Hurmatli hamkasbimiz Jo'rayeva Gavhar Normamatovnani pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz. Gavhar Normamatovnaga kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida bundan-da yuqori marralarni zabt etishni tilaymiz.
2022-yilning 1-3-noyabr kunlari Nijniy Novgorod shahrida (Rossiya Federatsiyasi) Rossiya Fanlar akademiyasining 300 yilligini nishonlash doirasida MDH Ijrochi qo‘mitasi bilan hamkorlikda MDH davlatlari yosh olimlarining “Nauka bez granits” forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu forumda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar ilovadagi shakl va ma’ruzaning qisqacha rus tilidagi tezisini Fanlar akademiyasi qoshidagi ishchi guruhga (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.), telegram: +99894 667 73 34) 2022-yilning 5-sentyabr kuniga qadar yuborishlari mumkin.
Bugun o‘zbek-xitoy munosabatlari yangi bosqichga chiqdi. Bu davlatlarning o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishning istiqbollariga birdek harakatlanib, intilayotganidan darak beradi. Uzoq va samarali hamkorlik natijasi o‘laroq, bugun kengqamrovli yirik loyihalar, turli sohalardagi tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Shunday qilib, joriy yilning 29 avgust kuni Rektor prof.Dr. Axmet Kutluhan boshchiligidagi Pamukkale universiteti (Turkiyaning Denizli shahri) vakillari "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurishdi. Faxriy mehmonlarni universitetning birinchi prorektori prof. J. Eltazarov kutib oldi.
Rasmiy uchrashuv davomida umuman universitetlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi va qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, talabalar darajasida ham, o‘qituvchilar darajasida ham ilmiy amaliyot va tashrif buyurgan professorlar uchun dasturlar formatida akademik almashinuv hamda turli ilmiy loyihalar doirasida hamkorlik qilish rejasini o‘z ichiga olgan shartnoma tuzildi.
Bundan tashqari, tomonlar "Erasmus Plus" akademik harakatchanlik dasturi doirasida gumanitar fanlar talabalari va o‘qituvchilari almashinuvini tashkil etadigan hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Bunday hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishi madaniy merosni tiklash va saqlash, gastronomik turizm, shuningdek, sog’lomlashtirish turizmi hisoblanadi.
"Ipak yo‘li" universiteti talabalar almashinuvi bo‘yicha faol dastur olib boradi, O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat fan, ta‘lim va innovatsiyalarni birlashtirish tamoyillari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi.
Ma‘lumot uchun: Pamukkale universiteti Turkiyadagi eng yirik universitetlardan biridir. Uning tarkibida 4 ta institut, 10 ta fakultet, 5 ta kollej va 8 ta professional litsey mavjud. Universitetning ilmiy va professor-o‘qituvchilari 1700 kishidan iborat. Universitet xalqaro talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida ishtirok etadi, shu bilan birga xalqaro talabalar soni bo‘yicha Turkiyada birinchi o‘rinlardan birini egallaydi. Hozirgi kunda Pamukkale universiteti dunyoning turli universitetlari bilan hamkorlik qilish uchun 40 dan ortiq xalqaro shartnomalarga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining - “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish” va Kolumbiya universitetining “Xorijlik olimlar bilan hamkorlik qilish” dasturi – granti asosida ayni vaqtda “Ipak Yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kafedra mudiri Odilov Akmaljon Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kolumbiya Universitetida (dunyo reytingida 11-o’rinda turuvchi) ilmiy izlanish olib borayapti.
Akmaljon Odilov mutahassislik sohasida malaka oshirish bilan birga, Kolumbiya Universiteti ta’lim tizimi bilan bevosita tanishish va horijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda yangi o‘quv darsliklarini yaratish, tajribalar almashish maqsadida oliy ta’limda dars berish amaliyotini ham o‘taydi
PDF: BATAFSIL TANISHISH
❗️ Eslatib o'tamiz: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga muvofiq 2022/2023- o'quv yilidan boshlab magistratura qabuli bo'yicha belgilangan yangi tartib, jumladan, magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.
“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti ayollar kengashi raisi M. Abbosova tashabbusi bilan universitet shifokori S. Tosheva bilan hamkorlikda universitetda ishlayotgan ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikda nevropatolog, kardiolog, akusher-ginekolog, jarroh, oftalmologning ishtiroki, ultratovush apparati yordamida tekshiruvlar sog‘liqni saqlash holatidagi o‘zgarishlarni, shuningdek yashirin kasalliklarni aniqlashga yordam berdi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha aniq tashxis qo‘yildi. Tekshiruv davomida 85 ga yaqin xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ma‘muriyat, shuningdek, "Ipak yo‘li" universiteti ayollar kengashi raisi M. Abbosova Samarqand shahar 2-sonli poliklinikasi shifokorlariga D.A.Rasulovа (nevrolog), M.O.Hamdamovа (LOR), N.Sh.Davidova (ginekolog), B.A.Baykabaeva (oftalmolog), N.P.Rabbimov (jarroh) shuningdek, hamshiralar Z.A.Salimova, O.M.Bekmuxamedova, Sh.Murtazaeva, M.Kudratova, N.Xolikova, Yu.S.Fayzullayevalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
ANNOTATSIYA
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunda advokatlar iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritilayotganda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza oʻtkazilishini soʻrash huquqiga ega ekanligi belgilandi.
Shuningdek, advokat ekspertiza xulosasini ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilishi mumkin.
Sud ekspertlik faoliyati bilan nodavlat tashkilotlar shugʻullanishiga ruxsat berilganligi munosabati bilan Fuqarolik protsessual kodeksi va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tushunchasi kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasining
OʻRQ–786-son Qonuni, 03.08.2022-y.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining London Xalqaro Konferentsiyasi (LIMUN) Yevropadagi eng yirik universitet darajasidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli konferensiyasidir.
Joriy yilning 25-27 fevral kunlari “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Birlashgan Millatlar tashkilotining London xalqaro model konferentsiyasida (LIMUN) ishtirok etishdi.
Yaqinda konferentsiya ishtirokchilari LIMUN 2022 konferentsiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari uchun sertifikatlar oldilar.
Ta’kidlash joizki, konferentsiyaning maqsadi madaniyat va millat chegaralarini kesib o‘tgan yoshlar o‘rtasida global muammolar va boshqaruv to‘g’risida tushunchalarni shakllantirishdir. LIMUN va Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa model tadbirlarida shakllangan bilim, tajriba va munosabatlardan foydalangan holda, dunyo rahbarlarining keyingi avlodi xalqaro hamkorlik ruhida global muammolarni hal qilishga tayyor bo‘ladi.
Umuman olganda, MUN kuchli etakchilik, innovatsion fikrlash va omma oldida so‘zlash, muzokaralar olib borish, vositachilik qilish va konsensusga erishish, turli xil kelib chiqishi va madaniyati bo'lgan odamlar bilan tezkor munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati kabi barcha ta’lim va ish joylari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishni rag’batlantiradi.
2022 yil 19 avgustda "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti vakillari "Markaziy Osiyo va MDH mintaqasida ta'lim" mavzusida ECG (London) ko'magida OCA xalqaro onlayn konferentsiyasida ishtirok etishdi.
Onlayn konferentsiyada ECG raisining o‘rinbosari va OCA jurnali noshiri Marat Ahmejanov, ECG raisi professional yozuvchi, rassom va muharrir Gareat Stamp, "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetining xalqaro hamkorlik va reyting bo'limi boshlig’i Mironshox Uktamov, Kembrij Markaziy Osiyo forumi direktori Siddxart Saksena ishtirok etdi.
Konferentsiya davomida Buyuk Britaniya, MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ishtirok etgan chet ellik mehmonlar va mutaxassislar bilan qiziqarli va foydali munozaralar bo‘lib o‘tdi, ular Markaziy Osiyodagi ta’lim holati, universitet dasturlari va innovatsiyalari haqida eng yangi ma’lumotlar bilan bo‘lishdilar.
Ta’kidlash joizki, bu yil tahririyat OCA-ning "Education 2022"maxsus sonini chiqarishni rejalashtirmoqda. Loyihaning maqsadi ta’lim va tadqiqot imkoniyatlarini rivojlantirish uchun o‘rta Osiyo universitetlari, ekspertlari va ommaviy axborot vositalarini birlashtirishdir.
Respublikamizning davlat oliy ta’lim muassasalari ichida bir yilda ikki marta talabalikka qabul qiluvchi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Sizni 1 yillik magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga taklif qiladi. Barcha magistratura mutaxassisliklarida grant o‘rinlari mavjud.
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:
Hujjatlarni qabul qilish universitetning rasmiy veb-sayti: admissions.univ-silkroad.uz orqali 2022-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Eslatib o'tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun universitet qabul komissiyasining elektron pochta manziliga (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz:
+998662406770
+998662408616
+998662406786
+998662408606
+998933483380
+998902241442
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz