Markaziy Osiyodagi yagona ixtisoslashtirilgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilk bakalavrlarni diplomlari bilan taqdirladi.
Joriy yilning 6-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tantanali va ahamiyatli tadbir bo‘lib o‘tdi. 2018-yilda tashkil etilganidan beri universitet oʻzining ilk bakalavrlarini diplomlari bilan taqdirladi.
Tantanali marosim O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimov bitiruvchilarni oʻqishlarini muvaffaqiyatli bitirganliklari bilan tabriklab, ularga kasbiy yuksalish va kelgusi faoliyatida omadlar tiladi. Bundan tashqari, Samarqand viloyati hokimi – Erkinjon Turdimov, shuningdek, universitet birinchi prorektori – Juliboy Eltazarov va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Jozef Hoffmannlar tabrik nutqlari bilan so‘zga chiqishdi.
“Turizm menejmenti” fakultetida turizm sohasida loyihalash, mehmonxona biznesi, ommaviy tadbirlarni boshqarish, turizm sohasida logistika, turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), marketing yo‘nalishlarida tahsil olgan 109 nafar bitiruvchi bakalavrga, hamda “Turizm menejmenti” fakultetining 23 nafar magistr va “Turizm” yo‘nalishida sirtqi ta’lim bo‘limining ikkinchi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan 5 nafar bitiruvchi bakalavrlarga uzoq kutilgan diplomlari universitet rektori Aziz Abduhakimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida bitiruvchilar va ularning ota-onalari O‘zbekistonda turizmga bo‘lgan talab yuqori ekanligini, o‘quv jarayonida dual ta’limning ahamiyati va har bir talabaga koʻrsatilgan individual yondashish muhimligini ta’kidlab, universitet o‘qituvchilari, bitiruv loyihalari rahbarlari va universitet ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Ta’kidlash joizki, tadbir tashkilotchilari, xususan, universitetning “Mahallabay yoshlar bilan ishlash va tadbirlarni tashkil etish” bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi ko‘magida bayramona muhit yaratildi: tadbir davomida jonli simfonik musiqa ijro etildi, faol talabalar tantanali chiqishlar, turli teatrlashtirilgan tomoshalar bilan yigʻilganlarni dildan quvontirdi.
“Aziz do‘stlar, esda tutingki, bizning sevimli “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tarixi sizning muvaffaqiyatlaringizdan iborat. Faxr bilan aytaman: Universitetimiz yilnomasidan sizlarning ham oʻz sahifalaringiz mavjud. Kelajak avlodlarga ibrat boʻladigan yutuqlaringiz bilan ushbu sahifalarni toʻldirishni toʻxtamangiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz! Sizlarga omad tilaymiz, aziz bitiruvchilar! – ta’kidladi oʻz tabrik nutqida Universitet rektori Aziz Abduxakimov.
Joriy yilning 2-3-iyul kunlari “Sky Chess” shaxmat maktabi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida tezkor (rapid) shaxmat bo‘yicha turnir boʻlib oʻtdi. Musobaqalar “Ipak yo‘li” universitetida o‘tkazildi.
Turnirning umumiy sovrin jamgʻarmasi 10 000 000 soʻmni tashkil etdi. Turnirda “Sky Chess” maktabining Toshkent, Qarshi va Samarqand shaharlaridagi filiallari tarbiyalanuvchilari o‘zaro kuch sinashdi.
Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish – musobaqaning maqsadlaridan biri bo‘lib, yosh shaxmatchilar ko‘hna Samarqand bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi.
3-iyul kuni turnirning tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosarlari – N. Zikrillayev va A. Eshtayevlar tantanali so‘zga chiqib, shaxmat musobaqalari navqiron avlod har tomonlama rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Bundan tashqari, turizm va madaniy meros sohalarida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha vazirining o‘rinbosari Alisher Eshtayev ta’kidlaganidek, ishtirok etgan yosh shaxmatchilar universitetga alohida qiziqish bildirmoqda va kelajakda, maktablarini bitirib, oʻqishlarini “Ipak yo‘li” universitetida davom ettirmoqchilar.
Hakamlar hay’ati g‘oliblarni pulli mukofot va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. G‘oliblar ikki guruhga bo‘lingan. “A” guruhi g‘oliblari:
1-toifa:
1-o‘rin – Suyarov Muhammadzohid;
2-o‘rin – Obidov Biloliddin;
3-o‘rin – Obidjonov Ormet;
4-o‘rin – Attaev Aziz;
5-o‘rin – Rahmatullaev Muhammadsolih.
2-toifa:
1-o‘rin – Ahmedova Shahina;
2-o‘rin – Mansurova Mumtozbegim.
3-toifa:
1-o‘rin – Normurodov Ilhom.
«А» guruhi g‘oliblari
“B” guruhi g‘oliblari:
1-toifa:
1-o‘rin – Sattorov Aziz;
2-o‘rin – O‘ktamov Jaxongir;
3-o‘rin – Hakimi Anvar;
4-o‘rin – Xusnutdinova Xusnora;
5-o‘rin – Ro‘ziqulov Shoxruzbek.
2-toifa:
1-o‘rin – Sobirova Mumtozbegim;
2-o‘rin – Aziza Xusnutdinova.
3-toifa:
1-o‘rin – Sobirov Feruzbek.
«B» guruhi g‘oliblari
Tashkiliy qo‘mita tomonidan ta’kidlanganidek, turnir doimiy tus oladi va unga respublikaning barcha hududlaridan yosh shaxmatchilarni keng jalb etish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 1-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan onlayn formatida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi.
Bugungi muhokamada vazirlik negizidagi barcha quyi tashkilotlar, kollej va texnikumlar ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga o‘zgartirishlarni referendum yo‘li bilan qabul qilishni taklif qilgan edi.
“Komissiya taklifiga ko‘ra, Parlament tomonidan ishlab chiqilgan loyihani umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqish va referendum yo‘li bilan qabul qilishni taklif etaman”, — dedi Prezident 20-iyun kuni Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha maxsus komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
Davlat rahbari konstitutsiyaviy islohotlar jamoatchilik fikri va O‘zbekiston xalqining qo‘llab-quvvatlashiga asoslanishi kerakligini ta’kidladi.
Joriy yilning 30-iyun kuni qarorgohi Moskva shahrida joylashgan Ispaniya Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Markos G.Martinez rasmiy tashrif bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘ldi.
Tashkillashtirilgan ekskursiya davomida janob Markos G. Martinez noyob smart-kampus va universitetning innovatsion kutubxonasi bilan tanishdi. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining tarixini aks etgan galereyalar va universitet kutubxonasi elchida katta taassurot qoldirdi.
Ispaniya Qirolligi elchisi Markos G.Martines ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Ispaniya Qirolligi elchixonasi universitet kutubxonasini noyob nashrlar bilan to‘ldirishda hissa qo‘shishiga ishontirdi.
“Betakror yurtimizga, oliyjanob xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish barchamizning sharafli va muqaddas burchimizdir”
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli farmoni bilan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi. Unga ko‘ra, ma’naviy-ma’rifiy sohada tayyorlanayotgan materiallarni aholiga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tezkor va sifatli yetkazishni ta’minlash, targ‘ibot-tashviqot ishlarining sifat va samaradorligini oshirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Ma’naviyat festivali”ni yuqori saviyada o‘tkazish belgilandi.
Joriy yilning 29-iyun kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yangi O‘zbekiston — inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “O‘zbekiston Qahramonlari” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Qahramonlari, ma’naviyat fidoyilari, olimlar, ziyolilarning yosh avlod bilan uchrashishdi hamda ularning ibratli hayot yo‘li, chekkan sharafli mashaqqatlari, yutuqlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Mazkur kitobda hayotning turli sinovlariga qaramay sabot bilan mehnat qilib, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilgan davlat va jamoat arboblari, olimlar, ishchiyu xizmatchilar, ustozlar, dehqonu chorvadorlar, san’at va madaniyat xodimlari, xullas, barcha jabhalarda olib borilayotgan yuksak bunyodkorlik ishlarida doimo kamarbasta bo‘lgan zamondoshimizning umr yo‘llari aks etadi.
Kitob sahifalaridan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, shuningdek, milliy adabiyotimiz, san’at va jamoat arboblari Said Axmad, Ozod Sharafiddinov, Suyima G‘aniyeva, Zikir Muhamadjanov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Malika Abdullaxo‘jayeva, Xasan Normuradov, Lola Murotova singari O‘zbekistonning yangi tarixida munosib iz qoldirgan bir yuz uch nafar shaxslar o‘rin olgan. Ularning ibratli hayot yo‘li, shonli mehnat faoliyati yorqin mayoq singari avlodlar qalbida mangu sharaf timsoli bo‘lib qoladi!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 4-bandiga asoslanib, “Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalarni patentlashtirish hamda sertifikatlash ishlarini yo‘lga qo‘yish” mavzusida Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasi bosh maslahatchisi Akmal Akramov hamda Adliya vazirligi Sanoat mulkini huquqiy himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi Sanjar Tursunov ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminar dovomida mualliflik va turdosh huquqlarini himoya qilishda mavjud muammolar va ularning yechimlari, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash haqida ma’lumotlar berib oʻtildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-sonli qaroriga muvofiq “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Davlat test markazi veb-sayti orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlarida, istisno tariqasida, xorijiy til (ingliz tili) bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan, IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq, Davlat test markazi tomonidan taqdim yetilgan ingliz tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abiturientlarning hujjatlarini rasmiylashtirilishiga ruxsat etilishi belgilangan.
Turizm va madaniy meros vazirligi tasarrufidagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari ingliz tilida hamda sirtqi ta’lim shaklida rus va o‘zbek tillarida olib boriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2022-yil talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari va shu jumladan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat hamda xorijiy OTMlar filiallaridan universitetning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballari quyidagicha belgilanganligini ma’lum qilamiz.
№ |
Shifri |
Yo'nalish nomi |
O'tish ballari |
1 |
60230700 |
Amaliy tillar |
94 |
2 |
61010400 |
Smart turizm |
80 |
3 |
61010400 |
Turizmda media va kommunikatsiya |
80 |
4 |
60411200 |
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha |
105 |
5 |
61010400 |
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) |
80 |
6 |
61010500 |
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tillar) |
80 |
Universitetda joriy yilning 27-iyun kuni Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 2021-2022 oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston ayollari doimo e’tiborda” mavzusidagi yigʻilish tashkil etildi.
Muhayyo Abbasova tomonidan olib borilgan ushbu tadbirda respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan tadbirlar, gender tengligi mezonlariga koʻra jadal sur’atlar bilan boʻlayotgan islohotlar haqida, xotin-qizlarning intellektual, ruhiy, jismoniy barkamolligi yoʻlida OTMlarda tahsil olayotgan talaba-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani haqida mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi.
Xususan, universitetda bu borada amalaga oshirilgan ishlar va ularning mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilindi. Universitetning ilmiy salohiyatli, oʻquv-pedagogik faoliyatda yuqori tajribaga ega, talabalarning ijodiy-intellektual rivoji uchun salmoqli hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilarining mehnati e’tirof etildi, ularga esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalar taqdim etildi.
Shuningdek, yuqori natijalarni koʻrsatgan faol talaba-qizlarga alohida urgʻu berildi. Qizlarning ilmli boʻlishi farovon kelajak qurishda, davlatimizning mustahkam poydevorini yaratishda nihoyatda muhimligi ta’kidlandi.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-kurs Mar-119 va Mar-219 guruhlar talabalari ikkinchi semester davomida “Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari kafedrasi” oʻqituvchisi Bekzod Oblakulov boshchiligida Samarqanddagi “Sam Glass” korxonasida amaliyot oʻtashdi.
Amaliyot davomida talabalar oʻrgangan nazariy bilimlarini amalda qoʻllashdi va ularga korxona tomonidan har xil vazifalar berildi. Vazifani a’lo darajada bajarganlar korxona tomonidan e’tirof etildi va qiymati 2500 AQSH dollarlik qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Universitet ma’muriyati “Sam Glass” kompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi va amaliyotchilar uchun qoʻshimcha kvotalar berish uchun aloqalarni kengaytirish niyatida.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz