Yangiliklar: Noyabr 2024

Joriy yilning 11-12-noyabr kunlari "Besh tashabbus" sport musobaqalari doirasida sportning Mini futbol turi bo'yicha bellashuvlar o‘tkazildi.  Ushbu musobaqada viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muasassalari talabalari o'zaro bellashdi. Sport musobaqasida universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga ega chiqdi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil 14-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi Sankt-Peterburg boshqaruv texnologiyalari va iqtisodiyoti universitetining fan va xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Anna Rumyanseva hamda Sankt-Peterburgdagi Turizm va mehmondoʻstlik sohasida malaka oshirish markazi bosh direktori Marina Morozovalar tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda Sankt-Peterburg boshqaruv texnologiyalari va iqtisodiyoti universiteti va Turizm va mehmondoʻstlik sohasida malaka oshirish markazi bilan universitetimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun almashinuv dasturlarini tashkil qilish, turizm va mehmondo‘stlik sohasida malaka oshirish, Rossiyadagi turizm sohasi bitiruvchi  talabalarini universitetimizga magistratura dasturlariga taklif qilish, shuningdek Rossiyadan yuqori salohiyatli professorlarni tadqiqotchilarimiz uchun ilmiy rahbarlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish masalalarida ham yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muloqot olib borildi.

Kategoriya Yangiliklar

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida bugun 14-noyabr kuni 2-bosqich Guide 123-223 guruh talabalari tyuteri boshchiligida qirg‘iz kino ijodkorlari tomonidan yaratilgan “Jannat onalar oyogi ostida” nomli kino filmni tomosha qilishdi va bir olam taassurot olishdi. 

Kategoriya Yangiliklar

Har yili dunyoning ko‘plab davlatlarida muhim ekologik sana — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni nishonlanadi.

Bugungi kunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan bu borada qator amaliy ishlar qilinmoqda. Bugun 14-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham 15-noyabr — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi qaroriga asosan respublikada chiqindilarni alohida yig‘ish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilayotganligi xususida gapirilib, ushbu muhim xujjatning mazmun-mohiyati xususida ma’ulmotlar berildi. Ma’lumot uchun bugungi kunda  rivojlangan mamlakatlarda maishiy va sanoat chiqindilarining 40-60 foizi qayta ishlanadi. Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 13-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga tashrif buyurdi va faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif chogʻida texnikumda Janubiy Koreyaning Kongvon milliy universiteti hamda Belorussiyaning Gomel davlat kulinariya kolleji bilan hamkorlikda xalqaro qoʻshma dasturlar asosida oʻqitilayotgan "Turizm", "Servis va turizm" hamda "Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish" mutaxassisliklari boʻyicha qilingan ishlar boʻyicha yaqindan tanishib chiqdi.

Shuningdek, oʻquvchilarga qulayliklarni koʻpaytirish, dual taʼlimni rivojlantirish, oʻquvchilar amaliyotini samarali tashkil etish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Uchrashuv soʻngida vazir “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ko‘chatini ekdi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 13 Noyabr 2024 15:04

Men va boshqalar

Joriy yilning 12-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiуeva sirtqi ta’lim shaklining “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari uchun “Men va boshqalar” nomli psixologik trening o‘tkazdi.

Tadbirda qo‘llanilgan psixologik amaliyotlar guruhdagi muhitni yaxshilash, talabalar o‘rtasidagi jamoaviy ruh, birdamlikni shakllantirish, emotsional zo‘riqishdan xalos bo‘lishga qaratildi.

D.Turdiуeva ijobiy fikrlash orqali nafaqat ruhiy barqarorlikka, balki maqsad-niyatlarga erishish mumkinligi to‘g‘risida batafsil to‘xtaldi. Trening natijalariga ko‘ra, talabalar ko‘tarinki kayfiyat va faqat oldinga intilish yo‘lida ulkan motivatsiya olishdi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yilning 12-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti xotin-qizlar kengashi a'zolari tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Tibbiy madaniyatni oshirish”, “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish” mavzularida soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda mutaxassislar xotin-qizlar salomatligini yanada mustahkamlash yuzasidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati, “Qizlar gigienasi farovon oila asosidir”, “Kelajak-bo‘lajak onalar qo‘lida” mavzularida gapirishdi.

Tadbirda viloyat Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi  reproduktiv markazi bo‘lim mudiri, ginekolog Dilorom Mamatova ishtirokchilarga “Erta nikoh va erta tug‘ruq, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Qizlar gegienasi salomatlik garovi”, “Oilada tibbiy madaniyatning o‘rni” mavzularida zarur  tavsiyalarini  berdi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 13 Noyabr 2024 11:22

XUSHXABAR

Universitetimizning “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi o‘qituvchisi Sitora Azizova koreys tiliining eng yuqori darajasi bo‘lgan C1 darajasiga egalik to‘g‘risidagi sertifikatga qo‘lga kiritdi.

 Universitetimiz jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan o‘qituvchimiz Sitora Azizovani muborakbod etadi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 13 Noyabr 2024 10:36

XUSHXABAR

Universitetimizning “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Taxmina Akramova ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha jahonda tan olingan sertifikatdan(CELTA) 5-darajani  egallaganligini to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘ldi. Ushbu sertifikat ingliz tilida ravon gaplasha oladigan va grammatik jixatdan yuqori  bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarga beriladi.

Taxmina Akramovani universitetimiz jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 8-noyabr kuni Samarqand davlat universitetida "Besh tashabbus" sport musobaqalari doirasida sportning Stritbol turi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari talabalari o'zaro bellashdi. Sport musobaqasida universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Kategoriya Yangiliklar
5 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar