Administrator

Administrator

Latviya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi 2023/24- o‘quv yilida ta’lim, ilmiy tadqiqot va yozgi maktablar uchun Latviya Davlati stipendiyalarini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 1- aprel.
www.viaa.gov.Iv/en/studies
Ushbu dastur bo'yicha Marika Pira xonim elektron adresiga murojaat etish mumkin: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Amaliyot davomida Shohruh mazkur aeroport faoliyati bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, o‘z amaliyoti natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shohruh yetib kelgach, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti kutubxonasiga Qatar madaniyati haqida fotosuratlardan iborat noyob albomni sovg‘a qildi, bu ilmiy izlanishlar jarayonida o‘qituvchi va talabalarimizga katta foyda keltirishi shak-shubhasizdir.

Universitet kutubxonasi fondini boyitish jarayonlari, yoshlarga oid davlat siyosatini amalda tatbiq etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, navqiron avlod ma’naviyatini, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, milliy adabiyot va san’atimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ijodkor xodimlar mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bilan hamohangdir.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida yuqoridagi tendensiyalarning amalga oshirilishi ko‘p jihatdan rektor Aziz Abduhakimovning xizmatlaridir.

Ayni paytda universitet kutubxonasida turli yo‘nalishlarda 25 mingga yaqin kitob mavjud.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning 13-mart kuni Samarqand shahri Turizm markazida joylashgan “Minyoun Hotels Group” mehmonxonalar zanjiri direktori Funing Yang ishtirokida “Samarqandda mehmonxona industriyasi istiqbollari” va “Minyoun mehmonxonalar zanjirining rivojlanishi” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi.

Seminar o‘tkazilish vaqti: 13-mart, 2023-yil soat:15:00;

Seminar o‘tkaziladigan joy: universitet binosi: 229-xona.

Payshanba, 09 Mart 2023 11:38

AXBOROT XATI

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Gumanitar va ijtimoiy fanlarni masofaviy ta’lim” kafedrasi sizlarni “Uzluksiz ta’lim tizimida masofaviy ta’lim integratsiyasi” III Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasiga taklif etadi.

Axborot xati ilova qilinadi.

Payshanba, 09 Mart 2023 11:27

AXBOROT XATI

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jam’armasi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida 2023 yil sentyabr oyida “Аbu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Axborot xati ilova qilinadi.

PDF

Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda  iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish maqsadida, 2023- yilning 4-mart kuni Samarqand shahridagi “Qo‘g‘irchoq teatri”da, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasasalari o‘rtasida “Teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati bosqichida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi ham ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda Odil Boynazarov rahbarligidagi “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi Abu Tohirxojaning “Samariya” va Ibn Arabshohning “Ajoib ul-maqdur fi axbori Temur” asarlarining tarixiy faktlariga asoslangan “Samariya” spektaklini yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdilar.

Ko‘rik-tanlovda universitet jamoasi  “Milliy yo‘nalishdagi eng yaxshi teatr-studiyasi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi,  faxrli 3-o‘rinni egalladi va mintaqaviy bosqichga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmonida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda universitet talabalarini O‘zbekistonning boy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida,

Turuzm iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biridir. Shu sababli sohaning yutuq va kamchiliklarini universitet talabalariga yaqindan tanishtirish maqsadida doimiy amaliy sayohatlar tashkil etib kelinmoqda.

Jory yilning 5-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari Buxoro viloyatida 660 ta moddiy madaniy meros ob’ekti ro‘yxatga olingan. Amaliy sayohat davomida Bahouddin Naqshband majmuasi, Chor Minor majmuasi, Labi Hovuz ansambili, hunarmandchilik mahallalari, Ark qalasi, Buxoro amirining yozgi saroylariga borildi. 

Joriy yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan  “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  professor-o‘qituvchi, talaba va xodimlari uchun Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida “Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng harakatlanish qoidalari” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Hayot Faoliyati havfsizligi” o‘quv markazi o‘qituvchilari Turdiqulov Anvar va  Adilov Sanjarlar “Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng harakatlanish qoidalari” haqida, zilzila haqida aniq ma’lumot beradigan tizim hali yaratilmagani, shuning uchun ham qachon va qayerda hamda qanday kuchdagi zilzila ro‘y berishini oldindan aytishning hozircha iloji yo‘qligini ta’kidlab, zilzila vaqtida birlamchi qoidalar haqida maruza qilib o‘tishdi.

Zilzila vaqtida birlamchi qoida bu:

- vahimaga tushmaslik, inson agar bino ichida bo‘lsangiz, stol yoki stul tagiga kirib olish va shu yo‘l bilan tepadan qulashi mumkin bo‘lgan narsalardan (masalan, devor parchasidan) himoyalanish;

  • eshik tagida (eshik joylashgan oraliqda) turib olinishi — ular binoning boshqa qismlariga qaraganda mustahkamroq bo‘lishi;
  • inson agar zilzila vaqtida tashqarida bo‘lsa, bino, daraxt, suv yoki elektr simlariga yaqin bormasligi — elektr uzatkichlari suvga qulashi natijasida unga yaqin turganlar uchun o‘ta xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin;
  • inson agar zilzila vaqtida mashinada bo‘lsa, mashina ichidan chiqmaslik, lekin u bino, devor yoki boshqa qulashi mumkin bo‘lgan obyekt yaqinida turgan bo‘lsa, tashqariga chiqib, avtomobilning yonida cho‘kkalab turib, zilzila to‘xtaganidan keyin ham xavfsiz joydan chiqmasdan, biroz kutib turish lozimligi haqida tushintirib o‘tildi.

Joriy yilning 30-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan universitetimiz professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, magistratura hamda bakalavriat bosqichi talabalari o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish ularni ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb qilish maqsadida “Turizm va mehmondo‘stlik industriyasida inson va sun’iy intellektning o‘zaro ta’siri” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi. Seminarga universitet Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori Zou Tong Qian tomonidan taklif etilgan professor, Angliyaning Surrey Universiteti “Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti” fakulteti boshlig‘i Iis Tussyadiah o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun: Professor Iis Tussadiya - xizmat ko‘rsatish sohasidagi intellektual tizimlar professori, Mehmondo‘stlik va turizm menejmenti maktabi rahbari va Surrey Intelligence universitetining Surrey insonga yo‘naltirilgan sun’iy texnologiyalar instituti ilmiy xodimi.

Iis xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli transformatsiya bo‘yicha tadqiqot olib boradi, asosiy e’tiborni inson va kompyuter o‘zaro ta’siri, iste’molchilarning xatti-harakatlari va boshqaruviga qaratadi. U sun’iy intellektning qo‘llanilishi va oqibatlarini o‘rganadi va yaxshi kelajak sari yangi yo‘llarni yaratish uchun texnologiyalardan foydalanish tarafdori. Uning hozirgi ishi inson va sun’iy intellekt hamkorligi va ish kelajagi, raqamli turtki va barqarorlikka o‘tish uchun ijtimoiy-texnik tizimlarni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. U tadqiqot kengashlari, xayriya tashkilotlari (masalan, Leverhulme Trust) va sanoatdan tadqiqot mablag’larini oldi. 2018-2022 yillarda u EPSRC (PriVELT) tomonidan moliyalashtirilgan turizm sektoridagi maʼlumotlarning maxfiyligi boʻyicha 1,4 million funt sterlinglik toʻrt yillik tadqiqot loyihasi uchun Surreyning asosiy ishtirokchisi boʻlgan. U ENTER, I-CHRIE, Destination Management Advances in Advances in Destination Management va boshqalar boʻyicha yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi/jurnal maqolasi uchun bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan. U 2021 va 2022 yillarda ijtimoiy fanlar boʻyicha Web of Science tadqiqotchisi hisoblanadi.

Iis Surrey universiteti qoshidagi Mehmondoʻstlik va turizm menejmenti boʻyicha dunyodagi yetakchi maktabni boshqaradi. U ta’lim va tadqiqotga transformatsion yondashuvning kuchli tarafdori. Bu maktab Global Leadership Strategy 2021-2024 da o‘z aksini topgan bo‘lib, u uchta ustunga qaratilgan: kelajak yetakchilarini tarbiyalash, ilmiy bilim va ta’sirni oshirish, hamkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash. 2022-yilda maktab Shanxay mehmondo‘stligi va turizmni boshqarish reytingining 2022-yilgi Global Akademik mavzular reytingida dunyoda 2-o‘ringa ko‘tarildi va Turizm uchun to‘liq universitet qo‘llanmasi 2023 fan ligasi jadvalida Buyuk Britaniyada 1-o‘rinni egalladi, transport, sayohat va meros tadqiqotlari. Maktab, shuningdek, The Guardian, The Times va Sunday Times 2023 reyting jadvallarida birinchi beshtalikdan joy olgan.

Professor Tussadiya Xalqaro axborot texnologiyalari, sayohat va turizm federatsiyasi vitse-prezidenti (2014-2017), keyin esa prezidenti (2018-2020) boʻlgan va Turizm va mehmondoʻstlik innovatorlari va tadqiqotchilari ittifoqining taʼsischi aʼzosi hisoblanadi. Iis, shuningdek, Jahon Iqtisodiy Forumining Sayohat va Turizmni rivojlantirish indeksi 2021 maslahat guruhi a’zosi, Butunjahon sayohat va turizm kengashining Ayollar huquqlarini kengaytirish tashabbusi ishchi guruhining bir qismi va Visit Surrey kompaniyasining ijrochi bo‘lmagan direktori. Surreyga qo‘shilishdan oldin Iis Vashington shtat universiteti, AQSh, Karson biznes kolleji Mehmondo‘stlikni boshqarish maktabida klinik dotsent bo‘lgan. 2008 yildan 2012 yilgacha u AQShning Templ universitetidagi Milliy turizm va elektron tijorat laboratoriyasi (NLTeC) dotsenti va direktori bo‘lgan. U Toxoku universitetida gumanitar va ijtimoiy axborot fanlari bo‘yicha axborot fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini oldi va Times Higher Education tomonidan Yaponiyaning eng yaxshi universiteti deb topildi, u yerda 2007 yilda doktorantura bo‘yicha mukammalligi uchun GSIS dekanining mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Seminar o‘tkazilish vaqti: 30-mart, soat:14:00

Seminar o‘tkaziladigan joy: universitet binosi 229-xona

Zoom konferensiyasiga ulanish:  https://us02web.zoom.us/j/82798213788?pwd=WHZ1N1F0eG1NeWpPZVhwdmVpdlowdz09

Identifikator raqami: 827 9821 3788

Kirish kodi: 373050

Joriy yilning 7-mart sanasida Samarqand viloyati hokimligining 02-05/349-sonli “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”ni o‘tkazish yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan davlat hamda nodavlat korxona va tashkilotlari ishtirokida yirik bo ‘sh ish  o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Universitetimizda tahsil olayotgan, bitirayotgan hamda bitirgan bugungi kunda ish izlab oilasi uchun qo‘shimcha mablag’  topish niyatida bo‘lgan talabalar ishtirok etdi. 

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida e’lon berilgan vakant joylar to‘g‘risidagi ma’lumot universitet ijtimoiy tarmog’ida joylashtirildi.

29 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar