Administrator

Administrator

Joriy yilning 13-18-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan VIII Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘ining  (8th General Assembly of SUN) umumiy assambleyasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari ishtirok etishdi. Universitetimiz vakillari Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mansurova Nargiza Shamsidinovna va 4-bosqich talabasi Ramziddin Ergashevlar konferensiyaga tashrif buyurgan universitetlar vakillari bilan kelajakda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Tadbir yakunlariga ko‘ra universitetimiz vakillari bir necha universitetlar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladailar. Bular orasida Qozog‘izstonning “Al-Farabi Kazakh National University” , Turkiyaning “Ankara University”, Italiyaning “Ca’ Foscari University of Venice”, “L’Orientale University of Naples” Mongoliyaning “National University of Arts and Culture”, Ruminiyaning “Transilvania University of Brasov”, Hindistonning “University of Dehli” Eron Islom Respublikasining “University of Guilan” kabi mashhur universitetlar bor. Yaqin kelajakda hamkor universitetlar bilan turizm va madaniy meros sohalarida xalqaro kadrlar va talabalar almashinuvini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

“Ipak Yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Yaponiyaning Aichi prefekturasi universiteti professori Kavabati Hiroaki boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi. Mehmonlarni “Ipak Yuli” TMMXU ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Tony Tzou qabul qildi.
Tashrifdan asosiy maqsad tomonlar o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdir.
Muzokaralar davomida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilarning akademik dasturlar va qo‘shma ilmiy loyihalardagi ishtiroki borasida o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Ipak Yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o’qituvchi va talabalari bilan uchrashuv o’tkazib, universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shanba, 18 Fevral 2023 11:53

TSUKUBA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK

Bugun universitetimizga Yaponiyaning Tsukuba Universiteti Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakultetining xalqaro aloqalar professori Temur Dadaboyev universitetimiz ga tashrif buyurdi. Prof. T.Dadaboyevni universitetimizning Birinchi prorektori prof. Jo'liboy Eltazarov qabul qildi. Bo'lib o'tgan suhbatda Tsukuba Universiteti va Ipak Yo'li Turizm va madaniy meros universiteti o'rtasida o'quv va ilmiy ishlarda hamkorlik, o'qituvchilar va talabalar almashish masalasi muhokama qilindi. Bugungi kunda universitetimizda Tsukuba universitetidan olima, PhD Sono Fukumota shartnoma asosida faoliyat ko'rsatmoqda.

2023-yilning 16-fevral kuni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov, O‘quv ishlari bo‘yicha  prorektor J.Xoffmanlar tomonidan universitetning 4-bosqich talabalari o‘rtasida amaliyotni tashkil etish bo‘yicha “ochiq muloqot”  bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bir qancha turizm sohasiga daxldor bo‘lgan 150 ga yaqin tashkilotlar bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomasi asosida talabalar amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi aytib o‘tildi.  

Joriy yilning 20-fevralidan  boshlab,  4-kurs bitiruvchi talaba-yoshlarni amaliyotga yuborilayotgani, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun xamkor-tashkilotlarda barcha amaliyot turlari, ya’ni tanishuv amaliyoti, ekskursion amaliyoti, o‘quv amaliyoti, malakaviy amaliyot,  ishlab chiqarish amaliyotlari yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida,  amaliyot o‘tashning talablari, amaliyotni o‘tish mexanizmlari va barcha kerakli ma’lumotlar berildi.

 Har bir talabaga amaliy tajriba zarurligi, ayniqsa turizm sohasida talaba faqat nazariyani o‘rganib hech qachon malakali mutaxassis bo‘la olmasligi, talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, islohotlarni amalga oshirishda yetakchi drayverlariga aylantirish, faol fuqarolik pozitsiyaga ega bo‘lishlarida barcha sharoitlarni yaratish bu universitetning oldidagi ulkan vazifa hamda majburiyat ekanligini ta’kidladilar.

 Bundan tashqari, “ochiq muloqot” paytida talabalar bir qancha takliflarini aytdilar, hamda ularga takliflar inobatga olinib ko‘rib chiqilishi aytildi. Xulosa qilib aytganda, universitet rahbariyati va universitet talabalari bunday uchrashuvlarni “ochiq muloqot” formatida muntazam o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

2023-yil 22-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zou Tong Qian hamda Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan universitetimiz professor o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, magistratura hamda bakalavriat bosqichi talabalari uchun xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish hamda ilmiy tadqiqot ishlari sifatini oshirish maqsadida onlayn seminar trening o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Seminarda Avstraliyaning ECU (Edith Cowan University) universiteti professori Songshan (Sam) Huang o‘zining maruzasi bilan ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun: Songshan (Sam) Huang ECU universiteti Biznes va Huquq (SBL) fakulteti Turizm biznesi va xizmatlari marketingi bo‘yicha professori hisoblanadi va shu bilan birgalikda u SBL turizm tadqiqotlari markazi direktori hisoblanadi. Professor Xuang xalqaro miqiyosda turizm va mehmondo‘stlik industriyasi tadqiqotlari bo‘yicha samarali tadqiqotchi dunyodagi yetakchi olimlardan biri sifatida tan olingan. Hozirgi vaqtga qadar Professor Xuangning xalqaro e’tirof etilgan bazalarga kiritilgan jurnallarda 140dan ziyod maqolalari chop etilgan. Shulardan 120 ta maqola SSCI indeksli jurnallarda chop etilgan. Professor Xuang maqolalari turizm, mehmondo’stlik industriyasi va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida top jurnallarda jumladan Journal of Travel Research, Tourism Management, Information and Management, Journal of Sustainable Tourism, Journal of Destination Marketing and Management, International Journal of Hospitality Management, Cornell Hospitality Quarterly, Journal of Hospitality and Tourism Research, International Journal of Tourism Research, and Journal of Travel and Tourism Marketing kabi jurnallarda chop etilgan. 2021-2022 yillarda Stanford universiteti xulosalariga ko‘ra Professor Xuang dunyoning top 2% olimlari qatoriga kiritilgan (Elsevier BV (digitalcommonsdata.com).

Uning hozirgi vaqtda Google Scholardagi h-indexi 48 va Scopusdagi h-indexi 36. Hisoblanadi. Professor Xuang ko‘plab sanoatdan xabardor amaliy tadqiqot loyihalarida ishtirok etgan. Uning sohadagi tadqiqot hamkorlari orasida Sidneydagi Xitoy Milliy sayyohlik idorasi, Avstraliya turizm tadqiqoti boshqarmasi, Mintaqaviy rivojlanish agentligi: Riverland va Myurreylendlar, Suveren Xill muzeylari uyushmasi kabi sanoat uyushmalari va Le Cordon Bleu kabi xususiy ta’lim provayderlari kiradi. O‘zining xalqaro hamkorligi orqali u turli mamlakatlardan katta miqdordagi tadqiqot mablag‘lariga ega bo‘lgan.

Professor Xuang taklif etilgan asosiy ma’ruzachi yoki panelist sifatida turli tadqiqot konferensiyalarida, sanoat yoki hukumat tomonidan tashkil etilgan forumlarda tez-tez so‘zga chiqadi. U Xitoy turizm tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasi (IACTS) hammuassisi, mehmonxona, restoran va institutsional taʼlim boʻyicha xalqaro kengash (I-CHRIE) va Osiyo-Tinch okeani CHRIE va Avstraliya universiteti kengashi aʼzosi. Turizm va mehmondo'stlik ta’limi (CAUTHE). U Avstraliya-Xitoy turizm tadqiqotlari tarmog‘ining (ACTReNet) asoschi direktori (web link: http://www.ecu.edu.au/schools/business-and-law/research-activity/australia-china-tourism-research-network-actrenet) hisoblanadi..

Hozirda professor Xuang 7 ta jurnalning tahririyat kengashida xizmat qiladi: International Journal of Tourism Research, Journal of Travel Research, Journal of Travel & Tourism Marketing, Journal of China Tourism Research, Journal of Teaching in Travel & Tourism, Turizm iqtisodiyoti va Turizm menejmenti. U Buyuk Britaniyada Taylor & Francis tomonidan chop etiladigan yirik xalqaro turizm jurnallaridan biri bo‘lgan Turizmni rejalashtirish va rivojlantirishning bosh muharriri hisoblanadi.

Seminar o‘tkazilish vaqti: 22-fevral 11:00

Seminar o‘tkaziladigan joy: universitet binosi 230-xona

“Silk Road” International University of Tourism and Cultural Heritage приглашает вас на запланированную конференцию: Zoom.

Тема: TOURISM RESEARCH: Frontier developments in topics and methods
Время: 22 февр. 2023 11:00 Исламабад, Карачи, Ташкент

Подключиться к конференции Zoom
https://us02web.zoom.us/j/87848565348?pwd=T3dSU0pKcEkyYXdSVmFYYUxsbjU0UT09

Идентификатор конференции: 878 4856 5348
Код доступа: 357949

 

Ayni damda Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahrida bo‘lib turgan universitetimiz vakillari Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mansurova Nargiza Shamsidinovna va universitet talabasi Ramziddin Ergashevlar VIII Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘ining umumiy assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etishdi.

Tadbir davomida BAAdagi Kanada universiteti Dubay kampusida bo‘lib o‘tgan “Sun’iy intellekt (AI) va kata ma’lumotlar (BD) davridagi universitetlarning roli: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etgan. Universitetimiz vakillari konferensiyaga tashrif buyurgan hamkor universitetlar bilan birga tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qilishdi va aniq yo‘nalishlari belgilab olishdi.

 PDF: BATAFSIL TANISHISH

❗️ Eslatib o'tamiz: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga muvofiq 2022/2023- o'quv yilidan boshlab magistratura qabuli bo'yicha belgilangan yangi tartib, jumladan, magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlari, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri – Sidikova Mastura Xakberdiyevna va Xalqaro oʻqituvchilar va talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi – Muxamednazarova Irina Vladimirovna Kota universitetida BRIKS boʻyicha ikkinchi ilmiy anjumanda ishtirok etishdi. Hindiston va Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika va Rossiyadan ma'ruzachilar bilan birga taqdimotlar qilishdi. Muloqot jarayonida oʻzaro hamkorlik istiqbollari belgilab olindi, jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlari va xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi dasturini amalga oshirish masalalari ko'tarildi. Anjuman doirasida bo‘lib o‘tayotgan barcha tadbirlar matbuotda keng yoritildi.
Ushbu muhim tadbirda ishtirok etish mamlakatimiz iqtisodiyoti va turizmini rivojlantirish masalalarini hal etishda keng imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi va ko‘p tomonlama hamkorlikning istiqbollarini belgilab beradi.
Ushbu platforma turli mamlakatlar universitetlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirishning yangi yo‘llarini ochadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi  tayanch doktoranti Zarifa Eshmurodova filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

Doktorant 2021-yil 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha kafedraga tayanch doktorant sifatida qabul qilingan. Yosh olima “Fransuz va o‘zbek dostonlarida etnomadaniyatga xos leksemalarning qiyosiy tadqiqi («Chanson de Roland» va «Alpomish» dostonlari materiali asosida)” mavzusida tadqiqot olib bordi. Tadqiqot doirasida 2022-yil Fransiyaning Sorbonna Universiteti va INALCO – Fransiya Sharq tillari va rivojlanish milliy institutida dissertatsiya mavzusi ustida ilmiy izlanishlar olib bordi. Z.Eshmurodova 2022-yil avgust oyida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Fransuz tili o‘qituvchilari uchun tashkil qilingan grant tanlovida g‘olib bo‘lib, Fransiyaning Klermon Overn universitetida malaka oshirib qaytdi.

 Z.Eshmurodova “Tillar” kafedrasi mudiri, dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sultanov Tulkin Irgashevich bilan hammualliflikda “Turistlar uchun fransuzcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-fransuzcha so‘zlashgich” kitobini nashr qildi.

 Zarifa Eshmurodova universitetning tadqiqot ishini muddatidan oldin tamomlab, dissertatsiya ishini himoya qilgan ilk doktoranti hisoblanadi. Iqtidorli olimaning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Joriy yilning 14-fevral sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda talaba yoshlar ijrosida buyuk mutafakkirlarning merosi va ruboiylari o‘qildi. Shuningdek, raqslar ijro etildi.

33 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar