Joriy yilning 17-yanvar kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan talabalar turar-joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar o‘rtasida «Talaba qizlar haq-huquqlari, qadr-qimmati va sha’ni himoyada!» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda universitet psixologi D.Turdiyeva ishtirok etdi.
Ayni kunlarda talabalar turar-joylariga kelib joylashayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari va yotoqxonadagi issiqlik manbalari holati o’rganildi. Ushbu o’rganish jarayonida universitet vakillari TTJda istiqomat qiluvchi talaba qizlarga havo haroratining pasayib ketishi natijasida o’z sog’liklariga e’tiborli bo’lish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba qizlar o‘rtasida doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan yig‘ilishlarning bu galgi mavzusi «Talaba qizlar haq-huquqlari, qadr-qimmati va sha’ni himoyada!» deya nomlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning Oliy Majlis va xalqqa Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga to’xtaldi. Ushbu mavzudagi bahs-munozara shaklida o‘tgan davra suhbati qizlarimizning o‘z o‘y-kechinmalarini bildirish imkonini berdi va ularning nechog‘lik ilg‘or, teran va mustaqil fikrli ekanligini namoyon etdi. Ular “Oila oldidagi burchimiz nimadan iborat?”, “Siz oilaviy hayotga tayyormisiz?”, “Oilada erkakning o‘rni qanday bo‘lishi kerak?”, “Oila va nikoh tushunchalariga munosabatingiz”, “Oilaviy nizolar va ularning qanday turlarini bilasiz?”, “Hiyonat va sadoqat tushunchalarini izohlang” kabi savollariga javob berishdi.
M.Abbasova, D. Turdiyeva o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, qizlarga qimmatli maslahat va tavsiyalar berishdi. O‘z navbatida, oila atalmish qurg‘onni qadrlash, avaylash, uni muqaddas sanash, mas’uliyatli bo‘lishga chaqirishdi. Psixolog D.Turdiyeva “Orzular xaritasi” nomli ajoyib motivatsion trening o’tkazdi. Ijobiy emotsional muhitda o’tgan tadbirda qiziqarli o’yinlar, mashqlar barchaga manzur bo’ldi. Shuningdek, oila haqida to‘xtalib, uning inson hayoti, shaxs kamoloti uchun nechog‘lik muhim ekanligini psixologik jihatdan tushuntirdi.
Shuningdek, muloqot davomida talaba qizlar bilan individual tarzda suhbatlar olib borildi. Qizlarning tegishli holatlari yuzasidan fikrlari, taklif-mulohazalari tinglandi.
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:
- 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
- 08.00.11 - Maketing
- 08.00.13- Menejment
- 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati
Hujjatlar 2023-yilning 15-fevraligacha qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 22-maydagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yilgan davlat talablari” va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga talabgorlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va https://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:
1) Ariza;
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, ilovalari bilan birgalikda;
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
6) Pasport nusxasi;
7) 3x4 rasm, 2 dona;
8) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;
9) Ish joyidan tavsifnoma
10) Til sertifikati
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va https://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:
1) Ariza;
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4) Falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
6) Pasport nusxasi;
7) 3x4 rasm, 2 dona;
8) Ish joyidan tavsifnoma
9) Til sertifikati
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi. Suhbat mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi
Murojaat uchun telefon: +998 90 603 55 23; +998 91 033 80 81
Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
14-yanvar yurtimizda O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog‘liqdir: 1991-yilning 31-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Shu kuni e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi bayonot esa milliy Qurolli kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 1991-yil 6-sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi. 1992-yil 3-iyul kuni Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 1992-yilning 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko‘ra, davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi.
Ushbu bayram, nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o‘tkaziladi, Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan.
Mazkur bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2023 yilning 13 yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlari jamoasi tomonidan esdalik sovg’alar va universitet faol xodimlaridan bir guruhiga tashakkurnomalar taqdim etildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlari jamoasi barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaydi hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilab qoladi. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang! Bayramingiz muborak, azizlar!!!
Assalomu alaykum hurmatli universitet professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari.
2023-yil 18-yanvar kuni 13:00 da Universitet Faollar zalida Rossiyalik mashhur qo’shiqchi va bastakor, “Lady Blues” hamda “City Blues Project” loyihalarining tashkilotchisi, Latviya. Estoniya, Finlyandiya, Fransiya kabi bir qator xalqaro Jaz va Blues festivalllarining ishtirokchisi Lene Sheri va rok gitarist Daniil Buyanov hamda universitet musiqa guruhining O‘zbekiston Respublikasining Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan konsert dasturiga taklif etamiz.
Psixolog minbari
O‘zining unikal o‘quv-sog‘lomlashtirish metodikasi bilan butun dunyo bo‘ylab millionlab kishilarga sog‘lom, sifatli hayot quvonchini hadya etgan ajoyib inson, psixologiya fanlari doktori Mirzakarim Norbekovning “O‘z ustingda ishla!” kitobidan bir parchani hukmingizga havola etmoqchiman. O‘ylaymanki, siz ham sog‘lom va sifatli, eng asosiysi, baxtli hayot sari ilk qadamlarni tashlaysiz.
Biz o‘z tanamizda xuddi ijarachidek yashaymiz, unda bo‘layotgan jarayonga munosabatimiz ham aslida shunday. Endi vaqtinchalik yashash joyimizni xususiylashtirish payti keldi, uni haqiqiy egalaridek ta’mirlashga kirishamiz.
Dastavval, bu yerda nimalar sodir bo‘layotganiga yaxshilab razm solamiz: jo‘mrakdan suv tomyapti, unitaz tiqilib, eshik osilib qolgan, deraza romlari ko‘chib ketib, yelvizak degani g‘uv-g‘uv uryapti. Bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolar kam emas. Bunday ahvolda yalqovlik haqida butunlay unutib yuborish kerak. Demak, siz o‘zingizni qo‘lga olgan holda ishga kirishib, dilingizda muvaffaqiyat qozonishingizga ishonch hosil qiling. G‘alabaga bo‘lgan ishonch insonga kuch bag‘ishlaydi, uni ilhomlantiradi.
Batafsil ma’lumot – stipendiumhungaricum.hu
“Arizalar qabuli to‘g‘risida e’lon” (“Call for Applications” – hujjatlarni topshirish tartibi) bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz. Stipendium Hungaricum – https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ veb-saytida keltirilgan.
O‘zbekiston tomonidan muvofiqlashtiruvchi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hisoblanadi.
Vengriya hukumati tomonidan e’lon qilingan "Stipendium Hungaricum" stipendiya dasturiga ariza topshirishning oxirgi muddati — 2023 yil 16 yanvar, 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti (CET)).
Ushbu stipendiya dasturi doirasida Vengriya tomoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 2023/2024 o‘quv yilida quyidagi tartibda jami 170 ta ta’lim grantlarini taqdim etadi:
20 ta o‘rin – bakalavriat;
10 ta o‘rin — bakalavriat magistratura bilan birlashtirilgan, ya’ni, hujjatlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi, unga magistratura (OTM – One time master) ham kiradi, o‘qish muddati ta’lim yo‘nalishiga qarab 5 yoki 6 yil;
60 ta o‘rin – magistratura;
60 ta o‘rin – doktorantura (PhD);
20 ta o‘rin — Jismoniy tarbiya universitetida o‘qish uchun (Budapesht shahrida).
Grantlardan Vengriya universitetlarida qisqa muddatli kurslar uchun ham foydalanish mumkin.
Qo‘shimcha tarzda, quyidagilarni ma’lum qilamiz:
«Arizalar qabuli to‘g‘risida e’lon» («Call for Applications»)ning 3.4.2-bandi yuzasidan ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hujjatlarni onlayn yoki qog‘oz shaklida topshirish talab etilmaydi.
Barcha hujjatlarni onlayn formatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Tempus Public Foundation” (Vengriya tomonidan ushbu stipendiya dasturining muvofiqlashtiruvchisi) ko‘rsatgan platformaga yuborish kifoya.
Dastlabki bosqichda hujjatlar Vengriya tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganilib, tanlov talablariga javob bermaydigan barcha hujjatlar ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi.
“Short list” (saralanganlar ro‘yxati)ni Vengriya tomoni tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan maslahatlashganidan so‘ng nomzodlarni 1 dan 170 gacha (asosiy ro‘yxat) va undan keyin 170 dan 340 gacha (zaxira) ketma-ketlikda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboradi.
O‘qishga qabul qilish bo‘yicha yakuniy qaror Vengriya tomonidan qabul qiluvchi Vengriya universitetlarining qarorlari asosida qabul qilinadi.
O‘qishga qabul qilayotgan Vengriya universiteti yoki koordinatorlar, lozim bo‘lganda, nomzodni onlayn intervyuga taklif qilishlari mumkin.
Nomzodlarning ro‘yxatdagi joylashuvi qat’iy ravishda ajratilgan kvotalar doirasida belgilanadi — 20 (bakalavr), 10 — (bakalavr bilan qo‘shilgan magistratura darajasi), 60 — (magistratura), 60 — (doktorantura), 20 — Jismoniy tarbiya universiteti (Budapesht shahri.).
Ro‘yxatda ketma-ketlik bo‘yicha joylashtirish (baholash) tartibi O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Muhandislik-texnika, shuningdek, tibbiyot, farmasevtika, biotexnologiya, kimyo, geologiya, fizika, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, energetika, muqobil energiya manbalari va boshqa shu kabi yo‘nalishlarga hujjat topshirganlarga imtiyoz beriladi.
Oliy ta’lim muassasada ish tajribasi, chet tillarini bilish ahamiyatga ega bo‘ladi. Imtiyoz o‘qishni 2023 yilda tugatmoqchi bo‘lganlarga emas, balki 2023 yilning 16 yanvariga qadar u yoki bu bosqichni tamomlaganlarga beriladi.
O‘z kasbiy faoliyatini respublikada, ayniqsa, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida, respublika ilmiy markazlarida va shu kabi muassasalarda davom ettirmoqchi bo‘lgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Psixolog minbari
Siz hasad (nima deyapsiz, meni kim deb o‘ylayapsiz, hasadgo‘y emasman, deguvchilar bo‘lsa, unda siz havas qiladigan odamlarning nomlarini keltirib o‘ting) qiladigan insonlarning ro‘yxatini tuzib chiqing.
Ha-ha, shunday qiling va aslo hayron bo‘lmang, Chunki hasad – juda bir qiziq, ajoyib desak ham bo‘ladi, tuyg‘u. Aynan shu tuyg‘u tufayli sizning ong osti xohish-istaklaringiz namoyon bo‘ladi. Sizda yetishmayotgan, siz orzulayotgan narsalarni ochib beradi. Shunday ekan, hasaddan unumli foydalanib, uni konstruktiv emotsiyalarga aylantirishimiz lozim.
O‘zga insonlarda ko‘radigan jihatlarimiz – bizniki, boshqalar bizda ko‘radigani – ularniki. Atrofimizda, hayotimizda ro‘y berayotgan hamma narsa – o‘zimizning aksimiz, ifodamiz. Sizdagi zaif tomonlar, negativ jihatlarni bilmoqchi bo‘lsangiz, atrofingizdagi odamlarda sizni g‘ashingizni keltiradigan, jahlingizni chiqaradigan narsalarga e’tiborli bo‘ling.
Assalom alaykum!
Mana, 2022-yilning ham oxirgi kunlari, o'tib bormoqda..... Bu yilda ushalmagan orzu niyatlarga kelayotgan yilda erishaylik! Hamisha oilangizda mehr-oqibat, baxt saodat hukm sursin!
Barchaga kirib kelayotgan yangi yil muborak bo'lsin!
Dear students!
We invite you to a Admissions Information Meeting between Zhejiang International Studies University (ZISU) and “Silk Road” International University of Tourism and Cultural Heritage (SIUTCH)
APPLICATION GUIDELINE
1. Identity document (passport/ID card);
2. Bachelor’s degree diploma;
3. Photo 3x4;
4. CV of the applicant (contacts and e-mail of applicant for further connection);
5. Language proficiency certificate (IELTS – 6.0, TOEFL iBM – 72 score, HSK-Score);
6. Essay (plans after graduation, on the topic of “Contributing to the development of tourism(or culture) of the SCO countries”, 1-1,5 pages length).
Application Deadline: January 10, 2023.
The students academic exchange program is supported by Zhejiang International Studies University based on signed Memorandum of Understanding between "Silk Road" International University of Tourism and Cultural Heritage and Zhejiang International Studies University (ZISU), to recognize the benefits to be gained by both institutions through cooperative interactions that strengthen academic entities of both institutions.
You do not need to pay tuition fees and campus dorm fees to the host institution but will be personally responsible for other fees, including but not limiting to airfare, registration, textbook rental, health insurance, any special course fees and all personal expenses while being abroad.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz