Bugun, 2024 yil 26 noyabr kuni, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Indoneziyaning Gunadarma universiteti delegatsiyasini kutib oldi. Ushbu tashrif Gunadarma universiteti rektori professor Ye.S. Margianti (SE, MM) tomonidan yuborilgan rasmiy taklif asosida tashkil etildi. Unda Indoneziya uchun O‘zbekiston ta’lim va tadqiqot sohasidagi strategik ahamiyati ta’kidlangan.
Delegatsiya tarkibida Gunadarma universiteti meditsina fakulteti rahbarlari, fakultet a’zolari va bitiruvchi talabalari ishtirok etdi. Tashrif doirasida universitet hududi, jumladan, Ipak yo‘li universitetidagi Indoneziya markazi bilan tanishuv o‘tkazildi, bu esa ikki universitet o‘rtasidagi madaniy va akademik aloqalar ramzi hisoblanadi.
Tashrif doirasida tibbiyot turizmi bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminarda Gunadarma universiteti delegatsiyasining nufuzli vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, Ipak yo‘li universiteti professor-o‘qituvchilari ham ushbu mavzuda o‘z fikrlarini baham ko‘rdilar. Seminar davomida qizg‘in muhokamalar o‘tkazilib, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlandi va yangi imkoniyatlar eshigi ochildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash, madaniy almashuvni rivojlantirish va global ta’lim hamjamiyatiga hissa
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan bakalavriat va magistratura bosqichi tabalarining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqida xabardor qilish, ularning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, O‘zbekistondagi yetakchi xalqaro mavqe`ga ega kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda ular faoliyatiga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlariga alohida e`tibor qaratiladi.
Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida, 2024 yil 25-noyabr kuni jami 85 nafar magistr va bakalavrlari uchun Turizm kafedrasi dotsenti, PhD F.Zoxidov, kafedra assistentlari S.Mardonov va A.Davronov boshchiligida SAG MChJning mahsulot ishlab chiqarish jarayoning texnik va tashkiliy jihatlari, tayyor mahsulotni mahalliy va xalqaro bozorda savdosi tartibi, narx siyosati, brending, ishlab chiqarish jarayonidagi qo‘llanilayotgan innovatsiyalar hamda “SAG Express” korxonasi faoliyatiga doir korxona bo‘yicha tanishuv ekskursiyasi va ish faoliyatiga doir davra suxbatini tashkil etildi.
Shuningdek, ishtirokchilar “Samarkand silk carpets” korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar, korxonada gilamlarni ishlab chiqish, turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, brending hamda sotuv hajmini oshirilishiga doir ishlar haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Amalga oshirilgan safar davomida ishtirokchilar olingan bilim va ko‘nikmalarini ilmiy – tadqiqot ishlarida qo‘llash, ularga doir ilmiy taklif va mulohazalar ishlab chiqish hamda amaliy hamkolikka doir ishlarni kuchayrishni belgilab olishdi.
26-noyabr kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi tomonidan universitetda faoliyat yuritayottgan professor-o’qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola" mavzusida tadbir tas’hkil etildi.
Tadbirda universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova kitobga muhabbat, avvalo, oiladan boshlanishi xususida gapirib ishtirokchi yosh kitobxonlarni kitob o’qishga bo‘lgan qiziqtirishlarini oshirish ularni doimiy rag‘batlantirib borish lozimligini takidladi.
Tadbirda universitet Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi xodimi, Yoshlar yetakchisi va fakultet tyutorlari, ota-onalar ishtirok etishdi.
Universitetimiz huzuridagi Art Rezedensiyaga borgan kishi o‘zini bir ijodiy muhitga tushib qolgandek his qiladi.
Talabalarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida tyuter S.Abbasova boshchiligidagi bir guruh 3-bosqich talabalari Art Rezendsiyadagi ijodiy namunalarni tomosha qilishdi. Devorlardagi taniqli rassomlar tomonidan chizilgan turli rasmlar, Orol dengizining bugungi kundagi ahvolidan so‘zlovchi namunalar talabalarda bir olam taassurot qoldirdi.
Tyuterlar tomonidan talabalarimizning bo‘sh vaqtida turli ma’naviyat maskanlariga va muzeylarga tashriflari davom etmoqda.
Joriy yilning 22-23-noyabr kunlari Urganch davlat universitetida “22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “Raqamli dunyoda talaba-yoshlarning psixologik salomatligi: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika psixologlar forumi bo’lib o’tdi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiуeva ham ishtirok etdi.
Forum gadjet va ijtimoiy tarmoqlar qaramligining oldini olish usullari, oliy ta’lim muassasalarida raqamli gigiyenani shakllantirish hamda raqamli qaramlikning talabalar ta’lim jarayoniga salbiy ta’siri kabi mavzulariga bag’ishlandi.
25-noyabr kuni Turizm kafedrasi mudiri, A.Odilov xalqaro QS reytingida 587-o‘rinda turuvchi Universiti Teknologi MARA universiteti, Turizm fakulteti, MKT523 guruhiga Professor. Dr. Jati Kasuma Bin Ali taklifiga binoan guruh o‘quv rejasidagi Innovation and New Product Planning | BA2703A&3B fanining “Brand Management” mavzusida talabalarga dars mashg‘uloti olib bordi.
Joriy yilning 22-noyabr kuni 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va qoidalarga muvofiq, shaffoflik hamda ochiqlik tamoyillari asosida tashkil etildi. Barcha ishtirokchilar o‘z bilimlarini nazariy va amaliy jihatdan namoyish etishdi.
Joriy yilning 23-noyabr kuni “O‘zbekistonda birinchi global sayyohlik media kampusi” dasturi asosida yurtimizda global sayyohlik media kampusi (Global Travel Media kampus) ishtirokchilaridan iborat xalqaro OAV vakillari va blogerlar universitetimizga tashrif buyurishdi.
Xitoy, Quvayt, Pokiston, Indoneziya, Hindiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Latviyadan kelgan 30 nafar jurnalist hamda bloger asosan dunyoning turizm sohasi jurnalist va blogerlari hisoblanishadi. Shuningdek mehmonlar Turizm akademiyasi va u yerdagi imkoniyatlar, talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Bugungi kunda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida turli tadbirlar, davra suhbatlari va sayohatlar tashkil qilib kelinayapti.
20-noyabr kuni ham bir guruh talabalarimiz Samarqand shahridagi viloyat musiqali drama teatrida tarixda Imom Buxoriy ziyoratgohiga Indoneziya prezidenti Sukarno janoblarining tashrifi asosida tayyorlangan sahna asarini tomosha qilishdi. Ushbu real voqealarga asoslangan sahna asari talaba-yoshlarda juda katta taassurot qoldirish bilan birga, ulug‘ ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat izzatni yana bir marotaba oshirishga xizmat qildi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz