Hurmatli o'qituvchilar, xodimlar, talabalar va ularning ota-onalari, shuningdek, «Ipak yo'li» turizm xalqaro universitetiga kirish niyatida bo'lgan abituriyentlar! Islomdagi eng muqaddas va qadrlanadigan kunlardan biri - Arafa kuni munosabati bilan barchangizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Bugun quyosh botishi bilan dunyo ziyoratchilarining turli tillarda samimiy tavba-tazarru va Allohga Yer yuzida yaxshilik tilab duolar bilan murojaat qiladigan shukronalari bilan to'ladi. Hozirgi og'ir zamonda ushbu ezgu kun har birimiz uchun muhimdir. Aynan shu kuni odamlar yaqinlaridan kechirim so'rashadi, ro'za tutishadi va ibodat qilishadi, toki Alloh odamlarni tinglasin va ularga o'z ishlarida, harakatlarida va ruhiy tozalanishida yordam bersin. Arafa - tavba qilish, xatolarini tan olish, dushmanlarni kechirish, o'zini nafs balosidan tiyish va ma'naviy mulohazalarga sarflash kerak bo'lgan kundir. Shunda ibodatlar eshitiladi va qalb gunohli ehtiroslar dunyosining nopokligidan tozalanadi. Alloh barchamizga ushbu mushkul davrda yuksak insoniy fazilatlarni, haqiqiy imonni va birodarlarcha munosabatni hadya etsin.
Qurbon hayiti arafasida Yer yuzi ilohiy nur, tinchlik-osoyishtalik va barcha insonlarning xolis ibodatlariga to'lsin.
"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti ma’muriyati
Universitet rektorati, kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti va talabalar parlamenti “Menejment (xalqaro mehmondo’stlik va turizm ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistranti O’tkir O’ktamovich Temurovning bevaqt vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari va do’stlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich, "Ipak yo’li" turizm xalqaro universiteti jamoasi Sizni bugungi qutlug’ sana bilan muborakbod etib, Sizga cheksiz minnatdorchilik bildirib qoladi. Chunki Siz olib borayotgan oqilona va adolatli siyosat, hayotiy muhim va ahamiyatli qarorlaringiz o’laroq, mamlakatimiz o’z taraqqiyot yo’lidan ildam borayotir, jonajon xalqimizning hayoti esa gullab-yashnamoqda.
Bugungi muborak kunda Sizga jamiki ezguliklarni, ulkan rejalaringiz va g’oyalaringiz ijobatini, mustahkam sog’liq, sadoqatli va ishonchli hamfikrlar va oilaviy totuvlik tilab qolamiz.
“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining o’quv ishlab chiqarish markazi tomonidan talabalar uchun navbatdagi ikkinchi professional onlayn master-klass tashkil etildi. Unda Rimdagi «TorCarbone» maktabi o’qituvchisi va professional shef-povar bo’lgan Klaudio Fattorini o’z mahoratini namoyish qildi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, Klaudio Fattorini mehmonxona, turizm, restoran va sharoblar borasida ilg’or mutaxassis hisoblanadi.
Bu safar italiyalik mutaxassis onlayn rejimida janubiy italyancha kavatelli pastasini tayyorlashni o’rgatdi. Uning yoniga esa trokolli va mavsumiy sabzavotlardan ajoyib garnir tayyorlashning sir-asrorlaridan ham boxabar etdi. Taom tayyorlanishi shef-povarning batafsil izohlari va tushuntirishlari bilan kechdi. Xuddi qiyindek ko’ringan tayyorlanish jarayoni esa bir soatga ham bormadi. Oh, naqadar ishtahaochar va mazali! Buni rasmlarga qarab turib ham payqash qiyin emas.
Mahorat darsining ishtirokchilari va kuzatuvchilari orasida qatnashayotgan O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi inson resurslarini rejalashtirish va rivojlantirish departamenti boshlig’i Shuhrat Isakulov italiyalik mutaxassisga o’z minnatdorchiligini va bu kabi tadbirlar haqida o’z fikrini bildirib qoldi.
Tadbir so’nggida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti o’quv ishlab chiqarish markazi direktori Muxamednazarova Irina master-klass tashkilotchisi va tashabbuskori bo’lgan Klaudio Fattoriniga tashakkur bildirdi. Ikki tomon bu kabi tadbirlarni kelgusida ham muntazam ravishda o’tkazish borasida kelishib olishdi.
Qiziqib qoldingizmi? Unda sizni ham tez kunlarda yana tashkil etiladigan navbatdagi onlayn master-klassida ishtirok etishga taklif etamiz. Yangiliklarni kuzatib boring, o’tkazib yubormang!
“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti yana bir pog'onaga ko'tarildi. Universitetda olib borilayotgan sifatli va samarali ta'lim jarayoni mahsuli o'z natijasini berdi. Uning talabalari respublika olimpiadasida birinchilikni qo'lga kiritishdi.
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkaziladigan fan olimpiadalari tizimini takomillashtirish va nufuzini oshirish hamda respublika oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yosh kadr qilib tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida respublika fan olimpiadasi tashkil etilib kelinadi. Shuningdek, respublika fan olimpiadalarini o'tkazish tartibining samarali mexanizmi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Olimpiadaning maqsadi- muayyan fan bo'yicha respublikaning OTMlari talabalari orasidan mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo'yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste'dodlilarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro'yobga chiqishiga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlashdan iborat. Olimpiadaning asosiy vazifalaridan biri – OTMlarda tahsil olayotgan talabalar orasidan eng iqtidorlilarini aniqlash, qobiliyatlilarini yanada rivojlantirishdir. Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida 2020 yil o'tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasining yakuniy natijalariga muvofiq, “Turizm va mexmondorchilika soslari” fani bo'yicha “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti talabalari Saidzoda Shaxloxon faxriy 1-o'rin, Rashidov Rustamjon esa 2-o'rinni qo'lga kiritib, g'olib bo'lishdi. Iqtidorli talabalarimizni tabriklaymiz va ilmiy-ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlatirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash, hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2020 yil 18 fevraldagi PF 5938-sonli Farmoni, hamda «O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi 2020-yil 18 fevraldagi PQ 4602-sonli Qarori hamda 2020 yil 24 apreldagi O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 326-sonli Buyrug’i talablarini ijro etish maqsadida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektorining 2020 yil, 8 iyul kuni buyrug’i chiqarildi.
Ushbu buyruqqa asoslanib, 2020 yil 8 iyul kuni birinchi rorektor professor J.Eltazarov raisligida majlis o’tkazildi. Majlisda Xotin-qizlar masalalari bo’yicha bevosita ma’sul bo’lgan Xotin- qizlar masalalari bo’yicha Kengash tuzildi va 20 a’zodan iborat Kengash tarkibi tasdiqlandi.
Bundan so’ng namunaviy Nizomga muvofiq, universitet rektorining tavsiya etgan nomzodlari orasidan Kengash a’zolarining ovoz berish yo’li bilan Axborot resurslari markazi direktori Muxayyo Abbasova “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha (jamoatchilik asosida) rektor maslahatchisi etib saylandi.
O’zbek va Xitoy xalqlarini ikki mingyillik – Buyuk ipak yo’li gullab-yashnagan davrlardan buyon do’stona munosabatlar bog’lab turadi. Xalqlarimiz o’rtasidagi savdo-sotiq, ilmiy-madaniy rishtalar asrlar osha rivojlanib kelgan.
Bugun o’zbek-xitoy munosabatlari yangi bosqichga chiqdi. Bu davlatlarning o’zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishning istiqbollariga birdek harakatlanib, intilayotganidan darak beradi. Uzoq va samarali hamkorlik natijasi o’laroq, bugun kengqamrovli yirik loyihalar, turli sohalardagi tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
2019 yilda “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Beijing International Studies University bilan o’zaro hamkorlik memorandumini imzolagan edi. Xujjatga muvofiq, o’qituvchilar va talabalar bilan akademik almashish, qo’shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ixtisoslashtirilgan akademik kurslarni tashkil etish, ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarni o’tkazish rejalashtirilmoqda.
Pandemiya sharoitida ham biz qo’shma loyihalar ustida ishlashni davom ettirib kelmoqdamiz, toki ular rejalashtirilayotgan ulkan ishlarimizning debochasi bo’lib xizmat qilgay.
Shuningdek, Beijing International Studies University(BISU)ni turizm sohasida olti yo’nalish bo’yicha UNWTO.TedQual akkreditasiyasidan muvaffaqiyatli o’tganligi bilan tabriklaymiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, TedQual akkreditasiyasi har bir oliy ta’lim muassasasi uchun faqat nufuz va tijoriy muvaffaqiyat uchun kerak emas. Uning mavjudligi universitetga turizm industriyasiga ixtisoslashtirilgan ta’lim hamjamiyati a’zolari, ya’ni eng ilg’or OTMlar qatoridan joy olish imkonini beradi.
Xalqaro mehmondo’stlik va turizmni boshqarish sohasida o’qituvchi
Muassasa: «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti, www.univ-silkroad.uz.
Manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Samarkand shahri.
Arizalar qabul qilish muddati: 1 avgustdan kechikmasligi lozim.
Shakli: to‘liq, sirtqi. Boshlanishi: 2020 yil 1 sentyabr.
Kirish
«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti 2018 yil 28 iyunda tashkil etilgan. Universitetni tashkil etish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitida ilgari surilgan edi. Bu Markaziy Osiyoda turizm sohasiga ixtisoslashgan yagona universitet va O‘zbekistonda xalqaro maqomga ega bo‘lgan birinchi davlat universiteti hisoblanadi.
Turizmni O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmog‘iga aylanishini hisobga olgan holda, turizm sohasi uchun yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Universitet maqsadi - Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlarning diqqatga sazovor joyi sifatida mamlakatning obro‘sini oshirish va xalqaro standartlarga javob beradigan ta’lim berish orqali xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shishdir.
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti Markaziy Osiyoning yetakchi ilmiy va ta’lim markaziga aylanishni maqsad qilgan. 2019 yildan beri universitet Sahid politexnika instituti (Indoneziya), Sahid Turizm instituti (Indoneziya), Guilin universiteti (Xitoy) va Logistika Oliy maktabi (Chyexiya) bilan ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirmoqda. Barcha kurslar ingliz tilida olib boriladi.
Universitet Samarqand shahrida joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyoning eng qadimgi shaharlari va mintaqadagi muhim sayyohlik markazlaridan biri hisoblanadi. 2001 yilda YuNESKO ushbu shaharni «Samarqand - madaniyatlar chorrahasida» nomi bilan Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritdi.
Lavozim rezyumesi
O‘qituvchi mas’uliyati quyidagi ikkita yoki undan ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi: Xalqaro mehmondo‘stlik va turizm menejmenti, Uchrashuvlar, Rag‘batlantiruvchi turizm, Konferensiyalar va ko‘rgazmalarni boshqarish, Turizm marketingi, Turizmda raqamli media, Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar menejmenti, Transport menejmenti va turizmda logistika.
Muvaffaqiyatli nomzod talabalarni tashkillashtirishga rahbarlik qiladi, ilmiy tadqiqotlar olib boradi, talabalar va aspirantlarning tadqiqotlari yoki loyihalarini boshqaradi va boshqa o‘quv tadbirlarida ishtirok etadi.
Shuningdek, nomzod dasturlarni ishlab chiqish, targ‘ib qilish, talabalarni qabul qilish va mehmondo‘stlik va turizm dasturini muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshiradi.
Lavozim tasviri
Xalqaro mehmondo‘stlik va turizm menejmenti, uchrashuvlarni tashkil qilish, rag‘batlantirish dasturlari, konferensiyalar va ko‘rgazmalar, sayyohlik marketingini boshqarish, turizm sohasidagi raqamli media, oziq-ovqat va ichimliklar menejmenti, transport va logistika menejmenti dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydigan texnologiyalardan foydalangan holda bakalavr va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha turizm sohasida ta’lim berish;
Talabalarga ta’lim berish va karera o‘sishida murabbiylik qiladi, maslahat beradi va yordam beradi;
Talaba tajribasini oshiradigan kuchli soha hamkorligini rivojlantiradi;
Fakultetlar, kollejlar va universitetlarda ishtirok etish orqali qarorlarni qabul qilish jarayonida qatnashadi;
Talabalar va o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini osonlashtirish uchun chet el kollejlari va universitetlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Mahalliy va mintaqaviy tadbirlarda universitetning professional salohiyatini targ‘ib qilish;
Tadqiqot uchun mablag‘ni tashqi manbalardan olish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
Mehmondo‘stlik, turizm yoki shunga yaqin sohada filosofiya doktori unvoni;
Bakalavr darajasida mehmondo‘stlik dasturlarini o‘qitishda kamida 7 (5) yillik tajribaga ega bo‘lish;
O‘qitish, ilmiy-tadqiqot va professional xizmatning yuqori darajasi, to‘liq o‘qituvchi maqomida bo‘lgani ma’qulroq;
Samarali aloqa ko‘nikmalari, shaxslararo va yetakchilik fazilatlari, shuningdek o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar, bitiruvchilar va ishbilarmon doiralar vakillari bilan o‘zaro ijobiy munosabatda bo‘lish qobiliyati;
Akademik tajriba, boshqaruv lavozimida bo‘lgani ma’qul, rejalashtirish, dasturlarni ishlab chiqish, baholash, muammolarni hal qilish, tashqi aloqalar va hamkorlik bo‘yicha ko‘nikmalarni namoyish etish;
Talabalarni o‘qitish va mukofotlash qobiliyati va o‘ziga bo‘lgan ishonchga asoslangan aniq muomala ko‘nikmalari;
Xalqaro sertifikat darajasidagi professional ingliz tiliga ega bo‘lish.
Tanlangan malaka
Mehmondo‘stlik va turizm sohasida 3-5 yillik professional tajribaga ega bo‘lish;
O‘qitish, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasi;
Sertifikatlangan mehmondo‘stlik tashkilotchisi yoki mehmondo‘stlik bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassis;
Ilmiy jurnallarda tadqiqotlar o‘tkazish va nashr etish;
Statistika, ekonometrika va miqdoriy va sifatli tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha tajriba.
Quyidagilar taqdim etiladi:
Barcha qulayliklarga ega turar-joy;
Safar xarajatlari (O‘zbekistonga kirish va undan chiqish uchun aviachiptalar);
Xalqaro standartga muvofiq ish haqi (malakasi va salohiyatiga qarab muhokama qilinadi);
Kasbiy va ilmiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan boshqa xizmatlar.
Ariza beruvchilar to‘liq rezyume/o‘z ishlarining batafsil sharhi resenziyasi, mehnat biografiyasi, ilova xati, ma’lumotnomalar va sertifikatlarni yuborishlari kerak.
Murojaat uchun aloqa: O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti.
Elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Telefon raqamlari: +99893 505-15-27 (qo‘ng‘iroqlar uchun emas, matnli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabarlar Whatsapp, Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali yuborilishi mumkin).
Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetiga o’qituvchi lavozimiga menejment-turizm sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar ishga taklif qilinadi (ilmiy daraja olqishlanadi).
Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:
O’z navbatida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti nomzodlarga:
Barcha savollar bo’yicha mas’ul Nargiza Abduvaxidovaga +998972857839 telefon raqami orqali soat 10:00 dan 17:00 gacha 2020 yil 20 iyulga qadar murojaat qilishingiz mumkin.
Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:
2020 yilning 2 iyul kuni «Ipak yo’li» turizm xalqaro universitetida O’quv ishlab chiqarish markazi va «Tor Carbone» Rim maktabi shef-povari Klaudio Fattorini tashabbusi bilan «How to make a seasonal Italian risotto using asparagus» (Sparjadan foydalangan holda mavsumiy italyancha rizotto tayyorlash) mavzuidagi onlayn rejimda master-klass tashkil etildi.
Master-klass davomida Klaudio Fattorini Italiya milliy taomi – rizottoning tayyorlanish jarayonini batafsil namoyish etib, professional tajribasi bilan o’rtoqlashdi.
Katta tajribaga ega Klaudio Fattorini rizotto taomining qiziqarli tarixi haqida hikoya qilib berdi. Rizotto xuddi pissa va spagetti misol Italiya oshxonasining ramzi hisoblanadi. Gap shundaki, bu ajoyib taom oshpazning beparvoligi tufayli paydo bo’lgan ekan. Aslida u guruchli sho’rva tayyorlayotgan bo’lgan va diqqatsizligi tufayli ovqati suvsiz qolib ketgan. Qiziqarli tomoni, suvsiz qolgan sabzavotli va go’shtli guruch ajoyib ta’mga ega bo’lgan. Italyancha rizottoning ilk reseptlari XVI asrga oid bo’lib, hozirda ushbu taomni tayyorlashning mingga yaqin tayyorlanish usullari mavjud.
Master-klass so’nggida ishtirokchilar italiyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, bu kabi tadbirlar doimiy tarzda o’tkazilishiga fikr bildirishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz