“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ayollar kengashi raisi M. Abbosova tashabbusi bilan universitet shifokori S. Tosheva bilan hamkorlikda universitetda ishlayotgan ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikda nevropatolog, kardiolog, akusher-ginekolog, jarroh, oftalmologning ishtiroki, ultratovush apparati yordamida tekshiruvlar sog‘liqni saqlash holatidagi o‘zgarishlarni, shuningdek yashirin kasalliklarni aniqlashga yordam berdi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha aniq tashxis qo‘yildi. Tekshiruv davomida 85 ga yaqin xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ma‘muriyat, shuningdek, "Ipak yo‘li" universiteti ayollar kengashi raisi M. Abbosova Samarqand shahar 2-sonli poliklinikasi shifokorlariga D.A.Rasulovа (nevrolog), M.O.Hamdamovа (LOR), N.Sh.Davidova (ginekolog), B.A.Baykabaeva (oftalmolog), N.P.Rabbimov (jarroh) shuningdek, hamshiralar Z.A.Salimova, O.M.Bekmuxamedova, Sh.Murtazaeva, M.Kudratova, N.Xolikova, Yu.S.Fayzullayevalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Davom etayotgan “Referendum 2023 — Konstitutsiya seniki, meniki, bizniki, hammamizniki” shiori ostida siyosiy targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar doirasida oliygohlar, turli ta’lim muassasalarida xalqimizning siyosiy faolligi va konstitutsiyamizga bo‘lgan e’tiborlarini oshirish maqsadida olib borilmoqda.
Shu jumladan, joriy yilning 13-aprel sanasida 1-kurs tyutori Dildora Husanova o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda amaliy seminar tadbiri Registon maydonida tashkillashtirildi.
Ushbu seminarda vatanimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar ta’sirida yoshlarimizning muqaddas qomusimiz bo‘lmish konstitutsiyamizga o‘z hissalarini qo‘shishlari, yoshlarning mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi o‘rni tushuntirib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi yubileyi hamda Farg‘ona vodiysida fan va texnologiyalar yo‘nalishlarini rivojlantirish muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya 2023 yil 11-12 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Axborot xati ilova qilinadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Samarqand xalqaro aeroporti bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Universitetning logistika yo‘nalishida tahsil olayotgan 4-kurs talabalari Samarqand xalqaro aeroportida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashmoqda.
Ushbu malakaviy amaliyot universitet talabalariga kelgusida nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini va o‘z sohasini yetuk mutahassisi bo‘lib yetishishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Samarqand xalqaro aeroporti va “Air Marakanda” kompaniyasi rahbariyatiga talabalarimizni amaliyot o‘tashga ruxsat bergani va yaqindan hamkorliklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra UNESCO tomonidan 2005-yil “Madaniy ifodalarni turfa-xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi konvensiyasi doirasida Madaniy turfa-xillik Xalqaro jamg‘armasining ijrochilik san’ati, musiqa, kino/audiovizual san’ati, nashriyot, dizayn va media san’ati sohalari bo‘yicha ishlab chiqiladigan loyihalarga grant tanlovi e’lon qilingan.
Ma’lumot uchun: Jamg‘arma mablag‘lari asosan turli madaniy mahsulotlar, xizmatlarni yaratish, ishlab chiqarish, tarqatish, ulardan foydalanishga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan siyosat hamda strategiyalarni amalga oshirish yoki ishlab chiqjsh; rivojlanayotgan mamlakatlarda mahalliy, mintaqaviy madaniy sanoat va bozorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat sektori va fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun ajratiladi. Taqdim etilayotgan barcha loyihalar barqaror ijodiy ekotizmga va Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish ustuvor yo‘nalishlariga o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Loyihalar davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilishi va 1-2 yil davomida amalga oshirilishi lozim. Taqdim etiladigan loyihaning budjeti 100.000 AQSH dollaridan oshmasligi lozim.
Madaniyat va turizm vazirligi mazkur jamg‘arma moliyaviy yordamini olish uchun sohaga oid munosib loyihalarni joriy yilning 16-may kuniga qadar ingliz yoki fransuz tillarida quyidagi veb-sahifa orqali taqdim etishingiz so‘raladi https://en.unesco.org/creativity/ifcd/apply
Tanlovning asosiy maqsadi – respublikamizda xotin-qizlarni ilm-fanga jalb qilish, fan-ta’lim va iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar natijalari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, real ehtiyojlari hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishdan iborat.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2023-yil 5-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Loyiha ijrochilarining tarkibi xotin-qizlardan iborat bo‘lishi , ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi, shuningdek ilmiy jamoada yosh olimalar, iqtidorli talaba va magistrantlar ishtirok etishi lozim.
Joriy yilning 11-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan universitet xiyobonida ko‘chma kutubxona tashkil qilindi. Ushbu ko‘chma kutubxonaning asosiy maqsadi, yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdan iborat, chunki kitob o‘qish inson bilimini, tafakkurini, ma’naviyatini yuksaltiradigan yagona omil hisoblanadi. “Ochiq osmon ostidagi kutubxona” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda universitet talabalari va shahar yoshlari faol qatnashdilar. Universitet Birinchi prorektori J.Eltazarov talaba-yoshlar bilan qizg‘in davra suhbati o‘tkazdilar. Universitet talabalari o‘tkazilgan tadbir haqida iliq fikr bildirdilar va bundan keyin ham mana shunday tadbirlar o‘tkazilish haqida aytib o‘tdilar. Axborot-resurs markazi direktori va xodimlari talaba-yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilib, kutubxonada mavjud bo‘lgan adabiyotlar va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdilar.
2023-yil 12-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Talaba FEST” festivali o‘tkazildi. Mazkur festival talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlarning badiiy salohiyatini rivojlantirish, teatr, musiqa, san’at, xalq an’analari hamda ta’lim olayotgan turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini yana mustahkamlashga yo‘naltirilgani bilan tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, “Kitobxonlik” tanlovi, intellektual o‘yinlar va raqs turnirlari barchaga manzur bo‘ldi. Festival tadbiri doirasida talabalar uchun KARAOKE-TIME tashkil etildi.
Talaba-yoshlar uchun o‘ziga xos bayramga aylangan tadbirda universitetning birinchi prorektori J.Eltazarov, yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidovalar keyingi yillarda mamlakatimizning oliy ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, talabalarning o‘qib, izlanishi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar haqida atroflicha fikr yuritdi. Universitet talabalari o‘z bilim va iqtidorini namoyon etib, festival doirasida tashkil etilgan tanlovlarda faol ishtirok etishdi. Festival tadbiri oxirida faol talabalarga sertifikatlar taqdim etildi.
Hurmatli talabalar! Yoshlik kuchi va g‘ayrati, yangilikka intiluvchanlik va ijodkorlik sizni aslo tark etmasin!
Hamisha yuksak marralar sari intilavering!
Markaziy Osiyodagi eng yaxshi kurortni rivojlantirish Amirsoy Resort marketing bo‘limi boshlig‘i Turjanova Elvina va Amirsoy Resort savdo bo‘yicha katta menejeri Intizor Sapayeva
O‘tkazilish joyi: 230-ma’ruza zali
Vaqt: 2023 yil 17 aprel, dushanba 13:50-15:30.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz