yingohida "Besh tashabbus" sport musobaqalari doirasida sportning yengil atletika turi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari talabalari 100 metrlik va undan o‘zoq masofaga yugurishda o‘zaro bellashdi. Sport musobaqasida universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga ega chiqdi.
Joriy 2024-2025 o‘quv yiliga Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm, Menejment, Turizm va mehmondo‘stlik sirtqi yo‘nalishdagi mutaxassisliklariga jami 314 nafar talaba qabul qilingan. Ayni paytda sirtqi yo‘nalishdagi birinchi bosqich talabalar uchun o‘qish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 4-noyabr kuni universitetimiz faollar zalida birinchi bosqich sirtqi yo‘nalish talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda universitet prorektori, rektor maslahatchisi, dekan, kafedra mudirlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan mutasaddilar sirtqi ta’lim yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar o‘qish jarayonlariga e’tiborli bo‘lishi, professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan vazifalarga ma’suliyat bilan yondoshishi lozimligi xususida aytildi. Uchrashuvda barcha kafedra va bo‘lim boshliqlari tanishtirilib o‘tildi. Tadbir so‘nggida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz