Administrator

Administrator

2022-2023-o‘quv yili davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ilmiy faoliyatlari davomida bir qancha yutuqlarga erishishdi. Universitet “Turizm menejmenti” kafedrasi professori Ian Pattersonning Scopus bazasida indekslanuvchi xalqaro yuqori nufuzga ega bo‘lgan jurnallarda maqolalari chop etilganligi shular jumlasidandir. Professor Ian Pattersonning “Tourism towards healthy lives and well-being for older adults and senior citizens: Tourism agenda 2030” nomli maqolasi “Tourism Review” jurnalida hamda “Journal of Hospitality and Tourism Management” jurnalida “Volunteer tourism: The future of baby boomer tourists in a post pandemic world” nomli maqolalari chop etildi. Ushbu maqolalar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

1.  Tourism towards healthy lives and well-being for older adults and senior citizens: Tourism agenda 2030  https://www.emerald.com/insight/content/doi/10.1108/TR-06-2022-0269/full/html

2.  Volunteer tourism: The future of baby boomer tourists in a post pandemic world

(https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S1447677023000414)

Seshanba, 02 May 2023 15:24

Xalqaro yoshlar turizmi konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2023-yil 7-martdagi “2023-yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shahrisabz shahrining “2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 98-son qarorining 3-ilova bilan tasdiqlangan “Samarqand – jahon turizm poytaxti. Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi mezboni” shiori ostida 2023-yil davomida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi”ning 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universitetida joriy yilning 1-may kuni universitet  Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tong Qian Zou, ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mansurova Nargiza Shamsidinovnalar boshchiligida professor-o‘qituvchilar va universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar hamda magistratura bosqichida tahsil olayotgan xorijlik talabalar ishtirokida “Turizm. Fan. Innovatsiya” xalqaro yoshlar turizmi konferensiyasi" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga Samarqand iqtisodiyot va servis institutidan bir guruh talabalar va professor-o‘qituvchilar tashrif buyurishdi va o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan turizm sohasidagi innovatsiyalar va ularning sohaga kengroq jalb qilinishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar muhokama qilindi.

Seshanba, 02 May 2023 15:18

Maktab bilan Hamkorlik!

Joriy yilning 2-may kuni Samarqand shahridagi 81-maktab o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktab o‘quvchilari universitetning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari, shuningdek, universitet ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar.

Seshanba, 02 May 2023 12:55

Lider qizlar – jamiyat kelajagi

Joriy yilning 1-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubi a’zolarining “Lider qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish – bugungi kun talabi” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

     Tadbirga “Vatanparvar” mahallasi Xotin-qizlar maslahatchisi N.Norqulova, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova, universitet amaliyotchi psixologi D.Turdiyeva, klubning faol a’zosi D.Obidova taklif qilindi. Moderator M.Abbasova yig‘ilishni ochib berib, faollik, tashabbuskorlik bugungi kun talabi, omadli va baxtli hayot kaliti ekanligini tushuntirib o‘tdi. N.Abduvaxidova o‘z nutqida bugungi kunda ayollarning jamiyatdagi mavqei, o‘rni haqida so‘z yuritib, boy hayotiy tajribasi va qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

     Tadbir mehmoni N.Norqulova mahalla va oila institutining ayollarning jamiyatdagi o‘rnini belgilovchi omil, farovon turmush ramzi ekanligi to‘g‘risida fikr yuritdi. Sirtqi bo‘limning 2-kursida o‘qish barobarida yana ikkita xorijiy (Germaniyaning Berlin instituti xalqaro huquq kursi, Malayziyaning Linkoln universiteti) oliy ta’lim muassasasida tahsil olishga ulgurgan faol talaba D.Obidova o‘z yutuq va muvaffaqiyatlari haqida taqdimot o‘tkazdi va talaba qizlarga ulkan motivatsiya berdi.

     Universitet psixologi D.Turdiyeva yetakchilik qobiliyati, xususiyatlari, ularning psixologik mezonlari haqida atroflicha ma’lumot berib, “Liderlik – omad kaliti” mavzusida motivatsion trening o‘tkazdi. Tadbir barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.

2023-yilning 28-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faollar zalida “Samarqand qog‘ozining jahon ilm-fan va xalqaro iqtisodiyotida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “tarix va madaniy meros” kafedrasi professori Nargiz Nurillaxojaeva boshqa mahalliy universitetlarning professor-o‘qituvchilari tomonidan Samarqand qog‘ozi tarixini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlar haqida davra suhbati o‘tkazildi.

2023-yil 28-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Xitoyni modernizatsiya qilish: savol-javoblar” mavzusida Xitoy-O‘zbekiston yoshlar seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda xalqaro universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvohidova, universitet xotin-qizlar maslahat kengashining faol a’zosi Dildora Turdiyeva, Shenyang qishloq xo‘jaligi universiteti tadqiqotchisi Chjan Mu hamda Xitoy va O‘zbekiston yoshlari ishtirok etdi. Ushbu seminar “Xitoyni modernizatsiya qilish: savol-javoblar” harakat rejasi doirasida Markaziy Osiyoda o‘tkazilgan uchinchisi bo‘ldi.

         Seminarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy ishlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektori Zuo Tong Qiang olib bordi. “Kamar va yo‘l” ni birgalikda qurish va Xitoy-O‘zbekiston hamkorligini mustahkamlashda yoshlarning o‘rni haqida “Jenin Huabao” nashriyoti direktori Jiang Yonggang va ikkinchi Pekin chet tili universiteti prorektori Zheng Chengjun nutq so‘zladi.

Seminar samimiy muhitda o‘tdi. Seminarda O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida ilmiy va tarbiyaviy ishlarni davom ettirish zarurligi, yosh talaba va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi muhokama qilindi. 

Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kamar va yo‘l qurilishi bo‘yicha Xitoy-O‘zbekiston hamkorlik loyihasidir.

Joriy yilning 27-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Ispaniya Oliy ta’lim bo‘limining xalqarolashtirish bo‘limi direktori Jose Aurelio Llaneza Villanueva,  Moskvadagi Ispaniya elchixonasining o‘quv ishlari bo‘yicha texnik mutaxassisi Albert Vitria, Huelva universitetining xalqaro loyihalar va mobillik bo‘yicha direktori Maria Teresa AceytunoPerezlar tashrif buyurdi va mehmonlarni universitetning ilmiy ishlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektori Zuo Tong Qiang kutib oldi.

Uchrashuv davomida “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti haqida ko‘p marotaba eshitishganliklarini va universitet bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda Ispaniyalik mehmonlar tayyor ekanligini bildirib o‘tishdi. Maria Teresa Aceytuno Perez ham Huelva universitetida mavjud Ispan filologiyasi, tarix, madaniy merosni boshqarish va boshqa turizm sohalariga taaluqli yo‘nalishlari mavjudligi va kelajakda turli dasturlar orqali universitetlar o‘rtasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasida almashinuv dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlari mavjud ekanligini va bunga Ispaniya universitetlari tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

2023-yilning 1-3-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Insoniyat va yer yuzi uchun gastronomik turizm kongressi: innovatsiya, imkoniyatlar va barqarorlik” bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro kongressda Buxoro, Samarqand viloyatlari va Turkiya, Indoneziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Hindiston, Portugaliya, BAA davlatlaridan taniqli olimlar ishtirok etadi.

 

2023-yil 28-aprel sanasida universitet faollar zalida universitet rahbariyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida bitiruvchi talabalarni kelgusida davlat organlariga ishga joylashish tartibi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali Kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektori Axatov Foziljon Olimjonovich hamda universitetimizning bitiruvchilari qatnashishdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar Kengashi va fakultet koordinatorlari saralandi.

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2023-yil 4-apreldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi  qo‘shma qarori qabul qilingan edi. Qarorda yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kengash a’zolarini saralab olish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi mas’ullari va universitetning tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirokida suhbat jarayoni tashkil etildi.

Tashkil etgan suhbat jarayonida munosib nomzodlar saralab olindi va ularga yuklatilgan vazifalar tahlil qilindi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidagi kengashi faoliyatiga omad tilaymiz!

16 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar