Administrator

Administrator

Dushanba, 13 Mart 2023 18:36

E'lon

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Belarusiya davlat informatika va radioelektronika universiteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilayotgan “Raqamli texnologiyalar: sohalarga amaliy joriy etishning muammo va yechimlari” nomli III Xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Dushanba, 13 Mart 2023 18:27

E'lon

TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida “inScience” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2023-yil 5-aprel kuni “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan

Axborot xati

Dushanba, 13 Mart 2023 18:19

E'lon

“Web of science” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan erkin foydalanish imkoniyati joriy qilinganligi munosabati bilan joriy yilning 15-mart kuni soat 19:30 da “Clarivate” kompaniyasi tomonidan jurnal muharrirlari uchuningliz tilida vebinar bo‘lib o‘tadi. ( ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali Webex platformasida ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi https://clarivate.com/training/web-of-science-open-house-sessions-2/).

Shuningdek 29-mart kuni soat 14:00 da jurnal muharrirlari uchun vebinar rus va ingliz tillarida zoom orqali bo‘lib o‘tadi (ulanish uchun havola: https://us02web.zoom.us/webinar/register/WN_1_MjOigYRtSmdOlLil7haQ).

ПРЕДОПЛАТЫ НЕТ!

ПРОДОЛЖАЕТСЯ прием анкет  в  5* отелях побережья Анталии  (Турция). Сезон начинается с 1 мая по 15 октября .

Требуются:

аниматоры спортивные и детские (400-500$ плюс экстра)

официанты (от 350 до 400$ плюс  чаевые)

гестрелейшн  и ресепшн (от 380-500$  плюс чаевые)

гид - переводчики (от 500$  плюс чаевые )

помощники в организации party-мероприятий (установка декораций на     сцене и помощь в костюмах 400-500$)

горничные,уборщицы,кух работники(от 350-400$).

Опыт работы и знание языков приветствуется.   График работы: 6/1, 8 часовой рабочий день.

Программа по трудоустройству стоит 350$

В сумму входит: рабочая виза, авиабилет, трансфер из аэропорта до отеля, консультация, визовая анкета,мед.страховка.

Отель предоставляет вам бесплатно питание, проживание, униформу, мед.страховку и обратный авиабилет по окончанию сезона.

Если вы согласны с условиями данной программы,то вам необходимо заполнить  резюме на английском языке. Обязательно приложить 2-3 фото в полный рост( фотографии должны быть без фотошопа, не селфи). После рассмотрения резюме  подробные детали обговариваются.

Подробную информацию вы можете получить у эдвайзеров или в 320 кабинете .

Желающие могут узнать о условиях проживания и о работе у наших ребят, которые в этом году прошли стажировку в Анталии.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-boshqich talabalari 1982-yildan buyon Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi bosh muzey hisoblangan Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga amaliy sayohati tashkil etildi.

Ayni paytda ushbu muzeyda tarix, etnografiya va san’at boʻlimlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shuningdek, muzey binosida Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasining maʼmuriyati va fondi ham joylashgan. Talabalar madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning qadimiy hayot tarzi, buyuk tariximiz haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Universitet talabalarida muzey katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 10 mart sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy merosi xalqaro universitetida “Career-2023” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad bugungi kunda raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlash , shuningdek, talabalarning bandligini ta’minlash,  daromad manbaini topishlariga ko‘maklashish orqali to'g'ridan to'g'ri ish beruvchi korxona va tashkilotlar mas'ul xodimlari bilan suhbat tashkil etildi va 50 dan ortiq talabalar tomonidan so'rovnomalar to'ldirib ishga joylshtirish ishlari amalga oshirildi.

Yarmarkada “AIR MARAKANDA” MCHJ, “SILK ROAD SAMARKAND” MCHJ,  "SIYOB" GROUPS, tur firma hamda  turli sayyohlik agentliklari vakillari ishtirok etishdi.

“Yil talabasi” tanlovi universitet bosqichi 3-o’rin sohibi 4-bosqich talabasi Shodiyor Amirullayev Stipendium Hungaricum Programme dasturi tomonidan tashkil etilgan ta'lim granti sohibi bo'ldi. Ushbu grant talabamizga magistraturada tahsil olish imkonini beradi. Ma'lumot uchun: Sh.Amirullayev 3 600 foydalanuvchisi bo’lgan (grants_hunter) mualliflik kanali orqali talaba yoshlarga xalqaro standartlar asosidagi ta'lim yangiliklaridan ma'lumotlar , grantlarni qo'lga kiritish bo’yicha maslahatlar berib boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-son qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk muhofazasini mustahkamlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xarita”ning 19-bandida har yili bir marta (15-fevral-15-mart) respublika bo‘yicha kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi samarali kurashish maqsadida “Kontrafaktsiz oy” oyligi deb e’lon qilingan.

Joriy yilning 10-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etidi. Seminar-treningni Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi mutahassisi Uzoqov Hasan olib bordi.

7-mart kuni  Samarqand tumanidagi "Life Garden" bazmgohida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlari kengashi raisi Muhayyo Abbasova samarali mehnati uchun Samarqand viloyat hokimligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.  Faxriy yorliqni Samarqand viloyat hokimi Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich taqdim etdi. Universitet jamoasi Muhayyo Sadullayevnani ushbu mukofot bilan tabriklaydi!

28 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar