“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 641-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosi hamda ularning oliy ta’limda o‘qishlari to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida Samarqand shahridagi 1-son maxsus maktab o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari ishtirokida tanishtiruv loyihasi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida oliy ta’lim tizimi va universitetda yaratilgan sharoyitlar bilan tanishtiruv va o‘quvchilarni qiziqishlari bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida 2022-yilning 29-noyabr kuni “Rivojlanayotgan bozorlarda CSR va ESG” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Bo‘lib o‘tadigan tadbirning maqsadi – O‘zbekistonda barqaror biznes amaliyotini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratish, bu borada milliy va xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish, Korporativ ijtimoiy ma’suliyat (CSR), Ekologik va ijtimoiy korporativ boshqaruv (ESG) va Barqaror turizm rivojlantirish tamoyillarini yurtimizda tadbiq qilish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalar yurituvchi subyektlarning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirishdir.
Konferensiyada tegishli vazirlik va idoralarning ma’sul xodimlarni, milliy tahlil markazlari va konsalting kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, xususiy sektor va davlat ishtirokidagi korxonalari, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada qatnashishni xohlaydigan talabgorlar quyidagi raqamga:
+99871 271 77 00 (1041) va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. yoki Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochtasi orqali 18-noyabrgacha murojaat qilishlari mumkin.
2022-yilning 28-29-noyabr kunlari “Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: g‘oyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
15-16-noyabr kunlari YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi doirasida 17-noyabr sanasida Samarqandga kelgan delegatsiyaga Samarqand shahrining maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablari hamda Samarqandning diqqatga sazovor joylarida uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida universitetning bir guruh talabalaridan iborat volontyor-tarjimonlar jamoasi faoliyat olib bordi.
Joriy yilning 18 noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga Samarqand shahar xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi 6 - umumta’lim maktabining 11 sinf bitiruvchi o’quvchilari tashrif buyurishdi.
Ekskursiya davomida o'quvchilarga o‘quv-ishlab chiqarish kompleksiga kiruvchi mehmonxona xona namunalari, bar-restorani, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan 250 kishiga mo‘ljallangan konferens-zali, kafeteriy usulida qayta ta’mirlangan oshxonasi, sport zali, shuningdek va kutubxona namoyish etilib, batafsil ma’lumotlar berildi.
Xalqaro YUNESKO tashkiloti dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni o'rnatish, millatlar va ellatlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshiririb, hozirda bag'rikenglikka oid 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilingan.
Ularning yorqin namunasi 1995-yil 16-noyabrdan boshlab "16 noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni" sifatida butun dunyoda nishonlab kelinmoqda. Bu sanani O‘zbekistonda nishonlash ham yaxshi an’anaga aylangan. Shu yilning 15-20 noyabr kunlari yurtimizda Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan “Bag‘rikenglik haftaligi” dasturi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mahalliy va xorijiy talabalari va YUNESCO tashkiloti ta’lim sektorining bosh director o’rinbosari Stefania Giannini bilan davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv mobaynida talabalar "Xalqaro bag'rikenglik kuni" bilan bir-birlarini muborakbod etdilar. Bundan tashqari uchrashuv turli qiziqarli savol-javoblar va muloqotga boy bo'ldi.
Har qanday davlatning kelajagini ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom va intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan yoshlar belgilaydi. Zotan, yoshlarga e’tibor mamlakatimiz kelajagiga bo‘lgan e’tibordir.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “2022-2026- yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darjasini yanada yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 222-sonli qarori ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 2-ilovasi 56-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Rahbar bilan bir kun” shiori ostida Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i polkovnik Ismoilov Ilxom Ismoilzoda boshchiligidagi mas’ullarning «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» 17- noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba yoshlari bilan o‘tkazildi.
Tashkil etilgan mazkur tadbirda Ismoilov Ilxom Ismoilzoda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida alohida to‘xtalib o‘tdi va o‘zining hayoti, ish-tajribasi, erishgan yutuqlari, raxbarlik faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.
Ismoilov Ilxom Ismoilzoda katta hayotga o‘zining fikrlari va qarashlari bilan intilayotgan universitet talabalari bilan ularni qiziqtirgan turli mavzularda qizg‘in suhbat o‘tkazib, har bir talabaning iqtidori va salohiyatini kuzatar ekan, ularning xorijiy tillarga, iqtisodiyotga, IT yo‘nalishi va asosiysi turizmga yo‘naltirilgan g‘oyalari va mahoratlaridan mamnun bo‘lib, maqsadlari sari intilishlarida omad tiladi.
Davra suhbati qizg‘in savol javoblarga ulanib, talabalarda katta taassurot qoldirdi. O‘z savollari bilan faol ishtirok etgan talabalar esa polkovnik Ismoilov Ilxom Ismoilzoda tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Uchrashuv so‘nggida universitetimiz hovlisida daraxt ekish marosimi tashkil etilib, polkovnik Ismoilov Ilxom Ismoilzoda va universitet talabalari bilan xamroxlikda ko‘chat ekildi.
“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” kafedrasi tomonidan kafedra professor-o’qituvchilari va bir guruh talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi” Qonuni qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab, “Bayroqqa sadoqat - yurtga sadoqat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri, PhD. A.Odilov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda yig‘ilganlarni Vatanimiz mustaqilligining timsoli hisoblangan bayrog‘imizning 31 yilligi bilan tabrikladi. Bayrog‘imizga nazar solganimizda ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etishimiz alohida ta’kidlandi. Tadbirda bir guruh faol talabalar ham ishtirok etib, professor-o’qituvchilar bilan hamsuhbat bo’lishdi.
Tadbirga mehmon sifatida teklif etilgan “Tillar kafedrasi” o’qituvchisi Z. Bektimirov o’zining bayroq haqidagi his-hayajonli so’zlari bilan vatanga bo’lgan cheksiz muhabbatning bir qismi aynan bayroq orqal ifodalash mumkin ekanligini so’zlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. Davlat ramzlari qatorida hur bayrog‘imiz xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi, intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr, iftixor bag‘ishlaydi va u mangudir!
“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning18-noyabrida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan "Doim hilpirayver yurtim bayrog'i" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i Ismoilov Ilxom Ismoilzoda va universitet o'qituvchilari, talabalari bilan hamkorlikda o'tkazildi. Tadbirda talabalar davlatimiz ramziga turli xorijiy tillarda tavsif berdilar.
Bugun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida UNESKO Bosh direktori o‘rinbosari Stefania Giannini, UNESCOning madaniy diplomatiya bo‘yicha maxsus elchisi Hedva Ser, Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligining parlamenti kotibi Niels Annen va O'zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirokida “Tinchlik daraxti” monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Tinchlik daraxti" monumenti muallifi atoqli haykaltarosh Xedva Ser bo'lib, uning asarlari butun dunyoga mashhur.
Ta'kidlash kerakki, ramziy ma'noga ega ushbu monument ilk bor 2008-yilda UNESCO bilan hamkorlikda Isroilda o‘rnatilgan. Keyinchalik esa Germaniya, AQSh, Ozarbayjon, Qozog'iston, Andorra, Gretsiya, Malta va boshqa davlatlarda ham o‘rnatildi. Bugunga qadar 17 ta davlatda "Tinchlik daraxti" mavjud edi. Samarqanddagisi esa 18-"Tinchlik daraxti" bo‘ldi. Ushbu monument bronzadan yasalgan bo‘lib, og‘irligi 750 kilogrammga teng.
"Monumentni o‘rnatish jarayonlarida bir jihat e'tiborimni tortdi, — dedi Xedva Ser xonim. — Odatda, boshqa joylarda “Tinchlik daraxti”ni yaratish uchun uch oygacha vaqt sarflaganmiz. Samarqandda esa to‘rt hafta yetarli bo‘ldi".
Ma'lumot uchun, bu san’at asarining dunyoda keng e’tirof etilishi muallif haykallarida uchta yetakchi din – yahudiylik, islom va nasroniylik timsollarini uyg‘unlashtirgani bilan bog‘liq.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz