2023-yilning 5-aprel kuni “Ipal yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning Referendumi oldidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlangan tadbirda oliygoh professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarining ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib, yangilanayotgan Konstitutsiyaning nechog‘lik hayotbaxsh ekanligi, O‘zbekiston ijtimoiy davlat sifatida belgilanayotganligi xususida gapirib, barchani 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referundumda faol qatnashishga chaqirdi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand shahar bo'linmasi rahbari N.Sadinova ushbu yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarning kelejak hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynashi haqida gapirdi.
Tadbir soʻngida maʼruzachilar tadbir ishtirochilarining qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tarix va madaniy meros kafedra” o‘qituvchilari 2023-yilning 25-mart Samarqand hamda 1-aprel Shaxrisabz turizm va madaniy meros texnikumlariga tashrif buyurishdi. Kafedra o‘qituvchilarining tashrifdan maqsadi ushbu texnikumlarning ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishish, hamkorlik rejalarini tuzish hamda o‘quv-uslubiy yordam ko’rsatishdan iborat. Bundan tashqari yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida ushbu texnikumlar maʼmuriyati bilan birgalikda shu kabi ishlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish hamda barcha sohalarda yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olindi.
Joriy yilning 6-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga mustaqil izlanuvchi sifatida o‘quv yilining (2021-2024, 2022-2025-yy) 2-choragi uchun qabul qilingan va dissertatsiya ishi mavzusi yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borayotgan mustaqil izlanuvchilarning (PhD, DSc) yillik ilmiy faoliyatlari natijalari monitoringi bo‘lib o‘tadi.
Monitoring jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi” Nizomning 53-54-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Monitoring jarayoniga universitet Birinchi prorektori filologiya fanlari doktori, professor Eltazarov Jo‘liboy Danaboyevich raislik qiladi.
Monitoring o‘tkazilish vaqti: 6-April, 2023-yil soat:14:30.
Joyi: Universitet binosi 119-xona.
Joriy yilning aprel oyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Tour-121 va Tour-221guruh talabalari Charos Mahmadiyeva boshchiligida o‘quv-amaliyot darsi yuzasidan “Continental hotel”ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar mehmonxonaning ish faoliyati, ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar. Talabalarga o‘quv amaliyoti o‘quv jarayonining ajralmas qismi ekanligi, belgilangan tartib qoidalarga bo‘ysunish lozimligi va amaliyotning samarali xususiyatlari haqida atroflicha axborot berildi. Ch.Mahmadiyeva so‘zga chiqib o‘z nutqida talabalarga o‘quv amaliyotida zarur bo‘ladigan hujjatlar, bevosita amaliyot davomida yuritiladigan hujjatlarning tartiblari, talabalarning kiyinish madaniyati, yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga rioya qilishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Tashrif so‘ngida mehmonxona xodimlari talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Joriy yilning 31-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Madaniyatlararo muloqot fani o‘qituvchisi Odil Boynazarov va 1-kurs talabalari tomonidan “Madaniyatlararo muloqot festivali” tadbiri o‘tkazildi. Festival tadbirida 1-kurs talaba-yoshlari O‘zbekiston madaniyatini hududiy farqliklarini kuyda, qo‘shiqlarda, milliy-urf odatlarda ko‘rsatib berishdi. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma’noda, madaniyat — bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim.
Joriy yilning 31-mart kuni Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab o‘quvchilari universitetning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari, shuningdek, universitet ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar.
Kitoblar ro'yxati bilan tanishib chiqing:
1-qism
1. Saodat asri qissalari (Axmad Lutfiy Qozonchi)
2. Ruhiy tarbiya (SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
3. Hazrat Umar (Ahmad Lutfiy Qozonchi)
4. Hazrat Abu Bakr Siddiq (Ahmad Lutfiy Qozonchi)
5.Ihyou Ulumid din (Abu Homid G‘azzoliy)
6. Imom Buxoriy Imom Muslim (Muhammad Fuod Abdulboqiy)
7. Tazkirat Ul-Avliyo (Fariduddin Attor)
8. Ey Farzand (Imom G'azzoliy)
9. Qalblar kashfiyoti (Abu Homid G‘azzoliy)
10. Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning ahli ayollari
11. Musulmon ayolning vazifalari (Baxtiyor oila)
12. Musulmon erning vazifalari (Baxtiyor oila)
13. Badoeus sanoe (Alouddin Mansur)
14. Umring eldek o‘taro ( Xoja Ahmad Yassaviy)
15. Turkiston qayg‘usi (Alixonto‘ra Sog‘uniy)
16. Boburnoma (Zahiriddin Muhammad Bobur)
17. Odamiylik Mulki (Tohir Malik)
18. Siz qanday yashamoqchisiz (Muhammad Tursun)
19. Ijtimoiy odoblar (SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
20. Nafs Nimadir (Muhammad Zohid Qutqu)
21. Temur Tuzuklari
22. Mahzun bo‘lma (Shayx Oiz al-Qarniy)
23. ALLOHNING borligiga aqliy dalillar (Shayx Muhammad Mutavalli SHaroviy)
24. Men ham tafakkur qilaman (Akmal Miravaz o‘g‘li)
25. Qur'on axloqiga ko'ra Mo‘minning 24 soati
26. Ulamolar nazdida vaqtning qadri (Abdul Fattoh Abu G‘udda)
27. Ilm olish sirlari (Imom Zarnujiy)
28. Yetti majlis (Jaloliddin Rumiy)
29. Ichindagi ichindadur (Jaloliddin Rumiy)
30. Odob va Odoblilar (Ubaydullo Uvatov)
31. Qalb ko'zingni och (Jaloliddin Rumiy)
32. Mening Hayotim (Henry Ford)
33. Stick Jobs (Walter Ayzekson)
34. Men Kim Sohibqiron Jahongir Temur (Marsel Brion)
35. Mukammal xotira (Shoxrux Rahmonov)
36. O'zni shakllantirish Ni Si (Jen Sinsero)
37. Baxt ulashing (Hasan Shamsiy)
38. Anbiyolar qissasi (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
39. Bahouddin Naqshband (To'lqin Hayit)
40. Sohilsiz dengiz (Ahmad Muhammad Tursun)
41. Imomning maneken qizi (Omina Shenlikug'li)
42. Baxt qasri (Zuxrahon Hamdomova)
43. Bir vijdon uyg'onur (Ahmad Lutfiy Qozonchi)
44. Oq Nilufarlar yurtida (Grigoriy Petrov)
45. Olim, odam va olam (Mubashshir Ahmad)
46. Ota (Ulug'bek Hamdam)
47. Siyosatnoma (Nizomulmulk)
48. Yolg'on (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
49. Halol luqma (Rauf Jillasun)
50. Abdulhamidxon (Talha Ugurluel)
51. Hukmdor (Nikkolo Makiavelli)
52. Ahmad Lutfiy Qozonchi eng asarlari
53.Qo'rqma (Javlon Jovliyev)
54.Saylanma (Tog'ay Murod )
55. Dunyoning ishlari (O'tkir Hoshimov)
56. Roben Sharma eng Sara asarlari
57. Ikki eshik orasi (O'tkir Hoshimov)
58. Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti (Ahadquli Xolmuhammad o'g'li)
59. O'tkan kunlar (Abdulla Qodiriy)
60. Kafansiz Ko'milganlar(Shukrullo)
4-qism
61. Daftar hoshiyasidagi bitiklar (O'tkir Hoshimov)
62. Biz g'alaba qozanamiz (Shuxrat Sattorov)
63. Bodo Shefer eng Sara asarlari
64. Vavilonlik eng boy odam (Jorj Samyuel Kleyson)
65. Boy ota, Kambag'al ôta (Robert T. Kiyosaki)
66. Omma Psixologiyasi (Gustav Lebon)
67. Molxona (Jorj Orell)
68. Kichkina Shahzoda (Antuan de Sent-Ekzyuperi)
69. Alkimyogar (Paulo Koelo)
70. 1984 (Jorj Orell)
71. Iskanja (Omina Shenlikug'li)
72. Cho'qintirgan ôta (Mario Pyuzo)
73. Halqa (Akrom Malik)
74. Graf Monte Cristo (2ta kitob) (Aleksandr Dyuma)
75. Tirilish (Lev Tolstoy)
76. Alif (Paulo Koelo)
77. Artur Konan Doyl eng Sara asarlari
78. 0 Dan boshlangan biznes (Erik Ris)
79. SOS. savol ortidagi savol (Jon G.Miller)
80. Zukkolar va landavurlar (Malkolm Gladuell)
5-qism
81.Diqqat (Kel Nyuport)
82. Rework. Prinsiplarsiz biznes (Djeyson Frayd, David Xaynemayer Hensson)
83. Men va pul (Saidmurod Davlatov)
84. Woll-Stritlik bo'ri uslubi (Jordan Belfort)
85. Yuqumlilik (Yona Berger)
86. Zero to one (Piter Till, Bleyk Masters)
87. Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan (Dunkan Klark)
88. Ilon Mask (Eshli Vens)
89. Qani boshladik (Richard Branson)
90. Uchdan keyin kech (Masaru Ibuka)
91. Uchgacha ayni vaqti (Masaru Ibuka)
92. Millioner singari fikrlashni o'rganing (Mark Fisher, Mark Allen)
93. Samaradorlikning 21 yo'li (Brayan Treysi)
94. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi (Stiven R. Kovi)
95. Liderlik qonunlari (Teodor Ruzvelt)
96. Million dollarlik xatolar (Pavel Annenkov)
97. Ahmoqlik qilmang (Jen Sinsero)
98. Zamonaviy marketing (Filipp Kotler)
99. Moviy ummon strategiyasi (V. Chan Kim, Rene Moborn)
100. Liderlar kitobi (Otabek Hasanov)
2023-yil 1-aprel kuni O'zbekistondagi Xitoy korxonalari savdo-sanoat palatasi raisi Janob Liu Yu boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi Samarqanddagi Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Wan Xiao Wen transchegaraviy elektron tijorat vakili, sanoat xomashyosi va xalqaro logistika xizmatlari global savdo markazi Bosh menejeri, China-Europe Express "Chang' Ren Xiao Lin " logistika, li Dian avtomobillari va ehtiyot qismlarini import va eksport qilish Bosh direktori va boshqalar ishtirok etdi.
Tashrif doirasida O'zbekistonga xitoylik sayyohlarni jalb etish va turizm iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida "Samarqand turizm elchisi" tanlovini o'tkazish va uni Xitoy shaharlarida targ'ib qilish bo'yicha loyiha rejalarini amalga oshirishning dolzarb muammolari muhokama qilindi; mashhur xitoylik rassomlar va fotosuratchilarni Samarqandga mahalliy mashhur sayyohlik joylari, mahalliy tabiat, tog'lar, daryolar, madaniy meros va boshqalar, ularning ishlarini Xitoyda targ’ib etish, O'zbekistonning nufuzini oshirish kabilar. Yuqoridagi g'oyalarni amalga oshirishda “Ipak Yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ishchi guruh tashkil etib berishga kelishib olindi.
Joriy yilning 30 mart kuni Xitoydagi NorthWest universitetning "Ipak yo'li" ilmiy-tadqiqot instituti bosh arxeologi, shuningdek, NorthWest universitetning "Ipak yo'li" madaniy merosni muhofaza qilish va arxeologiya tadqiqot markazi direktori professor Vang Jianxin boshchiligidagi delegatsiya a'zolari universitetimizga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar tashrifining asosiy maqsadi universitet bilan yaqindan tanishish hamda davlat va jamoat tashkilotlarini ham o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan turli xil aloqalar bilan uzoq muddatli o'zaro manfaatli munosabatlar tizimida do'stona hamkorlikni mustahkamlashdir.
Yosh avlodda ma’naviy-axloqiy, odob-axloq qadriyatlarini va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda universitet psixologi D.Turdiyeva tomonidan «Go‘zal odob - eng yaxshi merosdir», «Muomala, libos va biz, momolarimiz nasihatlariga quloq tutaylik», «Suitsidga qarshi kurashish va uning oldini olish», «Ruhiy zo‘riqish, emotsional so‘nishga yo‘l qo‘ymaslik» mavzusi doirasida bir qator soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Samarqand viloyat reproduktiv salomatlik markazi direktori U.Boborahimova va viloyat Xotin-qizlar targ‘ibot guruhi rahbari S.Zohidova ishtirok etishdi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, ibo-hayo va nazokatlilik ramzi bo‘lmish muomala va kiyinish madaniyatiga bo‘lgan hurmat, betakror milliy urf-odatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, shu bilan birga, ularga sharqona odob-axloq fazilatlarini o‘rgatish, kelajakda haqiqiy uy bekasi, sevimli ona va e’zozdagi buvijon bo‘lishlariga zamin yaratishdir.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz