Joriy yilning 24-26-oktabr kunlari Toshkent viloyatining Bustonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida Respublika Oliy ta'lim muassasalari yoshlar yetakchilari forumi doirasida universitet yoshlar yetakchisi Haydarov Sarvar ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida yetakchilik mahorati, loyiha boshqaruvi va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish mavzulari bo'yicha mahorat darslari tashkil etilmoqda.
10-11 oktyabr kunlari Ipak yo'li universiteti sport bazasida universitet talabalari jamoasi o'rtasida talabalarimizning mahorat darajasini oshirish uchun badminton bo'yicha Master-klass o'tkazildi. Master-klass Samarqand viloyati badminton Federatsiyasi raisi Timofeev Ulyan Petrovich ishtirokida o'tkazildi. Ushbu tadbir yakunida universitet talabalari universitetda badmintonning yanada rivojlanishiga va Universiadada ishtirok etish uchun jamoaning o'yin darajasini oshirishga yordam beradigan yangi taktik texnikani o'rgandilar
"Ipak yo‘li " xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari ishtirokida "Debate club" o'z faoliyatini boshladi! Klubdan ko'zlangan maqsad yoshlarning turli mavzulardagi dunyoqarashini o'stirish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdir.
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 14 oktabrdagi 2/18-1/2-9-sonli xatiga ko‘ra, 2022 yil 25 oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova hamda faol xotin-qizlari o‘rtasida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, hotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat kechasida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi va talaba-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan asrash kabi masalalar haqida so‘zlar yuritildi. Ushbu mavzu yuzasidan fakultet boshlig‘i R.Toshniyozova, Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova hamda universitetning boshqa faol liderlari tomonidan talaba-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari, ulardan himoyalanish, xotin-qizlar va erkaklarning jamiyatdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Davra suhbatida taklif va mulohazalar bildirildi, mavjud muammolarga yechimlar berildi. Davra suhbati davomida Kengash tarkibida "Oqila ayollar" klubi tuzildi, klub a’zolari belgilandi.
Ma’lumot uchun: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida xotin-qizlarning zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga duch kelganda murojaaat qilishlari uchun 1006 ishonch telefoni hamda @himoya_otv_bot tashkil etilgan.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalar o'rtasida shaxmat turniri o'tkazildi. Turnirda universitetning Turizm menejmenti fakultetidan shaxmat ixlosmandlari bo'lgan talabalar ishtirok etdi.Ko'tarinki ruhda o'tgan bahslar yakuniga ko'ra 1-kurs talabasi Abdusalimov Nurbek 1-o'rinni, 2-kurs Raxmatov Lazizjon 2-o'rinni, 3-kurs talabasi Yo'ldoshev Shaxriddin 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti “Tillar” kafedrasining kengaytirilgan 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
O‘tkazilish kuni: 27.10.2022-yil
O‘tkazilish vaqti: 10:00
O‘tkazilish joyi: 108-xona
Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
Join Zoom Meeting:
https://us02web.zoom.us/j/86408998317?pwd=NG1sQUNtSHQ4SWhUYTVsdWNWR2hoZz09
Meeting ID: 864 0899 8317
Passcode: 718733
“21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash va uni yuqori saviyada o‘tkazish munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari ishtirokida “Tillar” kafedrasi jamoasi va IT boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan ushbu videorolik o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 33 yilligiga bagʻishlanadi.
Unda universitet professor-o’qituvchilari va talabalari ham ishtirok etdi.
Tadbir avvalida xalqimizning milliyligi, o’zligi va barcha qadriyatlarini o’zida jam etgan ona tilimizga e’tibor bugun har qachongidanda kuchayganligi ta’kidlandi. Xususan, bugun dunyo bo’yicha 50 million kishi o’zbek tilida so’zlashishi fakt sifatida keltirildi.
Talabalar va teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko’tarinkilik baxsh etdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida “Tillar” kafedrasi hamda “Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar” bo‘limi tashabbusi bilan universitet talabalari o‘rtasida “Til bilimdonlari” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Zakovat o‘yinida 50 ga yaqin ishtirokchi til, o‘zbek tili va leksikologiyaga doir berilgan savollar bo‘yicha bilimlarini sinab ko‘rishdi. Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, 1-o‘rinni “Omicron” jamoasi, 2-o‘rinni “Pantagram” jamoasi, 3-o‘rinni “Urfan” jamoasi qo‘lga kiritdi. Gʻolib jamoalarning a’zolari va intellektual o‘yinda faol ishtirok etgan bir guruh talabalar esdalik sovg‘alar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz