Administrator

Administrator

- ShHTga a’zo davlatlarning Ta’lim yoki Turizm vazirligining tavsiyanomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi vazirligi tavsiyanomasi bilan esse tanlovida ishirok etadigan 10 tagacha nomzodlar ro‘yxati elektron tarzda qabul qilinadi;

- tanlovda 10-12 yoshli maktab o‘quvchilari ishtirok etadi;

- nomzodlar Samarqanddagi me’moriy obidalar va ularga oid qiziqarli ma’lumotlarni badiiy tarzda ifoda etadilar;

- esse 200 tagacha so‘zdan iborat bo‘ladi;

- esse o‘zbek, rus, ingliz hamda xitoy tillarida yozilishi mumkin;

10-sentabrgacha esse pdf. formatda e-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. pochtaga yuklanishi lozim;

- 15-sentabrda esse natijasi e’lon qilinadi

- har bir davlatdan 1 nafar nomzod g‘olib deb topiladi;

- esse g‘olibi va unga biriktirilgan hamrohga Samarqand bo‘ylab
3 kunlik sayohat qilishi (Samarqandga kelib ketish avia chiptalari, mehmonxona, ovqatlanish, ichki transportda olib yurish hamda gidlar bilan ta’minlash) harajatlari qoplanadi.

“Navoiy g‘azalxonligi” tanlovi konsepsiyasi:

- - ShHTga a’zo davlatlarning Ta’lim yoki Turizm vazirligining tavsiyanomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi vazirligi tavsiyanomasi bilan g‘azalxonlik tanlovida ishirok etadigan 10 tagacha nomzodlar ro‘yxati elektron tarzda qabul qilinadi;

- Navoiyning quyidagi mashhur “Qaro ko‘zum”, “Orazin yopqoch ko‘zumdin...”, “O‘n sakkiz ming olam oshubi...”, “Meni men istagan...”, “Jong‘a chun derman”, “Nozaninlar benavolarg‘a tarahhum aylangiz...”, “Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo…”, “Mubtalo bo‘ldim sanga”, “Kecha kelgumdir debon...”, “Yordin ayru ko‘ngul...” g‘azallaridan biri nomzodlar tomonidan ixtiyoriy tanlab olinadi;

- nomzodlar maktab bitiruvchi o‘quvchilari bo‘lishi talab etiladi;

- g‘azal nomzodlar tomonidan o‘zbek tilida ifodali o‘qilishi talab etiladi;

- nomzodlarning o‘zlari g‘azal o‘qish jarayonini video-roligini tayyorlaydilar. Video-rolik davomiyligi 3 daqiqadan oshmasligi lozim;

- 2022-yil 10-sentabrga qadar video-rolik mp4 formatda
e-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. pochtaga joylashtirilishi lozim;

15-sentabrda g‘azalxonlarning natijasi e’lon qilinadi;

- tashkil qilingan komissiya tomonidan har bir davlatdan 1 nafar nomzod g‘olib deb topiladi;

- g‘azalxonlik g‘olibi va unga biriktirilgan hamroxga Samarqand bo‘ylab 3 kunlik sayohat qilishi (Samarqandga kelib ketish avia chiptalari, mehmonxona, ovqatlanish, ichki transportda olib yurish hamda gidlar bilan ta’minlash) harajatlari qoplanadi.

Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kitob fondini boyitish, hamda yosh avlodning bilimli bo‘lishiga hissa qo‘shish maqsadida Universitet kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.

Raximova Nilufar Aminovnaning “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” nomli uslubiy qo‘llanmasi iqtisodiyot faniga qiziqadigan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro tashkilotlar va jahon iqtisodiyoti bilan bog‘liq munosabatlar mavzulari yoritib berilgan.

Shu bilan birga, Ipak yo‘li turizm va madaniy meros universitetida 21-22 aprel oyida tashkil etilgan  “UCHINCHI RENESSANSNI SHAKLLANTIRISH SHAROITIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning to‘plami taqdim etildi. Ushbu to‘plamdagi turizmga oid ilmiy maqolalardan har bir kitobxon foydalanishi mumkin.  

Talabgorlar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining https://ikkinchitalim.edu.uz/ - onlayn platformasi orqali hujjat topshirishlari mumkin.

Talabgorlar Sirtqi ta’lim shakliga ikkinchi oliy ma'lumotga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hujjat topshirishlari mumkin: 

  • Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)

Qo'shimcha ma'lumotga ega bo'lish uchun https://t.me/univ_silkroad_uz rasmiy kanalimizni kuzatib boring yoki quyidagi raqamlarga telefon qiling:

+998(93) 7214331

+998(66) 2408608

Biz bilan o'z imkoniyatlaringizni kengaytiring!

Joriy yilning 24-iyul kuni Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans davri asosi” VI Xalqaro kongressi ishtirokchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Uch kunlik dastur doirasida mehmonlar madaniy merosni rivojlantirish va asrab-avaylashda ulkan rol o‘ynaydigan “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida mazkur kongressning 300 dan ortiq ishtirokchilari universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga xalqaro universitetlar va turizm tashkilotlari bilan hamkorlik natijalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar amaliy mehmonxona xonalari, bar-restoranlardan iborat o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi, konferents-zal, universitet oshxonasini ko‘zdan kechirishdi. Mehmonlar Buyuk Ipak yo‘lini aks etiradigan maxsus galereyalarda saqlanayotgan noyob tarixiy elementlari, hamda, ayni paytda universitet sport zalida ShHTga a’zo qator mamlakatlardan kelgan san’at ustalarining rasmlari galereyasi bilan yaqindan tanishdi .

Mehmonlarda madaniy merosni asrab-avaylashga bag‘ishlangan noyob kitoblar to‘plamini o‘z ichiga olgan universitet kutubxonasi katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori Aziz Abduhakimovning sa’y-harakatlari bilan turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, rasm san’ati, haykaltaroshlik, arxitektura, madaniy meros kabi yo‘nalishlar bo‘yicha eng qisqa vaqt ichida kutubxonaga 20 mingga yaqin dunyoning barcha burchaklarida nashr etilgan kitob yetkazib berildi.

Eslatib o‘tamiz, 22-24-iyul kunlari Samarqand viloyati Yoshlar Markazida “O‘zbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan Turizm va madaniy meros vazirligi, 10 dan ortiq xalqaro va 5 ta milliy tashkilotlar ko‘magida o‘tkazildi.

Seshanba, 26 Iyul 2022 15:21

Kelajak yoshlarniki!

2021-2022-o‘quv yilida universitetimizning o‘quv ishlarini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, ayni vaqtda muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishidagi magistratura dasturi koordinatori va magistratura bo‘limi yetakchi mutaxassisi  sifatida faoliyat yuritgan, o‘zining ishchanligi va samimiyati tufayli jamoa orasida obro‘-e’tibor qozongan Nilufar Xasanova Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Montana Universitetining arxeologiya va madaniy meros yo‘nalishi bo‘yicha to‘la hajmli ta’lim grantini  (Full Scholarship) va o‘qituvchi yordamchisi (teaching-assistantship) sifatida faoliyat yuritish imkoniyatini qo‘lga kiritgani munosabati bilan uning “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidagi faoliyati bugun poyoniga yetdi. Universitetning Birinchi Prorektori prof. J.D.Eltazarov shu munosabat bilan unga mehnat sertifikatini (Certificate of Employment) topshirdi.

Yaqin kunlarda kasbdoshimiz AQSHga jo‘nab ketadi.  Hayotining yangi va mas’uliyatli bosqichga qadam qo‘yayotgan Nilufar Xasanovaga universitetimiz ma’muriyati hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi nomidan muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz. Uning yaqin kelajakda turizm bo‘yicha ilmiy darajali mutaxassis sifatida universitetimizga qaytishiga ishonamiz.

Shu yil 22-23 iyul kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan Butunjahon madaniy meros jamiyati VI Xalqaro Kongressi qatnashchilarining 2022-yil, 24-iyul kuni universitetimizga tashrifi davomida Baku davlat universiteti, Ozarbayjon adabiyoti tarixi kafedrasi professori Vagif Sultanli universitet kutubxonasiga o‘zining mualliflik kitoblar to‘plamini hadya qildi. Prof. Vagif Sultanli universitet kutubxonasi fondlaridan Ozarbayjon tarixi, madaniyati, tili va adabiyotiga oid kitoblar munosib joy olganidan mamnuniyatini izhor qildi.

Samarqand shahri boʻylab 2 haftalik gastrol safari doirasida Rossiya, Moʻgʻuliston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston sanʼat ustalari “Ipak yoʻli” universitetiga tashrif buyurishdi.

Faxriy mehmonlarni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Universitetning noyob smart-kampusi, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlariga boy unikal galereya, hamda universitetning innovatsion kutubxonasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimovning shaxsiy kutubxonasidan hadya qilingan san’atga oid kitoblar to‘plami mehmonlarning alohida e’tiborlarini tortdi.

Aytish joizki, ikki hafta ichida san’at ustalari universitetning maxsus tayyorlangan studiyalarida ijod qiladilar. Rassomlar o‘z rasmlarida Samarqand madaniyati va an’analarining o‘ziga xosligini aks ettirish niyatida.

Keyinchalik ushbu asarlar universitet galereyasida faxriy joyni egalaydi. Aksiya O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida o‘tkazilmoqda. Eslatib oʻtamiz, ShHTning navbatdagi sammiti 2022-yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.

Senat majlisining kun tartibida o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyat, shuningdek, universitetning xalqaro reytinglardagi pozitsiyasini yaxshilashga oid muhim masalalar ilgari surildi. Yig‘ilishda prorektorlar, kafedra mudirlari, fakultet dekani, universitet rahbariyati vakillari, shuningdek, Turizm va madaniy meros vazirligi turizm va madaniy meros sohalarida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i A. Eshtaev ishtirok etdi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2021-2022 o‘quv yili yakunlarini sarhisob qilish boʻldi.

Senat yig‘ilishi birinchi prorektor J.Eltazarovning 2021-2022 o‘quv yilida amalga oshirilgan vazifalar to‘g‘risidagi ma’ruzasi bilan ochildi. So‘ngra J.Eltazarov o‘tgan Senat faoliyati yakunlarini e’lon qilib, hamkasblarini o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi.

Shuningdek, Senat yigʻilishi chog‘ida universitetni yanada rivojlantirish, jumladan, ta’lim va ilmiy faoliyatini, xalqaro miqyosida nufuzini oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarni xorijda amaliyot o‘tash masalalari muhokama qilindi.

Juma, 15 Iyul 2022 13:08

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tizimidagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2022-2023-o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi

Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2022-2023-o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha professor-oʻqituvchilar lavozimiga yuqori malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi:

  • Turizm;
  • Logistika;
  • Turizm huquqi;
  • Statistika;
  • Buxgalteriya;
  • Mehmonxona boshqaruvi;
  • Inson resurslarini boshqarish;
  • Tadbirlarni boshqarish;
  • Iqtisod;
  • Menejment;
  • Marketing;
  • Xorijiy tillar (nemis, fransuz, ispan, koreys, rus, xitoy, arab, ingliz, turk tillari);
  • Ijtimoiy fanlar;
  • IT fanlari.

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • PhD yoki DSc ilmiy darajasi (agar mavjud bo‘lsa);
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining 2022-yil 29-maydagi 02-1415-sonli xati talablariga muvofiq, ingliz tilini (xorijiy til o‘qituvchilari uchun tegishli xorijiy tilni) bilish darajasini tasdiqlovchi C1 darajasiga tenglashtirilgan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lish (xorijda taʼlim olgan yoki dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati shart emas);
  • nashr etilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar roʻyxati;
  • shaxsan nomzod tomonidan ingliz, oʻzbek va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi koʻrsatkichi – KPI yoki CV;
  • mutaxassislik fanlaridan ingliz tilida (xorijiy tillar uchun tegishli xorijiy tilda) oʻtilgan darsning 20 daqiqalik videotasviri;
  • taʼlim sohasida eng kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlish;
  • kompyuter va elektron qurilmalardan erkin foydalana olish.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlaydi:

  • barqaror maosh (oylik ustama haqi bilan);
  • istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati;
  • xorij davlatlariga xizmat safari.

Ish tartibi: dushanbadan jumaga qadar (soat 09:00 dan 18:00 gacha).

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlardan quyidagi hujjatlar yig‘ma jildini Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishi so‘raladi:

  • PhD yoki DSc diplomi (agar mavjud bo‘lsa).
  • Ingliz tilini (xorijiy til o‘qituvchilari uchun tegishli xorijiy tilni) bilish darajasini tasdiqlovchi C1 darajasiga tenglashtirilgan xalqaro yoki milliy sertifikat.
  • Nashr etilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar ro‘yxati.
  • Shaxsan nomzod tomonidan ingliz, oʻzbek va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi koʻrsatkichi – KPI yoki CV.
  • Mutaxassislik fanlaridan ingliz tilida (xorijiy tillar uchun tegishli xorijiy tilda) oʻtilgan darsning 20 daqiqalik videotasviri.
  • Diplomlar (bakalavr, magistr, PhD yoki DSc) va diplom ilovalaridan nusxa.
  • Malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxalari (oxirgi 5 yillik).

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2022-yil 5-avgust.

Murojaat uchun telefon: +99866-240-67-73, +99866-240-67-68.

Joriy yilning 7-iyun kuni “WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasining boshqaruvchi direktor Maykl Berlua, davlat idoralari bilan ishlash bo‘yicha katta menejeri Hiba Xalil, davlat idoralari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Anastasiya Novikova, tarmoqlarni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Adria Rabassa, aeroportni rivojlantirish bo‘yicha menejer Akos Palenksar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Birlashgan Arab Amirliklaridagi vakolatxonasi direktori Sarvar Hamidovlardan tashkil etilgan delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

“WizzAir Abu-Dhabi” (BAA) vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimov rasmiy suhbat o‘tkazdi. Davra suhbatida O‘zbekiston aviakompaniyalari va “WizzAir Abu-Dhabi” havo bandargohlari tarmog‘i o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, O‘zbekiston Respublikasi va BAA o‘rtasida yangi havo yo‘laklarini ochish masalalari muhokama qilindi. Ikki davlatda xalqaro turizmni rivojlantirish mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Havo qatnovi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish orqali Oʻzbekistonga BAAdan sayyohlar tashrifini oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tashrif davomida faxriy mehmonlar “Ipak yo‘li” universiteti imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Mehmonlarning ta’kidlashicha, universitet kampusining qulay infratuzilmasi, yuqori texnologiyali imkoniyatlar va boy kutubxona ularda katta taassurot qoldirdi. “WizzAir Abu Dhabi” vakillari ta’kidlaganidek, yaqin orada Birlashgan Arab Amirliklaridan talabalar universitetning chet ellik talabalari safini toʻldirishida umidlari komil.

57 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar