Administrator

Administrator

11oktyabr kuni butun dunyoda Xalqaro qizlar kuni nishonlanadi. Ushbu sana BMT tomonidan dunyo hamjamiyati eʼtiborini qizlarning ijtimoiy muammolari va tengizligiga qaratish maqsadida joriy etilgan. Ayolning jamiyatdagi o‘rni ortib borayotganini hisobga olib, har birimiz bolalikdan qizlarning taʼlim olishi, ularning o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyon etishiga eʼtibor qaratmog‘imiz, eng asosiysi - ularga o‘z qadr - qimmatini hurmat qilishini singdirishimiz lozim.

Mening aziz kizlarim! Ushbu kun bilan sizlarni tabriklaymiz. Doimo esingizda tuting, sizlarning huquq va manfaatlaringizni taʼminlash, bilim olishingiz, kasb-hunarli bo‘lishingiz davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. bilim va salohiyatingizni doimiy ravishda oshirgan holda o‘z ustingizda ishlashdan tolmasligingizni istardim. Oldingizdagi to‘siqlarni yengishga, yuqori cho‘qqilarni zabt etishga intiling, bu yo‘lda yuzaga keladigan qiyinchiliklardan qo‘rqmang. Davlatimiz sizni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.

Cheksiz mehr bilan universitet Xotin-qizlar Kengashi.

Juma, 07 Oktyabr 2022 16:30

E’LON!!!

Ipak yo‘li sport klubi noolimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochilishini e’lon qiladi va barchani quyidagi sport turlari bilan shug‘ullanishga taklif etadi:

1. Shaxmat

2. shashka

3. Armrestling

4. Minifutbol

Biz bilan bog'lanish: +998 90 224 02 22

Juma, 07 Oktyabr 2022 13:03

Tajriba amaliyotdan boshlanadi

Har qanday mutaxassisning kasbiy faoliyatida hal qiluvchi rolni insonning nazariy bilimlarini amalda qo‘llash bo‘yicha kasbiy mahorati o‘ynaydi, bu, xususan, bajarilgan ishlarning samaradorligini belgilaydi.

Mehmonxona sanoatini o‘rganish bo‘yicha o‘quv jarayoni sifatini oshirish maqsadida “Turizm menejment” kafedrasi o‘qituvchisi E.Gulomxasanov Samarqand shahridagi “Malika classic hotel” mehmonxonasida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining Hot-219, Mar-219, Tour-119, Hot-119 guruhlari talabalari uchun amaliy mashg'ulotlar o‘tkazdi.

Amaliy mashg'ulotlar davomida talabalar mehmonxonalarda asosiy va qo‘shimcha xizmatlarning xususiyatlarini o‘rganib chiqdilar, shuningdek mehmonxonalarning ichki qismi printsipini ko‘rib chiqdilar.

Talabalar mehmonxona sanoatining har bir alohida segmentining ishi bilan tanishdilar, amaliy darsga qiziqish va mas’uliyat bilan yondashdilar.

Payshanba, 06 Oktyabr 2022 09:25

Hali ham talaba bo‘lish imkoningiz bor!!!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Test markazining https://my.dtm.uz/ platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan va o‘tkazilgan test sinovlarida minimal saralash ball (56,7)ni to‘plagan, biroq to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig‘i chegarasigacha yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarni universitet qabul kvotasi doirasida bo‘sh qolgan o‘rinlarga ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etamiz.

(Abituriyent O‘zbekiston Respublikasi Davlat Test markazining platformasida ro‘yxatdan o‘tishda o‘zining tanlovi sifatida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini ko‘rsatgan bo‘lishi shart)

Abituriyentlar tomonidan murojaat etishning soʻnggi muddati 2022-yil 1-noyabr.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:

+998662406770

+998662408616

+998662406786

+998662408606

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!!!

Chorshanba, 05 Oktyabr 2022 20:16

Hali ham talaba bo‘lish imkoningiz bor!!!

Respublikamizning davlat oliy ta’lim muassasalari ichida bir yilda ikki marta talabalikka qabul qiluvchi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2022/2023-oʻquv yili uchun bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga talabalar qabul qilmoqda.

Abituriyentlarni roʻyxatga olish universitetning rasmiy veb-saytidagi admissions.univ-silkroad.uz platformasi orqali amalga oshirilmoqda.

Abituriyentlarni roʻyxatga olishning oxirgi kuni 2022-yil 1-noyabr.

Agar Sizni turizm sohasi qiziqtirsa, kelajakda mazkur sohada oʻz biznesingizni ochmoqchi bo’lsangiz, hoziroq roʻyxatdan oʻting!!!

Qo'shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:

+998662406770

+998662408616

+998662406786

+998662408606

Eslatib o'tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,0 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B1 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B1 va undan yuqori) to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!!!

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Amiti Global instituti (Singapur) professori, mintaqaviy ijrochi direktori (ASEAN) Leon Chung “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari uchun “Singapurda o‘qish imkoniyatlari” mavzusida mehmon ma'ruzasini o‘tkazdi.

Ma’ruza davomida professor chun davlat ta’lim tizimiga ega va dunyodagi eng yaxshilaridan biri bo‘lgan Singapur haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’limning asosiy tili ingliz tili bo‘lib, ko‘p millatli davlatni birlashtirish va aksincha global dunyoga qo‘shilish maqsadida.

Shuningdek, professor, Singapur ta'lim vazirligi universitetlarni moliyalashtirishning turli sxemalarini amalga oshirayotganini ta'kidladi, buning natijasida xalqaro talabalar o'qish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkoniyatiga ega. Shuningdek, Singapurdagi deyarli barcha universitetlar o'zlarining stipendiya dasturlarini amalga oshiradilar, ular bilan ma'lum bir ta'lim muassasasining veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Ma'ruza yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Joriy yilning 4 oktyabr kuni professor, diplomat, top-menejer, murabbiy, Xalqaro yoshlar instituti prezidenti Aniset Gabriel Kochofa “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun “Qanday qilib xalqaro loyihalarni yaratish va Klassikadan Metaversegacha global martaba qurish” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida talabalar qiyin paytlarda qurilishi mutlaq noldan boshlangan yirik loyihalarni yaratish va boshqarish bo‘yicha xalqaro martaba usullari, amaliyotlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Shuningdek, Gabriel Kochofa talabalarni taniqli xalqaro loyihalar va shaxslarning muvaffaqiyat tarixi bilan tanishtirdi.

Ma’ruza davomida Gabriel quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tdi:

* Nima uchun global sahnaga intilish kerak;

* Qanday qilib hamma narsani “Noldan” qurish va muvozanatni saqlash;

* Nima uchun pul asosiy narsa emas, lekin qanday qilib moddiy va ma’naviy ma’noda ajoyib natijalarga erishish mumkin;

* Bir nechta kasblar va tillarni tezda o'rganishga nima yordam beradi;

* Qanday qilib bilimlarni to‘plash, to‘g’ri sarmoya kiritish, samarali o‘qitish va boshqalarni rag’batlantirish;

* Hamfikrlar va sheriklarni qaerdan izlash kerak.

Ushbu ma’ruzalarni o‘tkazish talabalarga Gabriel Kochofning tajribasi bilan tanishish imkonini berdi. Ma’ruza oxirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Dushanba, 03 Oktyabr 2022 18:33

Ilmiy-amaliy anjuman

2022-yilning 5-6-noyabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim, tarbiya va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish: muammo va yechimlar” mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Tanlov 226 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavriat taʼlim dasturi uchun 34 o‘rin, magistratura uchun 95 o‘rin, doktorantura uchun 97 o‘rin stipendiyalar ajratiladi.

Tanlovda gʼolib bo‘lgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamgʼarma tomonidan qoplab beriladi.

“El-yurt umidi” jamgʼarmasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan yoshlarni o‘z tanlovlarida kutib qoladi.

“O‘zbekistonning TOP-100 talaba lideri” Almanaxining bu yilgi mavsumida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faol talabasi ishtirok etib, “Ziyolilar” kitobida o‘z sahifasini ochdi.

Ziyo Forum tomonidan tashkil etilgan, butun O‘zbekiston bo‘ylab eng foal yoshlarni jamlagan “O‘zbekiston talabalari Almanaxi” loyihasining ushbu mavsumida universitetning faol talabasi Sh.Amirullayev ishtirok etib, o‘z loyihasi bilan iste’dodini namoyish etdi. Loyihadan maqsad respublika olimlarini birlashtirish va ularga oʻz loyihalarini amalga oshirishda amaliy koʻmak olishda yordam berishdan iborat.

Talabamiz faol ishtiroki uchun esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va katta sovrin “Ziyolilar” kitobida o‘z sahifasini ochishdi. Uning kelgusi maqsadlariga erishishda omad va zafarlar tilab qolamiz.

51 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar