Yangiliklar: Noyabr 2024

Joriy yilning 1-noyabr kuni universitetimiz tyuteri Gavhar Khusainova 2-bosqich talabalarimiz bilan birgalikda mehr-muruvvatga muxtoj bo‘lgan yakka yolg‘iz keksalar hamda nogironlar holidan xabar olish, ularga ko‘maklashish maqsadida Samarqand viloyat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif buyurishdi. Bu yerda talabalarimiz keksa nuroniylar bilan yaqindan muloqot qilib ularning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qildi. Samimiy muloqot, o‘yin kulgular barchaga birdek zavq ulashdi.

Kategoriya Yangiliklar

Tarix va madaniy meros kafedrasi tashabbusi bilan Germaniyaning Potsdam tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Corinna Kuhr-Korolev universitetimizda mehmon bo'ldi.

Corinna Kuhr-Korolev tomonidan "Ochiq osmon ostida" ko'rgazma tashkil etish metodikasi bo'yicha talabalarimizga ochiq dars, workshop o'tkazildi. Joriy yil ilk bor olimaning shaxsiy g'oyasi asosida Gresiyaning Krit orollarida ishga tushirilgan tadqiqot natijalari ularoq tashkillashtirilgan ko'rgazma misol tariqasida ko'rsatib o'tildi.

Corinna Kuhr-Korolev tomonidan qo'llanilgan metodlar haqida universitetimiz jamoasi hamda talabalariga zarur ma'lumotlar berildi.

Tarix va madaniy meros kafedrasi tomonidan praktik va taktik mavzulardagi bu kabi uchrashuvlar tashkil etish an'anasi talabalarimizni fanlarni o'zlashtirishlarida qo'l kelayotganligi, ularning kasbiy mahoratini oshirayotganligi tahsinga sazovor.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimiz prorektori, professor Tongqian Zouning maqolasi nufuzli “Asia Pacific Journal of Tourism Research” jurnalida chop etildi. Ushbu maqola “Ijodiy turizmning evolyutsiyasi va kelajak yoʻnalishlarini xaritalash: keng qamrovli bibliometrik tahlil” mavzusida bo‘lib, unda ijodiy turizmning nazariy evolyutsiyasi umumlashtirilgan va VOSViewer hamda CiteSpace dasturlaridan foydalanib kelajakdagi yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Diqqatga sazovor jihati shundaki, “Asia Pacific Journal of Tourism Research” jurnali Web of Science va Scopus bazalarida indekslangan.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 2-noyabr kuni universitetimizga Xitoyning Xebey provinsiyasi siyosiy maslahat kengashi raisi o‘rinbosari Gao Chjili boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.
Dastlab mehmonlar universitetimiz kampusida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda milliy kiyimlar galeriyasi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi Xebey provinsiyasi delegatsiyasi a’zolari bilan ikki tomonlama muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida universitetimizda turizm va madaniy meros sohalarida mutaxassis tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlar, moddiy-texnik baza haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng Xebey provinsiyasi imkoniyatlari, ta’lim olish borasida universitetlar faoliyati, turizm kabi muhim yo‘nalishlar xususida provinsyaning siyosiy maslahat kengashi administratsiyasi kotibi, sinxuandao shahri siyosiy maslahat kengashi raisi, Xebey provinsiyasi madaniyat va turizm departamenti direktori o‘rinbosari kabi muhim mutasaddilarning taqdimotlar o‘tkazishdi.
Ikki tomonlama muloqot davomida Xebey provinsiyasidagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, akademik talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi muhokama qilindi.
Shuningdek o‘zaro muloqotda ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand va Xebey provinsiyasi o‘rtasida turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasida fikrlar bildirildi. Shuningdek mehmonlar Turizm akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Turkiya an'anaviy soya teatri ustasi Aziz Murat Aslan "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga ochiq dars o‘tdi.

 Notiq Turkiyadagi soya teatrining kelib chiqish tarixi, uning madaniy ildizlari haqida juda qiziqarli ma'lumotlar berdi. Shuningdek Aziz Murat dunyoning boshqa Sharqiy teatrlari masalan, qadimgi Misr, Xitoy, Shri-Lanka kabi davlatlardagi teatrlar o'rtasidagi tafovut, o‘xshashliklari haqida gapirdi.

Bundan tashqari  teatr ustasi talabalarga sahna ko‘rinishlaridagi ayrim obrazlar rangtasvirda qanday aks etishi xususida qiziqarli ma’lumotlar berdi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil 31-oktabr kuni soat 16:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 108-xonasida dissertatsiya mavzularini OAK talablari asosida rasmiylashtirish va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetimiz ilmiy bo‘limi xodimlari, mahalliy va xorijlik doktorantlar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishdi. 

Seminarda universitetimiz ilmiy kengashi raisi, prof. Bahodirxon Safarov ma'ruzachi sifatida ishtirok etib, ilmiy izlanishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini tinglovchilar bilan bo‘lishdi.

Tadbir qatnashchilari seminar davomida dissertatsiya ishlari va ilmiy tadqiqotlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha muhim ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

Kategoriya Yangiliklar

Ruhiy salomatlik - bu ruhiy farovonlik holati bo‘lib, u odamlarga hayotdagi stressli vaziyatlarni yengish, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, muvaffaqiyatli o‘qish va ishlash, shuningdek, jamiyat hayotiga hissa qo‘shish imkonini beradi. Shu boisdan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor P.Islomov 1-босқич “Turizm va mehmondo‘stlik” hamda “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan 424 va 124-guruh talabalari uchun tadbir tashkil etishdi.

        Uchrashuvda talabalarning ijtimoiy-ruhiy holatini aniqlashga yordam beradigan psixologik metodikalar to‘plami tarqatildi va o‘quv jarayoniga moslashish bo‘yicha tavsiyalar, maslahatlar berildi. Ushbu metodikalar natijalariga ko‘ra, talabalarning ijtimoiy-psixologik portreti bazasi shakllantiriladi.

Kategoriya Yangiliklar

31-oktabr kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida  sportning Shaxmat sport turi bo'yicha "Hokim kubogi" sport musobaqasi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada universitetimizning birinchi bosqich talabalaridan iborat jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimiz faoliyati yil sayin kengayib talabalar uchun barcha zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan UN Turizm akademiyasi Samarqand kampusi talabalarimizning turizm, madaniy meros sohalarida bilim va malakalarini oshirish uchun qulay maskan bo‘lib qolmoqda.
Shu kunlarda universitetimizning kunduzgi, sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari UN Turizm akademiyasi Samarqand kampusida dars jarayonlarida ishtirok etishayapti. Bundan tashqari akademiyadagi laboratoriyalar ham talaba-yoshlar uchun bilim va ko‘nikma maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kategoriya Yangiliklar
8 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar