2022-yil 10-dekabr kuni soat 10:30da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Buxoro davlat universiteti mustqail izlanuvchisi Qodirov Azizjon Anvarovichning “Ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari” mavzusida yozilgan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tadi.
“Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Maxmudova Zarina tomonidan 1-kurs, Tour-121 guruhi talabalari uchun ochiq dars tashkil qilindi. Darsga Malika Praym mehmonxonasi menedjeri Anna Vladimirovna, Grand Samarkand Superior mehmonxonasi menedjeri Ismatova Zarnigor va Turizm menejmenti kafedrasi mudiri dots. v.b. Akmaljon Odilov va kafedraning professor-o‘qituvchilari taklif etildi.
Ochiq darsni “Turizm menejmenti” kafedrasi muduri, dots. v.b. Akmaljon Odilov ochib berib, ilm-fan amaliyot bilan uyg’un holatda tashkil etilishining zarurati haqida fikr bildirdi.
Ochiq dars talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni malakali soha mutaxassislari bilan muhokama qilib olishga imkon yaratdi. Shuningdek, har ikkala menedjerlar o‘z faoliyatlariga oid talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berishdi.
Dars so‘ngida mehmonlar talabalarni ochiq dars davomida muhokama qilinganlarning barchasini mehmonxonaning o‘zida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zlari faoliyat olib borayotgan mehmonxonaga amaliy tashrif bilan borishga chaqirdi.
Hurmatli abiturientlar, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Sizlarga Magistraturaga mutaxassisliklariga bahorgi semestr uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlanganini e’lon qiladi!
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ipak yo‘lida joylashgan davlatlar, ShHTga a’zo davlatlar va Turkiy davlatlar tashkiloti fuqarolariga 1 yillik Magistratura mutaxassisliklari uchun kvota-grant o‘rinlari ajratilganini va qabul jarayoni boshlanganini e’lon qilib, o‘qishga taklif qiladi.
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:
Hujjatlarni qabul qilish universitetning rasmiy veb-sayti: admissions.univ-silkroad.uz orqali 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 20-yanvargacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori ko‘rsatkichli xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet qabul komissiyasining elektron pochta manziliga (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 66 240-67-70
+998 66 240-86-16
+998 66 240-67-86
+998 66 240-86-06
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!
Oʼzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sophie Ibbotson 1 dekabr kuni “Ipak Yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Faxriy mehmonni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Universitetning noyob smart-kampusi, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlariga boy unikal galereya, hamda universitetning innovatsion kutubxonasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi farmoniga muvofiq o’tqazilayotgan “2022-yil 30-noyabr – 2-dekabr kunlari o‘tkaziladigan “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida 1 dekarb kuni Rossiya Federatsiyasining ATOR a’zolari “Ipak Yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Faxriy mehmonlarni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Universitetning noyob smart-kampusi, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlariga boy unikal galereya, hamda universitetning innovatsion kutubxonasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida universitet talabalari hamda tyutorlar ishtirokida " Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida "Ma’rifat inson ma’naviyatining cho‘qqisi bo‘lsa, jaholat uning aksi inson zotining zavoli, kushandasidir" mavzusidagi ijtimoiy-axloqiy video-rolik namoyish etildi va undan talabalar o'zlari uchun yetarlicha xulosa oldilar. Tadbir doirasida aytib o'tilgan fikr-mulohazalardan esa talaba-yoshlar O‘zbekistonda jamiyatni tubdan yangi demokratik asoslarda qurish va uni har tomonlama rivojlantirish xalqning dunyoqarashi, ma’naviyati bilan bevosita bog‘liq ekanligini chuqur anglab yetishdi.
Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam koʻrsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan bugun Samarqand shahrida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida yurish marafoni tashkil etildi. Yurish marafonida universitet jamoasi ham ishtirok etdi.
Ma’lumotlarga koʻra, bugungi kunda dunyoda OITSga chalingan bemorlar soni 38 million kishidan oshadi.
Joriy yilning 30 noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Samarqand shahar xalq ta'limi bo'li tasarrufidagi 57 - umumta’lim maktabining 10 va 11 sinf bitiruvchi o’quvchilari tashrif buyurishdi.
Ekskursiya davomida o'quvchilarga o‘quv-ishlab chiqarish kompleksiga kiruvchi mehmonxona xona namunalari, bar-restorani, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan 250 kishiga mo‘ljallangan konferens-zali, kafeteriy usulida qayta ta’mirlangan oshxonasi, sport zali, shuningdek va kutubxona namoyish etilib, batafsil ma’lumotlar berildi.
Ссылка для онлайн-регистрации и подробная информация о курсе доступны по адресу: https://www.itecgoi.in/stream_list Кандидат должен представить надлежащим образом заполненную физическую копию / печатную копию заявления не позднее, чем за 15 дней до начала курса.
2022 yil 26-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda Qo‘ziboyev Boxodir Azzamboy o‘g‘lining “Hududlarda inklyuziv turizmni rivojlantirishning istiqbollari” mavzusidagi 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasining himoyasi universitetning katta anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz