O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 22-sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasining yubiley 75-sessiyasida so’zlagan nutqlarida Markaziy Osiyo hamqorlik masalalari qayd etilib, mintaqada tub o’zgarishlar bo’layotganligi, davlatlari o’rtasida yaxshi qo’shnichilik va o’zaro ishonch muhitini yaratishga erishilganligi, hususan so’nggi yillarda O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan o’zaro savdo hajmi ortib borayotganligi, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning jadal rivojlanayotganligi, kambag’allikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, investisiya va biznes muhitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb-hunarlarga o’rgatish va aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatish ta’kidlandi. O’z navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi. U ham bo’lsa, mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yo’laklariga chuqur integrasiyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligida mavjud vaziyatni tahlil qilish, integrativ potensialini baholash xamda rivojlanish istiqbollarini o’rganish maqsadida, 2020 yil 8 oktyabr kuni Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona institutida “Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti dekan o’rinbosari Samiyev Siroj “O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turizm salohiyatini oshirish istiqbollari” mavzusi bilan ishtirok etdi.
Mazkur ilmiy-amaliy davra suhbati davomida hozirgi pandemiya sharoitida turizmni rivojlantirish istiqbollari, fukarolarning erkin sayohat qilishga imkoniyat yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash, turistik oqimlarni kengaytirish hamda an’anaviy turistik maskanlarning xavfsizligini oshirishga qaratildi. Kelajakda turizmni rivojlantirish bo’yicha Markaziy Osiyoni bog’lab turadigan yo’llarning infratuzilmasini yaxshilash, davlatlari o’rtasida yoshlar forumini o’tkazish, iqtisodiy integrasiyani kuchaytirish, Markaziy Osiyo davlatlari o’zaro hamkorlik asosida qo’shma turlarni, masalan transchegaraviy turlarning istiqbolli rolini oshirish bo’yicha takliflar hamda hozirgi pandemiya sharoitini inobatga olgan holda ichki turizmni jonlantirish uchun tavsiyalar berildi.
Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mehmet Surayyo ER janoblarining "Ipak Yo'li" Xalqaro Turizm universiteti jamoasiga yangi o'quv yili tabrigi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq, 2020 yilning o’zida respublikamiz bo’yicha 940 nafar xotin-qiz qo’shimcha kvota bo’yicha davlat granti asosida talaba bo’lishdek baxtga erishdi. “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov, xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbosova va Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari S.Haydarovlar shunday yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, universitetga davlat granti asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo’lgan Saidova Sadokat Baxriddin qizinining xonadonlariga tashrif buyurishdi.
Universitetimiz vakillari talabalik baxtiga muyassar bo’lgan Saidova Sadokat hamda uning ota-onalasini mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan shart-sharoit, imkoniyatlardan to’g’ri va oqilona foydalangani bilan samimiy muborakbod etdi.
Uchrashuv chog’ida Prezident tashabbusi bilan berilgan imkoniyatning ilk sovrindori bo’lgan talaba qizga esdalik sovg’alar hamda universitet rektori, A.Abduhakimovning tabriknomasini taqdim etildi.
Universitet jamoasi “Turizm marketingi” yo’nalishi bo’yicha eng yuqori ball bilan o’qishga qabul qilingan birinchi kurs talabasi Saidova Sadoqat Baxriddin qiziga kelajakdagi o’qishlarda omad tilab qoladi.
“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining Welcome-markazi birinchi kurs talabalarini «Orientation Days-2020» tadbiriga lutfan taklif etadi.
Ushbu tadbirda Siz qiziqarli dasturlar, o’ta zamonaviy kampus, unda joylashgan va jahon standartlariga javob beruvchi amaliyot o’tash majmualari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’lasiz. Bundan tashqari, turizm sohasiga ixtisoslashtirilgan Markaziy Osiyodagi yagona xalqaro universitetning yangi smart-kampusi tantanali ochilish marosimida qatnashasiz.
«Orientation Days-2020» tadbiri joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari bo’lib o’tadi. Karantin sharoitidan kelib chiqib, talabalarni ikki qismga ajratib, ikki kunga bo’ldik. Quyida havola etilgan talabalar ro’yxatidan o’z F.I.Shni topishingizni va belgilangan kunda universitetga tashrif buyurishingizni so’raymiz.
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: (90) 808-11-49
12 oktyabr kuni taklif etilgan guruhlar ro’yxati (fayl PDF)
13 oktyabr kuni taklif etilgan guruhlar ro’yxati (fayl PDF)
Ro'yxatdan o'tish soat 8:30 dan 9:30 gacha!
Bir necha oydan buyon davom etayotgan pandemiya barcha rejalarimizni chilparchin qilib yubordi. Biroq shunday qiyin davrda ham ta'lim tizimida uzilish bo'lgani yo'q. “Ipak yo'li” turizm Xalqaro universiteti ham pandemiya sharoitidan kelib chiqib, ta'lim jarayonini tashkil etdi va yangi o'quv yilini boshlab yubordi.
Joriy yilning 6 oktyabr kuni 2 va 3-kurs talabalari uchun masofaviy darslar boshlandi. Biroz cho'zilib ketgan yozgi ta'tildan so'ng talabalar yangi kuch, shijoat bilan o'qishga kirishib ketishdi. Ularga nufuzli xorijiy oliy ta'lim dargohlarida o'qib, malaka oshirib kelgan o'qituvchilar bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashmoqda. Ta'lim berish jarayoni qulay va samarali Microsoft Teams platformasida amalga oshirilmoqda.
Yangi o'quv yilida hurmatli o'qituvchilarga kuch-quvvat, talabalarga esa muvaffaqiyat, shijoat tilab qolamiz!
2020-2021- o'quv yili “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetiga bakalavriyat qabuli bo’yicha test sinovlari natijalari (kunduzgi ta'lim)
Menejment: turizm biznesini boshqarish (o'zbek, rus)
Menejment: mehmonxonalarni boshqarish (o'zbek, rus)
Menejment: restoran biznesini boshqarish (o'zbek, rus)
Menejment: ommaviy tadbirlar menejmenti (o'zbek)
Marketing (turizm marketingi) (o'zbek, rus)
Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha) (o'zbek, rus)
Gid-hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo'yicha) (o'zbek, rus)
2020-2021- o'quv yili “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetiga bakalavriyat qabuli bo’yicha test sinovlari natijalari (sirtqi ta'lim)
Menejment: ommaviy tadbirlar menejmenti (o'zbek, rus)
Marketing (turizm marketingi) (o'zbek)
Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha) (o'zbek)
Hurmatli ikkinchi va uchinchi kurs talabalari!
Joriy yilning 28 sentyabr-3 oktyabr kunlari Microsoft Teams platformasi bilan tanishish haftasi davom etadi. Shundan so’ng 5 oktyabr kunidan yangi o’quv yilining boshlanishi rejalashtirilmoqda. Ta’kidlash lozimki, bu sana faqat ikkinchi va uchinchi kurs talabalariga ta’luqlidir.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi qarori bilan birinchi kurs talabalari uchun yangi o’quv yili 12 oktyabr kuniga belgilangan.
Avvalroq e’lon qilganimizdek, joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari «Ipak yo’li» turizm halqaro universitetida «Orientation Week 2020» tadbiri bo’lib o’tadi. Ushbu tadbirdan maqsad, birinchi kursga qabul qilingan talabalarni universitet faoliyati, ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishishdir.
“Ipak yo’li” Turizm xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD) quyidagi ixtisosliklar bo’yicha tanlov e’lon qiladi:
08.00.05- Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
08.00.11- Marketing
08.00.13- Menejment
09.00.02- Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi
09.00.04- Ijtimoiy falsafa
10.00.04- Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
10.00.11- Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi
Hujjatlar 2020 yil 2 Oktyabrdan – 15 Oktyabrgacha qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 26 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limga qo’yilgan davlat talablari” va “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi: (1) magistr diplomi yoki oliy ma’lumot to’g’risidagi (ixtisoslik bo’yicha) diplomga ega bo’lganlar; (2) belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo’lganlar; (3) kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari)ga ega bo’lganlar.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o’qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo’limiga taqdim etishlari va http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali onlayn ro’yxatdan o’tishlari talab qilinadi:
Mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo’li” Turizm xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo’limi
Murojaat uchun telefon: +998976143377
Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz